Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.Vorislikka chaqirish navbatlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§.Vorislikka chaqirish navbatlari
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-1141-moddalarida 
qonun bo'yicha vorislikka chaqirish navbatlari belgilab qo'yilgan.
N avbat bilan m eros q old iru v ch in in g avlod va ajd od lari, 
farzan dlik ka olin gan lar, ularning a vlod la ri, q on -q a rin d osh lik
munosabatlari bilan bog'langan boshqa shaxslar, qonun bo'yicha vorislik 
huquqiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari meros qoldiruvchining 
qaram og'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz boqimlari ham qonun 
bo'yicha merosxo'r bo'lish huquqiga ega.
Qonun bo'yicha vorislarning har bir navbati awalgi navbatdagi 
merosxo'rlar bo'lmaganda, yoki merosdan chetlashtirilganda, shuningdek
merosni qabul qilib olmagan yoki undan voz kechganda vorislik huquqiga 
ega bo'ladilar.
Birinchi navbatdagi merosxo'rlar. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik 
kodeksining 1135-moddasida belgilab qo'yilgan fuqarolar. Bular - meros


qoldiruvchining bolalari, shuningdek, farzandlikka olingan bolalar, eri 
(xotini) va ota-onasi, shu jumladan farzandlikka oluvchilar, teng ulushlarda 
qonun bo'yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo'ladilar. 
Shuning bilan birga, meros qoldiruvchi hayotligida homila bo'lib, u 
vafot etgandan so'ng 300 kun mobaynida tirik tug'ilgan bolalari ham 
birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Meros qoldiruvchining bolalari qonun bo'yicha vorislik huquqiga 
ega bo'lishlari uchun, avvalo, ular qonuniy nikohda bo'lgan ota- 
onalardan tug'ilgan bo'lishlari kerak. Bunday bolalar ham ota vafotidan 
so'ng, ham ona vafotidan so'ng birinchi navbatda vorislik huquqini 
qo'lga kiritadilar. Qonuniy nikohda bo'lmagan shaxslardan tug'ilgan 
bolalar, qonunda belgilangan tartibda otaligi aniqlangan hollarda, 
birinchi navbatda qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kiradilar va 
ham ota, ham onadan meros olish huquqiga ega bo'ladilar. Otaligi 
belgilanmagan bolalar esa, faqatgina onalari vafot etganda, undan 
qolgan meros mulkka birinchi navbatda qonun bo'yicha m erosxo'r 
bo'ladilar. Ammo meros qoldiruvchining qaramog'ida, uning boqimida 
bo'lgan bolalar, FKning 1139- yoki 1141-moddalarda ko'rsatilgan 
asoslarda merosxo'r bo'lishlari mumkin.
Qonuniy nikohda turgan vaqtda tug'ilib, keyinchalik bu nikoh 
haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bu hoi bolalarning merosxo'r bo'lish 
huquqiga ta’sir etmaydi. Bolalarning nasl-nasabini belgilash O'zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksining X bobida belgilangan qoidalar asosida 
amalga oshiriladi.
O'gay bolalar o'gay otaning yoki o'gay onaning merosxo'rlari bo'la 
olmaydilar. Bular faqat mehnatga layoqatsiz bo'lib, meros qoldiruvchi 
o'gay ota yoki o'gay onaning boqimida bo'lgan taqdirda vorislikka 
chaqirilishlari mumkin. Xuddi shuningdek, o'gay ota, o'gay onalar ham 
o'gay bolalardan meros olish huquqiga ega emaslar.
Farzandlikka 
olinganlar qonunda 
belgilangan 
tartibda 
rasmiylashtirilgan hollardagina qonun bo'yicha voris bo'la oladilar. 1926- 
yil 1- martgacha rasmiylashtirilmasdan farzandlikka olinganlar, ularning 
ota-onalari sifatida yozilgan yoki yozilmaganidan qat’iy nazar, qonun 
bo'yicha meros olish huquqiga ega bo'ladilar.
Bolalarning ota-onalaridan keyin merosxo'r bo'lishlari uchun zarur 
bo'lgan shartlar ota-onalaming ham bolalaridan keyin merosxo'r bo'lishlari 
uchun zarur shartlardan hisoblanadi. Meros qoldiruvchining tug'ilish 
guvohnomasida ota va ona sifatida yozilgan shaxslar qonun bo'yicha 
birinchi navbatda vorislikka chaqiriladilar.


Demak, nikohga kirgan er yoki xotinning har birining birinchi 
nikohdan tug'ilgan bolalari, qoida sifatida, faqat o‘zlarining ota-onalari 
mol-mulkiga birinchi navbatda qonun bo‘yicha voris bo‘la oladilar. Er 
yoki xotin vafot etganda, faqatgina qayd qilingan nikohda yoki qayd 
qilingan nikohga tenglashtirilgan nikohda bo'lgan hayot qolgan er yoki 
xotin qonun bo'yicha birinchi navbatda merosxo'r bo'ladi.
Qonun bilan yo'l qo'yilgan ayrim hollarda er-xotinlik munosabatlari 
sud tartibida tasdiqlanishi ham mumkin.
Milliy chegaralanish vaqtida O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kirgan 
Xorazm va Buxoro xalq Respublikalarida 1928 yil 1 oktabrgacha, ya’ni 
O'zbekiston Respublikasining birinchi nikoh va oila kodeksi amalga 
kiritilgangacha, boshqa hududlarda 1917 yil 20 dekabrgacha, eski urf- 
odat va diniy marosimlar bo'yicha tuzilgan nikohlar qayd qilingan nikohga 
tenglashtiriladi.
Demak, bunday hollarda er va xotin biridan keyin ikkinchisi meros 
olish huquqiga ega bo'ladi.
Nikoh bekor qilinganidan keyin vafot etgan er yoki xotin qonunda 
nazarda tutilgan, mehnatga layoqatsiz boqimda bo'lganligi uchun voris 
bo'lishi mumkin.
Qonun bo'yicha ikkinchi navbat merosxo'rlar. FKning 1136-moddasida 
belgilab qo'yilgan meros qoldiruvchining tug'ishgan hamda ona bir-u 
ota boshqa yoki ota biru ona boshqa aka-ukalari va opa-singillari qonun 
bo'yicha ikkinchi navbat vorislar jumlasiga kiradilar.
Bundan tashqari, meros qoldiruvchining ham ota, ham ona tarafdan 
bobosi va buvisi qonun bo'yicha ikkinchi navbatda teng ulushlarda meros 
olish huquqiga ega bo'ladilar.
Meros qoldiruvchining ona tomondan bobosi va buvisi har qanday 
holatda ham o'zlarining nabiralaridan meros olish huquqiga ega, ammo 
meros qoldiruvchining ota tomondan bobosi va buvisi vafot etgan nabirasi 
bilan uning otasi o'rtasidagi yuridik bog'lanish qonuniy bo'lgan 
hollardagina voris bo'lish huquqini qo'lga kiritadilar. Boshqacha qilib 
aytganda, meros qoldiruvchi bilan uning otasi o'rtasidagi munosabat -
ota-onalik munosabati qonuniy nikoh munosabatlaridan kelib chiqqan 
taqdirda yoki meros qoldiruvchiga nisbatan otalik qonunda belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan hollardagina ota tomondan bo'lgan bobo va 
buvilari meros qoldiruvchi nabiralarining meros mulkiga ikkinchi navbatda 
qonun bo'yicha merosxo'r bo'la oladilar.
Qonun bo'yicha uchinchi navbat merosxo'rlar. FKning 1137-moddasiga 
asosan meros qoldiruvchining tug'ishgan amakisi, tog'asi, ammasi, xolasi 
teng ulushlarda meros olish huquqiga ega.


Qonun bo'yicha uchunchi navbat vorislikka chaqirilish uchun, 
birinchi va ikkinchi navbat vorislarning umuman bo'lmasligi yoki ular 
meros olishdan voz kechgan bo'lishlari, shuningdek, qonunda belgilangan 
tartibda merosdan chetlashtirilgan bo‘lishlari kerak.
Qonun bo'yicha to'rtinchi navbatda vorislik. FKning 1138 moddasiga 
asosan to'rtinchi navbat vorislik huquqi meros qoldiruvchining oltinchi 
darajagacha (oltinchi darajaning o'zi ham) qarindoshlariga o'tadi. Bu navbat 
bo'yicha meros olishda meros qoldiruvchining yaqinroq qarindoshlari 
uzoqroq qarindoshlariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Q arindoshlik deb, ikki yoki bir necha shaxslar o'rtasidagi 
tug'ishganlik, qon-qarindoshlik tizimi tufayli huquq va majburiyatlarning 
yuzaga kelishi, o'zgarishi yoki tugashiga bog'liq bo'lgan qarindoshlik 
aloqasiga aytiladi.
Qarindoshlikning uzoq-yaqinligi uning chiziqlari shajaralari va 
darajalari bilan belgilanadi.
Bir shaxsning bevosita boshqa shaxsdan tarqalishi darajani belgilaydi. 
Har bir yangi tug'ilish bilan yangi daraja paydo bo'ladi.
Bir necha uzluksiz qarindoshlik darajalarining aloqasi qarindoshlik 
shajarasi deb ataladi. To'g'ri chiziqlar yuqoriga qarab tutashgan va pastga 
qarab tutashgan bo'ladi. To'g'ri chiziq bo'yicha qarindoshlikda bolalardan 
ota-onalariga yoki, aksincha, ota-onalaridan bolalariga qarab hisob olib 
borishi yuqori tomondan yoki pastki tomondan tug'ilish bo'yicha kelib 
chiqqan qarindoshlar kiradi. Shunga asosan, yuqoriga qarab to'g'ri chiziq 
bo'yicha ajdodlar shajarasiga ota-ona, bobo-buvi, katta bobo, katta 
buvi va hokazolar qiradi. To'g'ri chiziq bo'yicha pastga qarab avlodlar 
shajarasiga o'g'il-qizlar, nabiralar, chevaralar, evaralar va hokazolar 
kiradilar.
Hammalari uchun umumiy bo'lgan, uchinchi shaxsdan, ya’ni katta 
bobo-buvilardan kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadilar. Bunga 
aka-uka, opa-singil va ularning bolalari, ota-onaning aka-ukalari va 
opa-singillari hamda ulardan kelib chiqqan qarindoshlar, bobolar va 
buvilaming aka-uka va opa-singillari va boshqalar yon chiziq bo'yicha 
qarindoshlar hisoblanadilar.
To'g'ri chiziq bilan tutashgan qarindoshlar hamma vaqt yon chiziq 
bo'yicha tutashgan qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdirlar.
Ikki shaxs o'rtasida yon chiziq bo'yicha qarindoshlikning yaqinligini 
aniqlashda shu shaxsning o'zini hisobga qo'shmasdan turib, darajalaming 
soni va undan tug'ilishlar hisobga olinishi kerak.
Hisob to'g'ri chiziq bo'yicha yuqoriga qarab tutashgan, ular uchun


umumiy bo'lgan uchinchi shaxsga, undan esa pastga - ulardan ikkinchisiga 
qarab olib boriladi.
Bir ota va bir onadan tug'ishgan qondosh aka-ukalar, opa-singillar 
qarindoshlikning ikkinchi darajasida turadilar. Amaki, tog'a, jiyani bilan, 
amma va xola jiyan i bilan uchinchi darajada, am akivachcha, 
tog'avachcha, xolavachcha va hokazolar qarindoshlikning to'rtinchi 
darajasida turadilar.
3-§. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari
Mehnatga qobiliyatsiz meros qoldiruvchining boqimida bo'lgan 
shaxslar ikki guruhga bo'linadilar va ikki tartibda meros oladilar.
Birinchidan, meros qoldiruvchining boqimida bo'lgan mehnatga 
qobiliyatsiz shaxslar FKning 1141-moddasi asosida meros olish huquqiga 
ega bo'lmasalar; fuqarolik kodeksining 1139-moddasi tartibida beshinchi 
navbatdagi qonun bo'yicha vorislik huquqiga ega bo'ladilar.
Ikkinchidan, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil 
uning qaramog'ida bo'lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga 
qobiliyatsiz shaxslar qonun bo'yicha merosxo'rlar jumlasiga kiradilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2000- yil 22- dekabrda 
«Meros huquqiga oid qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida» 
gi 33-son Plenum qarorining 4-moddasida fuqarolik kodeksining 1139 
va 1141-moddalarida ko'rsatilgan meros qoldiruvchining mehnatga 
qobiliyatsiz boqimlarni uch toifasini bir-biridan ajratish lozimligini 
ko'rsatadi.
Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi, 1-qismida ko'rsatilgan boqimlar 
(1-toifa) bo'lish uchun, birinchidan, ular meros qoldiruvchining vafotiga 
qadar kamida bir yil uning qaramog'ida bo'lishi, ikkinchidan, u bilan 
birga yashagan bo'lishi, uchinchidan, mehnatga qobiliyatsiz bo'lishi kerak.
FKning 1141-moddasi, 2-qismida ko'rsatilgan boqimlar (2-toifa) 
bo'lishi uchun, birinchidan, fuqarolik kodeksining 1136-1138-moddalarida 
ko'rsatilgan merosxo'rlar jumlasiga mansub bo'lgan meros qoldiruvchining 
ikkinchi, uchinchi, to'rtin ch i navbatdagi m erosxo'rlari bo'lishi, 
ikkinchidan, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning 
qaramog'ida bo'lishi, uchinchidan, mehnatga qobiliyatsiz bo'lishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 1139-moddasida ko'rsatilgan boqimlar (3- 
toifa) bo'lishi uchun, birinchidan, meros qoldiruvchining qarindoshlari 
jumlasiga kirmaydigan, ikkinchidan, merosxo'r bilan birga yashamagan 
yoki bir yil muddatdan kam yashagan, uchinchidan, hayot kechirishi


uchun birdan bir manba sifatida meros qoldiruvchining qaramog‘ida 
bo‘lib, undan doimiy moddiy yordam olib turgan mehnatga qobiliyatsiz 
shaxs bo'lishi kerak.
Birinchi va ikkinchi toifadagi boqimlar vorislikka chaqiriladigan 
navbatdagi merosxo'rlar bilan birgalikda vorislikka chaqiriladilar va 
merosxo‘rlar bilan birgalikda meros oladilar, ammo ularning meros 
mulkidan oladigan ulushlari meros mulkning to‘rtdan bir qismidan 
oshmasligi kerak. Merosxo'rlar bo'lmaganda, bu toifadagi boqimlar 
mustaqil ravishda qonun bo'yicha merosxo'rlar hisoblanib meros mulkini 
to'la oladilar.
Uchinchi toifadagi boqimlar beshinchi navbatdagi merosxo'rlar 
bo'lganligi sababli oldingi navbatdagi vorislar bo'lmaganda vorislikka 
chaqiriladilar va meros mulkida shu navbatdagi merosxo'rlar bilan teng 
ulushda meros oladilar.
Qonun bo'yicha mehnatga qobiliyatsizlar o'n sakkiz yoshga 
kirmagan, voyaga etmaganiar, birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh 
nogironlar, oltmish yoshga kirgan erkaklar, ellik besh yoshga to'lgan 
ayollar, tibbiy xulosa bilan mehnatga layoqatsiz, nogiron deb topilgan 
shaxslardan iborat bo'ladi.
Ayrim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yoshi etmasdan 
imtiyozli tartibda nafaqa olayotgan shaxslar mehnatga layoqatsiz 
hisoblanmaydilar. Bularning mehnatga qobiliyatsizligi faqat tibbiy mehnat 
komissiyalarining xulosasi bilan belgilanadi. Yoshi yoki nogironligi ularning 
nafaqa daftarchalariga asosan aniqlanadi.
Meros qoldiruvchining qaramog'ida bo'lishini, birga yashashini 
va muddatini aniqlash tegishli fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish 
organlari, mahalla va uy-joy qo'mitalari, ijtimoiy ta’minot idoralari, 
ijtimoiy himoya organlari va boshqa tashkilotlar, jamoatlardan talab 
qilib olingan hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, meros 
qoldiruvchining qaramog'ida bo'lish fakti sudning qarori bilan ham 
aniqlanishi mumkin.
«Meros qoldiruvchinin qaramog'ida bo'lishlik deganda, - deyiladi 
33-son Plenum qarorining 5-moddasida, - uning tomonidan berib turilgan 
moddiy yordam shaxsning hayot kechirishi uchun biron-bir asosiy va 
doimiy manba bo'lishini nazarda tutmoq lozim. Davriy, vaqti-vaqti bilan 
berib turilgan moddiy yordam meros qoldiruvchining qaramog'ida bo'lish 
faktini belgilash uchun asos b o'lm aydi. M oddiy yord am m eros 
qoldiruvchining vafotigacha uzluksiz berilgan bo'lishi shart».
Agarda meros qoldiruvchining boqimida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz


shaxs FKning 1136-1138-moddalari taitibida qonun bo'yicha merosxo'rlar 
jumlasiga kirgani holda, vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo'rlari 
doirasiga kirmagan bo'lsa, ham meros qoldiruvchining vafotiga qadar 
kamida bir yil uning qaramog'ida bo'lgan bo'lsa, meros qoldiruvchi bilan 
birga yashagan-yashamaganligidan qat’iy nazar, ana shu vorislikka 
chaqiriladigan navbatning merosxo'rlari bilan birgalikda meros oladilar.
Fuqaro «Е» vafot etgandan so'ng uning o'g'li «S» va xotini «В» 
birinchi navbat merosxo'rlar sifatida, notariusga murojaat qilib meros 
mulkning barchasini ikkovlariga berish haqida merosga bo'lgan huquq 
guvohnomasini berishni so'raganlar. Notarius «Е» ning ota tomonidan 
bobosi-81 yashar, uning xotini 75 yashar, meros qoldiruvchining 
qaramog'ida bo'lib, uning bergan yordami birdan-bir hayot kechirish 
manbayi bo'lganligini aniqlab, ularni ham vorislikka chaqirib, meros 
mulkni teng ulushlarda taqsimlash to'g'risida to'g'ri qaror qilgan.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish