Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Xalq deputatalari mahalliy kengashlarini tashkil etish tartibi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Xalq deputatalari mahalliy kengashlarini tashkil etish tartibi, 
tarkibi, faoliyat shakli 
Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil qilish
vakolat doirasi va saylash tartibi qonun bilan belgilanadi degan xavolaki norma 
mavjud (103-modda ikkinchi qism). Shu konstitutsiyaviy norma asosida 1993-yil 
yil 2-sentyabrda “Mahalliy davlat hokimiyati to„g„risida” qonun va 1994-yil 5-
mayda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to„g„risida” qonun qabul qilindi
1

Xalq deputatlari Kengashlari bitta yo„l bilan – saylov orqali tashkil etiladi. 
Xalq deputatlari Kengashlariga saylov ko„ppartiyaviylik asosida, bir mandatli 
saylov okruglarida, har besh yilda o„tkaziladi. Bu degani saylovlarda ishtirok etish 
huquqiga ega bo„lgan barcha siyosiy partiyalar teng imkoniyatlarda qatnashadi. Bir 
saylov okrugidan bitta deputat saylanadi va ularning vakolati besh yil davom etadi. 
Saylovlar umumiy, teng va to„g„ridan-to„g„ri saylov huquqi asosida yashirin 
ovoz berish orqali o„tadi. Bular saylov huquqining asosiy prinsiplaridir. 
Umumiy saylov
– 18 yoshga yetgan barcha fuqarolarni milliati, jinsi, irqi, 
dini, kelib chiqishi, ijtimoiy ahvoli, mashg„ulot turi, kasbi, egallab turgan 
lavozimidan qat'iy nazar saylovda ishtirok etadi. Ya'ni, saylash huquqidan 
foydalanishdir. Faqat, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan 
fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida 
saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashmaydi. Umumiy saylov huquqi mahalliy 
Kengash deputatligiga saylanuvchilar oldiga ba'zi bir talablarni qo„yadi va ular 
umumiy saylov huquqiga zid emas, jahon saylov tajribasida qo„llaniladigan 
talablardir. Jumladan, mahalliy Kengash deputati bo„lib 21 yoshga to„lgan, kamida 
5 yil O„zbekiston Respublikasida muqim yashayotgan fuqarolar saylanishi 
mumkin. 
Deputatlikka nomzodlar oldiga quyidagi talabalar qo„yiladi: 
sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси фаолиятини тартибга солувчи қонун ҳужжатлари 


443 
sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar; 
saylov kuniga qadar so„nggi besh yil mobaynida O„zbekiston Respublikasi 
hududida muqim yashamagan shaxslar;
O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, 
Davlat bojxona qo„mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo„linmalarning 
xodimlari;
diniy 
tashkilotlar 
va 
birlashmalarning 
professional 
xizmatchilari 
deputatlikka nomzod etib ro„yxatga olinmaydilar. 
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining 
mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va sha harlarning hokimlari bundan 
mustasno) deputat etib saylangudek bo„lsalar, egallab turgan lavozimlaridan 
bo„shash to„g„risida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatlari viloyat, tuman 
va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib ro„yxatga olinadilar. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish