Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


German iya Federativ Respublikasi prokuraturasi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

German iya Federativ Respublikasi prokuraturasi
Prokuratura faoliyati «Sud tizimi to ‘g‘risida»gi federativ qonun, 
JPK, «Prokurorning tashkiliy strukturasi to ‘g‘risida»gi Nizom va 
prokuraturaning ichki tartib-qoidalari bilan tartibga solinadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida G FR proku­
raturasi o ‘z o‘rnini sekinlik bilan (qiyinchilik) bilan egalladi. Bu 
holat prokuratura sud va politsiya o‘rtasidagi doimiy kelishmov- 
chiliklar bilan amalga osliiriladi. Tashkiliy jihatdan prokuratura sud 
tizimining bir qismi hisoblanadi. Umumiy sudlgvli har bir sudda 
o‘z prokuraturasi mavjud. Eng quyi sudlarda ijtimoiy xavflilik darajasi 
uncha yuqori bo‘lmagan jinoyatlarni ko‘ruvchi sudlarda prokura- 
turalar tashkil etilmaydi. Ularning vazifalarini bajarish yer sudi 
qoshidagi prokuraturaga yuklatilgan.
G FRda 114 ta yer sudi bo‘lib, ular ishlarni birinchi instansiya 
hamda apellatsiya instansiyasida ko‘rib chiqadi. Har bir yer sudi 
qoshida o‘z prokuraturasi bor. Har 24 ta yuqori yer sudining qoshida 
(bu sudlar birinchi instansiya hamda quyi sudlar qarorlari ustidan 
shikoyatlarni kassatsion instansiyada ko‘rib chiqadi) yer Adliya 
vazirligiga bo‘ysunuvchi bosh prokuratura bor.
Oliy federal sudi qoshida Federal Adliya vazirligiga bo‘ysunadigan 
federal Bosh prokuratura bor. Federal Bosh prokuror yerlar proku- 
rorlariga ko'rsatmalar berishga haqli emas.
G F R prokuratura organlarida jami 4500 prokurorlar ishlaydi. 
Hokimiyatlar bo‘linishi tizimida prokuratura organlari sudning emas, 
ijro hokimiyatining tarkibiy qismidir. Prokuratura ijro hokimiyati 
tizimidagi ma’muriy boshqarmalarga kiradi, bu boshqarma esa adliya 
tizimiga.
Prokuraturaga adliya organlari faoliyatini ta ’minlash vazifasi 
yuklatilgan bo‘lib, bu vazifani esa ular sud bilan hamkorlikda va 
teng huquqlarda bajaradi. Prokurorlar, ularning maqomidan qat’i 
nazar, davlat amaldorlari hisoblanadi, ularning rahbariyat bilan 
munosabatlari ommaviy-huquqiy xarakterga ega.
444


GFRda prokuraturaning asosiy vazifasi jinoiy ta’qibni amalga 
oshirish hisoblanadi. Prokuratura — jinoiy ta ’qibni boshlashga, ish 
holatini aniqlashga, dalillar yig‘ishga vakolatli va majbur bo‘lgan 
organdir. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘ashga asoslar yetarliligi masa- 
lasini hal qiladi. Prokuratura tergov harakatlarini amalga oshiradi: 
ayblanuvchi, guvoh, ekspertni so‘roq qilish; tintuv o‘tkazish ha­
qida, ashyoviy dalillarni olib qo‘yish haqida ko‘rsatma berish. Faqat 
prokuror ayblov e’lon qilish yo‘li bilan tergovni tugatish haqida 
yoki ishni tugatish haqida qaror qabul qiladi. Prokuror, nafaqat, 
aybni og‘irlashtiruvchi holatlarni, balki yengillashtiradigan holat- 
larni ham aniqlashi shart.
Tergovni olib borishda prokuratura ko‘p hollarda politsiyaga 
tayanadi. Uning xodimlari qonunda «prokuraturaning yordamchi 
xodimlari», «prokuror yordamchilari» deb nomlanib, uning ko‘rsat- 
malarini bajarishi shart.
Tergov olib borish maqsadida prokuror har qanday davlat 
organidan ma’lumot talab qilishi, tergovni o‘zi olib borishi yoki 
boshqarmalarga yoxud politsiya xodimlariga yuklashi mumkin. 
Prokuror chaqiruv xati bo‘yicha ayblanuvchi prokuraturaga kelishi 
shart. Guvohlar va ekspertlar ham chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha proku­
raturaga kelishi va u yerda ko‘rsatmalar berishi shart.
GFRda tergov sudyasi lavozimi yo‘q. Lekin ayblovchi huquq- 
larini cheklovchi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin (tin­
tuv o'tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitish, xat-telegrafik kor- 
respondensiyasining o‘qilishi) bo‘lib, bular politsiya tomonidan 
prokuror sanksiyasi b o ‘yicha sudyaning ruxsati bilan amalga 
oshiriladi. Kechiktirish mumkin bo‘lmagan hollarda sudyaning 
ruxsatini o‘z vaqtida olish imkoniyati bo‘lmaganda, bu harakat- 
laming o‘tkazilishi prokuror ruxsati bilan ham amalga oshirilishi 
mumkin.
Dastlabki tergov davomida prokuror jinoyat sodir etilganligida 
aniq shaxsni gumon qilish uchun yetarli asosga ega bo‘lganda, u 
ayblov e’lon qilish yo‘li orqali sudga da’vo taqdim etadi. Lekin 
ayblanuvchining ayb darajasi yuqori bo‘lmaganda yoki jinoyat ishiga 
jamiyatning katta qiziqishi bo‘lmagan hollarda, u bunday qilmasligi 
ham mumkin. Bunda ayblanuvchi jarima to ‘laydi. jinoyat sodir 
etishda gumon qilish uchun yetarli asos bo‘lmaganda prokuror 
ishni tugatadi.
Jinoyat orqali zarar ko‘rgan shaxs prokuror tomonidan tuga- 
tilgan ishni tekshirish maqsadida, sudga ariza bilan murojaat qilishi
445


mumkin. Sudda jinoiy ishni ko'rish prokuror tomonidan ayblovning 
taqdim etilishi bilan ochiladi. Prokuror sudda taraf sifatida ishtirok 
etmaydi. Prokuror ayblov aktini chaqirib olishga haqli emas, agar 
sud ishni o ‘z yurituviga olgan bo'lsa (asosiy sud muzokarasi ochil- 
gungg qadar). Qaror qabul qilish vaqtida sud prokurorning ish 
holatlariga bergan bahosi va u taklif qilgan jazo chorasi bilan chek- 
lanmagan.
Kassatsiya instansiyasida prokuror ishtiroki sud qarorining 
qonunga mos kelishini ta’minlashga qaratilgan. Prokuror lozim 
topsa, birinchi instansiya sudi tomonidan aybli deb topilgan shaxs 
foydasiga protest kiritishi mumkin. Bundan tashqari, prokuror 
tomonidan kiritilgan protest ayblanuvchiga qo'llanilgan jazo chora - 
sini o‘zgartirishi yoki sud qarorini bekor qilishi mumkin.
GFRda prokuror yangi ochilgan holatlar bo'yicha ishni yangit- 
dan ko‘rishda ishtirok etishga vakolatli, ya’ni guvohlar, ekspertlarni 
so'roq qilishda qatnashish, sud ко‘rib chiqishida qatnashishi mumkin. 
Prokuror dastlabki qamoq va vaqtincha ushlab turish masalasini 
hal qilishga haqli. Dastlabki qamoq sudyaning arest haqidagi yozma 
buyrug£i asosida amalga oshiriladi. Ayblanuvchini qamoqqa olish 
uchun huquqqa zid qilmishni sodir qilishda «jiddiy gumonning» 
mavjudligi yetarlidir. Vaqtinchalik ushlab turish sud sanksiyasisiz 
ham amalga oshirilishi mumkin, qachonki, prokuratura tomonidan 
aniqlanadigan «harakatlarni sekinlashtirish xavfi» bo‘lsa.
Vaqtinchalik ushlab turishda shaxs keyingi kundan kechiktiril- 
masdan uchastka sudiga keltirilishi va u yerda sud ozodlikka chiqarish 
to ‘g‘risida yoxud dastlabki qamoqqa olish to ‘g‘risida qaror qabul 
qiladi.
«Sud tizimi to ‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatilishicha, yer qonun- 
chiligi tomonidan prokuror vakolati doirasi kengaytirilishi mumkin. 
Shuning uchun, ba’zi yerlarda prokuratura vakolat doirasiga fuqarlik 
huquqining muayyan masalalarini hal qilish kiradi. Prokuror 
nikohni haqiqiy emas deb topish haqida da’vo taqdim etish, shaxsni 
muomalaga layoqatsiz deb topish haqida, shaxsni o‘lgan deb e ’lon 
qilish haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish haqida ariza taqdim etish vako­
latiga ega.
Prokuratura organlarining iyerarxik tizimi sababli va prokuror 
davlat xizmatchisi hisoblanganligi sababli barcha prokurorlar, 
prokuraturalar ustidan yuqori turuvchi rahbariyat yoki rahbar 
tomonidan nazorat olib boriladi. Federal Adliya vaziri federal Bosh 
prokuror, u bilan ishlaydigan federal prokurorlar ustidan nazorat
446


va rahbarlik qiladi, yer adliya boshqarmasi — bu yerdagi prokuratura 
organlari ustidan.
Yer sudlari qoshidagi prokuraturalar bir vaqtning o‘zida yuqori 
turuvchi yer sudi qoshidagi prokuraturalar bosh prokurorlari 
nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, prokurorlar ustidan ularning 
rahbarlari ham nazorat olib boradi. Xizmat nazorati deganda, 
xizmat burchlarini rasmiy va faktik bajarilishi ustidan nazorat qilish 
tushuniladi. Bunga boshliqning qo‘l ostidagi prokurorni ogohlan- 
tirish va vazifasini tegishli tarzda bajarilishini talab qilish vakolati 
ham kiradi. Xizmat nazorati rahbarga prokurorning hisobot berishini 
ham nazarda tutadi.
Prokuratura organlari rahbarlari ijrochi prokurorning funksiya- 
larini o'z zimmasiga olishi (devolutsion huquq) mumkin yoki 
vazifani bajarishni boshqa prokurorga yuklashi (substitutsion huquq) 
mumkin. Xuddi shunday huquqlarga yer adliya vazirlari ega, lekin 
devolutsion huquqqa ega emas, chunki ular prokuratura boshqar­
masi hisoblanmaydi. Ko'rsatmalar berish huquqi ikki darajani: 
ichki va tashqini nazarda tutadi. «Ichki» ko'rsatma berish huquqi 
prokuratura rahbari va Bosh prokurorga o'z bo'ysunuvidagi proku­
rorga nisbatan berilgan, «tashqi» esa adliya vazirlariga.
Tashqi ko'rsatm alar berish huquqi prokuratura organlari 
ishining umumiy tartibiga tegishli bo'ladi; aniq ishlar bo‘yicha 
aniq ko‘rsatmalar kam uchraydi; ko'rsatmalar berish instituti ko‘p 
vaqt davomida tanqidga uchragan. Lekin Adliya vazirining javobgarligi 
prinsipidan kelib chiqqan holda bu huquq saqlanishi lozim. Boshqa 
tarafdan esa, prokuratura qabul qilgan qarorlarining hammasiga 
ham ko'rsatmalar berishni, ayniqsa, tashqi, qo'llab bo'lmaydi. 
Shuning uchun ko'rsatmalar berish qarorlar varianti mavjud bo'l- 
gandagina mumkin.
Prokuror sud amaliyotiga qarshi bora olmaydi. Agar sud qil- 
mishni jazoga sazovor deb topsa, prokuror uni jazoga sazovor emas, 
deb hisoblay olmaydi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish