3-§. Tovar omborida omonat saqlash
1. Tovar ombori tushunchasi
Tovar ombori deb — tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni
saqlaydigan va saqlash bilan bog'liq xizmatlami ko'rsatadigan tashkilotga
aytiladi. Bu haqda Fuqarolik kodeksining 901-moddasida shunday
deyiladi. Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash
bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bizga ma’lumki, agar qonun hujjatlariga muvofiq tovar ombori
tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi
mumkin b oigan omborlar jumlasiga kiritilgan bo'lmasa, u umumiy
foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi. Umumiy foydalanishdagi tovar
ombori tomonidan tuziladigan omborda omonat saqlash shartnomasi
ommaviy shartnoma deb hisoblanadi
Shartnomaaing huquqiy belgilari. Shartnoma ikki tomonlama, haq
baravariga yoki tekin tuzilishi mumkin.
Omborda omonat saqlash shartnomasi bo'yicha tovar ombori
(saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o'ziga topshirilgan
tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to'liq holicha qaytarib berish
majburiyatini oladi (FKning 903-modsasi).
Shartnomaning shakli. Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma
ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasi tuzish va tovarni
omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo'lsa, omborda
omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi
(FKning 903-moddasi 2-qismi).
Agar qonun hujjatlaridan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan
tovar ombori o'ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etish
mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga Fuqarolik
kodeksi, 41-bobining qarz va kredit haqdqagi qoidalari qo'llaniladi.
Tovar omborida omonat saqlash shartnomasining ishtirokchilari —
tadbirkorlar ham bo'lishi mumkin. Bu o'rinda omonat saqlovchi bo'lib,
tovar omborlari deb tan olingan korxonalar, bundan tashqari, tegishli
vakolatli organlarning maxsus litsenziyalari asosida xususiy tovar
omborlariga ega fuqarolar bo'lishi mumkin. Hozirgi bozor munosabatlari
jadal rivojlanayotgan bir davrda, ayniqsa, savdo tovarlarini xususiy
omborlarda saqlash amaliyotda ko'p uchraydi. Bu tovar omborlari qonun
hujjatlariga va tovar saqlash to'g'risidagi qoidalarga zid bo'lmagan
hammaning omonatini qabul qilishga majburdir.
Lekin maxsus mo'ljallangan tovar omborlarida undan foydalanuvchilar
doirasi cheklanishi, bundan tashqari, tovar omborlari maxsus idoralarga
tegishli ham bo'lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 905-moddasiga ko'ra tovar ombori zimmasiga
quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
T ovar om bori standartlar, texnikaviy shartlar, texnologiya
yo'riqnomalari, saqlash yo'riqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash
qoidalarida ombor uchun majburiy bo'lgan boshqa maxsus normativ
hujjatlarda belgilab qo'yilgan saqlash shartlari (tartiboti) ga rioya qilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
lozim;
Agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo'lmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul
qilib olayotganida ularni o'z hisobidan ko'zdan kechirishi kerak;
Agar omonat saqlash egasizlantirish yo'li bilan amalga oshirilayotgan
bo'lsa, tovar ombori tovar egasiga tovarlarni yoki ularning namunalarini
ko'zdan kechirish, namuna olish hamda tovarlaming to'liq saqlanishini
ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rish imkoniyatlarini berishi
shart.
Tovarlarning to'liq saqlanishini ta’minlash uchun saqlash sharoitlarini
tezlik bilan o'zgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur
shoshilinch choralarni mustaqil ko'rishi va bu ko'rilgan choralar to'g'risida
tovar egasiga xabar berishi;
Saqlash vaqtida tovar omborda omonat saqlash shartnomasida
kelishilganidan yoki odatdagi tabiiy buzilish normalari doirasidan tashqari
chiqadigan darajada buzilganligi aniqlangan taqdirda, tovar ombori bu
haqda darhol dalolatnoma tuzishi va o'sha kuniyoq yuk topshiruvchini
xabardor qilishi shart.
Tovar egasi va tovar omborining har biri tovarni qaytarib berish
vaqtida uni ko'zdan kechirish va miqdorini tekshirishni talab qilish
huquqiga ega. Shu tufayli qilingan xarajatlar tovarni ko'zdan
kechirishni yoki uning miqdorini tekshirishni talab qilgan taraf
zimmasiga tushadi.
Agar ombor tovarni egasiga qaytarayotgan vaqtida ular tovarni
birga ko'zdan kechirmagan yoki tekshirmagan bo'lsalar, tovar tegishli
darajada saqlanmaganligi oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi
haqidagi ariza omborga tovarni olish vaqtida, tovarni qabul qilishning
oddiy usuli bilan aniqlash mumkin bo'lmagan yetishmovchilik yoki
buzilish xususida esa, ularni aniqlash uchun zarur bo'lgan oqilona
muddatda yozma ravishda yuborilishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 906-moddasi, ikkinchi qismida ko'rsatilgan
ariza bo'lmaganida, agar aksi isbot qilingan bo'lmasa, ombor tovarni
omborda omonat saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan
deb hisoblanadi.
Taraflar o'rtasida tovar omborida yuklar saqlanganda quyidagi
hujjatlarni berish bilan rasmiylashtiriladi:
ikki qismli ombor guvohnomasi;
oddiy ombor guvohnomasi;
ombor pattasi.
Ikki qismli ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
ombor guvohnomasi qimmatli qog'ozlar bo'ladi. Ikki qismli va oddiy
ombor guvohnomasi garov predmeti boiishi mumkin (FKning 908-
moddasi).
Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov
guvohnomasidan (varrant) iborat b oiib , ular bir-biridan ajratilishi
mumkin.
Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar
ko'rsatilgan boiishi kerak:
tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va
joylashgan manzili;
ombor guvohnomasining ombor reestri bo'yicha joriy nomeri;
tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki
fuqaroning ismi, shuningdek, tovar egasining joylashgan yeri (yashash
joyi);
saqlash uchun qabul qilingan tovaming nomi va miqdori - birliklar
soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovaming oichovi (og'irligi,
hajmi);
agar muddat belgilangan boisa, tovar qancha muddatga saqlash
uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun
qabul qilinganligi;
omonat saqlaganlik uchun toianadigan haq miqdori yoki bu haqni
hisoblab chiqarishga asos boiadigan tariflar va saqlash haqini toiash
tartibi;
ombor guvohnomasi berilgan sana.
Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning
bir xil imzosi va tovar omborxonasining muhri boiishi shart.
Fuqarolik kodeksining 909-moddasi talablariga mos kelmaydigan
hujjat ikki qismli ombor guvohnomasi boia olmaydi.
Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan
tovarni to'la tasarruf etish huquqiga ega.
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi
tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi bo'yicha berilgan
kreditni toiamagunicha tovarni ombordan olishi mumkin emas (FKning
910-moddasi, 2-qismi).
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo'yicha berilgan
kredit va uning foizlari miqdorida tovar bo'yicha garov huquqiga ega
boiadi. Tovar garovga qo'yilganida bu haqda ombor guvohnomasiga
belgi qo'yiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Agarda qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan
b o‘lmasa, ombor guvohnomasi va garov guvohnomasi birgalikda yoki
alohida-alohida topshirish yozuvlari bo'yicha topshirilishi mumkin.
Oddiy ombor guvohnomasi taqdim etuvchiga beriladi. Bundan
tashrqari, oddiy ombor guvohnomasida Fuqarolik kodeksining 909-
moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlar bo'lishi, shuningdek, u taqdim
etuvchiga berilganligi ko'rsatilgan bo'lishi shart.
Tovami ikki qismli omborxona guvohnomasi bo'yicha berish qonunda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki
qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala
guvohnomani oladi.
Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohomasiga ega bo'lmasa,
biroq uning yuzasidan qarz summasini to'lagan bo'lsa, ombor tovarni
faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yo'li bilan va u bilan birgalikda
garov guvohnomasi bo'yicha butun qarz summasi to'langanligi haqidagi
patta taqdim etilgandagina beradi.
Ombor va garov guvohnomalarinmg saqlovchisi tovami qismlarga
bo'lib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o'rniga
unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi.
Garov guvohnomasiga ega bo'lmagan va uning yuzasidan qarz
summasini to'lamagan ombor guvohnomasini saqlovchiga Fuqarolik
kodeksining 913-moddasi talablariga qaramay, tovarni bergan tovar
ombori garov guvohnomasini saqlovchi oldida bu guvohnoma bo'yicha
ta’minlangan to'lov uchun javobgar bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
/
Do'stlaringiz bilan baham: |