Prokurorning vakolatlari
(JPKning 382-moddasida qayd etilgan)
«Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini yuritishda qonun-
larning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga
oshiriladi.
Jinoyat sodir etilgani to ‘g‘risidagi ariza va xabarlami ko‘rish
hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning ushbu kodeksda
belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi surishtiruv
va dastlabki tergov organlari qonunlarning ijro etilishi ustidan
olib boradigan nazorat sohasidir.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlar
ning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, prokuror o‘z
vakolati doirasida:
• surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan ishlami tekshirish
uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, surishtiruv,
dastlabki tergov ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni
va boshqa m a’lumotlarni talab qilib oladi;
• sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza
va m a’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hal etish
to ‘g‘risidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har
oyda kamida bir marta tekshiradi;
• surishtiruvchilar va tergovchilarning qonunga xilof hamda
asossiz qarorlarini bekor qiladi;
394
• qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to ‘g‘risida
sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi, yoxud
qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to ‘g‘risida sudga
iltimosnoma kiritadi;
• surishtiruv organlariga shaxslami ushlash, majburiy keltirish,
qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni, sud-
ning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi
ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini bajarishni topshi-
radi, shuningdek, prokuror yoki prokuratura tergovchisi yuritu-
vidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan
shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsat-
malar beradi;
• surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur
hollarda ushbu Kodeksga muvofiq har qanday ish bo'yicha ayrim
tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to'liq amalga
oshiradi;
• tintuv o‘tkazishga, pochta-telegraf jo ‘natmalarini xatlash va
ularni olib qo‘yishga, telefonlar va boshqa so'zlashuv qurilmalari
orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishga, ayblanuv-
chini lavozimidan chetlashtirishga va qonunda nazarda tutilgan
hollarda surishtiruv organi hamda tergovchining boshqa harakatlariga
ruxsat beradi;
• dastlabki tergov muddatlarini ushbu kodeksda belgilangan
hollarda va tartibda uzaytiradi;
• ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha
tergov o‘tkazish to ‘g‘risidagi o‘z ko'rsatmalari bilan qaytaradi;
• jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokura-
turaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu kodeksda belgilangan
hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov organidan boshqasiga
o ‘tkazadi;
• surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti, ular ishning ter-
govi chog'ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo'lsalar, surishtiruv
yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi;
• jinoyat ishlari qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi,
ishlarni tugatadi yoxud yuritilishini to‘xtatadi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tuga-
tishiga rozilik beradi;
• ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarni sudga
yuboradi.
395
Prokurorning ushbu kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq
surishtiruv va dastlabki tergov organlariga tergovga qadar tekshirish
o‘tkazish, ishlami qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir» deyilgan. Albatta,
bu protsessual harakatlarni amalga oshirishda prokuror qaror deb
nomlangan prokuror nazorati hujjatidan keng foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |