Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

5. Mustaqillik prinsipi
– fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari o„z 


472 
vakolati doirasida mahalliy ahamiyatga molik masalalarni: obodonlashtirish, atrof 
muhitni saqlash, hududda turli xil hizmatlar ko„rsatish masalalarida mustaqil qaror 
qabul qiladi. Ularning vakolatlariga taalluqli masalalarni hal qilishga hyech kim va 
hyech qanday organ aralashmaydi. 
6. Jamoatchilik asosidagi o„zaro yordam prinsipi
– o„zini o„zi boshqarish 
organlari faoliyati jamoatchililikka asoslanadi. Unga tegishli ko„p masalalar 
jamoatchilik asosida haq olinmasdan amalga oshiriladi. Mahalla hududida 
yashovchi barcha fuqarolar o„z imkoniyatiga qarab, xolisona fuqarolarning o„zini 
o„zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etadi, ularni moddiy tomondan 
qo„llab-quvvatlaydi. 
Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish mamlakatning butun hududida amalga 
oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar o„zini o„zi 
boshqarishning hududiy birligi, makonidir. 
Bu birliklarni tuzish, tugatish, shuningdek chegaralarini o„zgartirish, ularga 
nom berish va ularning nomini o„zgartirish fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarishning tegishli organlari fikrini xisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Mahallani tuzish, qo„shib yuborish va tugatish, shuningdek uning 
chegaralarini belgilash va o„zgartirish o„zin o„zi boshqarish organlari tashabbusi 
bilan mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Fuqarolar yig„inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, 
shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga 
yetgan shaxslar qatnashadilar. 
Fuqarolar yig„ini organlari quyidagilardan iborat: 
fuqarolar yig„ini Kengashi; 
fuqarolar yig„ini faoliyatining asosiy yo„nalishlari bo„yicha komissiyalar; 
fuqarolar yig„ini taftish komissiyasi; 
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo„lgan shaharchalar, 
qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan 
ma'muriy komissiya (bundan buyon matnda ma'muriy komissiya deb yuritiladi). 
Fuqarolar yig„ini faoliyatining asosiy yo„nalishlari bo„yicha komissiyalar, 


473 
fuqarolar yig„ini taftish komissiyasi va ma'muriy komissiyani saylash 
fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta'minlangan holda 
yashirin yoki ochiq ovoz berish yo„li bilan amalga oshiriladi. 
Komissiya tarkibiga ko„rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig„inida (vakillar 
yig„ilishida) hozir bo„lganlarning yarmidan ko„prog„i uni yoqlab ovoz bergan 
bo„lsa, saylangan hisoblanadi. 
Fuqarolar yig„ini fuqarolar yig„inining raisi (oqsoqoli), (bundan keyin faqat 
rais deyiladi) yig„in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har 
choragida kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig„ini xalq deputatlari tuman, 
shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o„n sakkiz yoshga to„lgan va 
mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi 
tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. 
Fuqarolarning yig„ini fuqarolar yig„inida qatnashish huquqiga ega bo„lgan 
barcha aholining yarmidan ko„prog„i hozir bo„lgan taqdirda vakolatlidir. 
Fuqarolar yig„inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig„inni fuqarolar 
yig„inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. 
Barcha masalalar bo„yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy 
ko„pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 
Har bir yig„inda yig„in o„tkazilgan sana, hozir bo„lgan fuqarolar soni, kun 
tartibi va qabul qilingan qarorlar ko„rsatilgan holda bayonnoma yuritiladi. 
Fuqarolar yig„inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig„inining raisi va mas'ul 
kotibi imzolaydilar. Rais yo„qligida, fuqarolar yig„inining bayonnomasini raisning 
maslahatchilaridan biri va mas'ul kotib imzolaydi. 
Fuqarolar yig„inini chaqirishning imkoni bo„lmagan taqdirda, fuqarolar 
vakillarining yig„ilishi o„tkaziladi. Yig„ilishga hovlilar, uylar, ko„chalar, 
mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyondalari vakil qilinadilar. 
Vakillik normasini fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish ishlari bo„yicha tegishli 
tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi. 
Fuqarolar vakillarining yig„ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki 
qismi hozir bo„lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig„ilish ushbu Qonunda 


474 
fuqarolar yig„inlarini o„tkazish tartibiga nisbatan qo„yiladigan talablarga muvofiq 
o„tkaziladi. 
Fuqarolar yig„inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida 
joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o„z faoliyatlariga doir 
masalalar bo„yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir. 
Fuqarolar yig„ining qarorlarini bajarish va fuqarolar o„zini o„zi boshqarish 
organlarining fuqarolar yig„inlari oraliq davrdagi joriy faoliyatni amalga oshirish 
uchun fuqarolar yig„ining raisi, uning maslahatchilari, fuqarolar yig„ini 
faoliyatining asosiy yo„nalishlari bo„yicha komissiyalarning raislari va yig„ining 
mas'ul kotibidan iborat tartibda fuqarolar yig„ining kengashi tuziladi. 
Fuqarolar yig„ini kengashining majlisi fuqarolar yig„inining raisi (oqsoqoli) 
tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida bir marta o„tkaziladi. 
Fuqarolar yig„ini kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash 
a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo„lsa, vakolatli 
hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yig„ini kengashining hozir bo„lgan 
a'zolaridan yarmidan ko„prog„i yoqlab ovoz bergan bo„lsa, qabul qilingan 
hisoblanadi. 
Fuqarolar yig„ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo„li bilan qabul 
qilinadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish