Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi 
 
Bozor iqtisodiyoti, munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkin bo„lishni nazarda 
tutadi.
Bu eng avvalo iqtisodiyotga davlat munosabati qay darajada bo„lishi 
masalasidir. Iqtisodiy faoliyatning erkin bo„lishi, unga davlat ta'siri darajasiga 
bog„liq. “Davlat, uning hokimiyat boshqaruv tuzilmalari to„g„ridan-to„g„ri xo„jalik 
faoliyatiga aralashishdan chetda bo„lishi kerak”
2

Iqtisodiy faoliyat yuritadigan shaxslarga davlat huquqiy kafolatlar berish 
bilan cheklanmay, huquqlardan to„la foydalanish uchun shart sharoit yaratish
ishbilarmonlar faoliyatiga to„sqinlik qiluvchilarni tanobini tortib qo„yish bosh 
masala hisoblanadi
3

O„zbekiston Respublikasi XXI asrga mamlakatda amalga oshiriladigan 
vazifalarni asosiy yo„nalishlarini aniq belgilab kirib keldi Prezident 
I.A.Karimovning “O„zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida birinchi ustuvor 
yo„nalish sifatida mamalkat siyosiy, iqtisodiy hayotini davlat va jamiyat qurilishini 
Ўзбекистон, 1996. 14-бет.
1
Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини демократлаштириш 
концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. 48-бет.
2
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 49-бет.
3
Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий, ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий 
тамойиллари. –Т.: Ўзбекистон, 1995. 37-бет.


215 
yanada erkinlashtirish belgilandi. Shu asosda xususiy mulkchilik yetakchi o„rinda 
turadigan ko„p ukladli iqtisodni barpo etish maqsadi belgilandi. Buning uchun eng 
avvalo erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart sharoit yaratish 
zarurligi, kichik va o„rta biznesni keng rivojlantirish uchun hamma yo„lni ochib 
berish lozimligi ko„rsatildi
1

Uzoq yillar davomida davlat iqtisodni boshqargan, shuning uchun uni 
birdaniga iqtisodga aralashuvini cheklash ancha mushkul ish bo„lishi tabiiydir. 
Dastlabki davrlarda erkin iqtisodiy faoliyat olib boorish, tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlanishiga to„sqinlar uchrab turishi ham tabiiydir. Shu tufayli iqtisodiyotni 
erkilashtirish eng avvalo iqtisodiy faoliyat olib boruvchi sub'ektlarni erkinligini, 
mustaqilligini ta'minlash, buning uchun tadbirkorlik faoliyatiga to„sqinlik qiluvchi 
to„siq va cheklashlarga barxam berish chora-tadbirlarini nazarda tutadi. 
“Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo davlatning 
nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini, funksiyalarini qisqartirish, uning 
korxonalar xo„jalik faoliyatiga, birinchi galda hususiy biznes faoliyatiga 
aralashuvini cheklashdan iborat.
Ayniqsa xususiy biznesga ko„proq erkinlik berish lozim. Umuman iqtisodiy 
faoliyatning bozorga xos mexanizmlariga ko„proq erkinlik berish zarur”
2

Davlatni iqtisodiyotga aralashuvini cheklashni samarali tadbirlaridan biri, 
davlatni iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish vazifasini 
cheklash hisoblanadi. Shu tadbir izchillik bilan o„tkazib kelinmoqda va har doim 
ustuvor vazifalardan hisoblanmoqda. Bundan tashqari, tekshiruv natijalari bo„yicha 
qo„llaniladigan jazolarni ma'muriy tartibda berishdan, sud tartibiga o„tish ham 
iqtisodiy faoliyatiga davlat aralashuvini cheklaydi va erkin iqtisodiy faoliyatni 
ta'minlaydi. Shuning uchun bu masala ham asosiy vazifa sifatida belgilangan
3

Mamlakatimizda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinliginig 
1
Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. –Т.: Ўзбекистон, 1999. 32-33-бетлар.
2
Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард масадимиз. –Т.: Ўзбекистон, 2000. 
17-18-бетлар.
3
Қаранг: Каримов И.А. Бизнинг бош вазифамиз жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни 
модернизация ва ислоҳ этишдир. –Т.: Ўзбекистон, 2005. 79-80-бетлар.


216 
kafolatlari to„g„risida”, “Xususiy korxona to„g„risida”, “Valyutani tartibga solish 
to„g„risida”, “Fermer xo„jaligi to„g„risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to„g„risida 
”gi qonunlar, Konstitutsiyamizda belgilangan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va 
mehnat qilish erkinligini davlat muhofaza qiladi degan (53-modda) qoidani amalga 
oshirishni ta'minlashga xizmat qilmoqda.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo„shma majlisidagi 
ma'ruzasida 
Prezident tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirishga 
erkinligini 
ta'minlashga qaratilgan “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib 
qoidalari to„g„risida” qonun qabul qilish va unga ruxsat berishni yanada 
osonlashtirish tartibini joriy qilishni taklif etdi
1

Amaldagi Konstitutsiyamiz avvalgi amal qilgan konstitutsiyalardan farq 
qilib, mehnat qilish erkinlikligini shuningdek iqtisodiy faoliyat yuritish, 
tadbirkorlik bilan shug„ullanish erkinligini belgiladi, bu esa bozor munosabatlariga 
mos keladi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish