Fransiyada prokuratura faoliyati JPKning 31—48-moddalari
bilan tartibga solinadi. Tashkiliy jihatdan prokuratura Adliya vazirligi
tarkibiga kiradi. Fransiyada prokuratura tizimi tashkiliy jihatdan sud
tizimiga o‘xshaydi. Yuqori mansabdor shaxs bo‘lib, Kassatsion sud
qoshidagi Bosh prokuror hisoblanadi. Respublika prokurorlari deb
kichik va katta (quyi va yuqori) instansiya tribunali qoshidagi tuman
prokurorlari ataladi. Ular Apellatsion sud qoshidagi Bosh proku-
rorlarga bo‘ysunadi. Bundan tashqari, bosh prokurorlar va respublika
prokurorlarining o ‘rinbosarlari lavozimlari ham mavjud.
Barcha prokurorlar Fransiya Prezidenti tomonidan tayinlanadi
va lavozimidan chetlatiladi. Adliya vaziri tavsiya berishda muhim
ahamiyatga ega. Fransiyada prokurorga jinoyatchiJik bilan kurash
sohasida siyosatni aniqlash vakolati berilgan. JPKning 34, 39-mod-
dalariga ko‘ra, jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki tergovni nazorat
qilish, sudda ayblovni quwatlashga haqli.
Bosh prokurorlar apellatsion sudlar vakolat doirasiga kiradigan
hududlarda jinoyat qonunchiligim qoilash ustidan nazoratni amalga
oshiradi. Bosh prokurorga Apellatsion sud vakolat doirasiga kiradigan
tumanidagi prokuraturaning barcha mansabdor shaxslari bo‘ysunadi.
Bosh prokuror mansabdor shaxslar va sud politsiyasi xufiyachi-
larining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U politsiyaga
odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlami
yig‘ish bo‘yicha ko'rsatmalar berishga haqli.
Respublika prokurori sud politsiyasining mansabdor shaxsining
barcha huquq va vakolatlariga ega bo‘ladi hamda jinoyatni ochishga
aloqador bo‘lgan politsiya xizmatlariga rahbarlik qiladi. Jinoyat ishi
kim tomonidan qo‘zg‘atilganligidan qat’i nazar, uni davom ettirish
va sudda ayblovni quwatlash huquqi prokuraturaga tegishlidir.
Prokuror sudda ijro hokimiyatining valdli sifatida ishtirok etishiga
qaramasdan, u to‘la mustaqildir, xususan, sudga nisbatan va sudya-
lar hamda hakamlardan farqli ravishda rad etilmaydi.
JPKning 32-moddasiga ko‘ra, prokurorga taraf tushunchasi
berilmaydi, shu sababli sud unga tarafga bo‘lgan munosabatda b o ia
olmaydi, xususan, unga sanksiyalar qo‘llash mumkin emas. Sudya-
lar bilan bir qatorda, tergovning xohlagan vaqtida sudlanuvchi va
guvohlarga savollar berish, shuningdek, ayblanuvchining himoya-
chisi tomonidan ham rad etilmaydi.
Jinoyat qonunchiligining buzilishi qonun buzuvchiga qarshi
davlat tomonidan jinoiy da’vo qo‘zg‘atish orqali sud tekshiruvlarini
Do'stlaringiz bilan baham: