Obyektiv tomondan
jinoyat quyidagi harakatlardan birini
sodir etishda ifodalanadi: odamlarni olish-sotish yoxud odamni
undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashi-
rish yoki qabul qilish.
Odam savdosining asosiy va eng xavfli shakllari sifatida
quyidagilarni ko rsatish mumkin:
1. Jinsiy ekspluatatsiya obyekti sifatida ayollar savdosi;
2. Jinsiy ekspluatatsiya obyekti sifatida bolalar savdosi;
3. Majburiy mehnatning obyekti sifatida odam savdosi;
4. Odamning tabiiy organlarini ajratib olish (transplantat)
maqsadlarida odam savdosi.
Subyektiv tomondan jinoyat to ri qasd bilan sodir etiladi.
Jinoyatning subyekti subyekt yoshga to lgan aqli raso jis-
moniy shaxs hisoblanadi.
Odam savdosi hudud va chegara tanlamayotgan hamda bar-
cha davlatlarning xavfsizligiga birdek tahdid solayotgan trans-
milliy xarakterga ega bo lgan jinoyat bo lganligi sababli ushbu
toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligi davlatlar-
aro va xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan o zaro ham-
korlikka bog liq. Respublikamiz odam savdosi bilan bog liq jino-
yatlarga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikka alohida
tibor qaratdi. Xususan, mustaqillik yillarida davlatimiz xorijiy
davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik (shu jumladan, odam sav-
dosi)ning xavfli ko rinishlariga qarshi kurash haqida 29 ta shart-
noma va kelishuvlarni imzoladi
1
.
1 Qodirov R. Odam savdosi umumjahon miqyosidagi muammo // O zbekiston
Respublikasi Oliy Sudining Axborotnomasi, 2008-yil 5-son. 2 3-betlar.
67
Xususan, 1995-yilda O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning qaroriga ko ra, mamlakatimiz Xotin qizlarni kamsitilishi-
ning barcha shakllariga barham berish to risida gi Konvensi-
yaga
1
qo shildi, 2003-yil 30-avgustda O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining qaroriga ko ra, BMTning 1949-yilgi Trans-
milliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to risida gi
2
Kon-
vensiyasi ratifikatsiya qilindi, 2003-yil 12-dekabrda O zbekiston
Respublikasi Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan
tanfurushlikdan foydalanishiga qarshi kurashish to risida gi
Konvensiya va Yakunlovchi Bayonnomaga
3
qo shildi, 2008-yil
8-aprelda O zbekiston Respublikasi Bolalar mehnatining og ir
shakllarini taqiqlash va yo q qilishga doir shoshilinch choralar
to risida gi Konvensiyani
4
ratifikatsiya qildi.
2008-yilda esa, BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchi-
likka qarshi kurash to risida gi Konvensiyasini to ldiruvchi
Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini
olish bartaraf qilish va uning uchun javobgarlik to
risida gi
1
O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1995-yil 6-maydagi 87 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 135-modda.
2 BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi (BMT Bosh
Assambleyasining 5525-sonli rezolyutsiyasi bilan 2000-yil 15-noyabrda ma qul-
langan). Mazkur Konvensiyani O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 2003-yil 30-avgustdagi 536 II-sonli Qaroriga asosan ratifikatsiya
qilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil,
10-son, 150-modda.
3 BMT Bosh Assambleyasining 1949 yil 2 dekabrdagi 317 (VI) sonli Rezolyutsiyasi
bilan ma qullangan. O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 576 II-sonli Qaroriga asosan
qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi,
2004-yil, 1 2-son, 26-modda.
4 Bolalar mehnatining og ir shakillarini taqiqlash va yo q qilishga doir shoshilinch
choralar to risida gi 1999-yil 17-iyun Konvensiyasi. Mazkur Konvensiyani
zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-apreldagi
RQ 144-sonli Qonuni bilan ratifikatsiya qilgan.// O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-yil, 4-son, 180-modda.
68
Protokolni
1
ratifikatsiya qilib, davlat o z zimmasiga aholini
ogoh qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati sama-
radorligini oshirish va qurbonlarni himoya qilishga qaratilgan
loyihalarni qo llab-quvvatlash va o tkazish orqali odam savdosi-
ning oldini olish hamda unga barham berish majburiyatini oladi.
Yuqorida ta kidlanganidek, 2008-yil 17-aprelda O zbekiston
Respublikasining Odam savdosiga qarshi kurash to risida gi
Qonuni
2
qabul qilindi. Ushbu qonun qabul qilinishi bilan O zbe-
kiston Respublikasining Jinoyat kodeksining odamlardan foy-
dalanish uchun ularni yollash deb nomlangan 135-moddasi yangi
tahrirda bayon etilib, odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik
belgilandi.
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-maddasi
1-qismida odam savdosi, ya ni odamni olish-sotish yoxud odam-
ni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish,
yashirish yoki qabul qilish jinoyat hisoblanib, unga nisbaatan
jinoiy javobgarlik belgilangan.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida, shu jumladan, O zbekiston
Respublikasida ham insonning ozodligi, sha ni va qadr-qimmati-
ga qarshi qaratilgan jinoyatlar, ayniqsa, odam savdosi va odam-
larni ekspluatatsiya qilish uchun jalb qilish jinoyatlariga qarshi
kurashga alohida e tibor qaratilmoqda.
Xususan, 2008-yilning 17-apreldagi Odam savdosiga qarshi
kurashish to risida gi O zbekiston Respublikasi Qonuni, O z-
bekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi Odam
savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish to risi-
da gi Qarori qabul qilinib, shu asosda Odam savdosiga qarshi
1 O zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi BMTning transmilliy uyushgan
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to ldiruvchi Odam savdosi, ayniqsa, ayollar
va bolalar savdosining oldini olish, bartaraf qilish va uning uchun javobgarlik
to risidagi Protokolni (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) ratifikatsiya qilish to -
risida gi 160-sonli Qonuni.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 351-modda.
2
Qarang: O zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-apreldagi Odam savdosiga
qarshi kurash to risida gi O RQ 154-sonli Qonuni.// O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-yil, 4-son, 190-bet.
69
kurashish bo yicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzilib,
uning Nizomi va tarkibi tasdiqlandi hamda 2008 2010-yillarga
mo ljallangan odam savdosiga qarshi kurashish bo yicha Milliy
Dastur , 2011 2012-yillarga mo ljallangan odam savdosiga qar-
shi kurashish samaradorligini oshirish bo yicha tadbirlar rejasi ,
hozirgi kunda esa, 2013 2014-yillarga mo ljallangan odam sav-
dosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish bo yicha
tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, barcha vazirlik va tashkilotlarga
aniq vazifalar yuklatildi, ushbu reja ijrosi komissiya raisi va
ishchi guruh tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi Odam sav-
dosidan jabrlanganlarga yordam berish va ularni himoya qilish
bo yicha Respublika reablitatsiya markazini tashkil qilish to
-
risida gi 240-sonli Qarori qabul qilinib
1
, Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaa qilish vazirligi qoshida reabilitatsiya markazi
tashkil qilindi va 2009-yil 18-noyabr kuni foydalanishga top-
shirildi. Mazkur Markazda odam savdosidan jabrlanganlarga
tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko rsatiladi.
Mamlakatimizda odam savdosi jinoyatlarining oldini olish,
unga qarshi kurashish, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya
qilish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar xalqaro tashkilot-
lar vakillari, bu sohadagi xorijiy ekspertlarning munosib e tiro-
figa sazovor bo ldi.
Xususan, AQSh Davlat departamentining 2009-yil yakunlari
bo yicha hisobotlarida O zbekiston Respublikasida odam savdosiga
qarshi kurashish yo nalishida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baho-
lanib, Toshket shahrida tashkil etilgan Odam savdosidan jabrlan-
ganlarga yordam berish va ularni himoya qilish bo yicha Respub-
lika reabilitatsiya Markazi, bu yo nalishdagi faoliyat o z samara-
sini berayotganligi to risida alohida to xtalib o tilgan
2
.
1 O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to plami, 2008-yil, 44 45-son, 445-modda.
2
Äîêëàäû Ïðàâèòåëüñòâà ÑØÀ: Äîêëàä î òîðãîâëå ëþäüìè çà 2009 ãîä //
Odam savdosiga qarshi kurashish bo yicha xalqaro shartnomalar va O zbekiston
milliy qonunchiligi: hujjatlar to plami/Mas ul muharrir va so z boshi muallifi
A.X. Saidov. T.: O zbekiston, 2012. 20-bet.
70
Yuqoridagilarga ko ra, xalqaro odam savdosiga qarshi ku-
rashning eng samarali vositalaridan biri bu ushbu sohadagi
xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, qo shma loyihalar va
dasturlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishdir, degan
xulosaga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |