Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


' Благутин Д.Ю . Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

'
Благутин Д.Ю . Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий.
// Страховое дело. № 10. 2002. 58-с.


Sug'urta agenti deb sug'urtalovchining nomidan va topshirig'iga 
binoan sug'urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish 
bo'yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug'urta agenti 
hisoblanadi.
Sug'urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug'urta agenti 
bo'la olmaydilar.
Sug'urtalovchilar o'zlari vakolat bergan sug'urta agentlarining 
reestrlarini yuritishlari lozim (Sug'urta faoliyati to'g'r. Qonun. 9-modda).
Sug'urta shartnomasining predmeti bo'lib alohida turdagi xizmat 
tushuniladi. Sug'urta shartnomasining amal qilish muddatining boshlanishi 
sug'urta mukofoti yoki birinchi badalning to'lanishi bilan kuchga kiradi. 
Agar amal qilishning boshqacha muddati belgilanmagan bo'lsa, sug'urta 
shartnomasi kuchga kirganidan so'ng sug'urta hodisasiga nisbatan tatbiq 
qilinadi (FKning 947-moddasi).
Shartnoma kuchga kirgandan so'ng sug'urta xavfi yo'qolsa, 
muddatidan oldin bekor bo'ladi:
- sug'urtalangan mol-mulk yuz berishi mumkin bo'lgan sug'urta 
hodisasidan boshqa sabablarga ko'ra nobud bo'lsa;
- tadbirkorlik xavfini yoki shu faoliyat bilan bog'liq fuqaroviy 
javobgarlik xavfini sug'urtalagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini 
belgilangan tartibda to'xtashi bilan sug'urta qildiruvchi sug'urta 
shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug'urtalovchiga 
to'langan sug'urta mukofoti, boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa 
qaytarib berilmaydi.
Shartnomaning shakli - yozma bo'lib, bu talabga rioya etilmasa, 
shartnoma haqiqiy emas deb topiladi.
Sug'urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoki sug'urtalovchi tomonidan 
sug'urta qildiruvchiga uning yozma yoki og'zaki arizasiga muvofiq 
sug'urtalovchi imzolagan, sug'urta shartnomasining shartlarini o'z ichiga 
olgan sug'urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi) ni topshirish 
yo'li bilan tuzilishi mumkin. Bu holatda sug'urta qildiruvchining 
sug'urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi 
sug'urtalovchidan ko'rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug'urta 
mukofoti to'lash yoki sug'urta mukofoti bo'lib-bo'lib to'langanda birinchi 
badalni to'lash orqali tasdiqlanadi (FKning 927-moddasi).
Shuningdek, sug'urtaning alohida turlari bo'yicha sug'urtalovchi 
o'zi ishlab chiqqan standart shakllarini (sug'urta polisi) taqdim etishi 
mumkin.
Sug'urta polisi (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya) - sug'urta


shartnomasini tasdiqlovchi, sug'urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan 
hujjat. Polis shartnomaning hamma muhim shartlarini o‘zida mujassam 
etishi shart. Sug'urtalovchi tomonidan imzolanib, sug'urtalovchining, 
sug‘urta qildiruvchining, naf oluvchining, sug'urtalangan shaxsning nomi 
va manzili, sug'urta obyekti, sug'urta xavfi, sug'urta pulining miqdori, 
hamda shartnoma muddati ko'rsatilishi kerak.
Polis bir gallik va bosh polis boiishi mumkin. Bir gallik sug'urta 
polisida odatda bitta pred m et b o 'y ic h a su g 'u rta shartnom asi 
rasmiylashtiriladi. Bosh polis bo'yicha sug'urtalash esa bir turdagi mol- 
mulk turli turkumlarini muayyan muddat davomida bir xildagi shartlarda 
muntazam sug'urtalash tushuniladi (FKning 928-moddasi, 1 qismi).
Bosh polis bilan sug'urtalash faqatgina mol-mulkni sug'urta qilishda 
qo'llash mumkin. Shaxsiy va mulkiy sug'urtada bir gallik sug'urta polisi 
qo'llaniladi. Agar shartnomada ko'rsatilgan boisa, shaxsiy va mulkiy 
sug'urtada qoilanilishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi bosh polisning ta’sir doirasida boiadigan mol- 
mulkning har bir turkumi to'g'risida sug'urtalovchiga bunday polisda 
shartlashilgan maiumotlarni unda nazarda tutilgan muddatda, agar 
muddat nazarda tutilmagan boisa, ular olingandan keyin darhol xabar 
qilishi shart. Agar bunday maiumotlarni olish paytigacha sug'urtalovchi 
toiashi lozim boigan zarar ko'rish ehtimoli o'tib ketgan boisa ham, 
sug'urta qildiruvchi bu majburiyatdan ozod boimaydi.
Bosh polis bo'yicha sug'urtalashda doimo mulklaming o'zgarishi ro'y 
berib, mol-mulkning bir qismi shartnomadan chiqib ketsa, o'rniga 
boshqalari keladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan sug'urta badallari 
toiab borilishi kerak.
Sug'urta qildiruvchining talabiga binoan sug'urtalovchi bosh polisning 
ta’sir doirasida boiadigan mol-mulkning alohida turkumlari bo'yicha 
sug'urta polislarini berishi shart (FKning 928 - moddasi 2- va 3- qismlari).
Sug'urta shartnomasining shartlari nafaqat shartnomada yoki sug'urta 
polisida belgilanishi, balki sug'urta qoidalari bilan ham belgilanishi 
mumkin.
Sug'urta qoidalari - sug'urtalovchi yoki sug'urtalovchilar birlashmasi 
tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi 
sug'urtaning standart qoidalardir. Bu qoidalar ko'p marotaba qo'llanishga 
moijallangan boigani uchun standartlashtirilgan.
Sug'urta qoidalarida mavjud boigan va sug'urta shartnomasi matniga 
kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar 
qoilanilishi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan va qoidalaming o'zi shartnoma


(polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan 
yoxud unga ilova qilingan bo‘lsa, sug'urta qiluvchi (naf oluvchi) uchun 
majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sug'urta 
qildiruvchiga sug'urta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan 
tasdiqlab qo'yilishi lozim (FKning 930-moddasi, 2- qismi).
Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi va 
sug'urtalovchi sug'urta qoidalarining ayrim bandlarini o'zgartirish yoki 
chiqarib tashlash va qoidalarda bo'lmagan bandlarni shartnomaga kiritish 
to'g'risida kelishishlari mumkin (FKning 930-moddasi, 3- qismi).
Shuningdek, sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) o'z manfaatlarini 
himoya qilib, sug'urta shartnomasida (polisida) ko'rsatib o'tilgan tegishli 
turdagi sug'urta qoidalarini, ushbu qoidalar 930-moddaga ko'ra majburiy 
bo'lmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli.
Shartnomaning muhim shartlari shartnoma mazmunini tashkil 
qilganligi uchun aw alo ushbu shartlami ko'rib chiqish maqsadga muvofiq 
bo'lar edi.
Shartnomaning muhim shartlari FKning 929-moddasida o'z aksini 
topgan:
1) sug'urta obyekti bo'lgan muayyan mol-mulk yoki boshqa mulkiy 
manfaat;
2) sug'urta hodisasi;
3) sug'urta puli;
4) sug'urta tovoni miqdori;
5) sug'urta mukofoti miqdori va uni to'lash muddatlari;
6) shartnomaning muddati.
Sug'urta obyekti bo'lib nafaqat fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va 
mol-mulki, balki hozirgi kunda javobgarlik majburiyatlari, tadbirkorlik 
xavfi va yana bir qator manfaatlar ham bo'lishi mumkin.
Sug'urta shartnomasi obyektlarining shartnoma tuzilayotgan vaqtdagi 
holati muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda, sug'urta shartnomasi 
obyektin in g holati, joylashish sharoiti tufayli, shaxsiy sug'urta 
shartnomasida esa sug'urtalanuvchi shaxsning sog'lig'i holati, sug'urta 
xavfini baholashga, uning m iqdorini o'zgartirishga yoki sug'urta 
shartnomasini umuman tuzmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Albatta, bu 
haqda, Fuqarolik kodeksning 932-moddasida sug'urtalanuvchining sug'urta 
xavfini baholash huquqi belgilangan bo'lib, unga ko'ra, mol-mulkni 
sug'urtalash shartnomasi tuzilayotganda, sug'urtalovchi sug'urtalanayotgan 
mol-mulkni ko'zdan kechirishga, zaruriyat bo'lgan taqdirda uning haqiqiy 
qiymatini belgilash maqsadida ekspertiza tayinlashga haqli.


Shaxsiy sug'urta shartnomasi tuzilayotganda esa, sug'urtalovchi 
sug'urta qilinayotgan shaxs sog'lig'ining haqiqiy holatini aniqlash uchun 
uni tekshirtirishga haqli. Agar, sug'urtalovchi, ushbu tekshiruv davomida 
sug'urta qilinishi lozim bo'lgan obyektlarda sug'urta shartnomasi 
tuzmaslikka asos bo'ladigan holatlarni aniqlasa, sug'urta shartnomasini 
tuzishdan bosh tortishga haqli bo'ladi.
S u g'u rta kom paniyalari va idoralarining asosiy vazifalari, 
fuqarolardan yoki yuridik shaxslardan undiriladigan majburiy va ixtiyoriy 
sug'urta badallari bilan o'z zahiralarini boyitish emas, balki, baxtsiz 
hodisalar, tijorat tavakkalchiligi va boshqa hodisalar tufayli moliyaviy 
qiyinchilikka tushib qolgan sug'urtalanuvchilarga sug'urta qoplamalarini 
to'lash orqali yordam berishdan iborat.
Shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha chet el davlatlarining 
tajribasiga nazar soladigan bo'lsak, Germaniyada, aholining yoshi 
chegaralanmaganligini, aksincha, sug'urtalanyotgan shaxsning yoshiga, 
ya’ ni sug'urta xavfini oshib borishiga qarab, sug'urta badallari 
miqdorining oshib borishini kuzatamiz1.
Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha, 
qishloq xo'jalik ekinlari, sug'urta obyektlari hisoblanib, ularning qanday 
joyga ekilganligi shartnoma tuzish yoki tuzmaslikka asos bo'ladi. Agar 
ekinlar sho'r, suvsiz va hosildorligi kam yerlarga ekilgan bo'lsa, sug'urta 
idorasi xodimlari, shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Fuqarolarning uy-joyini ixtiyoriy sug'urta qilish to'g'risidagi 
qoidalarga asosan, agar uy-joylar qarovsiz ahvolda, yoki qulab tushish 
ehtimoli bor erlarda bo'lsa, ularni sug'urtalashga yo'l qo'yilm aydi2. 
Sug'urta obyektiga berilgan ta’rifda, fuqarolarning mol-mulki va sog'lig'i 
sug'urta obyekti bo'ladi deb hisoblansa-da, sug'urta hodisasi xavfi yuqori 
bo'lganligi sababli bunday obyektlar sug'urtalanmaydi.
Sug'urta shartnomasining obyektlari, shartnoma mazmuniga qarab 
turlicha bo'lishi mumkin. Agar shartnoma turlariga qarab sug'urta 
obyektlarini bo'ladigan bo'lsak, ularni mulkiy va mulk bilan bog'liq 
bo'lm agan shaxsiy obyektlarga ajratishim iz mum kin. Masalan, 
shartnomadan kelib chiqadigan javobgarlikni sug'urta qilish shartnomasi 
bo'yicha, shaxsning shartnomada belgilangan javobgarligi sug'urta obyekti

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish