Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

10.2. Protest
Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan p r o t e s t n i prokuror 
ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga 
keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham 
xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab, o ‘n kunlik muddatdan 
kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bar- 
taraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib 
chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni 
ko‘rib chiqish natijalari to ‘g‘risida uch kunlik muddat ichida pro­
kurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda 
majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok 
etishga haqlidir. Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansab­
dor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomo­
nidan rad etilganda, shuningdek, protest qonunda belgilangan 
muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu 
hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to ‘g‘risidagi ariza bilan 
sudga murojaat etishga haqli.
Sudga ariza protest rad etilganligi to ‘g‘risidagi xabar olingan 
paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda


belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida 
berilishi mumkin. Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest 
keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga 
qadar to ‘xtatib qo‘yadi. ( 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura 
to ‘g‘risida»gi Qonuni 38-moddasi.)
Qonunda protestning shakli, mazmuni, unda ko‘rsatilishi kerak 
bo‘lgan masala mazmunining tuzilishi qanday bo‘lishi haqida 
(masalan, protestning nomi, qayerda va qachon qabul qilinayot- 
ganligi, qabul qilayotgan shaxsning lavozimi, kirish qismi, asoslan- 
tiruvchi qismi, protest uchun asos qilib ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan 
qonun normasi, talabni qanday shakl, usul va uslubda berilishi) 
talab keltirilmagan. Bu masala yuqorida qayd etilgan vakolatli 
prokurorlarning ixtiyoriga havola qilingan. Shunday bo‘lishiga qara- 
masdan, prokurorlik amaliyotida hujjat qanday bo‘lishi kerakligi 
haqida m a’lum bir talablar shakllangan.
Qoida bo‘yicha protestning majburiy rejkvizitlaridan biri bu 
hujjatning nomi,
• ya’ni «protest» deb atalishi;
• huquqiy aktni chiqarayotgan organning nomi va mansabdor 
shaxsning egallagan lavozimi (masalan, Toshkent shahar, Hamza 
tumani prokurori, adliya maslahatchisi Baliyev Shavkat Omonovich);
• huquqiy aktni qabul qilinishiga asos bo'luvchi nomlanish
(masalan, m a’lum bir tum an hokimining____ -qarorini bekor
qilish yoki o ‘zgartirish uchun);
• huquqiy hujjatni chiqish sanasi va raqami (2008-yilning 
25-oktabri № ___ );
• protestning mazmuni: bayon hamda asoslantiruvchi qism 
(prokuror g‘ayriqonuniy deb hisoblagan hujjatning qabul qilingan- 
ligi va hujjatda aks ettirilgan hujjatni g‘ ayriqonuniyligini aks ettiruv- 
chi holat va nima uchun hujjat g'ayriqonuniy, qonunga zid ekanligini 
asoslantiruvchi normativ hujjat mazmuni aks ettiriladi hamda 
aynan qonun talabi bo‘yicha qanday bo‘lishi kerakligi izoh qilinadi);
• protest kiritishning huquqiy asosi va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish 
holatini ochib beriladi, uni bartaraf etilishini shartligi qayd etiladi 
(... asoslarga ko‘ra, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi lozim deb 
hisoblayman);
• protest kiritish uchun huquqiy asos ko‘rsatiladi (masalan, 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 
38, 56-moddalariga asoslanib);
392


• protestni ajralmas qismi bo‘lib, uning xulosa qismi hisoblanadi. 
Xulosa qismida, prokuror g'ayriqonuniy deb hisoblagan hujjatni 
bekor qilish yoki uni qonunga zid bo‘lgan qismi qisman o'zgartirish 
shartligini talab tariqasida aks ettiradi. Bu yerda, bekor qilinishi 
kerak bo‘lgan hujjat kim tomonidan va qachon kiritilganligi hamda 
uni nima deb nomlanganligi aniq ko‘rsatilishi kerak;
• protestni kelib tushgan kundan boshlab, 10 kun muddat ichida 
ko‘rib chiqilishi shartligini hamda protestni ko‘rib chiqish natijasi 
haqida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilish talabi qayd etiladi;
• zarur bo‘lgan hollarda, protest kollegial tartibda ko‘riladigan 
bo£lsa, prokurorning ishtirokini ta’minlash majburiyati ko‘rsatib 
o'tiladi (bunday holatlarda, protestni ko‘rib chiqish sanasi haqida 
prokurorga oldindan xabar qilinishi shart).
Protest prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanishi 
shart hisoblanadi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish