§ 4. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzilmalari va organ,
tashkilotlar bilan munosabati
Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga rahbarlikni
422
amalga oshirar ekan, mavjud barcha turdagi hokimiyat tuzilmalari, davlat
organlari, tashkilot, muassasalar bilan hamda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik
qiladi, tegishli munosabatlar o„rnatadi.
Vazirlar Mahkamasining barcha tashkilotlar bilan munosabati o„zaro
hamkorlik qilish, hisob berish, bo„ysundirish, nazorat qilish shaklida bo„lishi
mumkin.
Vazirlar Mahkamasining O„zbekiston Prezidenti bilan munosabati alohida
o„rniga ega. Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislariga raislik qilish huquqiga ega,
yuqorida aytilganidek uni shakllantirishda asosiy rol o„ynaydi. Prezident va
Vazirlar Mahkamasi munosabati hisobdorlikka ya'ni, Prezident oldida hisob
berishga mas'ul ekanligiga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi asosiy masalalarni hal
qilishda Prezident bilan maslahatlashadi. Prezident Vazirlar Mahkamasining qaror,
farmoyishlarini, Bosh vazir farmoishlarini bekor qilishi mumkin.
Davlat xayotida Vazirlar Mahkamasini Oliy Majlis bilan munosabati alohida
ahamiyatga ega.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti bilan kelishilgan holda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko„rib
chiqish uchun o„z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O„zbekiton Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlarini, O„zbekiston Respublikasi davlat
byudjetining asosiy ko„rsatgichlarini va unga kiritilgan o„zgartirishlarni ishlab
chiqadi hamda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko„rib chiqishi uchun taqdim
etadi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi
muayyan a'zosining o„zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo„jalik boshqaruvi
organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotni eshitishlari hamda zarur bo„lganda
uni iste'foga chiqarish to„g„risida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti ko„rib
chiqish uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a'zolari O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari majlislarida, palatalarning qo„mitalari majlislarida hozir bo„lish va
423
axborot berishga xaqli.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari
va O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari tomonidan Vazirlar
Mahkamasi yoki uning muayyan a'zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo„yilgan
taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va
tushuntirishlar berishga xaqli.
Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qo„mitalarining O„zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir
tavsiyalari va takliflarini ko„rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar
ko„radi. Tavsiyalar va takliflarni ko„rib chiqish natijasi haqida hamda ko„rilgan
chora-tadbirlar to„g„risida Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining tegishli qo„mitalariga kelishilgan muddatda ma'lum qiladi.
Vazirlar Mahkamasi – hukumat tutgan yo„lini va dasturiga yoki uning ayrim
yo„nalishlariga qo„shilmagan siyosiy partiya fraksiyalari yoki deputatlar guruhi
hukumatga nisbatan o„zini muholifot deb e'lon qilishi mumkin.
Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o„zgartirishlar asosida Bosh vazir va
Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus olsa, bu Bosh vazirga nisbatan
ishonchsizlik votumi bildirilishiga, u esa Vazirlar Mahkamasining iste'foga
chiqishiga sabab bo„ladi.
Parlament so„roviga javob berish tartibini mavjudligi ham Oliy Majlis va
Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini ko„rsatuvchi bir holatdir.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan,
Qonunchilik palatasi deputatlaridan, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatidan, Senat a'zosidan O„zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga
bo„ysunuvchi davlat yoxud xo„jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir
parlament so„rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O„zbekiston Respublikasi
Hukumati a'zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O„zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tegishli palatalarning majlislarida og„zaki yoki yozma javob berishi
shart.
Oliy Majlis bilan Vazirlar Mahkamasining munosabati Vazirlar
424
Mahkamasining Oliy Majlis oldida hisobdorligi, mas'ulligi asosiga quriladi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika hukumati sifatida
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan munosabat o„rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o„zaro hamkorlik
qiladi, uning O„zbekiston Respublikasi qonunlari, O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O„zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo„jalik va ijtimoiy
madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi
haqida ma'lumotlarini eshitadi.
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo„yicha
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko„rib chiqadi.
Vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar hamda davlat va xo„jalik
boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy o„ta
muhim kompleks dasturlarini amalga oshirishda Qoraqalpog„iston Respublikasi
xuquqlariga rioya etilishini ta'minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni
hal etadi.
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O„zbekitson
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O„zbekiston Respublikasi qonunlariga,
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid bo„lgan qarorlari va
farmoyishlarining ijro etilishini o„z vakolati doirasida to„xtatib qo„yish xuquqiga
ega.
Qoraqalpog„iston
Respublikasini
iqtisodiy,
ijtimoiy-madaniy
rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muxofaza
qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko„rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi Respublikadagi barcha mahalliy ijro organlari bilan
425
yaqindan munosabat o„rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi o„z vakolatlari doirasida:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta'minlash
bilan bog„liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi.
Viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining Vazirlar Mahkamasi
tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko„rib chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat
qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga xaqli.
Vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar hamda davlat va xo„jalik boshqaruvi
boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar xokimlari bilan o„zaro
hamkorligini ta'minlaydi. Bunda chiqib qoladigan baxsli masalalarni hal etadi.
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko„rsatkichlari
tasdiqlaydi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy
tuzilmasini belgilaydi.
viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining qonun hujjatlariga zid bo„lgan
qarorlari va farmoyishlari ijrosini to„xtatib qo„yish hamda ularni bekor qilishga
xaqli.
Bu munosabat Vazirlar Mahkamasining rahbarligi, ustunligi mahalliy
organlarni Vazirlar Mahkamasiga bo„ysunishi, uni oldida hisob berishi
prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi o„z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan
mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o„zaro hamkorlik qiladi, ularga
zarur yordamlar ko„rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |