Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


II. Yo‘riqnomaning amal qilish doirasi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

II. Yo‘riqnomaning amal qilish doirasi
8. Mazkur Yo'riqnoma qoidalari inson va fuqarolarning huquq 
hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqla- 
nadigan manfaatlarini buzilishi to ‘g‘risidagi m a’lumotlarni o‘z 
ichiga oladigan yozma yoki og'zaki shaklda bayon qilingan, shaxsan, 
qonuniy vakil yoki aloqa vositalari orqali berilgan murojaatlarga 
tatbiq etiladi.
9. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Devoni, Oliy 
Majlis, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili, inson
259


huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, Konstitu- 
tsiyaviy sud, respublika boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalari, 
0 ‘zbekistonda akkreditatsiyadan o ‘tgan xalqaro tashkilotlar, jam - 
g‘armalar hamda xorijiy davlatlar vakolatxonalari, ommaviy axbo­
rot vositalari vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ham mazkur 
Yo‘riqnomaga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
10. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi bilan belgi­
langan tartibda ko‘rib chiqiladi.
11. Surishtiruv organlari, surishtiruvchilar, tergovchilar va pro- 
kurorlarning jinoyat ishlarining tergovi hamda materiallami hal qilish 
bilan bog‘liq harakatlari va qarorlari, shuningdek, sudlaming qaror­
lari yuzasidan tushgan shikoyatlar tegishlicha jinoyat protsessual, 
fuqarolik yoki xo‘jalik protsessual qonunchiligida ko‘zda tutilgan 
muddat va tartibda hamda vakolatlar doirasida ко‘rib chiqiladi.
III. Murojaatlarni ko‘rib chiqish taitibi va muddatlari
12. Prokuratura organlariga kelib tushgan murojaatlar ish yurituvga 
qabul qilinishi, quyi turuvchi prokuratura organlariga yoki boshqa 
idoralarga yuborilishi yoxud awalgi murojaatga qo‘shib, ko‘rib chiqi­
lishi mumkin.
13. Murojaatlar, agar ular qo‘yilgan masalalarni hal etish 
vakolat doirasiga kirmaydigan prokuratura organiga yuborilgan bo‘lsa 
yoki yuqori turuvchi prokuratura organi tomonidan murojaatni 
quyi turuvchi prokuratura organi ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq 
deb topilsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organ- 
larga yuboriladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.
14. Agar bir tarkibiy tarmoqqa kelib tushgan murojaat boshqa 
tarkibiy tarmoqqa taalluqli bo‘lsa, ushbu murojaat tegishli tarmoq 
boshlig‘ining bildirgisi va prokuratura rahbariyatining roziligi bilan 
boshqa tarmoqqa o‘tkaziladi.
15. Murojaatlarni ko‘rib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga 
asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat 
qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning, shu 
jumladan, prokurorlarning o ‘ziga jo ‘natish man etiladi.
16. Tergov va surishtiruv chog‘ida kelib tushgan ariza, shikoyatlar 
hamda ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlar jinoyat ishlariga qo‘shiladi.
Ayblov xulosasi tasdiqlangunga qadar berilgan ariza va 
shikoyatlarda keltirilgan vajlarni to ‘liq tekshirmay, jinoyat ishlarini 
sudlarga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
260


17. Fuqaroning familiyasi, manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta m a’lumotlar ko‘rsatilgan, 
shuningdek, imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb 
hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. Bunday hollarda ariza yoki 
shikoyatning anonim ekanligi to ‘g‘risida ma’lumotnoma tuzilib, u 
bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
Hal etilishi nazoratga olingan murojaat anonim ekanligi aniq- 
lansa, murojaatni yuborgan organga murojaat 0 ‘zbekiston Respub­
likasining «Fuqarolar murojaatlari to ‘g‘risida»gi Qonuni 6-mod- 
dasiga asosan ko‘rilmasdan qoldirilganligi haqida xabar beriladi.
Agar anonim murojaatlarda tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan 
jinoyatlar haqida m a’lumotlar bo‘lsa, ularning ishonchliligini 
tezkor yo‘llar bilan aniqlash uchun tegishli huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarga yuboriladi.
Fuqarolarning g'ayriqonuniy xususiyatdagi murojaatlari yuzasi­
dan qonunda belgilangan choralar ko‘riladi.
18. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga kelib tushgan 
quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilishini tashkillashtirish uchun 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga taqdim etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, 
Oliy Majlis, Oliy Majlisning deputatlari va senatorlari, Vazirlar 
Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud tomonidan nazoratga olinib 
yuborilgan murojaatlar, respublika miqyosidagi davlat idoralari 
rahbarlarining suiiste’molchiliklari, prokuratura organlari xodim- 
larining nojo‘ya xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar, viloyat 
hokimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda 
Vazirlar Kengashi raislarining murojaatlari, 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Bosh prokurorining o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilingan 
qarorlar yuzasidan kelgan murojaatlar, prokuratura organlari kadr- 
lari masalalari yuzasidan murojaatlar.
19. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosar- 
lariga quyidagi murojaatlar taqdim etiladi:
• mazkur yo‘riqnomaning 18-bandi 2-xatboshisida qayd etilgan 
Davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan nazoratga 
olinmay yuborilgan murojaatlar;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlisining 
inson huquqlari bo‘yicha vakili, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, 
respublika miqyosidagi jamoat tashkilotlari hamda 0 ‘zbekiston 
Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar, jamg‘ar- 
malar, xorijiy davlatlar vakolatxonalari rahbarlarining, shuningdek,
261


0 ‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, respublika miqyosidagi gazeta 
va jumallar bosh muharrirlari tomonidan yuborilgan murojaatlar;
• Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoq rahbarlari hamda viloyat 
prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning qarorlari 
yuzasidan kelib tushgan murojaatlar.
20. Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoq rahbarlariga Bosh 
prokuror hamda uning o‘rinbosarlariga taqdim qilinishi talab etil- 
maydigan hamda tarmoqqa taalluqli masalalar bo'yicha barcha 
murojaatlar beriladi.
21. Bosh prokuratura, viloyat prokuraturalari va ularga tenglash­
tirilgan prokuraturalarga birinchi marta kelib tushgan murojaatlar, 
agar ularni quyi prokuratura organlarida ko‘rib chiqilganligi to ‘g‘ri- 
sida m a’lumotlar bo‘Imasa, Fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi, 
prokurorlarning soha bo'yicha katta yordamchilari tomonidan quyi 
prokuraturalarga yuboriladi.
Birinchi marta kelib tushgan, ammo nazoratga olingan murojaat­
lar tekshirishni tashkil etish uchun Bosh prokuratura, viloyat 
prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarining tegishli 
tarmoqlariga beriladi.
22. Viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarga 
ko‘rib chiqish uchun quyidagi murojaatlar taqdim etiladi:
• Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinib, tekshirish 
uchun yuborilgan murojaatlar;
• davlat hokimiyatining mahalliy organlari rahbarlarining 
murojaatlari;
• viloyat prokurorlari o'rinbosarlarining qarorlari ustidan kelgan 
murojaatlar;
• prokuratura organlari kadrlari masalalari hamda ularning 
nojo'ya xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar.
23. Viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning 
o'rinbosarlariga mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida qayd etilgan 
murojaatlardan tashqari barcha murojaatlar beriladi.
24. Shahar, tuman prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan 
prokuraturalarga kelib tushgan barcha murojaatlar tegishli proku­
rorlarga taqdim etiladi.
25. Murojaatda bir necha boshqarma va bo‘limlarning vakolat 
doirasiga taalluqli masalalar bo‘lsa, ijrochilar orasida birinchi bo'lib 
qayd etilgan tarmoq rahbari mas’ul hisoblanadi va u tomonidan 
murojaat bo'yicha to ‘la hajmda tekshirish o'tkazilishi tashkil etiladi. 
Mas’ul rahbar murojaatning nusxalarini boshqa ijrochilarga topshi-
262


rilishi, murojaat bo‘yicha yagona topshiriq tayyorlanishi murojaatga 
taalluqli hujjatlarni boshqa ijrochilardan olib, dastlabki yoki yakuniy 
javoblar yuborilishini ta’minlaydi.
26. Muqaddam aynan shu mazmundagi murojaat bo‘yicha to ‘la 
va xolisona tekshirish o‘tkazilib, qonuniy qaror qabul qilingan va 
vakolatli prokuror tomonidan javob berilgan bo‘lsa, bunday mu­
rojaat hamda uning dublikatlari ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi 
(yangi ochilgan holatlar bundan mustasno).
27. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqa- 
roning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan 
qaror qabul qilinganidan keyin 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 7-moddasiga ko‘ra, prokuratura 
organlarida ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi (yangi ochilgan 
holatlar bundan mustasno).
Bunday murojaatlar nazoratga olinib yuborilgan bo‘lsa, nazo­
ratga olgan organga murojaat bo‘yicha prokuratura organlarida ish 
yuritish tugatilganligi haqida ma’lum qilinadi.
28. Murojaatlar tushgan kundan e’tiboran, bir oygacha bo'Igan 
muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmay- 
digan murojaatlar esa o ‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqi­
ladi. Ushbu muddat murojaat kelib tushgan kundan boshlab, 
muallifga javob yuborilgan kungacha hisoblanadi.
Prokuratura rahbariyati tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish- 
ning qisqartirilgan muddati belgilanishi mumkin.
29. Murojaatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘- 
shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar 
ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ushbu muddat murojaat qilingan 
prokuratura organiga qarab, tegishlicha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori, Bosh prokurorning o‘rinbosarlari, viloyat, shahar, 
tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan 
istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytiriiishi mumkin va bu 
haqda murojaat qilgan shaxsga hamda murojaatni nazoratga olgan 
organga m a’lum qilinadi.
30. Tekshirish jarayonida ariza muallifi tomonidan aynan bir 
masala yuzasidan berilgan murojaat awalgi murojaat bilan birgalikda 
ко‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha yagona javob beriladi.
Tekshirilayotgan yoki tekshirilishi tamomlangan murojaatning 
nusxasi muallifning o‘zi yoki boshqa organlardan kelib tushsa bunday 
murojaat dublikat sifatida rasmiylashtirilib, nazorat ishiga qo‘shiladi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish