Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellatsiya



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

9.3. Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellatsiya
bosqichida ishtirok etishi asoslari
Prokurorning ikkinchi instansiya sudida ishtirok etishi to‘g‘risida 
shuni aytish kerakki, uning bu instansiyada ishtirok etishi ikki 
shaklda: 
birinchidan,
sud qarori ustidan shikoyat, protest keltirish 
yo‘li bilan; 
ikkinchidan,
taraflardan birining sud qaroridan norozi 
bo‘lib shikoyat arizasi berganida bu to ‘g‘risida fikr berish yo‘li 
bilan ishtirok qila oladi.
Prokurorning protest bildirish huquqi
— uning birinchi instansiya 
sudida ishning ko‘rilishida ishtirok qilish-qilmasligiga bog‘liq emas. 
Apellatsiya protestini hamma prokurorlar, ya’ni tuman, shahar, 
viloyat va yuqori turgan prokurorlar bera olishadi. Ikkinchi instansiya 
sudida protest ko‘rilganida, prokuror ishtirok etadi va protestni 
quwatlaydi.
Fuqarolik ishlarini apellatsiya bosqichida ko‘rishda, bu bosqich 
predmeti bo‘lib, qonuniy kuchga kirmagan sudning qaror va 
ajrimlari hisoblanadi.
Prokuror ishni birinchi instansiya sudida ko‘rilishida ishtirok 
etish-etmasligidan qat’i nazar, noqonuniy yoki asossiz deb topgan 
sud qarori ustidan apellatsion tartibda ko‘rish uchun protest 
keltirish mumkin. Apellatsion protestlar prokuror tomonidan 
qaromi chiqargan sud orqali keltiriladi. Protestning to‘g‘ridan to‘g‘ri 
apellatsiya instansiyasiga berilishi uning ko‘rilishiga to ‘sqinlik qila 
olmaydi. Apellatsion protest qaror chiqarilgach, 20 kun mobaynida 
keltiriladi. Apellatsion shikoyat protsessual hujjat sifatida quyidagi 
talablarga javob berishi, ya’ni:
343


• protest obyektiv, asoslangan bo‘lishi kerak.
Apellatsion protest yoki protest muallifi bo‘lgan prokuror yoki 
yuqori turuvchi prokuror tomonidan quwatlanadi.
Apellatsion protest uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
1) ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning to ‘liq ochilma- 
ganligi;
2) ish uchun ahamiyatli bo'lgan, sud tomonidan aniqlangan 
deb hisoblangan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) sud xulosalarining qarorini ish holatlariga nomuvofiqligi;
4) moddiy yoki protsessual normalarning noto‘g‘ri qo'llanilishi 
yoki buzilishi.
Prokuror ishning hal etilishida ishtirok etar ekan, ishda qatna- 
shuvchi shaxslardan so‘ng qarorning qonuniyligi va asoslanganligi 
to‘g‘risida flkr beradi. Prokurorning apellatsiya instansiyasi sudidagi 
ishtiroki ish bo'yicha flkr tuzish bilan yakunlanadi. Bunda u sud 
qarorining mazmunini, ishni apellatsiya tartibida ko‘rish uchun 
asoslar, qarorga protest keltirilishi sababini va ish ko'rilishi yakuniy 
natijalarini ko'rsatib o ‘tadi.
Agar prokuror nuqtayi nazari bilan sud ajrimi nuqtayi nazari 
0
‘rtasida farqlar (har xillik) vujudga kelsa, u bu to‘g‘risida kassatsiya 
tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorga xabar 
qiladi. 
Prokuratura organlarining rahbari prokuror fikrini 
tasdiqlagach, u protsessual hujjatga aylanadi.
Agar taraflardan biri sud qarori ustidan shikoyat arizasi bergan 
bo‘lsa, bu shikoyat sudda ko'rilishida prokuror, garchi, o‘zi protest 
bermagan bo‘lsa ham, ishtirok etgan holda o‘zining og‘zaki va yozma 
fikrini beradi.
Prokuror birinchi va ikkinchi instansiya sudlarida ishtirok etish- 
dan tashqari, yuqorida aytilganidek, sud qarorlarining qonuniy 
kuchini ham tekshirishga haqlidir. Uning bu huquqi sudning qonuniy 
kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimlari va qarodari yuzasidan 
protest keltirishdan iborat. Nazorat tartibida protest keltirish huquqi 
FPKning 349-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarga berilgan.
«Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunda belgilanishicha, prokuror 
o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi, jumladan, 
inson va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinlik- 
larini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunlarning aniq 
va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; sudlarda jinoiy 
ishlarni ko’rib chiqilishida davlat aybini qo‘llab-quwatlash, sudlarda 
fuqarolik ishlarini, m a’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
344


hamda xo‘jalik ishlarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga 
zid bo‘lgan hujjatlarga protest keltirish va h.k.
Nazorat tartibida protest kiritish to‘g‘risidagi arizalar asosida 
Bosh prokuraturaga chaqirilgan ishlar viloyat prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan tasdiqlangan xulosalar 
bilan yuborilishi zarur.
Nazorat tartibida berilgan protest sudda ko‘rilishida prokurorning 
ishtirok etishi shart va shu ish bo‘yicha o‘zi yoki yuqori turgan 
prokuror keltirgan protestni quwatlaydi, vakolatli shaxslarning 
bergan protesti bo‘yicha ish yuzasidan xulosa beradi. Prokuratura 
faoliyatini bu yo‘nalishi bo‘yicha ham 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurorining maxsus buyrug‘i va Nizom mavjud.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2004-yil 
23-apreldagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror 
vakolatini ta’minlash bo‘limi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida 
14-buyrug‘i qabul qilingan. Bu buyruq ham 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi PF-3406-sonli Farmo- 
niga va 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi 
Qonuni 13-moddasiga asosan qabul qilingan.
2004-yil 11-maydagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida 
prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish 
to ‘g‘risida»gi Bosh prokurorning 22-buyrug‘ida qayd etilishicha, 
fuqarolaming, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq­
lari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarda 
prokuror vakolatini malakali ta’minlash sudlarning qonunga zid 
bo‘lgan qarorlari ustidan protest keltirish bu sohadagi prokuror 
faoliyatining asosiy vazifasidir.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi va 
«Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilinishi, fuqarolik sud ish­
larini yuritish qonunchiligidagi o‘zgarishlar, shu jumladan, sud­
larning ixtisoslashuvi va sud qarorlarini tekshirishda apellatsiya 
institutining joriy qilinganligi fuqarolik ishlarini ko‘rishda prokuror 
ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirishni taqozo 
etmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining sudlarda 
fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi, 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Transport, Harbiy, shahar, tuman proku­
rorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning fuqarolik sudlov 
sohasidagi asosiy vazifasi — fuqarolaming, korxonalar, muas-
345


sasalar va tashkilotlaming huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining 
himoyasini ta ’minlash qonuniylikni mustahkamlash, prokuror 
ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirishdan iborat.
Fuqarolik sudi ishlari yuritilishida prokuror vakolatlari:
• fuqarolaming 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarida mustahkamlangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
huquq hamda erkinliklarini, davlat, jamoat va xususiy mulk ega- 
larining qonuniy manfaatlarini himoyalash;
• qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning 
qatn ash ish in i zaru r deb topgan ham da m azkur buyruqda 
belgilangan hollarda barcha sud instansiyalarida prokuror vakolatini 
samarali ta’minlash;
• prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ishlar yuzasidan sud qarorla- 
rining qonuniyligini apellatsiya muddatida o‘rganib, noqonuniy 
sud qarorlarini shu bosqichda qonunga muvofiqlashtirish choralarini 
ko‘rish;
• qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarm ing qonuniyligini 
arizalarga asosan o ‘rganish va aniqlangan qonun buzilishlarni bar­
taraf etishga yo‘naltirish hisoblanadi.
Barcha prokurorlar va prokuratura organlarining tegishli tar­
moqlari fuqarolaming huquq hamda erkinliklari himoyasini ta’min­
lash maqsadida, ayniqsa, ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan 
bosh tortayotgan, muttasil ichkilikbozlik va giyohvandlikka mubtalo 
bo‘lgan, o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat 
sodir etgan shaxslarni ota-onalik huquqidan m ahrum etish, 
ularning muomala layoqatini cheklash haqida, shuningdek, sog‘- 
lig‘iga, yoshi yoki boshqa sabablarga ko'ra, sudda o‘z huquq va 
erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 
fuqarolaming manfaatini ko‘zlab, da’vo arizalari kiritish amaliyo- 
tini yanada faollashtirish talab etiladi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish