250
tibbiy xulosa mavjud bo‗lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yo‗sindagi
choralarni ham tayinlashi mumkinligi nazarda tutilgan.
O‗zbekiston Respublikasining ―Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki
zaharvandlikka mubtalo bo‗lgan bemorlarni majburiy davolash to‗g‗risida‖gi
Qonuniga ko‗ra shaxsni surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka
mubtalo bo‗lgan bemor deb topish esa O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash
vazirligi belgilagan tartibda tegishli davolash muassasalari tomonidan amalga
oshiriladi.
Ta‘kidlash kerakki, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka
yo‗liqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan hollarda ularga nisbatan
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq bo‗lmagan yoki ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo tayinlanganda ular tibbiy muassasalarda
majburiy davolanishi
lozim. Bunda alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‗liqqan shaxslar
tomonidan jinoyat sodir etilganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi
jazo tayinlangan hollarda ularni davolash jazoni o‗tayotgan joyda amalga
oshiriladi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 194-moddasiga asosan
ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‗liqqan
shaxslarga nisbatan tibbiy yo‗sindagi majburlov choralarini qo‗llash
tartibi
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‗zbekiston
Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ammo ular jazoni o‗tab bo‗lganidan keyin ham davolanishni davom
ettirishi lozim bo‗lsa, bunday shaxslar umumiy asosda tibbiy muassasalarda
davolanadi.
Biroq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli ―Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‗llashning ayrim
masalalari to‗g‗risida‖gi qarori 27-bandida belgilanishicha, jinoyat ishining
amnistiya akti asosida tugatilishi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bog‗liq
barcha huquqiy oqibatlarni istisno etishi tufayli alkogolizm, giyohvandlik yoki
zaharvandlikka yo‗liqqan shaxsga nisbatan tibbiy yo‗sindagi
majburlov choralari
qo‗llanilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Jinoyat sodir etilgandan so‗ng ruhiy kasallikka
yo‗liqqan va majburiy davolanishga yuborilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini
qo‗llash masalasi esa sud tomonidan shaxs tuzalgandan keyin Jinoyat-protsessual
kodeksining 579-moddasi tartibida ko‗rib chiqiladi.
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‗liqqan mahkumlarga
nisbatan tibbiy yo‗sindagi majburlov choralarini qo‗llash tartibi O‗zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-ijroiya
kodeksi
182-moddasida
belgilangan bo‗lib,
alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‗liqqan mahkumlarga nisbatan
tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qo‗llaniladi:
-
jamiyatdan batamom ajratib qo‗yish bilan bog‗liq bo‗lmagan jazolarga
hukm qilingan shaxslarga – sog‗liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari
tomonidan umumiy asoslarda;
-
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga
jazoni o‗tash joyida, ozod etilganlaridan so‗ng davolashni davom ettirish zarurati
251
bo‗lganda esa sog‗liqni saqlash organlarining tibbiy
muassasalari tomonidan
umumiy asoslarda.
O‗zbekiston Respublikasining ―Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki
zaharvandlikka mubtalo bo‗lgan bemorlarni majburiy davolash to‗g‗risida‖gi
Qonuniga ko‗ra jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan,
yoxud aholining osoyishtaligiga, salomatligiga va ma‘naviyatiga xAfv
tug‗dirayotgan surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo
bo‗lgan bemorlarga nisbatan majburiy davolash qo‗llanadi.
SHaxs majburiy
davolashga jo‗natish uchun tibbiy ko‗rikdan o‗tishdan bosh tortgan hollarda, u
ichki ishlar idoralarining ko‗magida o‗n kun muddat ichida narkologiya
muassasasida majburiy tarzda tekshirilishi kerak. Shuningdek, mazkur toifadagi
shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‗g‗risidagi materiallar tibbiy xulosa
bo‗lgan taqdirda ichki ishlar idoralari tomonidan ularning o‗z tashabbusiga ko‗ra,
yoki bemorning oila a‘zolari yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining,
sog‗liqni saqlash muassasalarining iltimosnomalari
asosida tayyorlanadi va
rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: