Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Молиявий  конунлари  туплами"  4-сон,  2003



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Молиявий  конунлари  туплами"  4-сон,  2003.

2  Узбекистан  Республикаси  карорлар  Туплами.  2000.  9-сон,  56-модда.

www.ziyouz.com kutubxonasi




mijozga ekspeditsiya xizmatlarini ko'rsatadigan taraflardir. Mijozlar sifatida 

ko'rsatiladigan  ekspeditsiya  xizmatidan  manfaatdor  bo'lgan  har  qanday 

shaxslar  (yuk  jo'natuvchilar,  yuk  oluvchilar)  bo'lishi  mumkin.

Ekspeditoming  huquqiy  maqomi  tashqi  savdo  yuklariga  transport- 

ekspeditorlik  xizmati  ko'rsatish  sohasida  bozor  munosabatlarini 

shakllantirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratish,  transport-ekspeditorlik 

xizmatlari iste’molchilarini rag'batlantirish va ularning huquqlarini himoya 

qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2000- 

yil  9-sentabrdagi  348-sonli  “ O'zbekiston  Respublikasida  transport- 

ekspeditorlik  faoliyatini  tartibga  solishni  takomillashtirish  to'g'risida”gi 

qaror  hamda  unga  asosan  “ Transport-ekspeditorlik  korxonalari 

to'g'risida”gi  Nizom  va  “Transport-ekspeditorlik  xizmatlari  ko'rsatish” 

Tartibi  qabul  qilingan.

Unda  transport  ekspeditsiyasi  bilan  bog'liq  bir  qator  tushunchalar 

berilgan.  Jumladan, 

Ekspeditor 

-  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi 

tomoni  -  tovarlarni  tashishni  tashkil  etish  bilan  shug'ullanuvchi  yuridik 

shaxs,  bunda  u  temir  yo'l,  suv,  avtomobil  transportida  yuklarni  tashish, 

shuningdek,  yuklarni,  tavakkalchiliklarni,  transport  vositalarini 

sug'urtalash,  yuklar va  hujjatlarni rasmiylashtirish, joylashtirish,  saqlash, 

ishlov  berish,  deklarasiyalash  va  bojxona  tartibotlari,  transport- 

ekspeditorlik  xizmati  ko'rsatish  shartnomasida  nazarda  tutilgan  boshqa 

xizmatlar  ko'rsatish  bo'yicha  keng  va  turli  ishlar  kompleksini  bajaradi, 

shuningdek,  ushbu  tashishlarni  amalga  oshirish  ustidan  nazoratni 

ta’minlaydi  va  mijozning  transport  korxonalari  oldidagi  manfaatlarini 

himoya  qiladi.

Mijoz 


-  yuk jo'natuvchi  yoki  uni  qabul  qilib  oluvchi.

Tashuvchi 

-  o'ziga  ishonib  topshirilgan  yukni  belgilangan  joyga 

yetkazish va uni yukni qabul qilib oluvchiga berish yoki boshqa  transport 

tashkilotiga  topshirish  majburiyatini  oladigan  tashish  shartnomasining 

bir  tomoni.

Haydovchi-ekspeditor 

-  tashuvchining  buyurtmachi  bilan  kelishib 

yuklarni  qabul  qilish,  ularni  kuzatish  va  topshirish  bo'yicha  transport- 

ekspeditorlik  operatsiyalarini  bajarishni  amalga  oshiruvchi  vakil.

Mazkur  h aydovchi-ekspeditorning  huquq  va  m ajburiyatlari 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-iyulda 1382- 

son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan “Tashuvchilaming yuk avtomobillari uchun 

yo'l  varaqalari,  tovar-transport  yukxatlarini  tayyorlash,  hisobga  olish, 

to'ldirish  va  qayta  ishlash  bo'yicha”  Yo'riqnomada  o'z  ifodasini  topgan.

Xorijiy  yetkazib  beruvchilar  bilan  tuziladigan  tender  kontraktlari

www.ziyouz.com kutubxonasi



bo'yicha  yuklar  tashilishini  ta’minlaydigan  transport-ekspeditorlik 

kompaniyalari  tender  asosida  tanlanadi.

Ekspeditor  sifatida  faqat  transport  ekspeditsiyasi  xizmatlarini 

ko'rsatish  uchun  litsenziya  olgan  tijoratchi  yuridik  shaxslar  va  fuqarolar 

bo'lishi  mumkin.

Transport  vositalari,  term inallar  va  transport-ekspeditorlik 

faoliyatining  boshqa  obyektlari,  shuningdek,  transport-ekspeditorlik 

xizmatlari O'zbekiston  Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq  majburiy 

ravishda  sertifikatsiyalanishi  kerak.  Transport-ekspeditorlik  faoliyati 

sohasidagi  sertifikatsiyalash  vakolatli  davlat  organi  yoki  u  vakil  qilgan 

organ  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Ekspeditorlar  transport-ekspeditorlik  xizmatlari  ko'rsatish  bo'yicha  o'z 

faoliyatlarini  litsenziya  asosida  amalga  oshiradilar.  Transport-ekspeditorlik 

faoliyatini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

tomonidan  belgilanadi  Transport-ekspeditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish 

uchun  litsenziyalar  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

transport  sohasida  litsenziyalash  komissiyasining  qarori  asosida  O'zbekiston 

avtomobil  va  daryo  transporti  agentligi  tomonidan  beriladi.

Masalan,  amaldagi  temir  yo'l  ustaviga  ko'ra,  temir  yo'l  korxonalari 

transport  ekspeditsiyasi  xizmatlarini  bajaradigan  tashkilotlarni  tuza 

oladilar,  deyiladi.

Shartnoma predmetini ekspeditor1 tomonidan ko'rsatiladigan yuklarni 

tashish  bilan  bog'liq  xizmatlar  tashkil  qiladi.  Tabiiyki,  yuqorida 

aytilganidek,  shartnoma  predmetini  tashkil  qiluvchi  mazkur  xizmatlar 

turli-tuman.  Ularni  shartli  ravishda  asosiy,  ya’ni  yuk  tashishni  tashkil 

etish  bilan  bog'liq  va  qo'shimcha,  ya’ni  yukni  jo'natish  bilan  bog'liq 

barcha  xizmatlar  kabi  ikki  turga  bo'lish  mumkin.  Shartnoma  to'liq 

transport  -  ekspeditsiya  xizmati  ko'rsatish  sharti  bilan  tuzilganda, 

ekspeditor yukni bir manzildan ikkinchisiga yetkazish bilan bog'liq barcha 

operatsiyalarni  o'zi  bajaradi.  To'g'ri,  bunda  u  uchinchi  shaxslaming 

xizmatidan ham foydalanishi mumkin (FKning 730-moddasi). Biroq shunisi 

muhimki,  majburiyatni  bajarishni  uchinchi  shaxs  zimmasiga  yuklash 

ekspeditorni  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasining  bajarilishi  uchun 

mijoz  oldidagi  javobgarlikdan  ozod  qilmaydi.  Qisman  transport- 

ekspeditsiya  xizmatlari  ko'rsatishda  ekspeditor  operatsiyalarning  bir 

qismini  bajaradi.  Har  ikkala  holda  ham  asosiy xizmatlarga  qo'shimchalar 

kiritilishi  mumkin.

Shartnomaning  muddati  taraflarning  kelishuvi  bilan  belgilanadi. 

Xizmat  ko'rsatish  bir  galga  ham,  uzoq  muddatga  ham  tuzilishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Agar  FKning  731-moddasidagi  o ‘n  kunlik  muddatga  e ’tibor  bersak, 

shartnoma  unchalik  uzoq  muddatga  tuzilmasligiga  amin  bo'lamiz.

Shartnomaning  bahosi  ko‘rsatiladigan  xizmatlar  va  bajariladigan 

ishlarning  ko'lamiga  qarab,  ekspeditorga  to'lanadigan  haqdir.  Amaldagi 

tariflarga  ko'ra,  haq  to'lash  taraflarning  kelishuviga  muvofiq  belgilanadi 

(FKning  356-moddasi).

3.  Transport  ekspeditsiyasi  shartnomasining  mazmuni

Shartnomaning  mazmunini  taraflarning  huquq  va  majburiyatlari 

tashkil  etadi.

Quyidagilar  ekspeditorning  asosiy  vazifalari  hisoblanadi:

-mijozlarning  yuk  tashish  va  transport-ekspeditorlik  xizmatlariga 

bo'lgan  talablarini  qondirish;

-eng  maqbul  transport  yo'nalishlarini  ishlab  chiqish  va  tanlash, 

transportda  tashishlar  turlarini  va  yuklarni  yetkazib  berish  usullarini, 

shuningdek, yuklarni yetkazib berishning va ularni saqlashning kelishilgan 

muddatlarini  belgilash;

-  O'zbekiston  Respublikasining  eksport  salohiyatini  rivojlantirishga 

ko'maklashish;

-  transpor t  xarajatlarini  kamaytirish;

-  kira  qilish  va  kira  haqini  to'lash;

- yuklarni to'plash, saqlash, ishlov berish, o'rash-joylash va taqsimlash;

-  tov a rla rg a   ilova  q ilin a d iga n   h u jjatlarn i  ta y y orla sh   va 

rasmiylashtirish;

-  yordamchi  va  qo'shimcha  xizmatlar  ko'rsatish,  shu  jumladan, 

yukni  deklaratsiyalash,  bojxona  xizmatlari  ko'rsatish,  yuk  hujjatlarini 

rasmiylashtirish;

-   yuklarni  sug'urtalash.

Ekspeditorga  qo'yiladigan  talablarga  quyidagilar  kiradi:

-  kasb  vakolati  to'g'risidagi  sertifikatning  mavjudligi:

-transport-ekspeditorlik  korxonasining  bank  hisob  raqami  va  uning

to'lov  qobiliyati  to'g'risida  bank  tasdiqnomasining  mavjudligi;

-  transport-ekspeditorlik  xizmatlari  ko'rsatish  bilan  bog'liq  o'ziga 

xos  operatsiyalarning  bajarilishi;

- transport ekspeditsiyasi shartnomasi shartlarining sifatli bajarilishi;

-  xizmat  binosining  mavjudligi;

-  o'z  funksiyalarini  amalda  bajarilganligini  tasdiqlovchi  hujjatli 

dalillar  (g u v oh n om a ,  k on tra k tla r,  hisob  raqam lari  va  ularga

www.ziyouz.com kutubxonasi




tenglashtirilgan  hujjatlar)ga  ega  bo'lishi.

Ekspeditor  quyidagi  huquqlarga  egadir:

-   yuk  tashuvchilar,  transport  korxonalari,  m ijozlar  bilan 

shartnomalar  tuzish;

-   transport  vositalarini,  yo'nalishlarni  va  yuk  yetkazib  berish 

usullarini  erkin  tanlash,  agar  shartnomada  yetkazib  berishning  shartlari 

va  usullari  kelishib  olinmagan  bo'lsa;

-   bir  tomonlama  tartibda  yoki  mijozning  topshirig'iga  ko'ra  qar 

qanday  ruxsat  etilgan  joyda  yukni  tushirish,  joylashtirish  uchun  qaror 

qabul  qilish,  zaruriyat  bo'lganda  esa  yukning  buzilib  qolish,  yo'qolish 

yoki  uning  atrof-muhitga,  aholiga  yoxud  boshqa  yukka  xavfi  bo'lgan 

hollarda  qulay  usullar  bilan  sotib  yuborish;

-  yo'qolgan  yukni  qidirish  va  mijoz  tomonidan  ko'rilgan  zararni 

qoplash  to'g'risidagi  topshiriqlami  bajarish  uchun  jalb  qilingan  uchinchi 

shaxsga  talab  qo'yish,  agar  yuk  uchinchi  shaxsning  xatti-harakati  yoki 

harakatsizligi  oqibatida  yo'qolgan  yoki  buzilgan  bo'lsa,  va  ko'rilayotgan 

chora-tadbirlar  to'g'risida,  bu  haqda  shartnomada  kelishib  olinmagan 

bo'lsa,  mijozni  xabardor  qilib  qo'yish;

-  mijozning  manfaatlari  yo'lida  va  uning  nomidan  sarf  qilingan, 

hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar bo'yicha vositachilik haqini mijozdan 

undirib olish;

-  mijoz  tomonidan  zarur  bo'lgan  axborot  taqdim  etilmagan  hollarda, 

agar  bu  haqda  shartnomada  kelishib  olinmagan  bo'lsa,  tegishli 

majburiyatlarni  bajarishga  kirishmaslik;

-  o'z  majburiyatlarini  bajarish  uchun  ishonchnoma  zarur  bo'lsa, 

uni  talab qilish;

-  yukning  hujjatlari  va  uning  xossalari,  yukni  tashish  shartlari 

to'g'risidagi  axborotlarni  va  uni  tashish  bilan  bog'liq  boshqa  axborotlami 

talab  qilish,  mazkur  axborotlar  to'liq  bo'lmaganida  mijozdan  zarur 

qo'shimcha  ma’lumotlami  talab  qilib  olish;

-  mijoz  zarur  axborotni  taqdim  etmagan  taqdirda  bunday  axborot 

taqdim  etilgunga  qadar tegishli  majburiyatlarni  ijro  etishga  kirishmaslik;

- o'n kun oldin ikkinchi tarafni ogohlantirib, shartnomani bajarishdan 

bosh  tortishga  haqli.

Ekspeditorning  garovga  oid  huquqi  O'zbekiston  Respublikasining 

amaldagi  qonunchilik  hujjatlari va  O'zbekiston  Respublikasi  qatnashchisi 

bo'lgan  xalqaro  shartnomalar  bilan  tartibga  solinadi.

Shartnoma  bo'yicha  ekspeditor  quyidagi  majburiyatlarga  ega:

-  o'zi  yoki  mijoz  tanlagan  transportda  va  yo'nalishda  yuk  tashishni

www.ziyouz.com kutubxonasi




tashkil  etishi;

-  mijoz  yoki  o'zining  nomidan  yuk  tashish  shartnomasini  tuzishi;

-  yuk  jo'natilishini  va  olinishini  ta’minlashi;

-  shartnomada  eksport-import  uchun  talab qilinadigan  hujjatlarni 

olishi;

-  bojxona  rasmiyatchiliklari  va  o'zga  rasmiyatchiliklarni  bajarishi;

-  yukning  miqdori  va  holatini  tekshirishi,  uni  ortishi  va  tushirishi;

-  mijoz  zimmasiga  yuklatiladigan  bojlar,  yig'imlar  va  boshqa 

xarajatlarni  to'lashi;

-  yukni  omonat  saqlashi;

-   yuk  (jo'natma)  ni  belgilangan  manzilda  olish  bilan  bog'liq,  uni 

yetkazib  berish  uchun  zarur  bo'lgan  xarajatlarni  amalga  oshirishi 

kabilar;

-  transport-ekspeditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini 

beruvchi  litsenziyaga  ega  bo'lish;

-  qonunchilik  hujjatlari  bilan  belgilangan  tartibda  hisobot  taqdim 

etish;

-  yukni  transport  (transporting  har  xil  turlari)  bilan  ekspeditor 



yoki  mijoz  tomonidan  tanlangan  yo'nalish  bo'yicha  tashishni  tashkil 

etish.


Xorijiy ekspeditorlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalarning sho'ba 

korxonalari  (filiallari)  respublika  hududida  transport-ekspeditorlik 

faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  belgilangan  tartibda  O'zbekiston 

Respublikasi  qonun  hujjatlariga  rioya  qilishga  majburdirlar.

Agar  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasidan  ekspeditorning  o'z 

majburiyatlarini  shaxsan  bajarishi  shartligi  kelib  chiqmasa,  ekspeditor 

o'z  majburiyatlarini  bajarishga  boshqa  shaxslarni  jalb  qilishga  haqli.

M ajburiyatni  bajarishni  uchinchi  shaxs  zimmasiga  yuklash 

ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun 

mijoz  oldidagi  javobgarlikdan  ozod  qilmaydi.

Y uklarni  topsh irish -qabu l  qilishning  tartibi  va  m uddatlari 

transport  qoidalari,  tariflari  va  nam unaviy  shartnom alar  bilan 

b e lg ila n a d i.  B u lar  b o 'lm a g a n id a   esa,  F K n in g  6 -m o d d a sid a  

belgilanganidek,  ish  muomalasi  odatlari  qo'llaniladi.

Shartnoma  bo'yicha  mijoz  quyidagi  huquqlarga  ega:

-  ish  (xizmat)ni  shartnomada  ko'rsatilganidek,  lozim  darajada 

bajarilishini  talab  qilishi;

- o'n kun oldin ekspeditorni ogohlantirib,  shartnomani  bajarishdan 

bosh  tortishi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Ayni  paytda,  mijoz  quyidagi  majburiyatlarga  ega:

-  yukni  ekspeditorga  topshirishi  va  qabul  qilib  olishi;

-  ko'rsatilgan  xizmatlar  va  bajarilgan  ishlar  uchun  belgilangan 

haqni  to'lashi;

-  agar  ekspeditorga  o'z 

m ajburiyatlarini  bajarishi  uchun 

ishonchnoma  zarur  bo'lsa,  uni  berishi;

-  ekspeditorga  yuk  bilan  bog'liq,  uning  ayrim  tabiiy  xossalari, 

tashish  shartlari  haqidagi  axborotlarni  berishi;

-   m a v ju d   a x b o r o tla r   t o 'liq   b o 'lm a g a n id a ,  q o 's h im c h a  

ma’lumotlarni  berishi  kabilar.

Transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi,  odatda,  uning  bajarilishi 

bilan  va  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollar  bilan  bekor  bo'ladi 

(FKning  25-bobi).

Shartnoma  bo'yicha  majburiyatlar  bajarilmaganida  yoki  lozim 

darajada  bajarilmaganida  taraflarga  javobgarlik  belgilanadi.

C hunonchi,  transport  ekspeditsiyasi  shartnom asi  b o 'y ich a  

majburiyatlami  bajarilmaganligi  uchun  ekspeditor  FKning  fuqarolik 

huquqiy  javobgarlikni  belgilovchi  24-bobining  qoidalariga  muvofiq 

belgilanadigan  asoslarda  va  miqdorda  javobgar  bo'ladi.

Ekspeditor o'z majburiyatlarini bajarishni, shartnomada boshqacha 

hoi belgilanmagan bo'lsa, uchinchi shaxslar zimmasiga yuklash mumkin. 

Biroq,  FKning  730-moddasi,  2-qismiga  ko'ra,  majburiyatni  bajarishni 

uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi 

shartnomasining  bajarilishi  uchun  mijoz  oldidagi  javobgarlikdan  ozod 

qilmaydi.

Mijoz  yukka  doir  hujjatlar  hamda  yukning  xossalari,  uni  tashish 

shartlari  to'g'risidagi  boshqa  axborotlarni  taqdim  etish  majburiyatini 

buzsa,  ekspeditorga  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  bo'ladi.

Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama 

bosh  tortilganida,  bu  haqda  ma’lum  qilgan  taraf  shartnomaning  bekor 

qilinishi  tufayli  ko'rilgan  zararni  ikkinchi  tarafga  to'laydi  (FKning  9, 

324-moddalari).

4. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun 

javobgarlik va shartnomani  bekor  bo'lish  asoslari

FKning  728-moddasida  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasining 

shartlarini  buzganlik  uchun  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  masalasi 

o'z ifodasini  topgan.  Unga  asosan  taraflar shartnoma  bo'yicha  o'zlariga

www.ziyouz.com kutubxonasi



yu klan gan   m a jb u riy a tla rn i  bajarm a ga n   yoki  lozim   darajada 

bajarmagan  taqdirda  javobgar  bo'lishlari  nazarda  tutilgan.

Transport  ekspeditsiyasi  shartnomasi  bo'yicha  majburiyatlarni 

bajarmaganligi  yoki  tegishli  darajada  bajarmaganligi  uchun  ekspeditor 

FKning  24-bobining  qoidalariga  muvofiq  belgilanadigan  asoslarda  va 

miqdorda  javobgar  bo'ladi.

Ekspeditor  majburiyatni  bajarmaganligi  yoki  lozim  darajada 

bajarmaganligi  tufayli  mijozga  yetkazilgan  zararni  to'lashi  shart.  Agar 

qonun  hujjatlarida  yoki  shartnomada  o'zgacha  tartib  nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  zararni  aniqlashda  majburiyat  bajarilishi  kerak  bo'lgan  joyda, 

ekspeditor  mijozning  talablarini  ixtiyoriy  qanoatlantirgan  kunda,  bordi- 

yu,  talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo'lmasa,  - da’vo qo'zg'atilgan kunda 

mavjud  bo'lgan  narxlar  e’tiborga  olinadi.  Sud  vaziyatga  qarab,  zararni 

to'lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo'lgan narxlarni 

e’tiborga  olgan  holda  qanoatlantirishi  mumkin.

Boy  berilgan  foydani  aniqlashda  mijoz  tomonidan  uni  olish  uchun 

ko'rilgan  choralar  va  shu  maqsadda  ko'rilgan  tayyorgarliklar  hisobga 

olinadi.


Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditorlar ikki yoki undan 

ortiq  bo'lgan  hollarda  subsidiar  javobgarlik  vujudga  keladi.  Subsidiar 

javobgarlik asoslari va shartlari shartnoma va qonun hujjatlarida nazarda 

tutiladi.

Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli 

ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning 

mijoz  oldidagi  javobgarligi  tegishli  tashuvchi  ekspeditor  oldida  javobgar 

bo'ladigan  qoidalarga  muvofiq  belgilanadi.

Ekspeditor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o'ziga bog'liq 

bo'lgan  hamma  choralarni  ko'rganligini  isbotlasa,  u  aybsiz  deb  topiladi. 

Aybning  yo'qligi  majburiyatni  buzgan  shaxs  tomonidan  isbotlanadi.

Basharti,  qonunda  yoki  transport  ekspeditsiyasi  shartnomasida 

boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  tadbirkorlik  faoliyatini 

amalga  oshirishda  majburiyatni  bajarmagan  yoki  lozim  darajada 

bajarmagan  shaxs  majburiyatni  lozim  darajada  bajarishga  yengib 

bo'lmaydigan  kuch,  ya’ni  favqulodda  va  muayyan  sharoitlarda  oldini 

o lib   b o 'lm a y d ig a n   v a z iy a t la r   (fo r s -m a jo r )  t u fa y li  im kon  

bo'lm aganligini  isbotlay  olmasa,  javobgar  bo'ladi.  M ajburiyatni 

qasddan  buzganlik  uchun  javobgarlikni  bartaraf  qilish  yoki  cheklash 

to'g'risidagi  avvaldan  kelishilgan  bitim  u  tuzilgan  paytdan  boshlab 

haqiqiy  emas  deb  topiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




FKning  730-moddasiga  asosan  agar  transport  ekspeditsiyasi 

shartnomasidan  ekspeditorning  o‘z  majburiyatlarini  shaxsan  bajarishi 

shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor o‘z majburiyatlarini bajarishga boshqa 

shaxslarni  jalb  qilishga  haqli.  Majburiyatni  bajarishni  uchinchi  shaxs 

zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining 

bajarilishi  uchun  mijoz  oldidagi  javobgarlikdan  ozod  qilmaydi.

Mijoz  yoki  ekspeditor  o‘n  kun  oldin  boshqa  tarafni  ogohlantirib, 

transport  ekspeditsiyasi  shartnomasini  bajarishdan  bosh  tortishga  haqli.

Transport  ekspeditsiyasi  shartnomasini  bajarishdan  bir  tomonlama 

bosh  tortilganida,  bu  haqda  ma’lum  qilgan  taraf  shartnomaning  bekor 

qilinishi  tufayli  ko'rilgan  zararni  ikkinchi  tarafga  to‘laydi  (FKning  731- 

moddasi).

Shartnoma  shartlarini  o'zgartirish  va  bekor  qilish  FKning  umumiy 

qoidalaridan  kelib  chiqqan  holda  taraflarning  kelishuvi  bilan  amalga 

oshiriladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




41-bob.  QARZ  VA   KREDIT

l-§.  Qarz  shartnomasi

Qarz  shartnomasi  hali  kishilik  jamiyatidagi  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 

huquqiy  munosabatlar  u  qadar  rivojlanmagan  paytlardayoq,  muayyan 

muddatga  moddiy  ashyolarni  qaytarish  sharti  bilan  berib  turish  tarzida 

shakllangan edi. Qarz shartnomasining dastlabki huquqiy belgilari qadimgi 

Rimda yaratildi.  Pul ixtiro qilinishi bilan qarz shartnomasi o'zining  hozirgi 

ko'rinishini olgan. Endilikda qarz deganda,  muayyan muddatga  qaytarish 

sharti bilan pul berib turish tushuniladi. Shu tariqa qarz berishga nafaqat 

o'zaro  yordam  va  ishonchning  turi,  balki  foyda  ko'rish  vositasi  sifatida 

ham  qarala  boshlandi.

Qarz shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga asosan 

bir  taraf  (qarz  beruvchi)  ikkinchi  tarafga  (qarz  oluvchiga)  pul  yoki 

turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. 

Qarz  oluvchi  esa  qarz  beruvchiga  bir  yo'la  yoki  bo'lib-bo'lib,  o'shancha 

summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga 

baravar  ashyolarni  (qarz  summasini)  qaytarib  berish  majburiyatini  oladi 

(FKning  732-moddasi).

Qarz  shartnomasining  huquqiy  belgilari  quyidagilardan  iborat: 

birinchidan, 

bu  shartnoma  real  shartnoma  bo'lib  sanaladi,  chunki 

taraflar  o'rtasida  huquq  va  burchlar  shartnoma  predmeti  bo'lgan  pul 

yoki  ashyoning  topshirilishi  paytidan  e ’tiboran  vujudga  keladi  va 

shartnoma  ham  shu  paytdan  e’tiboran  tuzilgan  hisoblanadi;

ikkinchidan, 

qarz  bir  tomonlama  shartnomalar  toifasiga  kiradi, 

chunki  bu  shartnoma  yuzasidan  bir  taraf  qarz  beruvchi  huquqlar  olsa, 

ikkinchi  taraf  qarzdorda  burchlar  bo'ladi,  Jumladan,  qarz  beruvchi 

qarzning  qaytarilishini  talab  qilish  huquqiga  ega  bo'lsa,  qarzdor  olingan 

qarzini  qaytarishga  majbur  bo'ladi  (FKning  735-moddasi);

u ch inchidan, 

qarz  shartnom asi  agar  qonunda  yok i  qarz 

shartnomasida  boshqacha  tartib nazarda  tutilgan bo'lmasa, qarz  beruvchi 

(yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada 

belgilangan  miqdorda  va  tartibda  foizlar  olish  huquqiga  ega  bo'ladi 

(FKning  734-moddasi  1-bandi).

Qarz  shartnomasi  fuqarolar  o'rtasida  agar  bu  qarzning  summasi  eng 

kam ish haqining o'n baravaridan ortiq bo'lsa oddiy yozma shaklda tuzilishi, 

shartnomadagi  taraflardan  biri  yuridik  shaxs  bo'lganida  esa  qarz 

summasidan  qat’iy  nazar,  yozma  tuzilishi  shart  (FKning  733-moddasi).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qarz  mulkka  iisbatan  bo‘lgan  egalik  huquqini  yoki  mulkni  operativ 

boshqaruv  huquqini  o‘tkazishga  qaratilgan  shartnomalardan  hisoblanadi. 

Binobarin,  qarzdor  qarzga  olingan  narsaning  aynan  o'zini  qaytarmasdan, 

balki  olgan  pulni  yoki  o‘sha  qarzga  olingan  narsaning  xili,  sifati  va 

miqdori  baravarida  boshqa  narsani  qaytarishga  majbur  bo‘ladi.  Agarda 

qarz  shartnomasi  bo'yicha  qarz  oluvchiga  turga  xos  alomatlari  bilan 

belgilangan  ashyolar  topshirilsa,  ularning  miqdori  va  shakli  (pul  yoki 

natura  holidagi)  shartnomada  ko'zda  tutilgan  hollarda  foizlar  to'lanishi 

kerak  (FKning  734-moddasi  2-bandi).

Qarz  shartnomasida  muddatlar. 

Qarz  shartnomasini  bajarish 

muddatlariga  to'xtaladigan  bo'lsak,  agar  qarz  summasini  qaytarish 

muddati  shartnomada  belgilangan  bo'lmasa,  qarz  oluvchi  uni  qarz 

beruvchi  qarzni  qaytarish  haqida  talab  qo'ygan  kundan  boshlab  o'ttiz 

kun  mobaynida  qaytarishi  kerak  (FKning  735-moddasi).

Qonun hujjatlarida boshqa shartnomalardan kelib chiqqan burchning 

(qarzning) ham qarz majburiyati sifatida rasmiylashtirilishiga yo'l qo'yadi. 

Bunday  hollarda  agar  taraflar  oldi-sotdi  muomalasidan,  mulk  ijarasi 

yoki  boshqa  asosdan  kelib  chiqadigan  har  qanday  nasiyani  qarz 

majburiyati  shakliga  aylantirgan  bo'lsalar,  bu  holda  qarz  to'g'risidagi 

qoidalar  tatbiq  qilinadi.

Qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari. 

Agar 

qonun  hujjatlarida  yoki  qarz  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda 



tutilgan  bo'lmasa,  qarz  oluvchi  qarz  summasini  vaqtida  qaytarmagan 

hollarda  Fuqarolik  Kodeksining  734-moddasi  birinchi  qismida  nazarda 

tutilgan  foizlar  to'langan  bo'lishidan  qat’iy  nazar,  qarz  qaytarib  berilishi 

kerak.  Qarz  olingan  kundan  boshlab  to  u  qarz  beruvchiga  qaytarilib 

berilgan  kungacha  bu  summa  yuzasidan  FKning  327-moddasi  birinchi 

va  ikkinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan  miqdorda  foizlar  to'lanishi  kerak

Amaldagi  Fuqarolik  Kodeksida  qarz  shartnomasining  alohida  ikkita 

turi  bor:

-  aniq  maqsadli  qarz  (FKning  739-moddasi);

-  davlat  zayomi  shartnomasi  (FKning  743-moddasi).

Oddiy  qarz  shartnomasi  aniq  maqsadli  qarzdan  farq  qiladi,  bunga 

sabab  shundaki,  maqsadli  qarz  shartnomasi  asosida  olingan  qarz 

ko'rsatilgan aniq maqsadlarda ishlatilishi lozim Masalan: korxona, tashkilot 

o'z  xodimining  uy-joy  sharoitini  yaxshilash  maqsadida  unga  qarz  bergan 

bo'lsa,  xodim  uni  boshqa  maqsadlarda  ishlatishga  haqi  yuq.  Agarda 

shunday  holat  sodir  bo'lgan  bo'lsa,  qarz  beruvchi  qarzni  muddatidan 

oldin,  agarda  foizli  bo'lsa,  foizlari  bilan  birgalikda  talab  qilib  oladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Davlat  zayom  shartnomasi  bo'yicha  davlat  qarz  oluvchi,  fuqaro 

yoki  yuridik  shaxs  esa  qarz  beruvchi  bo‘ladi.  Bu  shartnomada  olingan 

qarzni  qaytarish  to‘g ‘risida alohida  muddatlar belgilangan  bo'lmasa,  qarz 

beruvchi tomonidan qarzni talab qilgan zamon qaytarishga majbur bo'ladi.

Davlat  zayomlari  ixtiyoriydir.  Lekin  davlat  zayomlarini  hukumat 

nomidan  tegishli  yuridik  shaxslar  chiqarishi  mumkin.  Asosan  ichki  pul 

emissiyasini kamaytirish,  ya’ni  qog'oz  pullar emissiyasini ko'paytirmagan 

holda fuqarolar va yuridik shaxslar mablag'larini davlat ehtiyojlari uchun 

jalb  etish  va  boshqa  maqsadlarda  davlat  zayomidan  foydalaniladi.

Bundan  tashqari,  qarz  shartnomasi  qimmatli  qog'ozlar  bilan,  ya’ni 

veksel,  obligatsiyalar  yo'li  bilan  ham  tuzilishi  mumkin.  O'zbekiston 

Respublikasining  1993-yil  2-sentabrdagi  N  918-XII  “Qimmatli  vog'ozlar 

va  fond  birjasi  to'g'risida”  gi  qonunga  ko'ra,  “qimmatli  qog'ozlar  -  bu 

ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni 

yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko'rinishida 

daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlami 

boshqa  shaxslarga  berish  imkoniyatini  nazarda  tutuvchi  pul hujjatlaridir. 

Qimmatli  qog'ozlar  -  blankalar,  sertifikatlar  shaklida  yoki  schyotlardagi 

yozuv  shaklida  bo'lishi  va  hisob-kitob  qilishda,  shuningdek  kreditlar 

bo'yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar yuridik 

va  jismoniy  shaxslar  o'rtasida  ixtiyoriylik  asosida  tarqatiladi”.

Obligatsiyalar. 

Obligatsiyalar  ularning  egasi  pul  mablag'lari 

berganligini  tasdiq  etuvchi  va  qimmatli  qog'ozlarning  belgilangan 

qiymatini  ularda  ko'rsatilgan  muddatda,  qayd  etilgan  foiz  to'langan 

holda,  basharti  obligatsiyalarni  chiqarish  shartlarida  o'zgacha  qoidalar 

nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  qoplash  majburiyatini  tasdiqlovchi  qimmatli 

qog'ozlardir.

Quyidagi  turlardagi  obligatsiyalar  chiqarilidi:

respublika  ichki  zayom larining  va  m ahalliy  zayom larning 

obligatsiyalari;

korxonalaming  obligatsiyalari.

Obligatsiyalar  oddiy  va  yutuqli,  foizli  va  foizsiz  (maqsadli),  erkin 

muomalada  yuritiladigan  yoki  muomala  doirasi  cheklangan  qilib 

chiqarilishi  mumkin.  Maqsadli  obligatsiyalarning  rekviziti  obligatsiyalar 

qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo'lsa, shu mollarni (xizmatlarni) 

aks  ettirishi shart.

Respublika  ichki  zayom larining  va  mahalliy  zayom larning 

obligatsiyalari taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Respublika  ichki 

zayomlarining  va  mahalliy  zayomlarning  obligatsiyalarini  chiqarish

www.ziyouz.com kutubxonasi



to‘g‘risidagi qaror tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda 

emitent,  obligatsiyalarni  chiqarish  shartlari  va  ularni  tarqatish  tartibi 

belgilab  qo'yilishi  lozim.

Korxonalarning  obligatsiyalari  mulkchilikning  barcha  shakllariga 

mansub  korxonalar  tomonidan  chiqarilishi  mumkin.  Obligatsiyalar  o'z 

egalariga  korxona  boshqaruvida  qatnashish  huquqini  bermaydi.

Korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish 

to'g'risidagi  qaror  tegishincha  ma’muriyat  va  ijroiya  organi  (boshqaruvi) 

tomonidan  qabul  qilinadi  hamda  bayonnoma  bilan  rasmiylashtiriladi.

Korxonalarning  obligatsiyalarini  emitentlarning  ustav  fondini 

shakllantirish  va  to'ldirish  uchun,  shuningdek  ularning  xo'jalik  faoliyati 

bilan  bog'liq  zararlarni  qoplash  uchun  chiqarishga  yo'l  qo'yilmaydi.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan barcha obligatsiyalaming 

nominal  qiymati  jamiyatning  shakllantirilgan  ustav  fondi  miqdoridan 

oshib ketmasligi lozim. Jamiyat tomonidan obligatsiyalar chiqarishga faqat 

jamiyat  ustav  fondi  to'liq  to'langanidan  keyin  yo'l  qo'yiladi.  Boshqa 

tashkiliy-huquqiy  shakldagi  xo'ja lik   yu ritu vch i  subyektlarning 

obligatsiyalarini  chiqarish  summasi  miqdori  qonun  hujjatlari  bilan 

belgilanadi.

Veksel.  Veksel  beruvchining  yoxud  vekselda  ko'rsatilgan  boshqa 

to'lovchining  vekselda  nazarda  tutilgan  muddat  kelganda  veksel  egasiga 

muayyan  summani  to'lash  yuzasidan  qat’iy  majburiyatini  tasdiqlovchi 

qimmatli  qog'oz  veksel  hisoblanadi.

Veksellar  oddiy  va  yuboriladigan  veksellarga  bo'linadi.

Veksel  beruvchining  muayyan  summadagi  pulni  veksel  oluvchiga 

yoxud uning buyrug'iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga 

ko'ra  to'lashdan  iborat  qat’iy  majburiyatini  o'z  ichiga  olgan  hujjat 

oddiy  veksel  hisoblanadi.

Veksel  oluvchining  muayyan  summadagi  pulni  oluvchiga  yoxud 

uning  buyrug'iga  binoan  boshqa  shaxsga  belgilangan  muddatda  yoki 

uning  talabiga  ko'ra  to'lash  to'g'risidagi  qat’iy  buyrug'idan  iborat 

to'lovchiga  qaratilgan  hujjat  yuboriladigan  veksel  hisoblanadi.

Veksellarni  (xazina  veksellaridan  tashqari)  chiqarish,  ro'yxatdan 

o'tkazish  qoidalari,  ularni  chiqarish  va  muomalada  yuritish  shartlarini 

Markaziy  bank  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda  belgilaydi.  Xazina 

veksellarini  chiqarish  va  muomalada  yuritish  qoidalarini  O'zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  belgilaydi.

Veksellarni  chiqarish  huquqi  tijorat  banklariga  faqat  O'zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  ruxsati  bo'yicha  beriladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1997-yil  19-martdagi  PF- 

1738  “Respublikada  veksel  muomalasini  tartibga  solish  borasidagi  chora- 

tadbirlar to'g'risida” farmoni veksellarni chiqarish va ularning muomalasi 

mexanizmini  takomillashtirish,  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning 

shartnoma  majburiyatlarini  bajarishlari  uchun  moliyaviy  javobgarligini 

oshirish,  ular  chiqargan  veksellarning  puli  o'z  vaqtida  qaytarilishini 

ta’minlashga  qaratilgan.

Faqat qonun,  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  hollarda  qarz oluvchining 

majburiyatlari bajarilishini ta’minlash (FKning 738-moddasi), qarz oluvchi 

qarz  summasining  qaytarib  berilishini  ta’ minlash  yuzasidan,  qarz 

shartnomasi  nazarda  tutilgan  majburiyatlami  bajarmasa,  shuningdek, 

qarzning  ta’minoti  qarz  beruvchi  javobgar  bo'lmagan  vaziyatlarda 

yo'qotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha 

tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  qarz  beruvchi  qarz  oluvchidan  qarz 

summasini  muddatidan  oldin  qaytarishni  va  tegishli  foizlarni  to'lashni 

talab qilishga  haqli.

Foizli  qarzga  beriladigan  pul  kredit  deyiladi.  Agar  qarzga  berilgan 

pul  ishga  solinib,  yangidan  pul  topish,  daromad  olish  uchun  ishlatilsa, 

qarz  kapitali  shaklini  oladi.  Agar  qarz  shaxsiy  iste’molni  qondirishga 

xizmat  qilsa  odatdagi  pul  qarzi  bo'ladi,  holos,  chunki  unda  kapital belgisi 

bo'lmaydi.

Bozor  iqtisodiyotidagi  kredit  munosabatlari  tabiatan  farqlanuvchi 

ikki turdagi munosabatlarning yaxlitligini bildiradi. Gap shundaki, qarzga 

olingan  pul:

Birinchidan,  kapital  sifatida  ishlatiladi,  bunda  foyda  olish,  pulni 

ko'paytirish  nazarda  tutiladi.  Shu  sababli  qarz  kapitali  borasidagi 

munosabatlar  paydo  bo'ladi.  Bunda  pulning  mulk  sifatidagi  holati  uning 

o'zgalar  qo'lida  kapital  bo'lishi  holatidan  ajraladi,  o'zga  mulki  o'zga 

qo'lida  kapitalga  aylanadi.

Ikkinchidan,  qarzga  olingan  pul  shaxsiy  yoki  umumiy  ehtiyojlami 

qondirishga  xizmat  qiladi.

Pul  egasi  uchun  qarz  oluvchi  pulni  qanday  ishlatishining  hech  bir 

ahamiyati  yo'q,  u  qarz  haqini  (foizlarni)  olsa  bo'ldi.  Ba’zi  hollarda  qarz 

beruvchi  uni  nimaga  ishlatishni  shart  qilib  kuyishi  mumkin.  Fuqarolik 

Kodeksining  739-moddasida  xuddi  shunday  aniq  maqsadli  qarz  nazarda 

tutiladi.  Agar  qarz  shartnomasi  qarz  oluvchining  mablag'laridan  aniq 

maqsadda  (aniq  maqsadli  qarz)  foydalanishi  sharti  bilan  tuzilgan  bo'lsa, 

qarz  oluvchi  qarz  beruvch iga  qarz  summasidan  aniq  maqsadda 

foydalanilishini  nazorat  qilish  imkoniyatini  ta’minlab  berishi  shart.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Bundan  tashqari,  qarz  olu vch i  qarz  shartnom asining  qarz 

summasidan aniq maqsadda foydalanishi haqidagi shartlarini bajarmagan 

taqdirda,  agar  shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tuilgan  bo‘lmasa, 

qarz  beruvchi  qarz  oluvchidan  qarz  summasini  muddatidan  oldin 

qaytarishni  va  tegishli  foizlami  to'lashni  talab  qilishga  hqli.

2-§.  Kredit  shartnomasi

Kredit  munosabatlarining  rivojlanishi. 

Jamiyat  faoliyatining  asosiy 

jabhasi bu — ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini 

moddiy  va  mehnat  omillari  ta’minlaydi.  Ishlab  chiqarishning  bu  omillar 

bilan  bir  tekisda  ta’minlanishida  kreditning  o'rni  beqiyosdir.  Kredit  -  

tovar-pul  munosabatlari sharoitidagi takror ishlab  chiqarish jarayonining 

ajralmas  bir  qismi  boiib,  tovar  ishlab  chiqarish  kredit  munosabatlari 

yuzaga  kelishining  tabiiy  asosi  hisoblanadi.  Kreditga  iqtisodiy  ma’noda 

ta’rif  beradigan  bo'lsak,  “kredit  -   bu  vaqtincha  bo'sh  turgan  pul 

mablag'larini  ma’lum  muddatga  haq  to'lash  sharti  bilan  qarzga  olish  va 

qaytarib  berish  yuzasidan  kelib  chiqqan  iqtisodiy  munosabatlar 

yig'indisidir”  .  Kredit  yordamida  tovar-moddiy  boyliklari,  turli  mashina 

va  mexanizmlar  sotib  olinadi,  iste’molchilarning  mablag'lari  yetarli 

bo'lmagan sharoitda  to'lovni kechiktirib  tovarlar sotib olishlari va  boshqa 

har  xil  to'lovlarni  amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega  bo'ladilar.  Kredit 

orqali  jamiyatimizda  quyidagi  ijobiy  natijalarga  erishish  mumkin:

1.  Fondlar  aylanishi  jarayonida  chetga  chiqib,  bo'sh   qolgan 

mablag'laming  harakatsiz  turib  qolishining  oldi  olinadi.

2.  Takror  ishlab  chiqarishni  keng  doirada  uzluksiz  davom  ettirshga 

imkoniyat  yaratiladi.

Kredit  shartnomasi  tushunchasi  va  mohiyati. 

Kredit  shartnomasi 

bo'yicha  bir  taraf,  ya’ni  bank  yoki  boshqa  kredit  tashkiloti  (kredit 

beruvchi,  kreditor)  ikkinchi  tarafga  (kredit  oluvchiga)  shartnomada 

nazarda  tutilgan  miqdorda  va  shartlar  asosida  pul  mablag'lari  (kredit) 

berish,  qarz  oluvchi  esa  olingan  pul  summasini  qaytarish  va  uning 

uchun  foizlar  to'lash  majburiyatini  oladi  (FKning  744-moddasi).

Kredit  munosabatlarini  huquqiy  tartibga  soluvchi  O'zbekiston 

Respublikasining  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g'risida”gi  qonuni, 

“Markaziy  bank  to'g'risida”gi  qonun,  “Kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirishni  rag'batlantirish  to'g 'risid a ” gi  qonun,  O 'zbekiston 

Respublikasi Prezidentaning  1994-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlami 

yanada  chuqurlashtirish,  xususiy  mulk  manfaatlarini  himoya  qilish  va

www.ziyouz.com kutubxonasi




tadbirkorlikni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  Farmoni  va 

boshqa  qonun  hujjatlari  muhim  ahamiyatga  ega.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  25-aprelda  qabul  qilingan 

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi qonuniga ko‘ra, bank va mijozlar 

o‘rtasidagi  o'zaro  munosabatlar  shartnomaviy  harakterga  ega.  Bank 

xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish 

va  tartibga  solishda  fuqarolik-huquqiy  shartnomalar  qo'llaniladi.

Avvalambor,  kredit  nima?  Kredit  deganda  o'z  egalari  qo'lida 

vaqtincha  bo'sh  turgan  pul  mablag'larini  boshqalar  tomonidan  ma’lum 

muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan 

kelib  chiqqan  munosabatlar  tushuniladi.  Fuqarolik  huquqi  tomonidan 

tegish li  huuqiy  norm alar  bilan  tartibga  solinadigan,  iqtisodiy 

munosabatlarning  ba’zi  bir  turlarining  o'ziga  xosligini  nazarda  tutadigan 

shartnomalar tizimi ishlab chiqilgan. Bank-kredit munosabatlari sohasidagi 

shartnomalar  ham  shular  jumlasidandir.

Kredit munlosabatlari tarkibi ikki elementdan iborat: kredit subyekti 

va  obyekti.

Kredit  obyekti 

-   bu  (kreditor)  qarz  beruvchidan  qarz  oluvchiga 

beriladigan  va  qarz  oluvchidan  qarz  beruvchiga  qaytib  beriladigan 

qiymatdir.

Kredit  munosabati  ikki  subyekt  o'rtasida  yuzaga  keladi:  biri  pul 

egasi,  ya’ni  qarz  beruvchi  (kreditor);  ikkinchisi  pulga  muhtoj,  ya’ni 

qarz  oluvchi.

Kredit  tovar  va  pul  ko'rinishidagi  mablag'larni:

-  qaytarib  berishlik;

-  muddatlilik;

-  foiz  to'lash;

-  kreditning  tovar-moddiy  boyliklar  bilan  ta’minlanganligi;

-  to'lovlilik;

-   kreditning  maqsadliligi  shartlari  natijasida  yuzaga  keladi.

Kredit  shartnomasi:

-Kredit  munosabatlari ishtirokchilari  -   qarz  beruvchi va  qarz oluvchi 

huquqiy jihatdan mustaqil subyekt bo'lishi kerak. Mustaqil subyekt sifatida 

har  ikki  tomon  bir-biri  bilan  o'zaro  aloqalardan  kelib  chiquvchi 

majburiyatlarni  bajarilishini  moddiy  jihatdan  kafolatlay  olishi  kerak. 

Majburiyatlarning  bajara  olish  qobiliyatini  hisobga  olgan  holda  mustaqil 

huquqiy subyekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.

-Qarz  beruvchi  va  qarz  oluvchi  manfaatlari  bir-biriga  mos  tushgan 

taqdirdagina  kredit  zaruriyatga  aylanadi.  Bu  manfaatlar,  avvalambor,

www.ziyouz.com kutubxonasi



obyektiv  jarayonlar,  o'zaro  manfaatlarni  taqazo  etuvchi  aniq  vaziyat 

bilan  bog'liq.

Qarz beruvchi tomonidan pul mablag'larini qarga berish qarz oluvchi 

tomonidan  esa  shu  mablag'larni  olish  bo'yicha  qiziqish  tug'ilgan 

taqdirdagina  kredit  munosabatlari  yuzaga  keladi.

Kredit  munosabatlarning  vujudga  kelishi  kredit  munosabtlari 

ishtirokchilari  manfaatlarining  m uvofiqligiga  bog'liq.  Tom onlar 

manfaatining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin 

kredit  munosabatlari  ishtirokchilari  manfaati  nafaqat  fazo  va  vaqt 

jihatidan,  shuningdek  sifat  jihatidan  ham  mos  tushgan  taqdirdagina  bu 

munosabatlar  reallikka  aylanadi.  Shu  bilan  birga  kreditning  bu  muhim 

sifatlari kredit munosabatlari sodir bo'lishining asosiy sababi bo'la olmaydi. 

Kredit vujudga kelishi uchun aniq bir iqtisodiy asos -  fondlarning doiraviy 

aylanishi  va  shunga  o'xshash  boshqa  sharoitlar  zarur.

Qonun  hujjatlariga  muvofiq,  kredit  tashkilotlari  bo'lmagan  tijorat 

tashkilotlarining  kreditlashini  amalga  oshirishga  yo'l  qo'yilgan  hollarda 

kredit shartnomasi to'g'risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga 

oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo'llaniladi (FKning 744- 

moddasi,  2-qism).

Kredit  shartnomasi  yozma  shaklda  tuzilishi  shart. 

Yozma  shaklga 

rioya  qilmaslik  kredit  shartnomasining  haqiqiy  bo'lmasligiga  olib  keladi. 

Bunday  shartnoma  o'z-o'zidan  haqiqiy  bo'lmaydi.

Qarz  va  kredit  shartnomalari  o'rtasidagi  umumiylik  bilan  birga 

jiddiy  farqlar  ham  mavjud.

Birinchidan, 

kredit shartnomasi bo'yicha kreditor sifatida faqat maxsus 

subyektlar,  bank  yoki  boshqa  kredit  tashkiloti  qatnashadi.

Ikkinchidan, 

kredit  shartnomasi  bo'yicha  qarz  oluvchi  kreditorga 

foizlar  to'lashi  shart.

Uchinchidan, 

kredit shartnomasi  faqat  yozma  shaklda  tuziladi.  Qarz 

shartnmasida  esa  qarz  summasi  eng  kam  ish  haqining  10  baravaridan 

kam  bo'lsa,  og'zaki  shaklda  tuzilishi  mumkin.

To'rtinchidan,  kredit  shartnomasi  real  emas,  balki  konsensual 

shartnomalar guruhiga mansub. Shu sababli shartnoma tuzilgandan keyin 

u  taraflar  o'rtasida  huquq  va  majburiyatlar  vujudga  keltiradi.  Bunday 

holda shartnomaning bajarilmasligiga FKning 746-moddasida  belgilangan 

hollardagina  yo'l  qo'yiladi.

Kredit  va  moliya  tushunchalari  o'rtasida  bir  tomondan  umumiylik 

bo'lsa,  ikkinchi  tomondan  farqli  jihatlari  mavjud.

Agar  moliya  barcha  xo'jalik  subyektlarining  o'ziga  tegishli  pul

www.ziyouz.com kutubxonasi




mablag'lari  xususidagi  aloqalarini  anglatsa,  kredit  bundan  farqliroq, 

o‘zga mulki bo'lgan mulkni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni 

bildiradi  va  bozor  munosabatlarining  bir  unsuri  hisoblanadi.

Moliya  bilan  kreditning  umumiyligi  shuki,  ularning  har  ikkalasi 

ham pul mablag'lari yuzasidan bo'lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish 

usulining  har  xil  bo'lishidan  kelib  chiqadi.

Moliyada  tomon  o'z  mulki  bo'lgan pul  resurslarini  xohlagan vaqtda, 

hech  bir  xarajatsiz  ishlatishi  mumkin.

Kredit  esa  o'zgalar  pul  mablag'ini  haq  to'lagan  holda  vaqtincha 

ishlatib  turish  va  muddati  kelganda  qaytarib  berishni  anglatadi.  Kredit 

tovar-pul  munosabatlariga  xos  bo'lgan  va  pul  harakatini  bildiruvchi 

kategoriyadir.

Kredit  subyektlari  quyidagilar  bo'lishi  mumkin:  korxona,  firma, 

tashkilot,  davlat  va  turli  toifadagi  aholi.

Kredit  obyekti  har  qanday  pul  emas,  balki  faqat  vaqtincha  bo'sh 

turgan,  berilishi  mumkin  bo'lgan  pullar  va  tovarlardir.

Kredit  jamiyatda  quyidagi  to'rt  xil  vazifani  bajaradi:

Birinchidan, 

pulga  tenglashtirilgan  to'lov  vositalarini  (masalan, 

veksel,  chek  sertifikat  va  h.  q)  yuzaga  chiqarib,  ularni  xo'jalik 

muomalasiga jalb  qiladi;

Ikkinchidan, 

u bo'sh pul mablag'larini harakatdagi, ishdagi kapitalga 

aylantirib,  pulni  pul  topadi,  degan  qoidani  amalga  oshiradi;

Uchinchidan, 

qarz  berish  orqali  pul  mablag'larini  turli  tarmoqlar 

o'rtasida  qayta  taqsimlash  bilan chiqarish resurslarining ko'chib turishini 

ta’minlaydi;

To‘rtinchidan, 

qarz  berish,  qarzni  undirish  vositalari  orqali  iqtisodiy 

o'sishni  rag'batlantiradi.

Kredit  va  undan  foydalanish  natijasida  turli  natijalarga  erishiladi. 

Ular  ijobiy  va  salbiy  bo'lishi  mumkin  Ijobiy  natijalar  deganda  kreditdan 

samarali  foydalanish  natijasida  qo'lga  kiritilgan  yutuqlar  tushuniladi. 

Masalan:  Buxoro  viloyatida  qurilgan  neftni  qayta  ishlash  zavodi, 

Andijonning  Asaka  shahrida  bank  krediti  hisobidan  qurilgan  avtomobil 

zavodi,  To'ytepa  shahrida  qurilgan  «Kobul»  to'qimachilik  fabrikasi 

kabilami  aytish  mumkin.  Bular  hozirgi  kunda  ma’lum darajada ehtiyojni 

qondirib, jahon bozoriga chiqib bormoqda. Bu kreditning ijobiy taraflariga 

yaqqol  misoldir.

Kreditning  salbiy  tomoni,  asosan,  quyidagi  ikki  holatda  namoyon 

bo'ladi:  kredit  xalq  xo'jaligida  turli  yo'llar  bilan  asossiz  ravishda  ko'p 

berilsa  va  oqibatda  pul  massasi  ko'payib,  milliy  pul  qadrsizlansa;

www.ziyouz.com kutubxonasi




agar  olingan  xalqaro  kreditlardan  samarali  foydalanm ay  va 

mamlakat  o'zining  boshqa  darom ad  manbalari,  oltin  va  boshqa 

qimmatbaho  narsalarini  sotish  hisobidan  kreditni  qaytarsa  va  h.  k.

Kredit uyushmalarL 

Kredit uyushmalarining tuzilishi,  faoliyati, qayta 

tashkil etilishi va tugatilishi sohasida “Kredit uyushmalari” to‘g ‘risida qonun1

2002-yil 4-aprelda qabul qilingan. Ushbu qonunga ko'ra, yuridik va jismoniy 

shaxslar  tomonidan  kreditlar  berish  maqsadida  ixtiyoriy  teng  huquqlililik 

asosida  tuziladigan  kredit  tashkiloti  kredit  uyushmasi  deb  e’tirof  etiladi. 

Ustav  fondining  pay  badallarini  kiritgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

kredit uyushmasining a’zolari sanaladi. Shaxsga kredit uyushmasi tomonidan 

berilgan sertifikat uning kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlovchi hujjatdir. 

Kredit  uyushmasi  a’zolarining  soni  50  tadan  kam  bo'lishi  mumkin  emas.

Kredit  uyushmasining  huquqlari:

-  depozitlarga  qo'yish  uchun  o'z  a’zolaridan  pul  mablag'larini  jalb

etish;


-  o'z  a’zolariga  kredit  berish;

-  o'z  ustaviga  muvofiq  shartnomalar  tuzish  va  boshqa  fuqarolik- 

huquqiy  bitimlami  amalga  oshirish;

-  grantlar  hamda  bepul  beriladigan  boshqa  mablag'larni  olish;

-  maslahat  va  axborot  xizmatlarini  ko'rsatish;

-  k redit  uyushm asi  a ’ zolari  m o liy a v iy   m a jbu riy a tla rin i 

bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun to'laydigan 

neustoyka  miqdorini  belgilash;

-  kreditlami  belgilangan  tartibda  jalb  etish;

- qonun hujjatlariga muvoifq boshqa huquqlarga ega bo'lishi mumkin.

Kredit  uyushmasining  majburiyatlari:

-  O'z  ustav  fondini  belgilangan  eng  kam  miqdordan  pasaytirmagan 

holda  saqlash;

-  Hisob,  hisobot  va  boshqa  hujjatlarni  yuritish;

-  Hisobotni  belgilangan  tartibda  e’lon  qilish  va  taqdim  qilish;

- Kredit uyushmasining a’zosi kredit uyushmasi oldidagi majburiyatini 

bajarmagan  yoki  lozim  darajada  bajarmagan  taqdirda  to'lanishi  lozim 

bo'lgan summani kredit uyushmasining a’zosiga tegishli bo'lgan pay badali 

yoki  depozitdan,  shuningdek,  ularga  pay  badali  bo'yicha  beriladigan 

devidentlardan va depozit bo'yicha to'lanadigan foizlardan undirib olishga;

-  Inspeksiya  o'tkazish  uchun  yuborilgan  O'zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  vakillariga  hujjatlar  va  kredit  uyushmasi  faoliyatiga  oid




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish