Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Nazorat tartibida protest keltirish



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Nazorat tartibida protest keltirish. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy 
xo£jalik sudining raisi va uning o‘rinbosarlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari 0 ‘zb^kiston Respublikasining 
har qanday xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari 
va qarorlar ustidan protest keltirishga haqli. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy xo£jalik sudi rayosatining qarorlari bundan mustasno.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining rayosati barcha 
xo£jalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan 
protestlar bo‘yicha ishlarni nazorat tartibida ko‘radi.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 193-moddasida ko‘rsatib 
o‘tilgan mansabdor shaxslar nazorat tartibida protest keltirishga 
asoslar mavjudligi masalasini hal etish uchun ishni tegishli xo‘jalik 
sudidan talab qilib olishga haqli.
Protest keltirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, shu jum - 
ladan, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi munosabati bilan 
ushbu kodeksning 193-moddasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxs 
protest keltiradi va uni ish bilan birga, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy xo‘jalik sudining rayosatiga yuboradi. Xo‘jalik sudining qonuniy 
kuchga kirgan hal qiluv qarori, qaroriga protest keltirish to‘g‘risidagi 
ariza ish ko‘rilganidan keyin apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi 
sudiga berilishi mumkin. Protest keltirish uchun asoslar yo‘qligi 
to ‘g‘risida ariza bergan shaxs xabardor qilinadi.
Protest nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining rayosati barcha 
xo‘jalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan 
protestlar bo‘yicha ishlami nazorat tartibida ko‘radi. XPKning 
193-moddasida ko‘rsatib o ‘tilgan mansabdor shaxslar nazorat
356


tartibida protest keltirishga asoslar mavjudligi masalasini hal etish 
uchun ishni tegishli xo‘jalik sudidan talab qilib olishga haqli.
Nazorat tartibida protest keltirgan mansabdor shaxs uni ishni 
ko‘rish boshlanishidan awal chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib 
olingani to‘g‘risida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi rayosati protestni 
ko‘rishda Oliy xo‘jalik sudi sudyasining ishning holatlari va protest 
vajlari to ‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitadi.
Tushuntirishlar berish uchun rayosat majlisiga ishda ishtirok 
etuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga rayosat 
majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi. Ular­
ning kelmaganligi ishni ко‘rib chiqishga to ‘siq bo‘lmaydi.
Ishni nazorat tartibida ko‘rishda 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ishtirok etib, o‘zi keltirgan 
protestni quvvatlaydi yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik 
sudi raisi yoki uning o ‘rinbosari keltirgan protest bo‘yicha 
ko‘rilayotgan ish yuzasidan xulosa beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining rayosati ishni 
nazorat tartibida ко‘rib:
1) xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini, qarorini o‘zgarishsiz, 
protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni to ‘la yoki qisman bekor qilib, 
ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
3) hal qiluv qarorini, qaromi o‘zgartirib yoki bekor qilib, ishni 
yangidan ko‘rishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni to‘la yoki qisman bekor qilib, 
ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘la yoki qisman ko‘rmasdan 
qoldirishga;
5) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlari yoki 
qarorlardan birini kuchda qoldirishga haqli.
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, 
qaromi nazorat tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos 
bo‘ladi. Xo‘jalik sudining mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, 
qarori yuzaki asoslar bo‘yichagina bekor qilinishi mumkin emas.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining rayosati ishni 
nazorat tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi. Agar 
rayosatning hozir bo‘lgan a’zolaridan ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, 
qaror qabul qilingan hisoblanadi. Rayosat a’zolari ovoz berishda 
betaraf qolishga haqli emas.
Rayosat qarori 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 
raisi tomonidan imzolanadi. Rayosat qarori qabul qilingan paytdan
357


boshlab qonuniy kuchga kiradi. Rayosat qarori qabul qilingan kun­
dan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga 
topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
Ishni nazorat tartibida ko‘rgan xo‘jalik sudining hal qiluv qaro­
rini, qarorni bekor qilish to ‘g‘risidagi qarorida bayon etilgan 
ko‘rsatmalari shu ishni yangidan ko‘rayotgan xo‘jalik sudi uchun 
majburiydir. Ishni nazorat tartibida ko‘rgan xo‘jalik sudi hal qiluv 
qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni 
aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning 
to ‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, 
ishni yangidan ko‘rishda qanday hal qiluv qarori, qaror qabul 
qilinishi kerakligi masalalarini oldindan hal qilishga haqli emas.
Xo‘jalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan ajrimlari ustidan 
nazorat tartibida protest keltirilishi va ushbu kodeksda ular ustidan 
shikoyat qilish nazarda tutilgan, shuningdek, ular ishning davom 
ettirilishiga to‘sqinlik qilgan hollarda hal qiluv qaroridan alohida 
qayta ko'rilishi mumkin.
Xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar sudning 
hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlarni 
ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2004-yil
23-apreldagi «Xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishida prokuror vako- 
latini ta ’minlash bo‘limi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida 
13-buyrug‘i 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 
11-martdagi PF-3406-sonli Farmoniga va 0 ‘zbekiston Respub­
likasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 13-moddasiga asosan 
qabul qilingan. Prokuratura faoliyatining ushbu yo‘nalishi bo‘yicha 
ish yuritish shu Nizom asosida olib boriladi.
Bosh prokurorning 2004-yil 11-maydagi «Xo‘jalik sudlarida 
ishlar ko‘rilishida prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sir- 
chanligini oshirish to ‘g‘risida»gi 23-buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, 
buyruq talablariga binoan, davlat va jamoat manfaatlari, xususiy 
biznes subyektlarining huquq hamda erkinliklarini himoyalash maq­
sadida sudlarga arizalar kiritish, prokuror vakolatini malakali 
ta’minlash, sudlarning qonunga zid bo‘lgan qarorlari ustidan protest 
keltirish bu sohadagi prokuror faoliyatining asosiy vazifasidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining xo‘jalik sud­
larida ishlar ko‘rilishida prokuror vakolatini ta ’minlash bo‘limi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va 
0 ‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorlarining xo‘jalik sud-
358


lov sohasidagi asosiy vazifasi korxonalar, muassasalar va tashkilot- 
larning, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning huquqlari hamda 
qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, qonuniylikni mus- 
tahkamlash, prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini 
oshirishdan iborat.
Davlat va jamoat manfaatlari himoya qilinishi lozim bo'lgan 
hollarda da’vo arizalari kiritish bilan bir vaqtning o'zida manfaatlari 
himoyalanishi ko‘zda tutilayotgan korxona, muassasa va tashkilot- 
laming mansabdor shaxslari tomonidan bu borada amaliy choralar 
ko'rilmayotganligining sabablari o‘rganilib, tegishli munosabat 
bildirilishi lozim.
Awalambor, da’vo arizalari qo‘zg‘atilishiga asos bo‘layotgan 
hujjatlar har tomonlama to ‘liq o‘rganib chiqilishi, da’volarning 
asosli va qonunga muvofiq bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Quyidagi nizolaming xo'jalik sudlarida ko‘rilishida prokurorning 
ishtiroki majburiyligi belgilab qo‘yilgan:
• prokuror da’vosi bilan qo‘zg‘atilgan;
• davlat mulkini himoya qilish bilan bog‘liq;
• yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash;
• xalqaro va davlatlararo shartnomalar, kelishuvlar bo‘yicha;
• bankrot deb e’lon qilish;
• davlat organlari va fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish 
organlarining huquqiy hujjatlarini haqiqiy emas deb topish;
• davlat ro'yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda 
davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyatlar;
• davlat nazorat organlarining pul mablag‘larini akseptsiz tartibda 
undirish haqidagi hujjatlarini ijro etilishi mumkin emas deb topish;
• kontraktatsiya va yer ijarasi shartnomalari bilan bog‘liq;
• tabiatga zarar yetkazishdan kelib chiqqan nizolar.
Sud majlisiga prokurorlar puxta tayyorgarlik ko‘rib, nizoga oid 
huquqiy-normativ hujjatlar hamda ish materiallarini sud jarayoni 
boshlangunga qadar o'rganib chiqishlari lozim.
Ish materiallari bilan tanishish jarayonida ishning xo'jalik sudiga 
taalluqliligi, o‘zgalar nomidan ariza bergan shaxsning qonuniy 
vakolatga ega ekanligi, ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan dalillar- 
ning mavjudligi, nizo bo‘yicha javobgar to ‘g‘ri jalb qilinganligi, 
da’voni ta’minlash choralari ko‘rilganligi va davlat boji to ‘langanligi 
kabi nizoning qonuniy hal etilishi uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan holatlarga alohida e’tibor qaratilishi talab etiladi.
Sudda ishtirok etuvchi prokuror taraflaming tortishuvi prinsipiga 
amal qilgani holda dalil-isbotlami to‘plash, tekshirish va ularga baho
359


berishda faol qatnashib, ish mohiyati bo‘yicha asosli flkr bildirib, 
uni har tomonlama, to £liq va xolisona ko‘rilishiga, qonuniy va 
adolatli qaror qabul qilinishiga ko‘maklashishi kerak.
Xo'jalik sudlarining barcha bosqichlarida ishlar ko‘rilishida, 
ayniqsa, davlat va jamoat mulkini himoya qilish, davlat organlari 
va fuqarolarni o‘zini o ‘zi boshqarish organlarining huquqiy hujjat- 
larini haqiqiy emas deb topish, korxona va tashkilotlarning bantorot- 
ligi, xususiylashtirish, tabiat muhofazasi bilan bog'liq nizolarning 
muhokamasida zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan mansabdor 
shaxslarga nisbatan intizomiy, m a’muriy, moddiy choralar ko‘rish 
va jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalalari muhokama qilinishi zarur. .
Birinchi instansiya sudlarida prokuror ishtirokisiz hal qilingan 
hamda apellatsiya, kassatsiya bosqichlarida ko‘rilgan ishlar yuzasidan 
qabul qilingan sud qarorlari bilan kelishilgan hollarda prokuratura 
rahbariyati tom onidan tasdiqlangan xulosalar tuzilishi shart. 
Xo'jalik sudlarining noqonuniy va asossiz qarorlariga nisbatan 
apellatsiya va kassatsiya muddatlarida hamefa nazorat tartibida 
protestlar keltirilishi kerak.
D a’voni ko'rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish yoki 
to ‘xtatib turish to ‘g‘risidagi sud ajrimlarining asosliligi va qonuniy­
ligini apellatsiya muddatida o'rganib, qonuniy baho berilishiga va 
qonuniy asoslar bo‘lgan holda apellatsiya protesti keltirilishi ta’min- 
lanmog'i lozim. Apellatsiya instansiyasida ko£rilib, kassatsiya protesti 
keltirish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki kassatsiya instansiyasida 
ko'rilgan ishlar bo‘yicha noqonuniy sud qarorlariga nisbatan. Nazo­
rat tartibida protest keltirish haqidagi taqdimnomalar zudlik bilan 
respublika Bosh prokuraturasiga yuborilishi kerak.
Sudlar tom onidan qanoatlantirishdan rad etilgan prokuror 
da’volari, apellatsiya va kassatsiya protestlari bo‘yicha qabul qilingan 
sud qarorlari bilan kelishilgan taqdirda mazkur xo‘jalik ishlarini 
viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar rah­
bariyati tomonidan tasdiqlangan xulosalar bilan Bosh prokura- 
turaga yuborilishi lozim.
Sud qarorlari yuzasidan fuqarolar hamda yuridik shaxslardan 
kelib tushgan ariza va shikoyatlaming qonunda belgilangan m ud­
datda, ishlar to ‘liq o ‘rganilgan holda qonuniy hal qilinishi zarur. 
Ishlarni o ‘rganish natijasiga ko'ra, sud qarori asosli, deb topilgan 
taqdirda xulosa tuzilib, protest keltirish vakolatiga ega bo lg an
prokurorlar yoki ularning o£rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishi, 
ariza muallifiga esa asoslantirilgan javob berilishi kerak.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish