partiyalarning partiya guruhlari ham ko„tarish huquqiga egaligi va shunday holat
yuzaga kelganda, hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining qo„shma
majlisidagi ma'ruzasida viloyat va Toshkent shahar hokimlarini tayinlashda Bosh
vazir ishtirokini belgilovchi norma bo„lishi haqida taklif bildirildi va
Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandi “viloyatlar va Toshkent shahar hokimini
qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan so„zlar bilan
453
to„ldirildi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur?
2. O„zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi qanday tashkil
qilingan?
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Konstitutsiyaviy vazifalari
nimalar?
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday?
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar. Nima uchun
ular vakillik organlari deydilar?
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qilinadi?
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday?
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi?
9. Hokimlarni maqomi qanday?
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi.
454
XXV bob. Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari.
§ 1. O„zini o„zi boshqaruv va uning demokratik jamiyatdagi o„rni
O„zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo„liga kirgach,milliy
davlatchilik an'analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish- irodasini
to„la aks ettira oluvchi o„zini o„zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni
maqsad qilib qo„ydi.
Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o„rganildi va
O„zbekiston sharoiti etiborga olindi. Natijada O„zbekistonning o„ziga xos o„zini
o„zi boshqarish organlari vujudga keldi. Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish
organlari Konstitutsiyaning 105-moddasiga asosan fuqarolarning yig„inlari
hisoblanadi. Ular qishloq, shaharcha, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda
hamda shahardagi mahallarda faoliyat ko„rsatib, ikki yarim yil muddatga raisni
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko„rinib turibdiki, fuqarolarning
o„zini o„zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida
turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
O„zbekiston o„zini o„zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari
tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo
yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya,
Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o„zini o„zi
boshqarish deb atalsa, O„zbekiston uni fuqarolarning o„zini o„zi boshqarishi deb
atadi. Bu shunchaki nomni o„zgartirish emas,masalani mohiyatini bildiruvchi
holatdir. Mahalliy o„zini o„zi boshqarishga nisbatan, fuqarolarning o„zini o„zi
boshqarish so„zi o„zini o„zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida
to„laroq ko„rsatadi. Sababi, mahalliy boshqaruv faqat o„zini o„zi boshqaruv orqali
emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya'ni mahalliy boshqaruvda
davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy
vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun O„zbekistonda o„zini o„zi boshqaruvni mahalliy o„zini o„zi
455
boshqaruv emas, fuqarolarning o„zini o„zi boshqaruvi deb nomlanishi, masalaning
asl mohiyatiga mos keladi va o„zini o„zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi
ekanligini ko„rsatadi.
O„zini o„zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo„nalishi, jahon
davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut
hisoblanadi.O„zini o„zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan
bo„lib, bu huquq fuqarolarning o„zini o„zi boshqaruv organlari orqali amalga
oshiriladi.
O„zini o„zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning
tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib
chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat
ko„rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O„zini o„zi boshqarish tushunchasi bilan, o„zini o„zi boshqarish organlari
tushunchasi bir biridan farq qiladi. O„zini o„zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat
faoliyat bo„lsa, o„zini o„zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi
tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi.
O„zini o„zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida
ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o„zini o„zi boshqaruv fuqarolarning
jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini taminlovchi muhim vositalardan biridir.
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o„z ifodasini topgan. Unga asosan
fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o„zini o„zi boshqarish orqali
ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o„zini o„zi boshqarish masalasiga faqat
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarini faoliyatini belgilash bilan
yondashgan.
Aslida o„zini o„zi boshqarish ancha keng tuzulma bo„lib bir necha
harakatlarni o„z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim
mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o„zini o„zi boshqarish hisoblanadi.
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilot,
korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o„zini o„zi boshqarish
456
hisoblanadi. O„quv yurtlaridagi ota-onalar qo„mitalari, “Komolot” yoshlar harakati
boshlang„ich tashkilotlari ham o„zini o„zi boshqarish ko„rinishidadir.
Shunday qilib, o„zini o„zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash
qo„mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
O„zini o„zi boshqaruv demokratiyaning bir ko„rinishi bo„lib, xalq
hokimyatini ro„yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari
o„zini o„zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va
muhim instituti hisoblanadi.
O„zini o„zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o„zini o„zi
boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok
etishda ko„rinadi.
Biror bir yo„l bilan o„zini o„zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok
etishni cheklash, to„sqinlik qilish mumkin emas.
“Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari to„g„risida”
1
gi qonunda (7-
modda) o„zini o„zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimyati organlari
tizimiga kirmasligi ko„rsatilgan va ularning amaliy faoliyati ham shuni ko„rsatadi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o„zini o„zi boshqaruv davlat organlaridan
mustaqil
deb
ko„rsatilgani
bilan
(Rossiya
Konstitutsiyasining
12-
moddasida,mahalliy o„zini o„zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari
tizimiga kirmaydi, deb belgilangan), ba'zan bu qoidaga zid holatlar mavjud.
Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy
boshqaruv ma'muriyati boshlig„i – o„lka, viloyat mamuriyati boshlig„i, davlat
organi tomonidan tayinlanishi belgilangan.
O„zbekistonda fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarini aniq bir xil
pog„onada mahallarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning
O„zbekistonning siyosiy tizimida o„zining munosib o„rnini topishga, bozor
munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси фаолиятини тартибга солувчи қонун ҳужжатлари
457
qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga sabab bo„ladi. Albatta, shahar
va mahallalarida tuzilgan o„zini o„zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
O„zini o„zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida
ishtirokini taminlovchi, ularning ma'naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta'sir
qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro„yobga chiqarishga hissa qo„shuvchi muhim
tuzilmadir.
Keyingi paytda fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari faoliyati
yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o„zini
o„zi boshqarish organlariga katta umid bog„lanmoqda. Buni Prezidentimizning
“Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki,
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita
xalqqa topshirish, ya'ni o„zini o„zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish
demakdir”,- degan so„zlaridan ham bilsa bo„ladi. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar
faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu
jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e'tiborga olinishi, har bir kishi o„zini
to„laqonli shaxs, jamiyatning to„la a'zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarining roli kattadir.
O„zini o„zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda,
O„zbekistonning eng katta yutug„i ushbu masalani hal qilishga milliy an'analari,
qadriyatlarni tiklash, aholini tub manfaatlariga mos keluvchi yo„lni tanlash nuqtai
nazaridan yondoshish bo„ldi. Ya'ni, o„zini o„zi boshqarishda asosiy tayanch
(makon) qilib mahallar belgilandi.
O„zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta'sirchan vosita boshqa
mamlakatlarda yo„q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o„ringa ega
bo„lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg„usining shakllanishiga, milliy g„ururning
vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan holi bo„lishda katta ta'sir ko„rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to„laroq aniqlasa bo„ladi. Demak,
ushbu hislat O„zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa umume'tirof etgan
тўплами. –Т.: 2007. 85-94-бетлар.
458
demokratiya yo„llariga mamlakatimiz qo„shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib
aytganda, O„zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.
Mahallalar faqat eski mahalla o„rinlarida tashkil qilinib qolmasdan ularga
ko„p qavatli binolarning qo„shilishi, yoki ko„p qavatli binolardan iborat
mahallalarning tashkil etilishi esa ayni muddao bo„ldi, chunki bu ko„p qavatli
binolarda yashovchilarning hayotiga mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish
imkoniyatini beradi.
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati
demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Bu esa asosiy
maqsad – fuqarolik jamiyatini qurishga ko„maklashadi. “Biz islohotlarni
chuqurlashtirish, demokratik tub o„zgarishlar yo„lidan olg„a siljish, hayotimizda asl
demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to„g„risida gapirganda, avvalo, fuqarolik
jamiyati asoslariga o„tish, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish muassasalarini
butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning
asosiy mohiyati va bosh mantiqidir”, – deb ta'kidlandi O„zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisning to„rtinchi sessiyasida.
O„zini o„zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining kengayishi esa
bevosita mahallalarning mavqyeini kuchaytirish bilan bog„liq.
Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo„lmagan, faqat O„zbekistonga xos,
davlat bilan fuqarolarni bog„lovchi muhim ko„prikdir. Uning faoliyati natijasida
davlat bilan fuqarolar o„rtasida alohida munosabat vujudga keladi.
Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolarning jamiyat va
davlat ishlarida ishtirokini ta'minlash bilan chegaralanmaydi. Jamiyat azolarini
jamiyatning to„la qonli a'zosi bo„lish uchun imkoniyat yaratilishini nazarda tutadi.
Bu o„z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy masalalarni oladi. O„zini o„zi
boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va jamiyat hayotida ma'lum
mavqyega ega bo„lish uchun asos yaratadi. Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza
choralarini kuchaytirish ham kiradi. Demak, o„zini o„zi boshqarish organlari yoki
mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta'minlash,
kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi.
459
Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma'naviy kamolotini oshirish
uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo„qotish uchun ish olib
borishi va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'anlarga, Vatanga, davlatga, boshqa
fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
O„zini o„zi boshqarish organlari, mahallarning faoliyati, bundan so„ng ham
takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi.
“Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining
tashkiliy asoslarini, yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko„lamini
kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o„zoro yaqin
munosabatlarini ta'minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi”
1
.
Hozirgi kuning eng muhim masalalaridan biri – davlat organlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini o„rnatishda ham fuqarolarning o„zini o„zi
boshqarish organlariga katta umid qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |