Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

birinchi,
“Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatining ochiqligi to„g„risida” qonun qabul qilinishi kerak. Bu fuqarolarning 
axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqini yanada kengroq amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. 
Ikkinchi
, axborot kommunikatsiyalari sohasining eng muhim 
tarmoqlaridan biri bo„lgan teleradio tizimini rivojlantirishga qaratilgan 
“Teleradioeshittirishlar to„g„rsida” qonun qabul qilish taklifi kiritildi. 
Uchinchi,
ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash 
mualliflik huquqlari va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy 
kafolatlari va mexanizmlarini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlari 
joriy qilish bilan bevosita bog„liqdir. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun 
“Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to„g„risida”, 
“Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash kafolatlari 
to„g„risida”gi qonunlarni qabul qilish taklif etildi
1
.
 
 
§ 3. Ommaviy axborot vositalarining mas'uliyati 
 
Konstitutsiyaning 67-moddasiga asosan, ommaviy axborot vositalari bergan 
axborotlarni to„g„riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. 
O„zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to„g„rsida”gi 
1997-yil 
26-dekabrdagi 
Qonuni bu qoidani kengaytirib, “O„zbekiston 
Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo„lib, ular O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga 
muvofiq faoliyat ko„rsatadi.
Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan 
foydalanadilar hamda o„zlari e'lon qilayotgan axborotning to„g„riligi va 
haqqoniyligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarkibda javobgar bo„ladilar” – 
Конституциясига шарҳ. Т.: Шарқ, 2008, 259 бет.
1
Қаранг. Каримов И.А. шу асар 31-33 бетлар.


264 
deb belgilab qo„yilgan. 
Bu bilan ommaviy axborot vositalariga o„zi e'lon qilgayotgan, tarqatayotgan 
ma'lumotlar to„g„ri ekanligiga javob berish mas'uliyati yuklangan. 
Ommaviy axborot vositalari erkinligi, mustaqilligi ta'minlanishi bilan, undan 
to„g„ri foydalanish zarurligi, erkinlikni har qanday ko„rinishda suiste'mol qilish 
mutlaqo mumkin emasligi qonunlar bilan belgilab qo„yilgan. 
Ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma'lumotlarni to„g„riligi, 
haqqoniyligi uchun ommaviy axborot vositalari va shu ma'lumotlarni tayyorlagan 
jurnalistlar javob beradilar. 
Ommaviy axborot vositalari hyech qachon va hyech qanday hollarda 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, sha'ni, qadr-qimmatiga dog„ tushuruvchi, 
to„xmat ko„rinishidagi, shaxsiy hayotga aralashuv ruxidagi ma'lumotlarni 
bermasligi kerak, agar shunday hol ro„y bersa buning uchun ham ommaviy axborot 
vositalari, ma'lumotni tayyorlagan jurnalistlar javob beradilar. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumi (Konstitutsiyaviy tartib) 
turli qonuniy vositlar bilan himoya qilanadi va konstitutsiyaviy tuzum asoslariga 
zarar yetkazadigan ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali berilmasligi 
choralari ko„riladi. 
Mabodo shunday hol yuz bersa, ya'ni ommaviy axborot vositalarida 
Konstitutsiyaviy tuzumning asoslari:
- davlat suverinentiga taxdid qiluvchi; 
- yaxlitlikni zo„rlik bilan o„zgartirishga da'vat qiluvchi; 
- qonuniy hokimiyatni tuntarishga chaqiruvchi, zo„rlik yo„li bilan 
o„zgarishga da'vat qiluvchi; 
- urush va zo„rlikni, shavqatsizlikni keltirib chiqaruvchi, ularga da'vat 
qiluvchi; 
- milliy, diniy, irqiy adovatlarga da'vat qiluvchi; 
- davlat sirini yoki qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sirlarni oshkor 
qiluvchi ma'lumotlar berilsa, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar javobgarlikka 
tortiladi. 


265 
“O„zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to„g„risida”gi 
kodeksida “tuxmat” (40-modda), “haqorat” (41-modda), “fuqarolarga ma'naviy 
yoki moddiy zarar yetkazuvchi ma'lumot tarqatish” (46-modda)ni nazarda tutuvchi 
ma'lumotlar uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. 
“O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi”da “tuxmat” (139-modda), 
“haqorat qilish” (140-modda), “Urushni targ„ib qilish” (150- modda), “Milliy, 
irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo„zg„atish” (156-modda); “Konstitutsiyaviy 
tuzumga xavf soluvchi ma'lumotlar tarqatish” (159-modda); “Davlat sirlarini 
oshkor qilish” (162-modda)ni ko„zlovchi ma'lumotlar uchun jinoiy javobgarlik 
belgilangan. 
Respublikaning ma'muriy javobgarlik to„g„risida va jinoyat kodeksida 
yuqorida ko„rsatilgan ma'lumotlar mavjud ommaviy axborot vositalaridagi 
ma'lumotlar uchun, ommaviy axborot vositalarining va ularning xodimlarining 
javobgarligini belgilanishi, ommaviy axborot vositalaridagi axborotlarni to„g„ri, 
haqqoniy bo„lishini ta'minlashga qaratilishi bilan, konstitutsiyaviy tuzumni, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda manfaatlarini himoyasiga qaratilgan 
faoliyat deyish mumkin. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish