Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Б озор ов   Ш.Т.  Банк  кредитининг  хуку^ий  асослари.  //  Ё ш   ол и м лар   илмий



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Б озор ов   Ш.Т.  Банк  кредитининг  хуку^ий  асослари.  //  Ё ш   ол и м лар   илмий 

маколалар  туплами.  Тошкент  -   2002,  33-бет.

www.ziyouz.com kutubxonasi




grantlari,  lizing,  faktoring,  report, 

budjet  mablag'laridan  amalga 

oshiriladigan  subsidiya,  dotatsiya,  subvensiyalardir.  Amaliyotda  pul 

mabiag‘larini  vaqtinchalik  jalb  qilishning  eng  qulay  va  samarali  shakli 

bank  kreditidir1.

Bank  krediti  -   bu  tijorat  banki  tomonidan  o'z  mijoziga  aniq 

muddatga  haq  to'lash  va  maqsadli  foydalanish  shartlarida  taqdim 

etiladigan  pul  mablag'laridir.

K reditning  aniq  m uddatga  berilishi  avvalam bor  kreditning 

qaytarilishini  bildiradi.  Bank  krediti  qaytarilishi  tam oyili  bilan 

qaytarilmaydigan  moliyaviy  yordamdan  farqlanadi.

Keditning qaytarish  muddati bank va mijoz o'rtasidagi kelishuv bilan 

belgilanadi.  Kredit  muddatini  belgilashda  mijozning  pul  mablag'lariga 

bo'lgan  ehtiyoji,  bankning  imkoniyatlari,  kredit  mablag'lari  qanday 

mahsulotlar, xizmatlar va  ishlarga  sarflanishi va boshqa faktorlar inobatga 

olinadi.


Kreditning  aniq  muddatga  berilishi  kredit  talab  qilib  olunguncha 

berilishi  ta’qiqlanishini  ko'rsatadi.  Agar  shartnomada  kredit  muddatdan 

oldin  qaytarilishi  mumkinligi  belgilanmagan  bo'lsa,  mijoz  kreditni 

kelishilgan  muddatdan  oldin  qaytarish  huquqiga  ega  emas.

Qonunchilikda  kreditni  shartnomada  belgilangan  muddatdan  oldin 

qisman qaytarilishi qayd qilinmagan bo'lsa-da,  amaliyotda banklar kredit 

shartnomalariga juda kam hollarda kreditni qisman qaytarilishi to'g'risida 

qoidalarni  kiritishga  rozi  bo'ladilar.  Sabab  -   bank  taqdim  etilgan  kredit 

bo'yicha  doimiy  ravishda  foizlarni  olishdan  manfaatdor,  kreditni  qisman 

(ko'p  hollarda  to'la)  muddatdan  oldin  qaytarilishi  bankdan  qaytarilgan 

mablag'larni  boshqa  mijozlarga  taqdim  etish  uchun  vaqt  va  xarajatlarni 

talab qiladi.

Kreditlar  muddatlariga  ko'ra,  asosan  savdo-sotiq  sohasiga  yoki 

ayrilma  fondlarni  to'ldirish  uchun  1  yilgacha  beriladigan  qisqa  muddatli 

kreditlarga, uskunalami sotib olish yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni 

yo'lga  qo'yish  uchun  beriladigan  yangi  1  yildan  5  yilgacha  beriladigan 

o'rta  muddatli  va  ijtiomiy  loyihalarga  yoki  katta  ishlab  chiqarish 

majmualarini  tashkil  etish  uchun  5  yildan  ortiq  muddatga  beriladigan 

uzoq  muddatli  kreditlarga  bo'linadi.

Kreditlarni  haq  evaziga  berilishi  mijoz  tomonidan  bankka  kredit 

mablag'laridan foydalanilgani uchun foizlar to'lash kerakligini bildiradi. 

Q onunchilikda  foizlarning  to'lanish  muddati  va  tartibi  bo'yicha 

dispozitiv  moddalar  beligilanmagan.  Foizar  har  kuni,  har  hafta,  har 

o'n  kunlikda,  har  oyda,  har  chorakda,  har  yilda,  kreditning  asosiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



sum m asini  qaytarish  paytida  yoki  tom onilar  kelishgan  boshqa 

muddatlarda  to‘lanishi  mumkin.  Amaliyotda  banklar  mijozlardan 

foizlarni  har  oyda  tolashni  talab  qiladilar.  Tijorat  banklari  mijozning 

hisobvarag'idan  foizlarni  mijozning  alohida  topshirig'isiz  ko'chirib 

oladilar  va  bu  to'g'risida  mijozga  ma’lumotlarni  beradilar.

Kreditlarni maqsadliligi -  kreditni aniq maqsadga berilishini bildiradi. 

Bundan  quyidagilar  kelib  chiqadi:

1)  kredit  maqsadsiz  bo'lishi  mumkin  emas.  Kredit  shartnomasida 

kredit  mablag'lari  mijozga  qaysi  maqsadlarga  berilishi  aniq  belgilanadi

-   sotib  olinadigan  tovarlarning  hajmi,  sifati,  narxi,  xarid  qilinadigan 

uskunalarning  soni,  ishlab  chiqaruvchilari,  sifat  ko'rsatkichlari,  ishlab 

chiqarish quvvatlari, moliyalashtiriladigan ishlar va xizmatlar muddatlari, 

sifat  ko'rsatkichlari  va  boshqa  muhim  tadbirlar  ko'rsatilishi  kerak.  Bank 

mijozga kredit mablag'larini o'z xohishiga ko'ra ishlatish huquqini berishga 

haqli  emas.

2)  Bank  mijoz  tomonidan  kreditni  maqsadli  ishlatilishini  nazorat 

qilish  huquqiga  ega  bo'ladi.  Bunday  nazorat  mijoz  tomonidan  kredit 

mablag'laridan  to'lovlarni  amalga  oshirish  jarayonida  bankka  to'lov 

hujjatlarini taqdim etish jarayonida va sotib olingan tovarlar va uskunalar, 

xarid  qilingan  ishlar  va  xizmatlarni  joyida  tekshirish  yo'li  bilan  amalga 

oshiriladi.

3)  Mijoz tomonidan kredit  mablag'larini  kredit shartnomasida ko'zda 

tutilmagan  maqsadlarga  ishlatilishi  kredit  shartnomasini  buzilganligini 

bildiradi  va  bankka  qonunchilikda  va  kredit  shartnomasida  belgilangan 

choralarni  qo'llash  huquqini  beradi.

Kreditlarni  taqdim  etish  jarayonida  tijorat  banklari  mijozlarga 

kreditlarni  qaytishini  ta’minlovchi  qo'shimcha  talablarni  o'rnatadilar. 

Qonunchilikda  barcha  kreditlar  bo'yicha  ta’minot  boiishi  shartligi 

to'g'risida  imperativ  me’yor  o'rnatilmaganligi  sababli  tijorat  banklari 

ishonchli  mijozlarga,  ya’ni  moliyaviy  holati  shubha  uyg'otmaydigan, 

pul  oqimlari  yetrali  darajada  bo'lgan,  rahbarlari  o'z  sohasida  yuqori 

obro'ga  ega  boigan  mijozlarga  ta’minotsiz  kreditlarni  berishlari  mumkin. 

Bunday  hollar  amaliyotda  kam  uchraydi.

Tijorat banklari ta’minot  sifatida mulkni garovga  qo'yishni,  uchinchi 

shaxslarning kafolati yoki kafilligini, sug'urta kompaniyalarining polislarini 

taqdim  etishni  talab  qilishlari  mumkin.

Banklar tomonidan mikrokreditlar berish.

O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy 

himoya  qilish  vazirligi,  Makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligi,  Markaziy

www.ziyouz.com kutubxonasi




bank va  Tovar  ishlab  chiqaruvchilari  va  tadbirkorlar palatasining  2002-yil

10-maydagi  59-sonli,  23-sonli,  2-09/3-sonli,  217-V-sonli,  324-sonli  Qaroii 

bilan  tasdiqlangan  “Tijorat  banklari  tomonidan  oilaviy  tadbirkorlik 

subyektlariga  bandlikka  ko'maklashish  jamg'armasi  kreditlari  hisobidan 

m ikrokreditlar  berish  tartibi  to 'g 'ris id a g i”  Nizom  O 'zbekiston  

Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida", 

"Banklar  va  banklar  faoliyati  to'g'risida",  "Tadbirkorlik  faoliyati 

erkinligining  kafolatlari  to'g'risida"gi  Qonunlari,  O'zbekiston  Respublikasi 

Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq yettinchi sessiyasida ma’qullangan "2002-

2003-yillarda  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlarini  aniq 

yo'naltirilgan  tarzda  qo'llab-quvvatlash  Dasturi",  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli "2002-2003-yillarda 

aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlarini aniq  yo'naltirilgan tarzda 

qo'llab-quvvatlash  Dasturini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to'g'risida"gi 

Qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va tijorat banklari tomonidan 

bandlikka ko'maklashish Davlat jamg'armasi (keyinchalik matnda -  Bandlik 

jamg'armasi) kreditlari  hisobidan mikrokreditlar berish  tartibini  belgilaydi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2001- 

yil  14-sentabrdagi  203-v  va  108-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Tijorat 

banklari  tomonidan  budjetdan  tashqari  jamg'armalar  kredit  liniyalari 

orqali  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar,  kichik  va  o'rta  biznes  subyektlarini 

kreditlash  tartibi  to'g'risid agi”  Nizom,  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  1998-yil  9-apreldagi  "Xususiy  tadbirkorlik,  kichik  va  o'rta 

biznesni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida"  PF-1987-son 

Farmoniga,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1998-yil 

27-maydagi  "Kichik  va  o'rta  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  rag'batlantirish 

mexanizmini  takomillashtirish  to'g'risida"  232-son,  1999-yil  10-iyundagi 

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan 

ma’ruzasida  berilgan  asosiy  qoidalarni  amalga  oshirish  chora-tadbirlari 

to'g'risida"  296-son va  2001-yil  10-sentabrdagi  "Kichik korxonalar,  dehqon 

va  fermer  xo'jaliklarini  moliyalash,  moddiy-texnik  ta’minlash,  bojxona 

imtiyozlari,  ularga bank xizmatlari va  boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha 

qo'shimcha  chora-tadbirlar  to'g'risida"  366-son  qarorlariga,  shuningdek 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  15-iyundagi 

273-F-son  farmoyishiga  muvofiq  ishlab  chiqilgan.

Mikrokredit  bu  kredit  shakllaridan  biri  bo'lib,  uning  miqdori  o'z 

faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil  etmasaan  amalga  oshiradigan  yakka 

tartibdagi  tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklari uchun  5000  AQSH dollariga 

ekvivalent  bo'lgan  milliy  valutadagi  summadan;  o'z  faoliyatini  yuridik

www.ziyouz.com kutubxonasi




shaxsni  tashkil  etgan  holda  amalga  oshiradigan  dehqon  va  ferm er 

xo'jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar uchun  10000 AQSH dollariga 

ekvivalent  bo'lgan  milliy  valutadagi  summadan  oshmasligi  kerak;

Dastlabki  (boshlang'ich)  sarmoyani  shakllantirishga  kreditlar  - 

mikrokredit  shakllaridan  biri,  mikrofirmalar  va  dehqon  xo'jaliklari 

(yuridik  shaxs  maqomiga  ega)  uchun  eng  kam  ish  haqining  150 

baravarigacha  va  kichik  korxonalar  hamda  fermer  xo'jaliklari  uchun 

eng  kam  ish  haqining  300  baravarigacha  miqdorda  bo'ladi;

budjetdan  tashqari  jamg'armaning  kredit  liniyasi  -  budjetdan 

tashqari  jamg'arma  tomonidan  faqat  maqsadli  asosda,  uning  summasini 

ana  shu  banklarning  balansida  aks  ettirgan  holda  kichik  va  o'rta  biznes 

subyektlarini  kreditlash  uchun  tijorat  bankiga  ajratiladigan  mablag'lar.

Yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  va  yuridik  shaxsni  tashkil  etmagan 

dehqon  xo'jaliklariga  budjetdan  tashqari  jamg'armalarning  kredit 

liniyalari  hisobiga  5000  AQSH  dollariga  ekvivalent  summadan  oshadigan 

hajmda  kreditlar  berishga  yo'l  qo'yilmaydi.

Dastlabki  (boshlang'ich)  sarmoyani  shakllantirishga  kreditlar  yangi 

barpo  etilayotgan,  davlat  ro'yxatiga  olinganidan  keyin  6  oydan 

kechiktirmagan  davrda  kredit  olish  uchun  tegishli  ariza  topshirgan 

mikrofirmalar  va  kichik  korxonalarga,  dehqon  (yuridik  shaxs  huquqiga 

ega)  va  fermer  xo'jaliklarigagina  beriladi.

Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida 

doimiy  monitoringni  amalga  oshiradilar  va  u  qarz  oluvchi  loyihasini  va 

kredit shartnomasi shartlarini ro'yobga chiqarishga har tomonlama yordam 

ko'rsatishga  yo'naltirilishi  kerak.

Bankka taqdim etilgan garov hamda kreditdan samarali va maqsadli 

foydalanish  joyning  o'zida  tekshiriladi.

Kreditdan  foydalanish  muddati  tugagach,  qarz  oluvchi  olingan 

kreditni bankka o'z muddatida  va  shartnomada nazarda tutilgan tartibda 

qaytarishi  shart.

Qarz  oluvchi  berilgan  kreditdan  maqsadga  ko'ra  foydalanmaganligi 

aniqlangan  taqdirda  bank  qarz  oluvchiga  bundan  keyin  kredit  berishdan 

bosh tortishga, qarz oluvchidan kredit summasini muddatidan oldin qaytarishni 

va  shartnoma  bo'yicha  tegishli  foizlarni  to'lashni  talab  qilishga  haqlidir.

Qarz  oluvchi  asosiy  qarzi  va  unga  doir  hisoblangan  foizlarni  kredit 

shartnomasida  ta’kidlangan  muddatda  so'ndirmagan  holda  bank  garov 

predmetini  mustaqil  ravishda,  sudga  murojaat  etmasdan,  Fuqarolik 

Kodeksining  280-moddasi  ikkinchi  qismiga  muvofiq  undirishga  haqlidir.

Qarz  oluvchi  kredit  shartnomasi  shartlariga  binoan  qarzni  va  unga

www.ziyouz.com kutubxonasi




doir  hisoblangan  foizlarni  so'ndirishdan  yoki  shartnoma  shartlariga 

muvofiq garov predmetini bank tasarrufiga topshirishdan bosh  tortganda 

bank  xo‘jalik  sudiga  tegishli  da’vo  bilan  murojaat  etishi  kerak.

Shuningdek, ushbu sohadagi yana bir hujjat O'zbekiston Respublikasi 

Adliya  vazirligi  tomonidan  2000-yil  29-fevralda  ro'yxatga  olingan  902- 

sonli,  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  tasdiqlangan 

2000-yil  22-fevraldagi  463-sonli  “O'z  faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil 

etmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklarini 

tijorat  banklari  tomonidan  milliy  va  xorijiy  valutalarda  mikrokreditlash 

tartibi”  O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  Kodeksi,  "O'zbekiston 

Respublikasining  Markaziy  banki  to'g'risida",  "Banklar  va  bank  faoliyati 

to'g'risida "gi  qonunlariga,  shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2000-yil  11-fevraldagi  1-son  majlisi  bayonnomasiga 

muvofiq ishlab chiqilgan va o'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan 

amalga  oshiruvchi  xususiy  tadbirkorlar  va  dehqon  xo'jaliklarini 

rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlarni  yaratishga  yo'naltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 

2000-yil 29-fevraldagi 903-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

tomonidan  tasdiqlangan  2000-yil  22-fevraldagi  464-sonli  “O'z  faoliyatini 

yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo'jaliklari, 

kichik  biznesning  boshqa  subyektlarini  tijorat  banklari  tomonidan  milliy 

va  xorijiy  valutalarda  mikrokreditlash  tartibi”  Fuqarolik  Kodeksi, 

O'zbekiston  Respublikasining  "O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

to'g'risida",  "Banklar  va  bank  faoliyati  to'g'risida"gi  qonunlariga, 

shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil 

11-fevraldagi  majlisi  1-son  bayonnomasiga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  va 

o'z  faoliyatini  yuridik  shaxsni  tashkil  etgan  holda  amalga  oshiruvchi 

ferm er  xo'jaliklari  hamda  kichik  biznesning  boshqa  subyektlarini 

rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlarni  yaratishga  yo'naltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 

2000-yil  7-martdagi  907-sonli,  O'zbekiston  respublikasi  markaziy  banki 

tomonidan  tasdiqlangan  2000-yil  4-martdagi  465-sonli  “Tijorat  banklari 

tomonidan  ferm er  xo'jaliklarini,  shuningdek,  kichik  va  o'rta  biznes 

subyektlarini  milliy  valutada  kreditlash  tartibi”  Fuqarolik  Kodeksi, 

O'zbekiston  Respublikasining  "O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

to'g'risida"gi,  "Banklar  va  bank  faoliyati  to'g'risida"gi  qonunlariga, 

shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil 

11-fevraldagi  majlisi  1-son  bayonnomasiga  muvofiq  ishlab  chiqilgan, 

fermer  xo'jaliklari  hamda  kichik  va  o'rta  biznes  boshqa  subyektlarini 

rivojlantirish  uchun  shart-sharoit  yaratishga  yo'naltirilgan.

www.ziyouz.com kutubxonasi



O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvining  2002-yil 

16-mart  506-son  qarori  bilan  tasdiqlangan,  O'zbekiston  Respublikasi 

Adliya  vazirligi  tomonidan  ro'yxatga  olingan  2002-yil  18-apreldagi  N 

1126  “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tijorat banklari tomonidan milliy 

valutada kreditlash tartibi to'g'risida” Nizom O'zbekiston Respublikasining 

“ O'zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to'g'risida” ,  “Banklar  va 

bank  faoliyati  to'g'risida”gi  Qonunlari,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko'rsatishni takomillashtirishga 

doir  qo'shimcha  chora-tadbirlar  to'g'risida”  2001-yil  18-aprelidagi  178- 

son  Qarori,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “ Uy-joy 

mulkdorlari  shirkatlarini  qo'llab-quvvatlashga  doir1  qo'shimcha  chora- 

tadbirlar  to'g'risid a ”  2002-yil  1-m artdagi  74-son  Qarori  hamda, 

shuningdek, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligiga muvofiq 

ishlab  chiqilgan  va  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarini  tijorat  banklari 

tomonidan  kreditlash  tartibini  belgilaydi.

O 'z b e k is to n   R e sp u b lik a si  h u d u d id a   u y - jo y   m u lk d o rla ri 

shirkatlarini  kreditlash  tijorat  banklari  tomonidan,  ushbu  nizomga 

m u v o fiq   kreditn in g  qaytarilish i,  to 'lo v lilig i,  ta ’ m inlanganligi, 

m uddatliligi  va  ajratiladigan  kreditlardan  maqsadli  foydalanish 

shartlariga  rioya  etib,  xatarlarni  har  tomonlama  baholash  va  garov 

qiymatini  hisobga  olgan  holda  amalga  oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan

2000-yil  7-martdagi  907-sonli,  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

tomonidan  tasdiqlangan  2000-yil  4-martdagi  465-sonli  “Tijorat  banklari 

tomonidan  fermer  xo'jaliklarini,  shuningdek,  kichik  va  o'rta  biznes 

subyektlarini  milliy  valutada  kreditlash  tartibi”  Fuqarolik  Kodeksi, 

O'zbekiston  Respublikasining  "O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

to'g'risida"gi,  "Banklar  va  bank  faoliyati  to'g'risida"gi  qonunlariga, 

shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil

11-fevraldagi  majlisi  1-son  bayonnomasiga  muvofiq  ishlab  chiqilgan, 

fermer  xo'jaliklari  hamda  kichik  va  o'rta  biznes  boshqa  subyektlarini 

rivojlantirish  uchun  shart-sharoit  yaratishga  yo'naltirilgan.

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  19- 

maydagi  195-son  qaroriga  2-ilova  “Tijorat  banklari  tomonidan  kichik  va 

o'rta  tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo'jaliklariga imtiyozli 

kredit berish maxsus jamg'armasi hisobidan kredit berish tartibi to'g'risida” 

NIZOM  O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  Kodeksi,  "O'zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  to'grisida",  "Banklar  va  bank  faoliyati 

to'grisida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi

www.ziyouz.com kutubxonasi




Prezidentining  2000-yil  21-martdagi  PF-2564-son  Farmoniga  muvofiq 

ishlab  chiqilgan  hamda  kichik  va  o'rta  tadbirkorlik  subyektlarining, 

dehqon  va  fermer  xo'jaliklarining  iqtisodiyotining  aniq  sektori  pirovard 

mahsulotidagi ulushini ko'paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga 

qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan

1998-yil  17-dekabr  566-son,  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

boshqaruvi  tomonidan  tasdiqlangan  1998  yil  9-oktabr  (19/8-sonli  qaror) 

261-son  “Qayta  moliyalash  kreditlarini  berish  tartibi  to'g'risida”  nizom 

O'zbekiston  Respublikasining  "O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

to'g'risida"gi  Qonuni,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

1994-yil  3-maydagi  234-sonli  qaroriga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  va 

O'zbekiston  Respublikasi  Valuta  birjasi  huzuridagi  kredit  resurslari 

kimoshdi  savdolari  orqali  tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  uchun 

kreditlar  berish  tartibini  belgilaydi.

Iste’molchi  krediti 

deganimizda  tijorat  banklari  tadbirkorlik  uchun 

firmalarga  qarz  bersa,  iste’molchilarga  tovar  sotib  olish  uchun  qarz 

beradi.  Buning  natijasida  iste’molchi  krediti  paydo  bo'ladi.

“Iste’mol  krediti  to'g'risida”  O'zbekiston  Respublikasi  Qonuni‘da 

iste’mol  kreditiga  shunday  ta’rif  berilgan:

“Iste’mol  krediti  -   jismoniy  shaxsga  (iste’molchiga)  uning  iste’mol 

ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  sotib  olish 

uchun  beriladigan  kreditdir.  Moliyaviy  iste’mol  krediti  va  tovar  iste’mol 

krediti  iste’mol  kreditining  shakllaridir”.

Moliyaviy iste’mol  krediti  -   sotib  olingan  tovarlar  (xizmatlar)  haqini 

to'lash  uchun  pul  mablag'lari  tarzida  iste’molchiga  beriladigan  kreditdir. 

Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy iste’mol krediti beruvchi 

tashkilotlar  sanaladi.

Tovar  iste’mol  krediti  -   sotib  olingan  tovarlar,  bajarilgan  ishlar 

yoki ko'rsatilgan xizmatlar haqini bo'lib-bo'lib to'lash tarzida iste’molchiga 

beriladigan  kreditdir.  Iste’mol  tovarlarini  (ishlar,  xizmatlarni)  ishlab 

chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar iste’mol 

krediti  beruvchi  tashkilotlardir.

Iste’mol kreditining obyekti  -  jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari 

uchun  mo'ljallangan  tovarlar,  (ishlar,  xizmatlar)  dir.  Ko'chmas  mulk, 

shuningdek,  qonunga  muvofiq  muomaladan chiqarilgan yoki  muomalada 

bo'lishi  cheklangan  boshqa  mol-mulk  iste’mol  krediti  obyekti  bo'lishi 

mumkin  emas.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish