1.4. Fuqarolik qonunchiligada omonat saqlovchining
javobgarligi
Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo‘qolganligi,
kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun Fuqarolik kodeksining 333-
moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra javobgar bo'ladi.
Professional omonat saqlovchi ashyoning yo'qolishi, kam chiqishi
yoki shikastlanishi:
? yengib boimas kuch ta’siri oqibatida;
? ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog'ida omonat
saqlovchi bilmagan va bilishi shart bo'lmagan yashirin xossalari tufayli;
? saqlanayotgan ashyoning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki
shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo'pol
ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar boiadi.
Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat
saqlovchining talabiga ko'ra ashyoni qaytarib olishi shart boigan vaqt
tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa,
omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi
yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo'pol
ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
Shartnomada omonat saqlovchining javobgarlik darajasi ham muhim
ahamiyatga egadir. Fuqarolik kodeksining 890-moddasida omonat
saqlovchining javobgarlik darajasi belgilangan. Ya’ni ashyo yo'qolganligi,
kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli yuk topshiruvchiga
yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki saqlash shartnomasida boshqa hoi
nazarda tutilgan bo'lmasa, Fuqarolik kodeksning 324-moddasiga muvofiq
omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi.
Ashyo tekin saqlanganida uning yo'qolishi, kam chiqishi yoki
shikastlanishi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar:
- ashyolar yo'qolganligi va kam chiqqanligi uchun - yo'qolgan
yoki yetishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida;
- ashyolar shikastlanganligi uchun - ularning qiymati qancha
summaga kamaygan boisa, shuncha summa miqdorida qoplanadi.
Agar omonat saqlovchi javobgar boigan holda shikast etishi natijasida
www.ziyouz.com kutubxonasi
ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi bo'yicha foydalanish mumkin
bo'lmaydigan darajada o'zgargan bo'lsa, yuk topshiruvchi undan voz
kechishga va om onat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini,
shuningdek, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida nazarda
tutilgan bo'lsa, boshqa zararni ham qoplashni talab qilishga haqli.
Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan
paytida uning xossalarini bilmagan va bilishi shart bo'lmagan bo'lsa,
yuk topshiruvchi saqlash uchun topshirilgan ashyoning xossalari tufayli
yetkazilgan zararni omonat saqlovchiga to'lashi shart (FKning 891-
modda).
Qonun hujjatlarida, shartnomada yuk topshiruvchining talabi bilan
omonat saqlash majburiyatining bekor bo'lishi ham nazarda tutiladi.
Agar shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati
belgilangan bo'lsa ham, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi
bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi kerak. Bu
holda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor
qilishi tufayli omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni to'lashi shart (FKning
892-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |