8.9. Sud chaqiriqlari va sud xabarlari
Sudda ishni muhokama qilinishining vaqti va joyi haqida yoki sudning
qanday protsessual harakatni amalga oshirish haqidagi axborotlar bilan
manfaatdor shaxslarni boxabar qilish – sud majlisida manfaatdor
shaxslarning shaxsan ishtirok etish huquqini amalga oshirish kafolatidir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga xabar berish sudning majburiyati va
sudda ishni muhokama qilishni amalga oshirishning zarur sharti
hisoblanadi. Qonunga muvofiq sud chaqiruv qog‘ozidan foydalanadi. U
xabar berishning shartlar majmuasiga rioya qilishni nazarda tutadi:
1) Sud chaqiruv qog‘ozi sudda ishtirok etayotgan taraflarga sudga
kelishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina jo‘natiladi.
2) Sudda ishtirok etayotgan shaxslarga xabar berish uchun sud, sud
chaqiruv qog‘ozidan foydalanadi. Shaxslarning kelishi qonun yoki sud
tarafidan nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Haqiqatning qaror
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
topishida ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan hollarda shaxslarga, guvoh,
ekspert, tarjimon, mutaxassislarga chaqiriqlar jo‘natiladi. Ularga sud
majlisiga yoki alohida protsessual harakatni amalga oshirish joyiga kelish
talabi ko‘rsatilgan. Bu shaxslarning barchasi uchun sudga kelish
majburiydir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozi yoki FPKning
156-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilganidek, ishda ishtirok etuvchi
shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohdar
sud chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar,
telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd
etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi
hamda sudning ayrim protses-sual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Sudga chaqirish to‘g‘risidagi sud chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa
chaqiriqning mazmuni FPKning 157-moddasida belgilangan. Haqiqatning
qaror topishida ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan hollarda shaxslarni
chaqirish uchun faqatgina o‘rnatilgan shakldagi sud chaqiruv
qog‘ozilaridan foydalaniladi.
3) Sud chaqiruv qog‘ozilarning yetkazib berilishi lozim bo‘lgan
manzillar sudga berilgan arizada ko‘rsatilishi shart. Fuqarolik ishi
qo‘zg‘atilganidan so‘ng o‘z manzili o‘zgarganligi haqidagi ma’lumot ishda
ishtirok etuvchi har bir shaxsning majburiyati bo‘lib qoladi (FPKning 163
va 188-moddalari). Sudga o‘z manzili o‘zgargan-ligi haqidagi ma’lumotni
taqdim etmagan yoki o‘z manzilini noto‘g‘ri ko‘rsatgan shaxslarga tegishli
javobgarlik belgilangan.
Da’vogar va javobgarning ishlayotgan manzili aniq ko‘rsatilgan
bo‘lsa, sud qonunda nazarda tutilgan holatlarda xabar berishi lozim
bo‘lgan shaxslarga, ko‘rsatilgan manzilga sud chaqiruv qog‘ozini
jo‘natishi mumkin. Sud chaqiruv qog‘ozini yetkazib berilishi sud tarafidan
belgilanadi.
Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan
shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan
ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga ma’lum
qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki
boshqa xabarnoma uning ish yoki o‘qish joyiga yuborilishi mumkin.
Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali
topshirilganligi to‘g‘risida tilxat olish yo‘li bilan yoki xat-hujjat tashuvchi
orqali yuboriladi. Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda
ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish bo‘yicha chaqirilayotgan
104
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa
xabarnomani berishi mumkin. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa
xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi
nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan sudga
qaytarishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta
manzili ko‘rsatilgan taqtsirda, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa
xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin (FPKning 159-
moddasi).
Sud chaqiruv qog‘ozida qaysi shaxsning ismi ko‘rsatilgan bo‘lsa,
o‘sha shaxsga beriladi. Agarda shaxsning o‘zi bo‘lmasa, uning yaqin
qarindoshlariga berishi ham mumkin. Sud chaqiruv qog‘ozini qabul qilgan
shaxs uni olganligi haqida imzo qo‘yishi lozim. Shaxsning sud chaqiruv
qog‘ozini olganligi haqida imzo qo‘yishdan bosh tortishi sud chaqiruv
qog‘ozini qo‘lga berilganligi bilan teng hisoblanadi.
FPKning 161-moddasi talabida sudning chaqiruv qog‘ozini yoki
boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari keltirilgan.
Unga ko‘ra: chaqiriluvchi o‘z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv
qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni
keltirgan shaxs sudning chaqiruv qog‘oziga yoki boshqa xabarnomaga
tegishli belgi qo‘yib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv
qog‘ozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi
haqidagi belgi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish
beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yohud o‘quv muassasasi
tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul
qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda
xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi ishni
muhokama qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning yashash joyi noma’lum bo‘lganida
sud FPKning 164-moddasiga muvofiq ish tutadi. Joylashgan manzili
noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan qonunda alohida holatlar ko‘zda
tutilgan. FPKning 164-moddasiga ko‘ra javobgarning amaldagi turish joyi
noma’lum bo‘lsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish
beruvchi
(ma’muriyatning
mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogozining yoki boshqa xabarnomaning
ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv
qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
turish joyi noma’lumligi sababli unga topshirishning imkoni
bo‘lmaganligi haqida yozib yuborgan ma’lumot sudga kelib tushgach, sud
ishni muhokama qilishga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |