tuzish paytida sotuvchida m avjud bo'lgan tovarni,
shuningdek, kelajakda
sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida ham tuzilishi
mumkin.
Shartnom aning tovar haqidagi sharti uning asosiy va m uhim sharti
hisoblanadi, busiz shartnom a m avjud bo'la olmaydi. A gar shartnom a
tovarning nomi va miqdorini
aniqlash imkonini bersa, tovar to'g'risidagi
oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnom asida baho xaridor tomonidan sotib olinayotgan
tovar uchun sotuvchiga to'lanadigan m a’lum miqdordagi pul summasidir.
A garda xaridor olinayotgan tovar evaziga sotuvchiga pul emas, balki
ashyoni topshirsa, yoxud m a’lum xizmat ko'rsatishni, ish bajarishni o'z
zimmasiga olsa, yoxud tekin olish nazarda tutilgan bo'lsa,
u holda olish-
sotish hisoblanmaydi.
Oldi-sotdi shartnom asida tovarning bahosi taraflarning kelishuvi
bilan belgilanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga
ega bo'lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar
(tariflar, rassenkalar, stavkalar va h. k.) qo'llaniladi (FKning 356-moddasi,
2-qismi).
M asalan, ayrim tu rd ag i tovarlar faq at bir yoki cheklangan
doiradagi bir necha k orxonalar tom onidan ishlab chiqarilishi va b u
korxonalar o'zlarining bunday ustun, monopol m avqeyidan foydalanib,
tovarlar bahosini belgilashda suiiste’molliklar qilishi mumkin. Shu sababli
h a m «T ovar bozorida m onopolistik holatni
va raq o b atn i cheklash
to 'g 'risid a » g i qonun (1996-yil 27-dekabrda qab ul qilingan), «Tabiiy
monopoliyalar to'g'risida »gi qonun (1997-yil 27-aprelda qabul qilingan)
va shu kabi qonunlarda tovarlar narxi belgilab qo'yilishi mumkin, biroq
bozor m u nosabatlari tizim ida ko'pchilik to v arlarning bahosi ta ra fla r
tom onidan o'zaro kelishuv asosida belgilanadi.
To'lovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga
oshirish xaridor hisobidan am alga oshiriladi (FKning 418-moddasi 1-
qismi). Masalan, pulni pochta orqali yuborish,
sotuvchining bank hisob
raqam iga o'tkazish xarajatlari va hokazo.
Tovarning bahosi uning og'irligiga qarab belgilanadigan bo'lsa, agar
shartnom ada boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, u sof og'irligi (netto)
bo'yicha aniqlanishi lozim, bunda tovarning idish yoki o'rov holidagi
og'irligi (brutto) asos bo'lib hisoblanmaydi.
A gar oldi-sotdi shartnom asida tovarning bahosi uni belgilaydigan
ko'rsatkichlar (tannarx, xarajatlar va h. k.)ga qarab o'zgartirilishi lozimligi
n azard a tu tilg an bo'lsa, am m o shu bilan birga, bahoni qayta ko'rib
ch iq ish usuli b elg ilan g an bo'lm asa, baho u sh b u k o 'rsa tk ic h larn in g
shartno m a tuzilgan paytidagi va tov arni topshirish paytidagi o‘zaro
nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi
yanvar
oyida tuzildi, tovar xaridorga m ay oyida topshirildi. Mana shu
vaqt oralig'ida tovarning bahosi 20 foizga qimmatlashdi. Binobarin, bunday
holda birlamchi baho va oxirgi baho o'rtasidagi nisbat hisobga olinmog'i
lozim.
Sotuvchi tovarni topshirish m ajburiyatini kechiktirib yuborganida
baho tovarni shartnom a bo'yicha topshirish lozim bo'lgan vaqt.dagi baho
bo'yicha toianadi.
Shartnom a tuzilgandan keyin bahoni o'zgartirishga qonun hujjatlari,
shartnom ada nazarda tutilgan holatlarda va shartlarda yo‘l qo'yiladi.
Baho haqida kelishuv sh artno m anin g m uhim shartidir. B unday
kelishuvga erishilm aganida sh artn o m a tuzilm agan hisoblanadi. Baho
nazarda tutilm agan va shartnom a shartlari bo'yicha
belgilanishi mumkin
bo'lm agan hollarda baho xuddi to v arlar uchun to'lanadigan narxlar
b o 'y ic h a b elgilanadi. U shb u qo id a F K n in g 3 5 6 -m o dd asi, 3-qism i
mazm unidan kelib chiqadi. M azkur hollarda, garchi shartnom ada baho
haqida kelishuv m avjud bo'lm asa ham , ta ra fla r b u n d a y kelishuvga
erishgani haqidagi prezumpsiyaga am al qiladi.
O ld i-so td i s h a rtn o m a sin i ijro e tis h m u d d a ti ta r a f la r n in g o'z
m ajburiyatlarini amalga oshirish vaqti bilan belgilanadi.
B unday m uddat
qonun hujjatlarida yoxud taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: