Qulchilik va uning oldini olish
Qul savdosini taqiqlash to risidagi masala birinchi maro-
taba Vena kongressiga qo yilgan edi. Bu kongress 1815-yil 4-fev-
ralda negr qullar savdosini bekor qilish to risida maxsus Dek-
laratsiya qabul qildi. 1815-yilgi deklaratsiyaning amaliyotga qo l-
lanilishiga Amerikaga negr qullarni olib o tishni taqiqlash to -
risida besh davlat tomonidan qabul qilingan 1841-yil 20-dekabr-
1 Izoh: Xalqaro huquq va kriminologiyaga oid adabiyotlarda ushbu mavzu besh xil
nomlanadi: Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar , Transmilliy jinoyatchilik , Xalqaro
tusdagi jinoyatlar , Xalqaro ahamiyatga ega bo lgan jinoyatlar , Xalqaro xusu-
siyatga ega bo lgan jinoyatlar .
58
dagi shartnoma asos bo ldi (shuningdek, 1885-yil Kongo daryosi
to risida Berlin konferentsiyasining Yakunlovchi Aktining 9-mod-
dasi va 1890-yil 2-iyuldagi qul savdosiga qarshi kurash bo yicha
Bryussel Konferentsiyasining Bosh akti). Millatlar Ligasi doira-
sida ishlab chiqilgan, 1926-yil 25-sentabrda imzolangan Qulchi-
lik bo yicha Konvensiya, 1930-yil qabul qilingan Zo raki yoki
majburiy mehnat to
risida gi Konvensiya
1
qabul qilingan.
BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarga 1926-yilgi Kon-
vensiyaga qo shilishni va qulchilikka qarshi kurash bo yicha qo -
shimcha tadbirlar ishlab chiqishni tavsiya qildi.
1956-yil 7-senyabrda BMT tomonidan chaqirilgan qulchilik-
ka qarshi kurash bo yicha Jeneva Konferensiyasida qul savdosi,
qulchilikni bekor qilish bo yicha Qo shimcha Konvensiya qabul
qilindi.
1926-yilda qabul qilingan 1956-yilda o zgartirishlar kiritilgan
Qullik to risidagi Konvensiyaning 1-moddasida qayd etilgani-
dek, qullik bu insonning shunday holati yoki ahvoliki, uning
ustidan egalik huquqining belgilari yoki ulardan ba zilari amal-
ga oshiriladi. Tutqinlar savdosi insonni qullikka sotish maqsadi-
da uni bosib olish, egalik qilish, in om etish aktini; tutqinni
sotish yoki almashtirish maqsadida, uni egallash har qanday
aktini; umuman, tutqinlarni sotish yoki tashish har qanday akti sin-
gari, sotish yoki almashish yo li bilan egallagan tutqinni sotish
yoki almashtirish yo li bilan in om qilish har qanday aktini o z
ichiga oladi.
1956-yilning 7-sentabrida Qulchilikni, qul savdosi va qul-
chilikka o xshash institut va odatlarni tugatish to risida gi
Qo shimcha Konvensiyasi (1957-yil 30-aprelda kuchga kirgan)
biror kishini qulga aylantirmoqchi bo lgan shaxslar, qullarni ta-
shish bilan shug ullanuvchi shaxslarni jazoga tortishni nazarda
tutadi
2
.
1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam. T.: Adolat, 2004.
235-bet.
2 O sha joyda. 216-bet.
59
Konvensiyada, ishtirokchi davlatlar majburiyati bayon qilinib,
xuddi shunday jinoyatni sodir qilgan aybdor shaxslarni jazolash
to risida kelishilgan. Bunga quyidagilar kiradi:
- qanday transport vositasidan foydalanishidan qat i nazar,
qullarni bir mamlakatdan ikkinchisiga olib o tish;
- biron-bir shaxsni o ziga bo yin egdirish yoki birontasini
ziga qul qilish;
- biron-bir shaxsni o ziga mutlaqo tobe qilib, erksiz qilib
qo yish (qarz berib qaram qilish, huquqsiz dehkon qilish, ayollar
va bolalarni oldi-sotdi qilish va hokazo);
- qulni va erksiz shaxsni jazo tariqasida mayib qilish, kuydirib
tamg a bosish;
- bunday jinoiy harakatlarga ishtirokchi bo lish yoki xufya
til biriktirib bunday jinoyatni sodir qilish
1
.
Qullik to risida gi Konvensiyada davlatlarning odamlardan
foydalanish uchun ularni yollash jinoyatining oldini olish va bar-
taraf etish masalasi qayd etilib, unda quyidagilar o z ifodasini
topgan;
- biror-bir shaxsni qo lga kiritish yoki qullikka solish maq-
sadida uni ekspluatatsiya qilish yo li bilan egallab olish;
- sotish yoki ayirboshlash maqsadida qulni qo lga kiritish
bilan bog liq barcha harakatlarni amalga oshirish;
- shu maqsadda qo lga kiritilgan shaxsni sotish yoki ayir-
boshlash bo yicha barcha harakatlar, qullar savdosi yoki qullarni
tashish bo yicha har qanday harakatlarni amalga oshirish
2
.
Ushbu konvensiyaga muvofiq, uni imzolagan tomonlar qul
savdosini tugatish va oldini olish, shu bilan bir qatorda, tezlik
bilan qullikning barcha shakillarini to liq tugatish majburiyatla-
rini o z zimmalariga olganlar.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida Har bir
inson yashash, erkin bo lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga
1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam: T.: Adolat, 2004.
216-bet.
2 O sha joyda.
60
egadir
1
(3-modda), Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saq-
lanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko rinish-
lari taqiqlanadi
2
(4-modda), degan qoidalar mustahkamlangan.
Ozodligi cheklangan va xo jayinining og ir mehnatiga jalb
etilgan shaxs quldir. Quldorlik eng taraqqiy etgan mamlakatlar-
ga qadimgi Rim va Yunonistonni misol sifatida keltirish mumkin.
Hozirgi kunda qulchilikning har qanday ko rinishlari barcha
davlatlarda qonun bilan qat iy taqiqlangan, oxirgi marta qullardan
foydalanishni taqiqlash 1981-yilda Mavritaniyada joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |