163
harakatlarini o‗tkazish va dalillar to‗plashga yordam berish tushuniladi.
2. Yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish jinoyat oqibatida
yetkazilgan moddiy, ma‘naviy va jismoniy zarar o‗rnini ongli tarzda qoplashdir.
Lekin zararning qoplanishi jinoyat kvalifikatsiyasiga ta‘sir
etmasa-da, shaxsning
jinoiy javobgarligini yengillashtiruvchi holat hisoblanadi.
3. Og‗ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul
ahvolda jinoyat sodir etish deganda: turmushning izga tushmaganligi;
yashash
uchun moddiy mablag‗larning yetarli emasligi; yaqin qarindoshlardan birining
og‗ir xastaligi; jabrlanuvchi bilan ixtiloflarning mavjudligi; sudlanuvchining ruhiy
iztirobdaligi; turmush sharoitning og‗irligi va boshqa holatlar tushuniladi.
4. Majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat
jihatidan yoxud boshqa
jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etishning jazoni yengillashtiruvchi
holatlarga kiritilishining sababi, bu hollarda jinoyatga boshqa imkoniyat
qolmaganligi sababli majburan qo‗l uriladi hamda noqonuniy qilmish subyektning
jamiyat uchun ijtimoiy xavfliligini ifoda etmaydi.
5. Jabrlanuvchining zo‗rlik, og‗ir haqorat yoki boshqacha g‗ayriqonuniy
harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanishi
holatida jinoyat
sodir etish deganda fiziologik va patalogik affekt holatida sodir etilgan qilmishlar
tushunilib, jinoyat shu holatni kelib chiqishiga sabab bo‗lgan shaxsga nisbatan
sodir etilgandagina, u yengillashtiruvchi holat sifatida e‘tirof etiladi.
6. Zaruriy mudofaaning asosli chegaralaridan chetga chiqib jinoyat sodir
etish, ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‗jalik
faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazishda shaxs
dastavval jamiyat manfaatlarini ko‗zlagan holda harakat qiladi. Lekin bu holatda
ham ijtimoiy zarar yetkazilganligi tufayli jazo chorasi belgilanishi istisno
etilmaydi.
7. Voyaga yetmagan shaxslar va homilador
ayollarning jinoyat sodir
etishining yengillashtiruvchi holat sifatida e‘tirof etilishi esa JKda belgilangan
insonparvarlik prinsipiga amal qilinishi bilan asoslanadi. Shunga ko‗ra, bir xil
sharoitda jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsga katta yoshdagilarga,
homilador ayollarga esa boshqalarga nisbatan yengilroq jazo tayinlanadi.
8. Jabrlanuvchining g‗ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta‘siri
ostida jinoyat sodir etish
deganda esa shaxsning jinoiy, fuqarolik, mehnat, oila,
ma‘muriy va boshqa huquq sohalariga oid qonunchilik me‘yorlarini qasddan
buzishi natijasida kelib chiqqan harakatlar tushuniladi.
Ijtimoiy xavfi kamroq bo‗lgan jinoyatlar sodir etilganida jazoni
yengillashtiruvchi ayrim holatlar tayinlanadigan jazo turini tanlashga jiddiy ta‘sir
ko‗rsatadi va, aksincha, shu holatlarning o‗zi og‗ir va o‗ta og‗ir
jinoyatlar uchun
jazoni individuallashtirishga ta‘sir etmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: