Y
YOZMA DALILLAR – yozma dalillar ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan hujjatlar, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalar.
|
YOZMA XAT-XABARLAR – oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek mayda paketlar.
|
YOLG‘ON XABAR BERISH – yozma yoki og‘zaki ravishda bevosita aybdor yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan, tamom bo‘lgan jinoyat haqidagi yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini yoxud tajovuz haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabar berish.
|
YOPIQ SUD MAJLISI – barcha sudlarda davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan hollarni istisno qilganda, jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi. Bundan tashqari o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taminlash taqozo etgan hollarda boshqa ishlarni ham sud tomonidan ajrim chiqarib, yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu ishlar bo‘yicha ishning to‘liq yoki qisman yopiq sud majlisida ko‘rilishi zaruriyatiga sabab bo‘ladigan aniq holatlar mavjudligini sud har bir vaziyatda alohida aniqlaydi. Mazkur holatlar mavjudligida sud butun protsessni yoki uning alohida bir qismini “yopiq eshiklarda” o‘tkazishga nafaqat haqli, balki majbur ham.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oshkor qilinishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi.
Sud hukmi barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi. Shu bilan birga, oshkor qilinmasligi uchun yopiq sud majlisi o‘tkazilgan ma’lumotlar sud hukmida oshkora qilinmaydi.
|
YUZLASHTIRISH – avval so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun dastlabki tergovda tergovchi va prokuror, sud majlisida esa taraflar ishtirokida sudya tomonidan o‘tkaziladi tergov harakatlari hisoblanadi. Yuzlashtirish tergov harakati ko‘rsatuvlarni, jumladan dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatidir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |