219
muntazam
buzayotgan
va
fuqarolarning
qonuniy
manfaatlariga
putur
yetkazayotgan bo‗lsa, ularga nisbatan o‗rnatiladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasiga ko‗ra ma‘muriy nazorat ostiga olingan
shaxslarga nisbatan: kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo‗ygan vaqtida uy
(kvartira)dan chiqib ketish; tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‗lish;
ichki
ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib
ketish; ro‗yxatdan o‗tish uchun har oyda bir martadan to‗rt martagacha militsiyaga
kelib uchrashish kabi cheklashlar qo‗llanilishi mumkin. Cheklashlar ro‗yxati qat‘iy
hisoblanadi, bu ro‗yxatlarning kengaytirilishi mumkin emas. Agar ushbu qoidalar
buzilsa, shaxs JK 226-moddasi bo‗yicha javobgarlikka tortiladi. Sudlanganlikning
umumiy huquqiy oqibatlari kabi jinoyat-huquqiy oqibatlari ham jinoiy jazo
samaradorligini oshirish va mahkumni tarbiyalashga
qaratilgan choralarni
mustahkamlash, shuningdek avval sudlangan shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar
sodir etilishining oldini olishga qaratilgan.
Sud amaliyotiga ko‗ra, retsidiv jinoyat mavjudligi haqidagi masalani hal
qilishda shaxs sudlanayotgan yoki muqaddam sudlangan
qasddan sodir etilgan
jinoyat tamom bo‗lgan yoki tamom bo‗lmagan jinoyat ekanligi, shuningdek ushbu
jinoyatlardan qay birida bo‗lsin, shaxs bajaruvchi yoki ishtirokchi bo‗lganligi
ahamiyatga ega emasligi belgilangan. Bundan tashqari, agar shaxs bir necha
jinoyat uchun sudlangan bo‗lib, ularning ayrimlarini
voyaga yetmagan yoshda
sodir etgan bo‗lsa, faqat voyaga yetgan davrda sodir etilgan jinoyatlar uchun
sudlanganligi e‘tiborga olinishi ko‗rsatilgan
27
. Xavfli retsidivist deb topishda
qonun talabiga ko‗ra, voyaga yetmasdan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik
hisobga olinadi.
Bizningcha, bu qoida nafaqat shaxsni o‗ta xavfli retsidivist deb
topishda, balki xavfli retsidivist deb topishda ham hisobga olinishi lozim.
Demak, shaxsning sudlanganlik holati sud tomonidan faqat keyingi jinoyati
uchun shaxs sudlangan deb hisoblangan davr mobaynida, ya‘ni sud hukmi qonuniy
kuchga kirgan vaqtdan u olib tashlangungacha yoki tugagungacha bo‗lgan davr
mobaynida hisobga olinishi mumkin.
Sudlanganlikning jinoyat-huquqiy oqibatlari
kelib chiqadigan muddatlar
qonun bilan muayyan chegaralarda belgilangan. Sudlanganlik holati bekor
bo‗lishining ikki turi, ya‘ni sudlanganlik holatining tugallanishi va sudlanganlikni
olib tashlash Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan. Sudlanganlikning tugallanishi va
olib tashlash muddatlari JKning 80-moddasida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: