Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

sababiy bog„lanish
vositasida o‗zaro bog‗lanadi. Sababiy bog‗lanish to‗g‗ri va bevosita bo‗lishi 
mumkin. Bu shuni anglatadiki, bunda qilmish va uning natijasida yuz bergan 
oqibat o‗rtasida oqibatga ta‘sir etuvchi oraliq hodisalar mavjud emas. Masalan, 
hayot uchun xavfli tan jarohatidan keyin kelib chiqadigan o‘lim noto‗g‗ri yoki 
ko‗rsatilmagan tibbiy yordam natijasi bo‗lishi mumkin. Mazkur vaziyatda jarohat 
bilan o‗lim o‗rtasida to‗g‗ri va bevosita sababiy bog‗lanish mavjud emas, yoki 
jarohat bilan o‗lim o‗rtasida boshqa oraliq hodisa yuz berganki, bu jarohatdan 
keyingi o‗limga sabab bo‗lgan. Shuning bilan birga, har qanday holatda o‗lim yuz 
berish vaqti ahamiyatga ega emas. Asosiysi – bu o‗limning sababini aniqlash: 
o‗lim aynan jarohat natijasida kelib chiqdimi yoki noto‗g‗ri ko‗rsatilgan tibbiy 
yordam natijasimi?
Sababiy bog‗lanish, mohiyatiga ko‗ra bir hodisaning boshqa bir hodisaga 
olib kelish zaruriyatini o‗rganadi. Mazkur zaruriyat oqibat sababining ajralmas 
qismidir. Aynan ikki hodisa o‗rtasidagi sababiy bog‗lanish biri boshqasini taqozo 
qilgan hodisalar uchun xosdir. 
Sababiy bog‗lanish to‗g‗risidagi masalani hal etishda shaxsning qilmishi 
kelib chiqqan oqibatning shartimi, degan savol qo‗yiladi. Javob ijobiy bo‗lganda 
shaxsning qilmishi va uning natijasida yuz bergan oqibat o‗rtasidagi sababiy 
bog‗lanish o‗rnatilgan hisoblanadi. Bunda shaxsning qilmishi oqibat yuz berishida 
kam rol o‗ynagan bo‗lsa, oqibat shaxsning qilmishi tufayligina yuz bergan bo‗lsa, 
oqibat tabiat kuchlari yoki boshqa shaxslar harakatlari natijasida yuz berganligi 
inobatga olinadi. 
Sababiy bog‗lanish vaqt mezonidagi jarayon bo‗lib, undagi asosiy shart 
qilmishning oqibatdan oldin yuz berganligidir. 
Jinoyatning obyektiv tomoni sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini ham ko‗rsatib beradi. 


68 
Harakat (harakatsizlik)ning ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoiy oqibat, sodir 
etish usuli va sharoiti, ya‘ni jinoyat tarkibining obyektiv tomon belgilari hisobga 
olingan holda jinoiy jazoning turi va miqdori belgilanadi.
Obyektiv tomon jinoyat tarkibini tashkil etuvchi muhim element bo‗lib, u 
jinoiy tajovuzning tashqi belgilarini ifodalaydi. Shunday qilib, obyektiv tomon
mohiyatiga ko‗ra, jinoyat tarkibi tuzilishida asos vazifasini o‗taydi hamda bir 
jinoyat tarkibini boshqasidan farqlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi JK 
Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida aks etadi. Ayniqsa, bu moddiy va formal 
tarkibli jinoyat tarkiblarini farqlashga xizmat qiladi. 
Ta‘kidlash lozimki, moddiy tarkib ijtimoiy xavfli oqibatning yuz berishi 
bilan xarakterlanadi. Shunga ko‗ra, u jinoyatning obyektiv tomoni moddiy tarkibli 
jinoyatlarda oqibatga sabab bo‗lgan hollardagina jinoiy javobgarlikka sazovor 
bo‗ladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, moddiy tarkibli jinoyatlarda faqat 
obyektiv tomon belgilari asosiy rol o‗ynamasdan, uning fakultativ belgilari – 
negativ oqibat, zarar ham inobatga olinadi. Bunga misol tariqasida, qotillik 
jinoyatini keltirish mumkin. Bunda jabrlanuvchining o‗limi muhim ahamiyat kasb 
etadi. O‗limning yuz berishi fakti bo‗lgandagina, ijtimoiy xavfli qilmish 
mavjudligi xususida so‗z yuritiladi. 
Formal tarkibli jinoyat tarkiblarida ijtimoiy xavfli qilmish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Jinoyatning 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish