Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish
— har bir ayblov nutqi
ning ajralmas shartidir. Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish jinoyat
ishi bo‘yicha to ‘plangan faktik materiallarga asoslangan, aniq va
butun ayblov nutqi bilan bevosita bog‘langan bo‘lishi kerak. Davlat
ayblovchisining nutqida bunday baho berish jinoyat ishi yuzasidan
haqiqiy holatlarni bayon qilishda yoki dalillarga baho berib ketish-
ning o‘zi bilangina mushtarak bo'lishi shart emas. Ba’zi hollarda
prokurorning ayblov nutqi shu bilan yakunlanadi. Jinoyatga ijti
moiy-siyosiy baho berishning mazmuni va hajmi ko‘pincha ishning
xarakteridan, sodir etilgan jinoiy qilmishning xavflilik darajasidan,
sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlardan va sud muhoka
masining protsessual tartibidan kelib chiqqan holda katta yoki
kichikroq bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda, prokurorlar o ‘z ayblov nutqlarida sodir etilgan
jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berishda, mustaqillik sharofati bilan
mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, mamlakatimiz fuqa-
rolarining farovon va tinch-totuv yashashlari uchun davlatimiz
rahbariyati tomonidan qilinayotgan ishlar, fuqarolarimizning o ‘z-
lari tom onidan shunday hayotga nisbatan intilishlari, qonun-
' А.Ж. Давлетов. Прокурорский надзор. Учебник. Нукус, «Bilim», 1999,
стр. 194.
306
chiligimiz sohasida ro£y berayotgan o ‘zgarishlar, qabul qilinayotgan
qonunlarning demokratik ruhda ekanligi haqida gapirib o‘tishlari,
joylarda, mahallalarda hamda o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari
tomonidan bir qancha ijobiy ishlar qilinayotganligi, xalqimizning
huquqiy ongini, ma’naviyatini yuksaltirish uchun olib borilayotgan
ishlar haqida so'zlashlari va shunga qaramasdan, hanuzgacha
jamiyatimizning ba’zi bir fuqarolari tomonidan qonun buzish
hollariga yo‘l qo‘yilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi, ushbu
sodir etilgan jinoyatning jamiyat uchun, jamiyatimizning har
bir a’zosi uchun qanchalik xavfli ekanligi, har bir sodir etiladigan
jinoyat shu jamiyatning tomiriga tushgan qurt kabi salbiy ta’sirga
ega ekanligi haqida so‘zlab, sud minbaridan fuqarolarda davlat
siyosatiga, qonunga, idoralarga, barcha fuqarolarga nisbatan hurmat
hissini uyg‘otuvchi, ularni ma’naviyatini yuksaltiruvchi qonunlar
tashviqotini amalga oshirishlari lozim.
Jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berishda davlat ayblovchisi har
bir jinoyatning o‘ziga xos xususiyatlari, xavflilik darajasi haqida
aniq tushuncha berishi kerak. Masalan, narkotik moddalar bilan
bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishlari yuzasidan, agarda narkotik saqlash
bilan bog‘liq bo'lsa, o‘ziga xos, narkotiklami sotish, muomala qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘Isa, uni o‘ziga xos tartibda bayon qilishni
bilishi zarur. Shuningdek, qasddan badanga tan jarohati yetkazish
yoki qasddan odam o'ldirish jinoyatlari bo‘lsa, u holda ham shu
kabi jinoyatlarni jamiyat uchun qanchalik darajada xavfli ekanligini,
mamlakatimizda yashab, istiqomat qilayotgan har bir insonning,
fuqaroning sog‘lig‘i, hayoti tegishli qonunlar bilan muhofaza qili
nishi hamda kafolatlanganligini, hech bir shaxs qonunsiz ravishda
jinoiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortilmasligi, qonunni
buzgan shaxslar esa, albatta, qonun oldida javob berishi, qonun
barcha uchun tengligini, jinoyat sodir etgan har qanday shaxs
qonun oldida teng ravishda jazoga tortilishi, ya’ni jazoning
muqarrarligi prinsipi mazmuni, tayinlanadigan jazolar esa adolatli
ravishda tayinlanishi, bu borada odil sudlov prinsipidan chetga
chiqilmasligi qoidalarini sud protsessining barcha ishtirokchilariga
yetkaza bilishi zarur.
Ishning haqiqiy holatlarini bayon qilishda prokuror sud protsessi
ishtirokchilari ko‘z о‘ngida jinoyat ishi yuzasidan voqea holatlarini
umumiy tafsilotini namoyon qiladi va bu bilan kelgusida hal qilinishi
lozim bo‘lgan dalillarni muhokama qilish vazifasini yengillashtiradi.
Prokurorning ayblov nutqida dalillarni tahlil qilishi, ularga baho
307
berishi ko‘pincha, jinoyat ishi yuzasidan ishning haqiqiy holatlarini
bayon qilishi bilan kuzatiladi.
Ayblov nutqining ushbu unsuri o‘z ichiga davlat ayblovchisi
tomonidan sodir etilgan jinoyat hodisasi qachon va qayerda sodir
boiganligi, uni kim tomonidan sodir qilinganligi, sodir bo‘lgan
jinoyat hodisasi bo‘yicha qachon va qayerda, kim tom onidan
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddasi bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, jinoyat ishi kim tomonidan tergov
qilinganligi va dastlabki tergov harakatlari natijasida kim (kimlar)
ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinganligi, unga nisbatan
qanday turdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi, dastlabki tergov
qachon tamomlanganligi va ayblov xulosasi jinoyat ishi sudda ko‘rib
chiqish uchun yuborilganligi haqidagi umumiy tafsilotlarni bayon
qiladi.
Albatta, ishning haqiqiy holatlarini bayon qilishda hozirda qayd
etilgan m a’lumotlar ichidan jinoyat ishini aypan kim va jinoyat
kodeksining aynan qaysi moddasi bilan qachOn qo‘zg‘atilganligi,
jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni kim amalga oshirganligini
va aynan qachon sudga yuborilganligi haqida to‘xtalib o'tilmasa ham
bo‘ladi, chunki bu m a’lumotlar jinoyat ishini sud muhokamasida
ko‘rish boshlangan vaqtda barcha protsess ishtirokchilariga e’lon
qilingan bo‘ladi. Shuning uchun voqea holatlarini ushbu tomonlariga
ayblovchi tomonidan katta urg‘u berilmasligi mumkin. Bu esa, qonunga
zid emas. Lekin, jinoyat ishi bo‘yicha ayblovni quwatlayotgan
prokuror ushbu masalada to ‘liq mustaqil fikrga ega bo‘lib, masalani
keng yoritish kerakmi, yo‘qmi, bayon doirasini kengaytirish lozim
yoki lozim emasligi masalasi uning erkiga havola qilinadi.
Prokurorning ayblov nutqi markazini, uning asosini sud tomo
nidan malakali, har tomonlama, to ia va obyektiv tarzda tekshirilgan
dalillami tahlili va dalillarga baho berish tashkil etishi lozim. Ayblovchi
ayblovning har bir bandi, sodir etilgan jinoyatning har bir epizodi
bo‘yicha o‘zining obyektiv tarzdagi munosobatini bildirishi shart.
Ayniqsa, shu narsa juda ham muhimJki, prokuror dalillami tahlil
qilib, ularga baho berayotganida har bir dalilni jinoyat ishi bo‘yicha
ishga aloqadorligi, taalluqliligi, ishonchliligi va protsessual ahamiyatga
ega ekanligi yoki bunday xususiyatlarga ega emasligi haqida asos-
lantirilgan fikrini bildirishi kerak. Shuningdek, prokuror jinoyat ishi
bo‘yicha nizoli hisoblangan, shubhali yoki sudlanuvchini foydasiga
masalani hal qilish uchun gapiradigan, ya’ni taraflarning bahsiga
sababchi bo‘lgan dalillarga alohida e’tiborini jalb qilishga majbur.
308
Ayblovning faktik asosini surishtiruv, dastlabki tergov mobay-
nida topilib, aniqlangan va prokuror tomonidan sudda ko‘rish uchun
taqdim qilingan ayblanuvchini aybini isbotlovchi dalillar tashkil
qiladi. Ushbu dalillar majmuasi sudda ayblov funksiyasini amalga
oshirish uchun davlat ayblovining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Ayblanuvchining aybini fosh qiluvchi dalillarni bir-birlari bilan
qanchalik darajada mujassamlashganligi va garmonik mushtarakligi
davlat ayblovini quvvatlashni muvaffaqiyatli chiqishi zamini
hisoblanadi.
Lekin, bu ishning bir tomonini aks ettiradi. Masalaning ikkinchi
tomoni — to‘plangan dalillarga nisbatan prokurorning subyektiv
munosabati, isbotlash jarayonida o‘z tasdig‘ini topgan yoki rad
qilingan faktlarga nisbatan baho berishi hisoblanadi.
Aniqlangan dalillar qanchalik darajada ko‘p, turlicha bo‘lishidan
qat’i nazar, jinoyat ish yurituvining ushbu bosqichida ishni kelgusi
taqdirini hal qiladigan protsess ishtirokchisi subyektining samarali-
mantiqiy fikrlash faoliyati bilan ruhlantirilmasa, bu dalillar har
yerdan qirqib olingan hech nimaga arzimaydigan dalillardangina
iborat bo‘lib qoladi. Aynan dalillarga baho berish va undan kelib
chiquvchi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar har qanday ayb
lov bo‘yicha ishni mazmunan hal qilishning zaruriy unsuri hisob
lanadi.
Sud tergovida aniqlanib, tekshirilgan barcha dalillarni tahlil
qilish va ularga alohida-alohida hamda butun dalillar majmuasiga
birato‘la baho berish yo‘li bilan sudlanuvchini aybdorligi va uni sodir
etilgan jinoyat bo‘yicha aybini qanchalik darajada isbotlanganligi
haqidagi o'zining xulosasini shakllantirib beradi.
Qilmishga berilgan yuridik kvalifikatsiyani asoslash ham har
bir ayblov nutqining majburiy qismi hisoblanadi. Ayblov nutqining
bu qismi dalillar tahlili va dalillarga baho berishdan so‘ng aks etti-
riladi. Albatta, sud muhokamasida aniqlangan, tekshirilgan va
ishonchli hisoblangan dalillargagina asoslangan bo‘lishi, qonun
talablari bo‘yicha aniq ifodalanganbo‘lishi shart. Sudda ishtirok etayot-
gan prokuror o ‘z ayblov nutqida sudlanuvchini jinoiy qilmishiga
nisbatan yuridik baho berar ekan, awalambor, 0 ‘zbekiston Respub
likasining Jinoyat kodeksida jinoyat deb qayd qilingan har bir
jinoiy qilmishning jinoyat tarkibini juda ham yaxshi bilishi, ularni
bir-birlaridan farqlay olishi, Jinoyat kodeksining Maxsus qismi
moddalari bilan jinoiy qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat
unsurlarini chuqur o'zlashtirgan bo‘lishi kerak.
309
Prokuror sudlanuvchining harakatlariga yuridik baho berishdan
awal, qo‘yilayotgan ayblov bo‘yicha Jinoyat kodeksining moddasi
bilan ayblash uchun qanday holatlar mavjud bo‘lishi lozimligi, ushbu
moddani tashkil qilish uchun jinoiy qilmish o ‘zida qanday unsur-
larni ifoda qilgan bo‘lishi kerakligi, ushbu moddaning jinoyat
tarkibini tashkil etish uchun qanday talablar mavjud bo‘lishi lozim-
ligini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirib berishi lozim.
Shundan so‘ng, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuyi
bo‘yicha sudlanuvchini harakatlarini aniq va ravshan kvalifikatsiya
qilib berishi lozim. To‘plangan va tekshirilgan dalillarning qaysi
birlari jinoyat kodeksining aynan qaysi moddasida ko‘rsatilgan
jinoyatni sudlanuvchi tomonidan sodir etilganligini tasdiqlayotgan-
ligini ko‘rsatib, o ‘z fikrini qonuniy asoslantirib berishi zarur.
Bundan tashqari, agarda, jinoyat ishida ko‘rilayotgan jinoyatga
oid masalalar yuzasidan Oliy sud plenumining tegishli qarori qabul
qilingan bo‘lsa, shuningdek, qarorda shu toifadagijinoyatlarga yuri
dik baho berish, ya’ni ularni Jinoyat kodeksining moddalari bilan
kvalifikatsiya qilish borasidagi ko‘rsatmalari mavjud bo‘lsa, unda
shu ko‘rsatmalardan foydalanilishi va uning mazmunini protsess
ishtirokchilariga keng yoritib, tushuntirib berilishi maqsadga muvo-
fiqdir.
Prokuror tomonidan sudda aniqlangan dalillarga asosan, sudla
nuvchining jinoyatini dastlabki tergov organi tomonidan ayblanuv-
chi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilish qarorida hamda prokuror
tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasida ko‘rsatilgan Jinoyat
kodeksi moddasidan boshqa modda bilan kvalifikatsiya qilish zarur
bo‘lsa yoki moddaning ba’zi bandlarini sudlanuvchini ayblovidan
chiqarib tashlash lozim degan xulosaga kelsa ham, prokuror nima
uchun bunday qarorga kelganligini to‘liq bayon qilib, o‘z fikrini qonu
niy asoslab berishi lozim bo‘ladi.
Sudlanuvchining shaxsini tavsiflash ayblov nutqining zaruriy
unsuri hisoblanib, sudlanuvchining shaxsi haqidagi m a’lumotlar
aniq, batafsil, eng asosiysi, sudlanuvchining turmush tarzi, jamiyat-
da tutgan o ‘rni, uni muqaddam sudlangan-sudlanmaganligi, agarda
sudlangan bo‘lsa, qachon, qayerda, nima uchun sudlanganligi, jazo-
ni o ‘tagan-o‘tamaganligi, jazodan ozod bo‘lganligi asosi, sudlan-
ganlik muddatining o‘tgan-o‘tmaganligi, sodir etilgan jinoyatga uning
muqaddam sudlanganligining ta ’siri bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi
haqidagi uni xarakterini, aslida kim ekanligini ifodalovchi haqiqiy
ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur.
310
Prokuror o ‘z ayblov nutqida aybdorning aybini yengillash
tiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni tahlil qilishi va ularga baho
berishi lozim. Prokuror qonun himoyachisi sifatida jinoyat ishiga
bir tomonlama yondashmasligi, ish bo‘yicha aniqlangan dalillarga
xolisona va obyektiv tarzda 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
protsessual kodeksining 23-moddasida ko‘rsatilgan «aybsizlik pre-
zumpsiyasi» prinsipi talablarini esdan chiqarmagan holda beg‘araz
baho berishi kerak. Jinoyat ishida mavjud bo'lgan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 55-moddasida
ko‘rsatilgan aybni yengillashtiruvchi holatlar hamda 56-moddasida
ko‘rsatilgan aybni og‘irlashtiruvchi holatlarga odilona munosabatda
bo‘lib, shu holatlarni muhokama qilishi, ish qonuniy hal bo‘lishida
sudga ko‘maklashib, ushbu holatlarni ko‘rsatib berishi zarurdir.
Ayblov nutqining yana bir unsuri prokuror tomonidan jinoyat-
lami keltirib chiqargan shart-sharoitlar va sabablarga tegishli tarzda
baho berish hisoblanib, bunda prokuror ко‘rib chiqilgan jinoyat ishi
bo‘yicha sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan jinoyatni keltirib
chiqargan shart-sharoitlar, bu jinoyatning kelib chiqishiga yordam
bergan holatlar nimalardan iborat ekanligini, jinoyatning sabab va
ildizlarini chuqur tahlil qilib berishi, zarur bo‘lgan hollarda, suddan
ushbu holatlarni bartaraf etish hamda kelgusida shu kabi jinoyatlaming
oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan
qonun bilan belgilangan tartibda xususiy ajrim chiqarishni talab qilishi
shart. Bunday hollarda, prokuror sudga jinoyatni keltirib chiqargan
shart-sharoitni bartaraf qilish hamda shu kabi jinoyatlaming sodir
bo‘lmasligi uchun uning oldini olish yuzasidan aynan qanday chora-
tadbir qo‘llanishi zarurligini ko'rsatib berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Prokuror nutqining yana bir zaruriy unsuri tayinlanishi lozim
bo‘lgan jazoga, undirilishi lozim bo‘lgan fuqarolik da’vosiga, jino
yat tufayli yetkazilgan moddiy zarami undirishga va shunga o‘xshash
masalalar yuzasidan o‘z taklifmi bildirish hisoblanadi. Prokuror
ushbu masala yuzasidan o‘z fikrini batafsil asoslashi, sudlanuvchiga
nisbatan nima uchun aynan shu turdagi jazo tanlanishi lozimligini
(masalan, ozodlikdan mahrum qilish bo‘lsa, nima uchun aynan
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tanlanishi kerakligi va nima uchun
uni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa
jazo bilan jazolash maqsadga muvofiq emasligi), maqsadga muvo-
fiqligini, jazoni o‘tash muddati qancha bo‘lishi kerakligi va nima
uchun qonunda ko‘rsatilgan jazo muddatining aynan shu miqdorini
belgilanishi lozimligini asoslab berishi kerak.
311
Ayni masalada 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
tegishli qarorlari talablari nimalardan iborat ekanligini, qonun
talab etgan hollarda sudlanuvchini jazodan ozod qilish masalasini,
sudlanuvchiga nisbatan amnistiya aktlarini qo‘llash masalasiga
nisbatan o ‘z mulohazalarini qonuniy asoslantirgan holda sudga
bayon qilib berishi zarur.
Ayblov nutqining xulosa qismi yorqinligi, ta ’sirchanligi,
qisqaligi va xulosalaming tushunarliligi bilan ajralib turishi kerak
hamda o ‘z-o‘zidan yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqishi
kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining
450-moddasi «Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan taklif-
lari» deb nomlangan bo‘lib, unda ko‘rsatilishicha, «muzokara tamom
bo‘lganidan keyin taraflar 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning
457-moddasi birinchi qismidagi 1—6-bandlarda nazarda tutilgan
masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari taklif eta-
digan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin.
Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmu-
nini sudga taqdim etish majburiydir». Xo‘sh, 1—6-bandlarida qanday
masalalar nazarda tutilgan, degan savol tug‘iladi. Albatta, qonunda
bu savolga javob mavjud. Ushbu modda «Hukm chiqarish vaqtida
sud hal qiladigan masalalar» deb ataladi. Sud esa muhim masalalami
qonun bilan belgilangan tartibda hal qilishni alohida xonaga kirib,
maslahatxonada hal qiladi. Demak, aynan sud hukm chiqarish
vaqtida maslahatxonada hal qilishi lozim bo‘lgan masalalar bo'yicha
qaysilari yuzasidan yozma ravishda xulosa berishi kerakligini aniqlab
olishi kerak. Buning uchun 457-moddaga murojaat qilamiz. Unda
qayd etilishicha, «sud maslahatxonada quyidagi masalalarni hal
qiladi:
1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir
etilganmi;
2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodek
sining qaysi moddasida nazarda tutilgan;
3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi;
4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti
aybli bo‘Isa, uning aybi qanday shaklda;
5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va
og‘irlashtiradigan holatlar bormi;
6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi»
degan masalalardir.
312
Aynan shu masalalar yuzasidan qonun bo‘yicha ishda qatna-
shayotgan davlat ayblovchisi o'zining takliflarini yozma ravishda
sudga taqdim qilishi shart. Mana shu olti banddan ko‘rinib turibdiki,
prokuror qonun bo'yicha sudlanuvchining aybi nimadan iborat
ekanligini, Jinoyat kodeksining qaysi moddasi, qaysi qismi, qaysi
bandi bilan aybdor deb topish kerakligini, sodir etilgan jinoyatda
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar bor- yo‘qligi haqida
hamda sudlanuvchi jazolanishi kerakmi, yo‘qligi haqidagi o‘z takli-
fini bildirishi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda aynan qanday turdagi jazo
belgilanishi, jazoni miqdori (muddati) qancha bo‘lishligi, jazoni
qanday tartibli jazoni o'tash muassasasida o‘tashi kerakligi haqidagi
taklifini berishi lozimligi qayd qilinmagan.
Sud muzokarasi mobaynida davlat ayblovchisi o‘z nutqida
bundan tashqari, og‘zaki ravishda sud maslahatxonada hal qilishi
lozim b o ‘lgan quyidagi masalalar yuzasidan ham o ‘z fikrini
bildiradi:
1) sudlanuvchiga qanday jazo (jazo turi, miqdori, muddati)
tayinlanishi lozim va u shu jazoni o‘tashi kerakmi;
2) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq,
o‘ta xavfli retsidevist deb topish lozimmi;
3) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli
koloniyada o‘tashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada
o‘tashi kerakmi;
4) fuqaroviy da’vo qanoatlantirilishi kerakmi, bu da’vo kim-
ning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shu
ningdek, fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli
keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar she-
riklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi;
5) ashyoviy dalillarni nima qilish kerak;
6) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini
qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish kerakmi;
7) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chora
larini qollash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi.
Agarda ish bo‘yicha bir necha sudlanuvchi jinoyat sodir etishda
ayblanayotgan bo‘lishsa, unda yuqorida qayd etib o‘tilgan masalalar
yuzasidan davlat ayblovchisi o‘z xulosalarini har bir sudlanuvchiga
nisbatan alohida-alohida bildirishi lozim.
Ko‘rinib turibdiki, sud hukm chiqarishi uchun alohida masla
hatxonada hal qilishi lozim bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan
prokuror o ‘z fikrini bildirishi kerak.
313
Lekin amaldagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual
kodeksining 450-moddasida qonunshunos aniq qilib, 457-mod-
daning 1— 6-bandIarida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidangina davlat
ayblovchisi va himoyachisi o'zining takliflarini yozma ravishda
taqdim qilishlari lozimligi qayd qilingan. Qonunda bundan tashqari,
og‘zaki ravishda boshqa masalalar yuzasidan davlat ayblovchisi va
himoyachini o ‘z takliflarini bildirishga majbur ekanliklari qayd
qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |