9.2. Fuqarolik protsessida prokuror vakolati
Fuqarolik protsessida prokurorning vakolatlari ifodasini topgan
huquqiy normalar qonunchilikni mustahkamlash, ijtimoiy hayotda
qonun ustuvorligini ta ’minlashga qaratilgan.
Fuqarolik protsessida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi
bo‘yicha prokuror vakolatini amalga oshirish vazifasi prokuratura
idoralari tizimida quyi pog‘onadagi prokurorlaming yuqori pog‘ona-
dagi prokurorlarga bo‘ysunish tartibining o‘rnatilishi bilan, davlat
hokimiyati hamda davlat boshqaruv idoralari, mansabdor shaxs-
lardan mustaqil ravishda tashkil qilinishi bilan ta’minlanadi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari, deyiladi 0 ‘zbe-
kiston Respublika Konstitutsiyasining 120-moddasida, o ‘z vako
latlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va man
sabdor shaxslardan mustaqil holda faqat qonunga bo‘ysunib amalga
oshiradilar.
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy
maqsadlami ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘x-
tatib turadilar».
Prokuror fuqarolik protsessida o‘z vakolatlarini faqat qonunga va
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunga asosan chiqa
rilgan ko‘rgazma va buyruqlariga asoslanib amalga oshiradi. Demak,
334
fuqarolik protsessida prokuror vakolatining asosiy vazifalari qonun-
chilikni mustahkamlash, fuqarolar, jamoat birlashmalari va davlat
tashkilotlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini har qanday g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya
qilishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan
keyingi o‘tgan davr ichida mamlakatimizda ijtimoiy hayotni tartibga
solish, odil sudlovni amalga oshirish, sud ishini yuritishni takomil-
lashtirish va qonunchilikni mustahkamlash borasida bir qator
Qonunlar, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari
qabul qilindi.
Fuqarolarning, davlat jamoat tashkilotlarining fuqarolik protses
sual huquqlarini himoya qilish bilan prokuror ulaming Konstitu-
tsiyada belgilangan huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaat
larini himoya qiladi. Shu sababdan ham, prokurorning fuqarolik
protsessida o‘z vakolatini amalga oshirishi qonun ustuvorligini ta’-
minlashni kafolatlaydi. Prokuror fuqarolik protsessining barcha bos-
qichlarida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini ta’minlash va
har qanday qonunbuzarliklami bartaraf qilish uchun mas’uldir.
Prokuror fuqarolik protsessida yo‘l qo‘yilgan g‘ayriqonuniy hara-
katlar va harakatsizliklami, u kim tomonidan sodir qilinmasin, mulk
shaklidan qat’i nazar, shuningdek, sud tomonidan qabul qilingan
qaror va ajrimlaming qonunga to ‘g‘ri kelmagan qismlarini o‘z vaq
tida aniqlab, o‘z huquqlari hamda vakolatlari doirasida qonun hujjat-
larida belgilangan prokuror ta’sir choralarini qo‘llash yo‘li bilan
ularni tuzatish va buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko‘rishi
shart.
«Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 5-bo‘limida prokurorning
sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorlarning vakolatlari belgilab
qo‘yilgan bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflashimiz mumkin:
1) sudlarda ishlarni ko'rishda prokurorning ishtiroki («Prokura
tura to ‘g‘risida»gi Qonunning 33-moddasi);
2) sud qarorlariga nisbatan protest keltirish («Prokuratura to‘g‘-
risida»gi Qonunning 35-moddasi);
3) sud qarorlarini tekshirish uchun ishlarni sudlardan talab qilib
olish va chaqirib olish («Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunning
34-moddasi);
4) fuqarolik ishlariga doir sudning qarorlariga nisbatan keltirilgan
protestlarni o‘zgartirish, to'ldirish, chaqirib olish («Prokuratura
to ‘g‘risida»gi Qonunning 36-moddasi);
335
5)
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori to m o n id an
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi majlislarida ishtirok
etadi, ko'rilayotgan ishlar bo‘yicha va muhokama qilinayotgan
masalalar yuzasidan fikr bildiradi. Qonun hujjatlarini qo‘llash bilan
bog‘liq masalalar bo‘yicha plenum tushuntirishlar berishi xususida
takliflar kiritadi («Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi).
«Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan fuqarolik
protsessidagi prokuror vakolati prokurorning xizmat vazifasi va
sud yuritishning bosqichiga qarab belgilanadi. Sudlarda fuqarolik
ishlarini ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash prokuratura
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolik protsessida prokurorlarning vakolat doirasi, asosan
0 ‘zbekiston Respublikasi FPKning 46—47-moddalarida nazarda
tutilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi FPKning 46-moddasida pro-
tsessda prokurorning ishtiroki masalasi yoritilgan bo‘lib, unga ko‘ra,
«Prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riq-
lanadigan manfaatlarini himoya qilish uchurfariza bilan sudga mu
rojaat qilish huquqiga ega. Shuningdek, prokuror boshqa shaxslar
tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan ishni ko'rishda boshidan ishtirok
etish huquqiga ega.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning qatna-
shishini zarur deb topgan hollarda fuqarolik ishlarini ko‘rishda,
shuningdek, prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlarda proku
ror ishtirok etishi shart».
FPKning 47-moddasida prokurorning fuqarolik protsessidagi
vakolatlari bo‘yicha protsessual huquq va majburiyatlari o‘z ifodasini
topgan. Prokuror Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasida
nazarda tutilgan ishda ishtirok etuvchi taraflarning bir qator huquq
va majburiyatlarga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning ish materiallari bilan tanishish, ulardan
ko‘chirmalar olish, nusxalar ko'chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish,
dalillarni taqdim qilish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga
ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimos-
nomalar taqdim qilish, sudga og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar
berish, ishni suda ko‘rish davomida tug‘iladigan hamma masalalar
bo‘yicha o ‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning
arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud
ning hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ustidan shikoyat qilish, sud
chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi va qarorning majburiy ijrosini
336
talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo‘lish va
o‘z huquqlarini aina^ a oshirish kabi huquqlaridan foydalanadi va
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Bulardan tashqari, bergan
arizasidan
butunlay
y°ki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning
huquq va
Do'stlaringiz bilan baham: |