Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Odam savdosiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/95
Sana04.08.2021
Hajmi0,68 Mb.
#137918
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

Odam savdosiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik 
Insoniyatning global muammolari qatoridan o rin olayotgan 
odam savdosi jinoyati yigirmanchi asr oxirlarida paydo bo lib, 
xalqaro terrorizm, giyohvandlik kabi transmilliy jinoyatlar sin-
gari tarqalishi tez, oqibati og ir, bartaraf etish murakkab bo l-
gan qilmishga aylandi
3
.  
So nggi yillarda yuridik adabiyotlarda  odam savdosi ,  odam 
traffigi  atamalari ilmiy kategoriya sifatida tez-tez qo llanilmoq-
da. Traffik atamasi odam savdosi yoki zamonaviy qullikning 
shakli deb talqin qilinmoqda
4

Xalqaro jinoyat huquqida jinoiy faoliyatning bu turiga nis-
batan  traffik  atamasi ishlatiladi. Aslida,  traffik  lotin tilidagi 
traffiso  so zidan olingan bo lib, dastlab uni italiyaliklar muoma-
laga kiritgan.  Ttaffiko  italyancha  tijorat ,  savdo  ma nosida 
ishlatilgan
5
. Dastlab bu atama  tabak traffik  shaklida qo llanilib, 
                                                
1  Qarang: Huquqni muhofaza qilish oranlariga oid xalqaro hujjatlar.   To plam. 
Mas ul muharrir: A.X. Saidov.   T.: Adolat, 2004.   13-bet. 
2  O sha joyda. 
3  Qarang. Q. Eraliyev. Xatarli savdo//Huquq va burch jurnali, 2008-yil, 28-son,   
33 34-betlar.//Abduhalimov Sh. Odam savdosi global xavf//Huquq va burch 
jurnali, 2008-yil, 8 9-son.   21 22-betlar. 
4  Þðèé Ïóäî÷êèí. Îòâåòñòâåííîñòü çà òîðãîâëÿ ëþäüìè ïî ðîññèéñêîìó ïðàâó. 
Ñðàâíèòåëüíîå êîíñòèòóöèîííîå îáîçðåíèå. ¹ 3 (60) 2007.   Ñ. 99 100. 
5  Rajabova M.A. Traffik jinoyati (odam savdosi): qonunchilik va javobgarlik. Jinoiy 
jazolarni liberallashtirish: ilmiy-amaliy tahlil.   T.: Adolat, 2005.   89-bet. 


 
61 
tamaki savdosi, tamaki bilan tijorat qilish ma nosida ishla-
tilgan. Keyinchalik italyanlar uni qisqacha  traffik  deb atash-
gan. Ushbu so z o zagi asosida  traffikant , ya ni savdo qila-
digan do kon egasi, do kondor so zidan kelib chiqqan
1

Odam savdosi qullikning zamonaviy usuli, qul savdosining 
yangi turidir. Jinoyatchilar, birinchi navbatda, ayollar va bola-
larni majburiy mehnat va jinsiy qullik qopqoniga tushurmoq-
dalar. Bugungi kunda odam savdosi jinoyatchilar uchun serda-
romad manba bo lib qolmoqda. Xalqaro ekspertlarning bahola-
shicha, dunyo bo yicha odam savdosidan tushadigan yillik daro-
mad 7 mlrd. AQSh dollaridan oshmoqda. BMTning ma lumoti-
ga ko ra, dunyoda har yili taxminan 2 mln. 700 mingta shaxs 
odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Har yili 600 mingdan 
800 minggacha ayollar va bolalar aldov yo llari bilan chet ellar-
ga olib ketilib, sotib yuborilmoqda
2

Odam savdosi bilan bog liq jinoyatlar xalqaro huquqda an-
chadan beri mavjud bo lib, xalqaro huquqiy hujjatlarda bunday 
jinoyatlarga qarshi kurash va uning oldini olish choralari belgi-
lab berilgan. Odamlardan foydalanish uchun ularni yollashga 
qarshi xalqaro miqyosda kurashish bo yicha dastlabki qadamlar 
XX asr boshlarida tashlangan bo lib, u xususan, quyidagi huj-
jatlarda o z aksini topdi: Shahvoniy maqsadlarda foydalanish 
uchun amalga oshiriladigan ayollar savdosiga qarshi kurashish 
bo yicha 1899-yil 14-apreldagi London konferensiyasining ko p 
tomonlama bitimlarni tuzish va tegishli milliy qo mitalarni 
tashkil etish to
risida davlatlarga qilgan murojaatnomasi, Oq 
tanli qul ayollar savdosiga qarshi kurash to risidagi 1904-yil 
18-maydagi Xalqaro shartnoma (BMT Bosh Assambleyasi tomo-
nidan 1948-yil 3-dekabrda qabul qilingan Protokol bilan kiritil-
gan o zgartirishlar bilan), Oq tanli qul ayollar savdosiga qarshi 
kurash to risidagi 1910-yil 4-maydagi Xalqaro Konvensiya 
                                                
1  Nemis tilining izohli lug ati. Tarjimon Yo ldosh Parda.   T.: 2002.   48-bet. 
2  R. Qodirov. Odam savdosi   umumjahon miqyosidagi muammo//Huquq va burch 
jurnali, 2008-yil, 10-son.   3 6-betlar. 


 
62 
(unga kiritilgan o zgartirishlar bilan), Ayollar va bolalar savdosiga 
qarshi kurash to risidagi 1921-yil 30-sentabrdagi Xalqaro Kon-
vensiya (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1947-yil 20-oktabr-
da qabul qilingan Protokolga asosan kiritilgan o zgartirishlar 
bilan), 1933-yil 11-oktabrdagi Balog atga yetgan ayollar savdo-
siga qarshi kurashish to risida Xalqaro Konvensiya (unga kiri-
tilgan o zgartirishlar bilan), Qullik to risida 1926-yil 25-sen-
tabrdagi Konvensiyalar. BMT tomonidan yuqoridada ko rsatil-
gan hujjatlarning harakat doirasini kengaytiruvchi konvensiya 
loyihasi tuzilganligini e tiborga olib, 1949-yil 2-dekabrda Odam-
lar savdosi va fohishabozlikning uchinchi shaxslar tomonidan ish-
latilishiga qarshi kurash to risida Konvensiya
1
, 2000-yil 25-mayda 
Bola huquqlari to risidagi Konvensiyaga doir, bolalar savdosi, 
bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli Fakul-
tativ protokol, 2000-yil 15-noyabrdagi BMTning Transmilliy 
uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi
2
, 2000-yil 15-no-
yabrdagi BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 
Konvensiyasini to ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar 
va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo yish va 
uning uchun jazolash haqidagi protokoli, 2000-yil 15-no-
yabrdagi BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 
Konvensiyasini to ldiruvchi Muhojirlarning quruqlik, dengiz va 
havo yo llari orqali noqonuniy olib kirilishiga qarshi protokoli 
qabul qilindi. 
Odamlardan foydalanish uchun ularni yollashga qarshi kura-
shishga qaratilgan xalqaro huquqiy hujjatlar ichida BMTning 
Odam savdosiga qarshi kurashish tashkiloti tomonidan ishlab 
chiqilgan  Inson huquqlari va odamlar savdosi to risida gi  
                                                
1  Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishiga 
qarshi kurash to risidagi BMT Konvensiyasi (Nyu-York, 1949-yil 2-dekabr). BMT 
(IV) Rezolyutsiya bilan ma qullangan. O zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 576 II-sonli 
Qaroriga binoan qo shilgan. 
2  Qarang: BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi. Nyu-
York 2000-yil 5-noyabr (BMT Bosh Assembleyasining 55/25-sonli Rezolyutsiyasi 
bilan qabul qilingan). 


 
63 
tavsiyaviy rahbariy qoidalar va prinsiplarni alohida ta kidlash 
loim. Bu prinsiplarning maqsadi odamlar savdosi va uning bir 
qismi bo lgan odam yollashgà qarshi xalqaro huquqiy kurash 
olib borish strategiyasini va umumiy asoslarini aniqlash hisob-
lanadi
1

Bundan tashqari odam savdosiga qarshi YeXHTning xalq-
aro hujjatlari qabul qilingan
2

Odam savdosiga qarshi Yevropa Kengashi, Yevropa Kenga-
shining Vazirlar Qo mitasi va Yevropa Kengashining Parlament 
Assambleyasining xalqaro hujjatlari va Tavsiyalari qabul qilin-
gan bo lib, ulardan 2005-yil 16-mayda Varshavada qabul qilin-
gan Yevropa Kengashining Odam savdosiga qarshi kurash to -
risidagi maxsus Konvensyasi
3
 alohida ahamiyat kasb etadi.
 
1949-yilda qabul qilingan BMTning Odam savdosiga va 
uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishiga 
qarshi kurash to risidagi Konvensiyasi 1-moddasida tomonlar 
ushbu Konvensiyada:  
1) boshqa shaxsni foxishalik maqsadida, hattoki, uning rozi-
ligi bilan qo shib qo ygan, yo ldan urgan yoki nomusiga tajovuz 
qilgan; 
2) boshqa shaxsning foxishaligini, hattoki, shu shaxsning 
roziligi bilan ishlatgan har bir kishini jazolashga majburiyat ol-
dilar,   deyiladi
4

Odam savdosiga qarshi kurashishda BMTning 2000-yil 
5-noyabrdagi  Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Kon-
                                                
1  Izoh: Tavsiyaviy prinsipda ko rsatilganidek:  Odalar savdosining predmeti bo lgan 
inson huquqlari to risidagi masala odamlar savdosining oldini olish va unga qar-
shi kurash olib borishga, qurbonlarga yordam, himoya va to lovlar berishga qara-
tilgan barcha sa y-harakatlarning markazida bo lmog i darkor . Internet material-
lari bo yicha: http://hrlibrary.ngo.ru.  
2  Batafsil qarang: Odam savdosiga qarshi kurashish bo yicha xalqaro shartnomalar 
va O zbekiston milliy qonunchiligi: hujjatlar to plami/Mas ul muharrir va so z 
boshi muallifi A.X. Saidov.   T.: O zbekiston, 2012.   252 300-betlar.  
3  O sha joyda.   301-bet. 
4  Qarang: Huquqni muhofaza qilish oranlariga oid xalqaro hujjatlar.   To plam.  
Mas ul muharrir: A.X. Saidov.   T.: Adolat, 2004.   81-bet. 


 
64 
vensiyasini  to ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va 
bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo yish va 
uning uchun jazolash haqidagi Protokol
1
 odam savdosini xalq-
aro huquqiy jihatdan taqiqlash, uni tushunish va oldini olish masa-
lalarida bir xillikni ta minlash uchun mustahkam asosni joriy etdi.  
Mazkur Protokolning maqsadlari quyidagilardan iborat: 
1) odam savdosining oldini olish hamda ayollar va bolalar-
ga alohida e tibor bergan holda unga qarshi kurashish; 
2)  bunday  savdo qurbonlarini, ularning inson huquqlarini 
to la hurmat qilgan holda, himoya qilish va yordam berish; 
3)  bu maqsadlarga erishishda Ishtirokchi-davlatlar  o rtasi-
dagi hamkorlikni rag batlantirish. 
Bundan tashqari, Protokolda odam savdosining oldini olish 
va tugatishning bosh masalalari ham tartibga solingan. Hozirda 
bu Protokol odamlarni yollashga qarshi kurash tizimiga asos sol-
gan asosiy, yagona me yor sifatida tan olinadi. 
Odam savdosi tushunchasi Protokolning 3-moddasida beril-
gan bo lib, unga ko ra,  odam savdosi
 foydalanish maqsadla-
rida kuch ishlatish xavfi yoki uni qo llash yoxud majburlovning 
boshqa shakillarini qo llash, o irlash, firibgarlik, aldash, hoki-
miyatni yoki qaramlik holatini suiiste mol qilish yoxud to lovlar 
yoki foyda ko rinishida sotib olish yo li bilan yoxud shaxsni na-
zorat qiluvchi boshqa shaxsning roziligini olish uchun to lovlar 
yoki foyda ko rinishida sotib olish yo li bilan insonlarni yollash, 
tashish, berish, yashirish va odamlarni qo lga kiritishni anglata-
di. Foydalanish kamida boshqa shaxslar fohishabozligidan foyda-
lanish yoki shahvoniy maqsadlarda foydalanishnning boshqa 
shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullikni yoki qul-
                                                
1  Izoh: 2004-yil iyul holatiga ko ra, 79 ta davlat BMTning Transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini ratifikasiya qilgan yoki unga qo shilganlar; 
61 ta davlat Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to ldiruv-
chi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda 
unga  chek  qo yish  va  uning  uchun  jazolash  to risidagi  Protokolni  ratifikasiya  
qilgan yoki unga qo shilgan./Internet materiallari bo yicha: http://hrlibrary.ngo.ru. 


 
65 
likka o xshash urf-odatlarni, shaxsni tutqunlik holatini yoki 
odam tanasi a zolarini ajratib olishni anglatadi
1

Xuddi shuningdek, O zbekiston Respublikasining 2008-yil 
17-aprelda qabul qilingan  Odam savdosiga qarshi kurashish 
to risida gi Qonuni 3-moddasida ham odam savdosi tushun-
chasi berilgan bo lib, odam savdosi  kuch bilan tahdid qilish 
yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan 
foydalanish, o irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste -
mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali 
yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini 
olish uchun uni to lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og dirib 
olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, 
tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdan iborat. Odam-
lardan foydalanish boshqa shaxslarning foxishaligidan foydala-
nishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari-
ni, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o x-
shash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a zolari yoki to qima-
larini ajratib olishni anglatadi
2

Odam savdosi bilan shug ullanuvchi shaxs
3
  deganda  mus-
taqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi 
bilan bog liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki 
yuridik shaxs, shuningdek o z harakatlari bilan odam savdosiga 
ko maklashadigan, xuddi shuningdek, garchi o z mansab vako-
latlariga ko ra to sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo lsa 
                                                
1  O zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi  BMTning transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, 
ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo yish va uning 
uchun jazolash haqidagi Protokolni (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) ratifikatsiya 
qilish to risida gi 160-sonli Qonuni.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 351-modda. 
2  O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 
4-son, 190-bet. 
 Izoh: Ushbu tushuncha ilk bor O zbekiston Respublikasining  Odam savdosiga 
qarshi  kurashish  to risida gi  2008-yil  17-aprel  Qonunida  aks  etgan.//  O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 4-son, 
190-modda. 


 
66 
ham, odam savdosiga to sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurash-
maydigan mansabdor shaxs tushuniladi. 
Odam savdosi jinoyatining obyekti   jabrlangan shaxs-
larning ozodligi, qard-qimmati, erkinligi hisoblanadi. Odam sav-
dosining bevosita obyekti shaxsning shaxsiy erkinligi, sha ni va 
qadr-qimmatini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. 
Qo shimcha obyekt alohida kvalifikatsiya qilingan tarkiblarda 
shaxsning hayoti va sog lig i daxlsizligini ta minlovchi ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi.  

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish