Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

10.4. Taqdimnoma
Prokuror o‘z faoliyati mobaynida qonun buzilish hollari uning 
kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart- 
sharoitlarni aniqlasa, ushbu qonun buzilish hollarini bartaraf etish 
vakolatiga ega bo‘lgan organ yoki mansabdor shaxs nomiga t a q ­
d i m n o m a kiritadi.
Taqdimnoma qoida bo‘yicha qonun bilan belgilangan tartibda 
prokuror va uning o'rinbosari tomonidan imzolanib, qonun buzi- 
lishini bartaraf etuvchi va ularning oldini olish chora-tadbirlarini 
ko‘ruvchi davlat organlariga va mansabdor shaxslariga yoxud 
ularning yuqori turuvchi organlariga yuboriladi. Aniqlangan qonun 
buzilishi holatlari xuddi shu tekshirilgan korxona, muassasa va 
tashkilotning tarmoq idoralari bo‘yicha ham aniqlanishi mumkin 
bo ‘lgan tarqalganlik xususiyatiga ega bo'lganda yoki prokuror 
taqdimnomasi rad etilganda yoxud taqdimnoma bo‘yicha noto‘g‘ri 
qaror qabul qilingan bo‘Isa, taqdimnoma yuqori turuvchi organga 
yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.
Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tad- 
birlar to ‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda 
m a’lum qilinishi lozim. Taqdimnomada qonun buzilishida aybdor 
mansabdor shaxslarni intizomiy, m a’muriy yoki moddiy javob- 
garlikka tortish haqidagi prokuror talablari bayon etilishi mumkin. 
Buning uchun javobgarlikning ushbu turlarini qo‘zg‘atish haqidagi 
maxsus qaror chiqarilishi shart emas.
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan 
hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda 
ishtirok etishga haqli. Taqdimnomani tayyorlashda, nafaqat, uning 
chiqarilishi uchun aniq sabablardan, balki ushbu taqdimnoma 
yuboriladigan korxona, muassasa yoki tashkilotdagi qonuniylik va 
huquq-tartibotning holati haqidagi xulosalardan foydalanish kerak.
Prokuror o‘z taqdimnomasida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari 
ularga imkoniyat yaratgan sabab va sharoitlardan tashqari ushbu
396


qonun buzilishi hollarini bartaraf etish va ularning oldini oluvchi 
sharoitlarni yaratishga imkon beradigan chora-tadbirlar haqida 
ko‘rsatib o ‘tsa maqsadga muvofiqdir.
Taqdimnoma qoida bo‘yicha qonun buzilishini bartaraf etuvchi 
va ularning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘ruvchi davlat organ­
lariga va mansabdor shaxslariga yuboriladi. Qonun buzilishi 
tarqalganlik xususiyatiga ega bo Uganda yoki prokuror taqdimnomasi 
rad etilganda, yoxud taqdimnoma bo‘yicha noto‘g‘ri qaror qabul 
qilingan bo‘lsa, taqdimnoma yuqori turuvchi organga yoki mansab­
dor shaxsga yuboriladi.
Taqdimnoma o‘z shakliga ko‘ra, ma’lum talablarga javob berishi 
kerak. Taqdimnomada quyidagi unsurlar mavjud bo‘ladi:
• 
taqdimnoma kiritish uchun asos bo'lgan materiallar (o‘tka- 
zilgan tekshiruv natijalari, qonuniylikka rioya etilishi haqidagi 
materiallarni umumlashtirish va tahlil qilish, jinoyatni tergov qilish 
natijalari va h.k.); buzilgan qonun nomi va yo‘l qo‘yilgan qonun 
buzilishiga olib kelgan sabablar va sharoitlar tavsifi; qonun buzi- 
lishiga olib kelgan sabab va sharoitlarni bartaraf qilish va huquq- 
buzarliklarning oldini olish uchun tavsiya qilinadigan chora-tad- 
birlari; qonun buzilishiga yo‘l qo'ygan aniq mansabdor shaxslami 
ko‘rsatish; ularni javobgarlikka tortish haqidagi prokuror takliflari; 
taqdimnomani darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar 
to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum 
qilinishi lozimligi haqidagi talab; prokurorning lavozimi va darajali 
unvoni, taqdimnomani kiritish sanasi, taqdimnoma muallifi imzosi.
Umuman, taqdimnoma, nafaqat, qonun buzilishi hollarini 
bartaraf qilishga xizmat qilmasdan, balki qonun buzilishini oldini 
olishda ahamiyati yuqoridir. Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi 
va ko'rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida 
prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim. Taqdimnoma 
kollegial organ tomonidan ко‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni 
haqida prokurorga m a’lum qilinadi va u majlisda ishtirak etishga 
haqlidir.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish