Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Bir necha jinoyat sodir etganlik va bir necha hukm yuzasidan jazo



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Bir necha jinoyat sodir etganlik va bir necha hukm yuzasidan jazo 
tayinlash 
(JKning 59, 60-moddalari) qoidalari quyidagi hollarda qo‗llaniladi: 
jinoiy harakat jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda; 


166 
shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo‗lib, ulardan biri tugallangan 
jinoyat tariqasida, boshqalari esa jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd yoki ishtirokchilik 
tariqasida kvalifikatsiya qilinganda; ish bo‗yicha hukm chiqarilgandan keyin 
mahkumning birinchi ish bo‗yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda 
aybdorligi aniqlanganda. Shaxs tomonidan ayni bir moddaning turli qismlarida 
nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganligi uchun jinoyatlar majmuini belgilashda 
javobgarlik shu moddaning og‗irroq jazo nazarda tutilgan qismi bo‗yicha yuzaga 
keladi. Sud hukmda dastavval har bir jinoyatga alohida jazo tayinlab, so‗ngra 
jinoyatlar jami bo‗yicha qat‘iy jazo belgilashi zarurligi to‗g‗risida JKning 59-
moddasi, shuningdek JPKning 468-moddasida belgilangan tartib ham asosiy jazo, 
ham qo‗shimcha jazo choralari tayinlashga taalluqlidir. Ikki yoki undan ortiq 
jinoyatlar jami bo‗yicha jazo belgilashda sud muayyan jinoyat uchun tayinlangan 
jazolarni to‗la yoki qisman qo‗shishga majbur. Biroq JK 50-moddasining to‗rtinchi 
qismiga muvofiq jinoyatlar jami bo‗yicha tayinlanayotgan jazo muddati Kodeks 
Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish 
jazosi eng ko‗p muddatining to‗rtdan uch qismidan ortiq bo‗lmasligi kerak. Bunda 
jazo turlarining yengil-og‗irligi darajasi JK 43-moddasining 1-qismida ko‗rsatilgan 
ketma-ketlik bilan belgilanishini nazarda tutish lozim. 
Jinoyatlar jami bo‗yicha jazoni to‗la yoki qisman qo‗shish qoidasi alohida 
jinoyatlar uchun bir turdagi yoki har xil turdagi jazo tayinlashda ham qo‗llanilishi 
mumkin. Bunda sudlar JKning 61-moddasida nazarda tug‗ilgan jazolarni hisoblash 
qoidalariga amal qilishlari lozim. Qat‘iy jazo uning eng og‗ir turi bo‗yicha 
belgilanishi shart. Bir necha jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga 
shartli jazo belgilash to‗g‗risidagi qaror faqat ularga nisbatan qat‘iy jazo 
belgilangandan so‗ng jazoning turi va miqdoridan kelib chiqqan holda hukmda 
ko‗rsatilishi lozimligi sud tomonidan inobatga olinadi. 
Jinoyatlar jami uchun belgilangan qat‘iy jazo, birinchi hukm bo‗yicha 
tayinlangan jazodan kam bo‗lishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni 
qo‗shish paytida sud birinchi hukm bo‗yicha tayinlangan jazoning o‗talmagan 
qismidan emas, balki uning to‗liq miqdoridan kelib chiqadi. Hukmni chiqarish uni 
ochiq e‘lon qilish bilan yakunlanishi sababli JKning 60-moddasida ko‗zda tutilgan 
hukmlar jami bo‗yicha jazo tayinlash qoidasi mahkum tomonidan birinchi hukm 
e‘lon qilingandan so‗ng, lekin hukm bo‗yicha tayinlangan asosiy va qo‗shimcha 
jazolar to‗la o‗talgunga qadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qo‗llaniladi. Agar 
ish bo‗yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning yana boshqa jinoyatlarda 
aybdorligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga qadar, 
boshqalari esa o‗sha hukm chiqarilgandan so‗ng sodir etilgan bo‗lsa, ikkinchi 
hukm bo‗yicha jazo JKning ham 59, ham 60-moddalarida belgilangan tartibga 
rioya etilgan holda tayinlanadi. Bunda avvalo, birinchi hukm chiqarilgunga qadar 
sodir etilgan jinoyatlar jami bo‗yicha, undan keyin birinchi hukm chiqarilgandan 
keyin sodir etilgan jinoyatlar jami bo‗yicha va nihoyat, hukmlar jami bo‗yicha 
jazolar belgilanadi. 
Bir necha hukmlar yuzasidan jazo chorasi belgilashda sudlar hukmning kirish 
qismida ilgarigi hukm yuzasidan belgilangan jazoning turi va o‗talmagan qismini 


167 
aniq ko‗rsatishi va uni yangi hukm bo‗yicha tayinlangan jazoga to‗la yoki qisman 
qo‗shishi lozim. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish