Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Omonat  saqlash  shartnomasida  taraflarning



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Omonat  saqlash  shartnomasida  taraflarning 

huquq  va  majburiyatlari.

Omonat saqlovchining huquq va majburiyatlari

Omonat  qabul  qiluvchining  asosiy  burchi  omonat  tarzida  qo'yilgan 

narsani  saqlashdir.  Uning  boshqa  burchlari  o'sha  asosiy  burchga  bog'liq 

bo'ladi.

Omonat  saqlashni  tadbirkorlik  yoki  boshqa  professional  faoliyat 

sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi 

bo'yicha  o'z zimmasiga yuk topshiruvchining  ashyolarini  saqlashga  qabul 

qilish  va  yuk  topshiruvchi  bergan  narsalami  ushbu  moddada  nazarda 

tutilgan  qoidalarga  muvofiq  saqlash  majburiyatini  olishi  mumkin.

Omonat saqlash shartnomasi bo'yicha  ashyoni saqlashga qabul qilish 

majburiyatini  olgan  omonat  saqlovchi  bu  ashyoni  saqlash  uchun  o'ziga 

berishni  talab  qilishga  haqli  emas.  Biroq,  ashyoni  omonat  saqlash 

shartnomasida  nazarda  tutilgan  muddatda  saqlashga  topshirmagan  yuk

www.ziyouz.com kutubxonasi



topshiruvchi,  agar  qonunda  yoki  shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda 

tutilgan  bo'lmasa,  ashyoni  saqlashga  topshirmaganligi  munosabati  bilan 

yetkazilgan  zarar  uchun  omonat  saqlovchi  oldida  javobgar  bo'ladi.

Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 

bo'lm asa,  ashyo  shartnom ada  kelishilgan  m uddatda  saqlashga 

topshirilmagan  hollarda,  bordi-yu,  bu  muddat  belgilanmagan  bo'lsa, 

shartnoma  tuzilgan  kundan  boshlab  uch  oy  o'tganidan  keyin  omonat 

saqlovchi  ashyoni  saqlashga  qabul  qilish  majburiyatidan  ozod  etiladi 

(FKning  876-moddasi).

Omonat  saqlovchining  asosiy  majburiyatlaridan  biri  omonatga 

topshirilayotgan  ashyoni  to'liq  saqlanishini  ta’minlashdan  iboratdir.  Bu 

haqda  Fuqarolik  kodeksining  880-moddasida  shunday  deyiladi.

Omonat saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning to'liq saqlanishini 

ta’minlash  uchun  omonat  saqlash  shartnomasida  nazarda  tutilgan, 

shuningdek,  boshqa  barcha  zarur  chora-tadbirlarni  ko'rishi  shart.

Agar  shartnomada  egasizlantirib  saqlash  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 

omonat saqlovchi saqlash uchun o'ziga berilgan ashyoni yuk topshiruvchiga 

yoki u oluvchi sifatida ko'rsatgan boshqa shaxsga topshirishi shart. Ashyo 

saqlashga  qanday  holatda  topshirilgan  bo'lsa,  o'sha  holatda,  uning  tabiiy 

yomonlashuvini  yoki  tabiiy  kamayishini  hisobga  olib  qaytarib  berilishi 

shart.

Omonat saqlovchi ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda, basharti omonat 



saqlash  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  uni 

saqlash  vaqtida  olingan  hosil  va  daromadlarni  ham  topshirishi  shart.

Fuqarolik  kodeksining  881-moddasiga  ko'ra  omonat  saqlovchi  o'ziga 

saqlash  uchun  topshirilgan  ashyodan  yuk  topshiruvchining  roziligisiz 

foydalanishga,  shuningdek,  uchinchi  shaxslarga  undan  foydalanish 

imkoniyatini  berishga  haqli  emas,  saqlanayotgan  ashyodan  foydalanish 

uning  to'liq  saqlanishini  ta’minlash  uchun  zarur  bo'lgan  hollar  bundan 

mustasno.

Omonat  saqlovchi  ashyoni  saqlash  shartlarini  o'zgartirish  zarurligi 

haqida  darhol  yuk  topshiruvchini  xabardor  qilishi  va  uning  javobini 

kutishi shart.

Ashyoning yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfi paydo bo'lgan taqdirda, 

omonat  saqlovchi  saqlash  shartnomasida  nazarda  tutilgan  saqlash  usuli, 

joyi  va  boshqa  shartlarni  yuk  topshiruvchining  javobini  kutmasdan 

o'zgartirishi  shart.

Agar  saqlash  vaqtida  ashyoning  buzilish  xavfi  aniq  bo'lib  qolsa  yoki 

ashyo  buzilgan  bo'lsa,  yoki  uning  to'liq  saqlanishini  ta’minlashga  imkon

www.ziyouz.com kutubxonasi




bermaydigan  vaziyatlar  vujudga  kelgan  boisa,  yuk  topshiruvchi  esa  o‘z 

vaqtida  choralar  ko'rishini  kutish  mumkin  boimasa,  omonat  saqlovchi 

ashyoni  yoki  uning  bir  qismini  saqlash  joyida  amalda  boigan  bahoda 

mustaqil sotishga  haqli. Agar mazkur vaziyatlar omonat saqlovchi aybdor 

boimagan sabablarga  ko'ra  vujudga  kelgan  bo'lsa,  u sotish  uchun  qilgan 

o'z  xarajatlarini  xarid  bahosidan  undirish  huquqiga  ega.

Yuqorida  ta’kidlab  o'tkanimizdek,  omonat  saqlashga  faqat  fuqarolik 

muomilasida  erkin  harakatda  bo'lgan  ashyolargini  topshiriladi.  Ayrim 

ashyolar xavfli xossalarga ega boisada, omonat saqlash uchun topshirilishi 

mumkin.  Agar  omonat  saqlash  uchun  shunday  xavfli  xossalarga  ega 

ashyolar  topshiriladigan  bo'lsa  Fuqarolik  kodeksining  883-moddasida 

nazarda  tutilgan  qoidalar  qo'llaniladi.

Agar  yuk  topshiruvchi  tez  yonadigan,  portlash  xavfi  bo'lgan  yoki 

o'z tabiatiga ko'ra  xavfli bo'lgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan 

vaqtda  saqlovchini  ularning  xossalari  haqida  ogohlantirmagan  bo'lsa, 

omonat  saqlovchi  bu  ashyolarni  ko'rilgan  ziyonni  yuk  topshiruvchiga 

toiamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yo'q qilib tashlashi 

mumkin.  Yuk  topshiruvchi  bunday  ashyolar  saqlanishi  munosabati  bilan 

saqlovchiga va  uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.

Xavfli  xossalarga  ega  bo'lgan  ashyolar  saqlash  uchun  professional 

omonat saqlovchiga topshirilgan vaqtda ushbu moddaning birinchi qismida 

nazarda  tutilgan  qoidalar  bunday  ashyolar  saqlash  uchun  noto'g'ri  nom 

bilan  topshirilgan  va  omonat  saqlovchi  ularni  qabul  qilib  olish  chog'ida 

sirtidan  ko'zdan  kechirish  yo'li  bilan  ularning  xavfli  xossalarga  egaligini 

bila  olmagan  taqdirda  qoilanadi.

Ashyolar  haq  evaziga  saqlangan  taqdirda,  Fuqarolik  kodeksining 

883-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda 

ashyolarni  saqlash  uchun  toiangan  haq  qaytarib  berilmaydi,  bordi-yu, 

bu  haq  toianmagan  bo'lsa,  omonat  saqlovchi  uni  toia-to'kis  undirib 

olishi  mumkin.

Agar  omonat  saqlovchi  xabardor  boigani  holda  va  uning  roziligi 

bilan  saqlashga  qabul  qilingan  ushbu  moddaning  birinchi  qismida 

ko'rsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan boisa­

da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning 

mol-mulki  uchun  xavfli  bo'lib  qolgan  bo'lsa  hamda  vaziyat  omonat 

saqlovchining  yuk  topshiruvchidan  ularni  darhol  olib  ketishni  talab 

qilishiga  imkon  bermasa  yoki  yuk  topshiruvchi  bu  talabni  bajarmasa, 

ushbu  ashyolar  omonat  saqlovchi  tomonidan  yuk  topshiruvchiga  ziyonni 

toiamagan  holda  zararsizlantirilishi  yoki  yo'q  qilib  tashlanishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Bunday  hollarda  yuk  topshiruvchi  ushbu  ashyolarni  saqlash  munosabati 

bilan  keltirilgan  zarar  uchun  omonat  saqlovchi  va  uchinchi  shaxslar 

oldida  javobgar  bo‘lmaydi.

Fuqarolik  kodeksida  belgilangan  qoidaga  ko‘ra  omonat  saqlashni 

omonat saqlovchining o'zi amalga oshirishi kerak. Ayrim mustasno holatlar 

ham  borki,  bunda  ashyoni  omonat  saqlovchi  uchinchi  shaxslarga  saqlash 

uchun  topshirishi  mumkin.

Agar  qonun  hujjatlarida  yoki  omonat  saqlash  shartnomasida 

boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  omonat  saqlovchi  yuk 

topshiruvchining  roziligisiz  ashyoni  saqlash  uchun  uchinchi  shaxsga 

topshirishga  haqli  emas,  basharti  buni  yuk  topshiruvchining  manfaatlari 

zarur  qilib  qo'yg an   va  om onat  saqlovchi  uning  roziligini  olish 

imkoniyatidan  mahrum  bo'lgan  bo'lmasa.  Omonat  saqlovchi  ashyoni 

uchinchi  shaxsga  topshirganligi  haqida  yuk  topshiruvchini  kechiktirmay 

xabardor  qilishi  shart.

Saqlash  uchun  ashyo  topshirilgan  uchinchi  shaxsning  harakatlari 

uchun  omonat  saqlovchi  javob  beradi  (FKning  884-moddasi).


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish