§ 6. Bosh vazirni vazifasidan ozod qilish
1990-yil mart oyida O„zbekiston Respublikasida Prezident lavozimi tashkil
etilishi, yuqori ijro organlarini qayta tashkil etish bo„yicha Konstitutsiyaga
kiritilgan o„zgartirishlarda Prezidentga O„zbekiston Respublikasi Ministrlar
Sovetini (hukumatini) iste'foga chiqarish, iste'foni qabul qilish masalasini qo„yish
tartibi kiritilgan edi.
1992yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyada hukumatni iste'foga
chiqarish, Bosh vazirni muddatidan oldin vazifasidan bekor qilish masalalari
ko„rsatilmagan edi. Bu masala ya'ni, Bosh vazirni muddatidan avval lavozimidan
ozod qilish va Vazirlar Mahkamasini iste'foga chiqarish 2007-yil 11-aprelda qabul
qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to„g„risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida tartibga solindi va shu asosda
“O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to„g„risida”gi qonuniga ham
o„zgartirishlar kiritildi.
Konstitutsiyaviy qonunning 5-moddasida Bosh vazirni lavozimidan ozod
etish tartibi quyidagicha belgilanadi:
“O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan quyidagi hollarda lavozimlardan ozod etiladi:
a) Bosh vazirning iste'foga chiqish to„g„risidagi arizasiga binoan;
b) Bosh vazir o„z vakolatlarini bajarish mumkin bo„lmay qolgan taqdirda;
v) O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal
faoliyatiga taxdid soluvchi hal qilib bo„lmaydigan ixtiloflar yuz berganda,
shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O„zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
g) O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi
siyosiy partiyalar fraksiyalarining O„zbekiston Respublikasi Prezidenti ko„rib
chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusini O„zbekiston Respublikasi Oliy
429
Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari
qo„llab quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va
Senatiga ovozga qo„yilgan tegishincha O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy soni uchdan ikki
qismidan ko„prog„ining ovozini olsa, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirning lavozimidan ozod etish to„g„risida qaror
qabul qiladi.
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimida ozod etilishi bir
vaqtning o„zida O„zbekiston Respublikasi Hukumatining iste'foga chiqishiga sabab
bo„ladi”
1
.
Milliy qonunchiligimizda birinchi marta qanday hollarda Bosh vazirni
lavozimidan ozod etish asoslari va tartibi aniq belgilandi. Bu Bosh vazir
mas'uliyatini kuchayishiga olib keladi. O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, faqat
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladi. Bosh
vazirni lavozimidan ozod etilishini asoslari sifatida quyidagilar belgilangan:
- Bosh vazirni iste'foga chiqish to„g„risida bergan arizasi. Bosh vazir o„z
xohishini bilan lavozimidan ozod qilishni so„rab, Prezidentga murojaat qilish
xuquqiga ega. Bunday ariza berishning sabablari ko„p bo„lishi mumkin. Uning
sog„ligini yomonlashgani, qilayotgan ishidan o„zi qoniqmasligi, yangicha sharoit
va talablarga javob bermasligi, yoshini ulg„ayib borishini, boshqa ishga o„tish
istagi, ishda yo„l qo„ygan kamchiliklarga o„zi iqror bo„lishi va xokazolar;
- Bosh vazir o„z vakolatlarini bajarishi mumkin bo„lmay qolganda. Bunda
ham uning sog„ligi boshqa yerga yashash uchun ketishi, oilaviy sabablar va
boshqalar bu holatni keltirib chiqarishi mumkin;
- Vazirlar Mahkamasi tartibida uning normal faoliyatiga taxdid soluvchi hal
qilib bo„lmaydigan ixtiloflar yuz berganda shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir
necha marotaba O„zbekiston Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Prezidentning
1
2011 йил 18 апрелдаги қонуни билан бу модда ва Вазирлар Махкамаси тўғрисидаги қонунининг тегишли
430
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
- Vazirlar Mahkamasi kollegial organ. Undagi hamjixatlik, birdamlik
muvaffaqiyatli faoliyat garovidir. Hukumatdagi har qanday ixtilof insonlar
taqdiriga, mamlakat taqdiriga, rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi. Ixtilof vujudga
kelishi esa Bosh vazir o„z faoliyatini yetarli boshqara olmayotganligidan dalolat
beradi.Hukumat faoliyatida ixtilof vujudga kelsa, bunda birinchi navbatda Bosh
vazir aybdor. Bunday shaxs shunday yuksak lavozimga nomunosibdir;
- Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O„zbekiston
Respublikasi Prezidentiga Bosh vazirni lavozimidan ozod qilishni ko„rib chiqish
uchun kiritgan taqdimi asosida. Bunday qoidaning kiritilishi Qonunchilik
palatasining, siyosiy partiyalarning mavqyeini oshiradi. Bosh vazir mas'uliyatini
kuchaytiradi. Siyosiy fraksiyalarning bunday tashabbusi Qonunchilik palatasidagi
yetakchi siyosiy partiyalar fraksiyasi tomonidan qo„llab quvvatlansa va tashabbus
Prezident tomonidan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga
qo„yilganda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonini
uchdan ikki qismidan ko„prog„i ovozini olsa, Prezident Bosh vazirni lavozimidan
ozod etish to„g„risidagi qaror qabul qiladi. Bu moddadagi Bosh vazirni lavozimdan
ozod etilishi tartibida alohida jihatlar mavjud. Agar Bosh vazirning arizasi
bo„yicha Bosh vazir o„z vakolatlarini bajarishi mumkin bo„lmay qolgan holatda,
Vazirlar Mahkamasi faoliyatida hal qilib bo„lmaydigan ixtiloflar yuz berganda,
Vazirlar Mahkamasi Konstitutsiya, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari,
farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan holatda Bosh vazir Prezident tomonidan
to„g„ridan to„g„ri vazifasidan ozod qilinsa, Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish
tashabbusi bilan siyosiy partiyalar fraksiyalari chiqqan vaqtda bu masala Oliy
Majlis palatalariga qo„yilib, yetarli ovoz olgandagina Bosh vazir Prezident
tomonidan lavozimdan ozod qilinadi. Ya'ni bunda Bosh vazirni lavozimdan ozod
qilish asosi partiya fraksiyalarining tashabbusi va Oliy Majlis palatalarining shu
tashabbusni qo„llab quvvatlashi hisoblanadi.
моддасига “д” қисм қўшимча қилиб киритилган.
431
Bosh vazir qanday holatda vazifasidan ozod etilmasin bu hukumatning to„la
tarkibida iste'foga chiqishiga sabab bo„ladi. Chunki hukumat a'zolari Bosh vazir
taqdimi bilan Prezident tomonidan tayinlanadi. Yangi Bosh vazir hukumat
a'zolarini yangitdan taqdim qiladi. Bu degani barcha hukumat a'zolari yangilanishi
kerak degan ma'noni bermaydi. Yangi Bosh vazir avvalgi hukumat a'zolari
orasidan ham tegishli lavozimlarga taqdim qilishi mumkin. Bunday tajribalar
xorijiy mamlakatlar davlatchiligida qo„llaniladi.
2011-yil 18-apreldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o„zgartirishda Bosh vazirni
muddatidan oldin lavozimidan ozod qilishning yana bir tartibi belgilandi. Bu bilan
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish tartibidir.
Unga asosan O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan Qonunchilik
palatasi o„rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi
deputatlarining umumiy sonining uchdan bir qismi tomonidan O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo„yicha O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini qo„shma majlisi muhokamasiga Bosh
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Ishonchsizlik votumi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolarining
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan
hisoblanadi. Bunday holda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
to„g„risida qaror qabul qiladi. Shunday hol yuz bersa Vazirlar Mahkamasining
butun tarkibi iste'foga chiqadi.
Konstitutsiyaga kiritilgan shu o„zgartirish asosida Bosh vazirni lavozimidan
ozod etish to„g„risidagi qonun hujjatlarining tegishli moddalariga shu qo„shimcha
“d” band sifatida kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |