227
XV bob. Jamoat birlashmalari
§ 1. Jamoat birlashmalarining tizimi, turlari, vazifasi
O„zbekistonda jamoat birlashmalari tizimiga kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar,
olimlarning jamiyatlari,
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari
kiradi, bu Konstitutsiyaning 56-moddasida belgilangan. Jamoat birlashmalarining
faoliyat ko„rsatishinining asosiy sharti ular qonunda
belgilangan tartibda
ro„yxatdan o„tgan bo„lishi kerak. Ularni ro„yxatdan o„tkazish
Adliya vazirligi
zimmasiga yuklangan.
Jamoat birlashmalari eng muhim demokratik institutlardan hisoblanib, ular
fikrlar va g„oyalar xilma-xilligini amalda ta'minlovchi muhim vositadir.
O„zbekiston Konstitutsiyasi 56-moddasidan tashqari yana bir necha
moddalarda jamoat birlashmalarini xilma-xilligi, ko„p partiyaviylik tizimini
mavjudligi jamoat taraqqiyotida muhim shartligini
belgilovchi qoidalar, bu esa
fuqarolar faolligini garovi ekanligi belgilab qo„yilgan.
Konstitutsiyaning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga a'zo
bo„lish huquqi belgilangan bo„lib, shu moddaning ikkinchi bandida, jamoat
birlashmalarida ham ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning
huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hyech kim kamsitishi mumkin emasligini
belgilanishi esa, fikrlar va g„oyalar xilma-xilligini muhim garovi hamda
Konstitutsiyaviy tuzumning demokratik xususiyatidir.
Jamoat
birlashmalari, turidan qatiy nazar, xalqning erkin faoliyati va
ijtimoiy hayotda ishtirokini ta'minlash vositasi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning
samarali faoliyatidan fuqarolar ham, davlat ham manfaatdor. Fuqarolar ularning
faoliyati
orqali jamiyat ishlarida, davlatni boshqarishda ishtirok etsa, o„z
qarashlarini bayon etib, manfaatlarni to„la himoya qilsa, davlat o„zining ayrim
funksiyalarini ularga o„tkazib, muhim masalalarni hal qilishga jalb etadi. Ya'ni
jamiyatni boshqarishda jamoat birlashmalariga tayanadi. Davlat jamoat
birlashmalarini faoliyatiga yordam berib, ular bilan to„g„ri va samarali munosabat
228
o„rnata olsa,
taraqqiyot tezlashadi, farovon turmush yaratiladi. Shu bilan birga
davlatning nazorati jamoat birlashmalari faoliyatiga ularning ishiga bevosita
aralashmagan holda o„rnatiladi (Konstitutsiyaning 58-moddasi).
Jamoat birlashmalari kishilarni siyosiy qarashlari (siyosiy partiyalar),
faoliyati yo„nalishiga (kasaba uyushmalari), jinsiga (xotin-qizlar qo„mitalari),
yoshiga (Kamolot), qobiliyati, kasbiga (yozuvchilar, arxitektorlar ittifoqlari) qarab
birlashtiradi.
Bu Konstitutsiyaning 56-moddasida quyidagicha mustahkamlab qo„yilgan:
“O„zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro„yxatdan o„tkazilgan
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar,
faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalari, ommaviy harakatlar va
fuqarolarning uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e'tirof etiladi.
Demak, jamoat birlashmalarining faoliyat ko„rsatishining asosiy sharti ularni
qonunda belgilangan tartib ro„yxatdan o„tkazishdir, bu ularning Ustav
(nizomlarini) ro„yxatga olish bilan amalga oshiriladi.
“O„zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to„g„risida”gi qonunga
asosan Respublikada amal qiluvchi jamoat birlashmalari Adliya vazirligi
tomonidan ro„yxatga olinadi. Birlashma tuzish, ro„yxatdan o„tkazish uchun Adliya
vazirligiga murojaat qilish, taqdim qilinadigan zarur hujjatlar qonunda belgilangan.
Hozirgi kunda O„zbekistonda to„rtta siyosiy partiya va ko„plab boshqa
jamoat birlashmalari mavjud va ular qonuniy ravishda jamoat birlashmalari sifatida
e'tirof etilgan.
Jamoat birlashmalarining faoliyati turli qonunlar, jumladan, “Jamoat
birlashmalari to„g„risida”, “Noddavlat, notijorat tashkilotlari to„g„risida”, qonunlar
bilan tartibga solinadi.
Barcha jamoat tashkilotlariga xos xususiyat – bu ularga a'zolikni
ixtiyoriyligidir. Eng yirik jamoat birlashmalari – Kasaba uyushmalari va Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: