1 Qarang: Государственный обвинитель в советском деле. (Под общей
редакцией В.А. Болдырева.) М., 1954, стр. 300.
315
tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan e’tirozlari bo‘lsa
yana bir martadan so‘zga chiqishlari mumkin» deyilgan.
Protsess ishtirokchilarining shaxsiy munosabatlari zamirida,
o‘zaro kelishmovchiliklari yoxud taraflarning bir-birlariga nisbatan
paydo bo‘lgan qarama-qarshiliklari tufayli luqmadan foydalanish
mumkin emas. Luqmani taraflar fikrlari bir-biriga qarama-qarshi
bo‘lganligi sababli, shaxsiy kelishmovchiliklarni oydinlashtirish
quroliga aylantirmasliklari lozim. Luqma, asosiy ayblov nutqi kabi
aniq, isbotlangan, eng yuqori darajada asoslantirilgan faktlardangina
qurilgan bo‘lishi kerak.
Sud majlisi bayonnomasi b o ‘yicha mulohaza bildirish
Prokuror 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasida
bayon qilingan sud muhokamasi bayonnomasini rasmiylashtirish
tartibi to ‘g‘risidagi qonun talablarini ham o ‘z nazaridan qochirmas-
ligi lozim. 0 ‘zi qatnashgan ishlar bo‘yicha*>sud muhokamasi
bayonnomasini qonunda belgilangan muddatda tayyorlanganligi va
imzolanganligiga ishonch hosil qilishi kerak, chunki sud muhoka-
masining ishtirokchilari tomonidan sud muhokamasi bayonnomasi
bilan o‘z vaqtida tanishish va e’tirozlari bo‘ladigan bo‘lsa, ularni bil
dirish huquqi poymol bo‘lmasligi kerak
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning erta-
sidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzo-
lanishi lozim. Qonun talabiga ko‘ra, sud bayonnomasini rasmiylash
tirish 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 90-moddasiga asosan
raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Bayonnomaga: sud harakatining ishtirokchilari to ‘g‘risidagi ma’lu-
motlar; bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushunti-
rilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilishi joyi va vaqti, shart -
sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar
tavsifi va ulaming ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari; sud tergovi
harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni so‘ra-
gan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi
ko‘rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan beril
gan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini
olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari,
shuningdek, bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish
uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar kiritiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasi talabiga ko‘ra,
sud zarur deb topgan hollarda guvohlar va jabrlanuvchilar o‘zlari beigan
316
ko‘rsatuvlarini sud majlisining bayonnomasida imzolaydilar. Bayonnoma
raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud
majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda kotib
o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar
sud tarkibi tomonidan ko'riladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim
chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1997-yil 22-av-
gustdagi «Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida
muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi
to ‘g‘risida»gi 12-qarori 19-bandida «Sud majlisi bayonnomasi ish
bo‘yicha muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini e’tiborga olib,
sudlar Jinoyat protsessual kodeksining 426-moddasi talablaridan kelib
chiqib, uni yuritish sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishlari kerak.
Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik
etuvchi qatorida sud majlisi kotibi ham mas’uldir. 0 ‘zbekiston Res
publikasi Jinoyat protsessual kodeksining 426-moddasi 5-qismiga
binoan, bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan
o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda kotib o‘z mulohazalarini
bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomo
nidan ko'riladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib bayon
nomaga ilova qilinadi.
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi Jinoyat protses
sual kodeksining 90—92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar
asosida bayonnoma yuritadi. Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta
kotib qatnashgan bo‘lsa, har qaysi kotib o‘zi yuritgan yozuv uchun
bayonnomani imzolashi shart. Raislik etuvchi o‘zgarmagan bo‘lsa,
sud majlisi tamom bo‘lgandan keyin imzo qo‘yishi yetarlidir.
Sud majlisi bayonnomasi aniq, tushunarli tarzda yozilishi,
o ‘chirishlar yoki kiritilgan so'zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida
bayonnoma oxirida imzolash oldidan izoh berilishi zarur (JPKning
92-moddasi), deb belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasi oltinchi
qismida ko‘rsatilishicha, «Bayonnoma to ‘liq bo‘lishini ta ’minlash
uchun stenogramma yuritilishi mumkin. Stenografik yozuv ishga
ilova qilinmaydi. Sud muhokamasi chog‘idagi so‘roq qilishlar ovoz
yozish, videoyozuv va kinotasvirga olish vositalarida aks ettirilishi
mumkin. Bunday holda fonogramma, videokasseta va kinotasma sud
majlisining bayonnomasiga ilova qilinib, bayonnomada ushbu
vositalar qo‘llangani qayd etiladi».
317
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning erta-
sidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzo-
lanishi lozim (JPKning 426-moddasi). Sud majlisi bayonnomasi
imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma
yuzasidan o‘z mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik
qiluvchi ko‘rib chiqib, ularga qo‘shilgan taqdirda ularning to‘g‘riligini
tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo‘yadi. ( 0 ‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 427-moddasi.)
Raislik qiluvchi sud majlisi bayonnomasi yuzasidan berilgan
mulohazalarga qo‘shilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni
ko‘rgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti, ishni sudya-
ning yakka o‘zi ко‘rib chiqqan bo‘lsa, raislik qiluvchining qarori
uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan
JPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi
mumkin (JPKning 427-moddasi). Sud bayonnomasiga davlat ayb
lovchisi tomonidan mulohaza bildirishning ilmiy yoki amaliy shakli
mavjud emas.
Qonun yo‘li bilan mulohaza bildirish harakatini ifoda qiluvchi
hujjatni rasmiylashtirishga nisbatan talablar q o ‘yilmagan. Ish
bo'yicha ayblovchi bo‘lib qatnashgan prokuror tomonidan ham
yoxud o‘z manfaatlarini himoya qiladigan boshqa ishtirokchilar,
shu jumladan, himoyachi tomonidan ham sud bayonnomasiga
o‘z mulohazasini bildirish erkin bayon qilish orqali amalga oshi-
riladi. Sud protsessi ishtirokchilari bo‘lgan prokuror va himoyachi
yoxud boshqa ishtirokchilar tom onidan tuziladigan mulohaza
bildirish hujjatining taxminiy shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |