Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Yuk topshiruvchining huquq va majburiyatlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Yuk topshiruvchining huquq va majburiyatlari

Omonat  saqlash  shartnomasi  haq  evaziga  tuzilgan  taqdirda,  yuk 

topshiruvchining asosiy majburiyati omonat saqlaganlik uchun o'z vaqtida 

haq  to'lashdan  iborat  bo'ladi.  Agar  omonat  saqlash  shartnomasida  haq 

to'lash  yuzasidan  boshqacha  tartib  belgilab qo'yilgan  bo'lmasa,  Fuqarolik 

kodeksining  885-moddasida  nazarda  tutilgan  qoidalar  qo'llaniladi.

Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom bo'lganidan 

keyin,  bordi-yu,  saqlash  uchun  davrlar  bo'yicha  haq  to'lash  nazarda 

tutilgan  bo'lsa  -  har  bir  davr  tamom  bo'lganidan  keyin  to'lanishi  shart.

Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo'lmagan vaziyatlar tufayli 

shartlashilgan  muddatidan  oldin  to'xtatilsa,  omonat  saqlovchi  haqning 

mutanosib  qismini,  Fuqarolik  kodeksi  883-moddasining  birinchi,  ikkinchi 

va  uchinchi qismlarida  nazarda  tutilgan hollarda esa,  haqning  hammasini 

olish  huquqiga  ega  bo'ladi.

Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo'ladigan vaziyatlar tufayli 

muddatidan oldin to'xtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga 

ega  bo'lmaydi,  bu  haq  ustidan olgan  summalarni  esa  yuk  topshiruvchiga 

qaytarishi  shart.

Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab 

turilgan  ashyo  yuk  topshiruvchi  tomonidan  qaytarib  olinmagan  bo'lsa,  u 

ashyoni  bundan  keyin  saqlagani  uchun  omonat  saqlovchiga  tegishli 

miqdorda  haq  to'lashi  shart.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Omonat  saqlash  yuzasidan  qilingan  xarajatlarni  qoplash  yuzasidan 

fuqarolik kodeksining 886-moddasida quyidagicha qoida nazarda tutilgan.

Agar  shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 

ashyoni saqlash xarajatlari to'lanadigan haq summasiga kiritiladi. Alohida 

xarajatlar omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan haq summasiga 

yoki  xarajatlar  tarkibiga  kiritilmasligi  nazarda  tutiladi.

Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 

bo'lmasa,  ashyo  tekinga  saqlanganida  yuk  topshiruvchi  amalda  qilingan 

zarur  xarajatlarni  omonat  saqlovchiga  to'lashi  shart.

Fuqarolik  kodeksining  887-moddasida  aytilishicha,  ashyoni  saqlash 

uchun  qilingan,  odatdagi  bunday  xarajatlardan  ortiq  bo'lgan  hamda 

omonat  saqlash  shartnomasini  tuzish  chog'ida  taraflar  oldindan  ko'rishi 

mumkin  bo'lm agan  xarajatlar  (alohida  xarajatlar),  basharti  yuk 

topshiruvchi  ushbu  xarajatlarga  rozilik  bergan  yoki  ularni  keyinchalik 

ma’qullagan  bo'lsa,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida  yoki  shartnomada 

nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  omonat  saqlovchiga  to'lanadi.

Alohida  xarajatlarni  qilish  zarur  bo'lib  qolganida,  omonat  saqlovchi 

yuk  topshiruvchidan  ushbu  xarajatlarga  rozilik  so'rashi  shart.  Agar  yuk 

topshiruvchi  omonat  saqlovchi  ko'rsatgan  muddatda  yoki  javob  berish 

uchun  yetarli  bo'lgan  vaqtda  o'zining  rozi  emasligini  xabar  qilmasa,  u 

alohida  xarajatlarga  rozi  bo'lgan,  deb  hisoblanadi.

Ishning  holatlariga  ko'ra  yuk  topshiruvchining  roziligini  oldindan 

olish  mumkin  bo'lsa-da,  omonat  saqlovchi  bunday  rozilikni  olmasdan 

turib  saqlash  uchun  alohida  xarajatlar  qilgan  va  yuk  topshiruvchi 

keyinchalik  ularni  ma’qullamagan  taqdirda,  omonat  saqlovchi  alohida 

xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin 

bo'lgan  zarar  doirasida  qoplashni  talab  qilishi  mumkin.

Agar  saqlash  shartnomasida  boshqa  hoi  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 

alohida  xarajatlar  saqlash  haqiga  qo'shimcha  ravishda  to'lanadi.

Yana bir muhim burchlardan biri yuk topshiruvchining shartnomada 

nazarda  tutilgan  saqlash  muddati  tamom  bo'lgach,  saqlash  uchun 

topshirilgan ashyoni qaytarib olishidir. Ushbu qoida fuqarolik kodeksining 

888-moddasida  nazarda  tutilgan.

Yuk  topshiruvchi  shartnomada  nazarda  tutilgan  saqlash  muddati 

tamom bo'lgach,  saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishi shart.

Yuk  topshiruvchi  ashyoni  olishdan  bosh  tortgan  taqdirda,  agar 

omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 

omonat  saqlovchi  ashyoni  mustaqil  suratda  sotishga,  uning  qiymati 

belgilangan  eng  kam  ish  haqining  ellik  baravariga  teng  summadan  ortiq

www.ziyouz.com kutubxonasi




bo‘lgan  taqdirda  esa  Fuqarolik  kodeksining  379,  380  va  381-moddalarida 

nazarda  tutilgan  tartibda  sotishga  haqli.

Ashyoni  sotishdan  tushgan  summa  omonat  saqlovchiga  tegishli  haq 

chegirib  tashlangach,  yuk  topshiruvchiga  beriladi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish