Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Litsenziya shartnomalari va ularning turlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6-§. Litsenziya shartnomalari va ularning turlari
Litsenziya shartnomasi bo'yicha intellektual faoliyati natijasiga yoki 
xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarga nisbatan mutlaq huquqqa


ega bo'lgan tarafga (litsenziyaga) tegishli intellektual mulk obyektidan 
foydalanishiga ruxsat beriladi.
Litsenziya shartnomasi intellektual mulk obyektlaridan uchinchi 
shaxslaming foydalanishiga imkon beruvchi muhim fuqarolik huquqiy 
vosita hisoblanadi. Litsenziya shartnomasi intellektual mulk obyektidan 
foydalanishga ruxsat berish haqidagi kelishuv hisoblanadi. Mulk egasi 
(patent egasi, tovar belgisi sohibi, mualliflik huquqi obyekti sohibi, 
oshkor etilmagan axborotlar egasi) ning huquqiy muhofaza ostidagi 
obyektdan foydalanish o'ziga tegishli huquqlarni belgilangan tartibda 
va m a’lum shartlar asosida uchinchi shaxslarga berishga litsenziya 
(ruxsatnoma) deyiladi. (Qarang: Grajdanskoe pravo. М., izd. Bek, 1994. 
248— 249-b.).
Litsenziya shartnomasi o'zining huquqiy tabiatiga ko'ra an’anaviy 
olish-sotish va m ulkiy ijara belgilariga o'x sh a b ketsa ham bu 
shartnomalardan o'ziga xos jihatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, 
olish-sotish va mulk ijarasi shartnomalari sotuvchining 
yoki ijaraga beruvchining mulk huquqiga yoki ashyoviy huquqiga 
asoslanadi. Litsenziya shartnomasi esa litsenziya beruvchining intellektual 
mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqiga asoslanadi.
Ikkinchidan, 
olish-sotish yoxud mulkiy ijara asosida ashyo oluvchiga 
yoki ijaraga topshiriladi va bu ashyoga nisbatan bir vaqtning o'zida ikki 
taraflama egalik qilish mumkin. Mutlaq huquq obyektini esa ko'p hollarda 
topshirishga hojat yo'q: ixtiro, sanoat namunasi mazmuni yoki tovar 
belgisi tasviri e’lon etilgan va hamma u bilan tanishishi, xabardor bo'lishi 
imkoniga ega. Bu obyekt bir vaqtning o'zida litsenziya beruvchi (litsenziar) 
tomonidan ham, nomuayyan doiradagi uchinchi shaxslar (litsenziatlar) 
tomonidan ham foydalanilishi mumkin. Ushbu xususiyatlardan kelib 
chiqqan holda, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha FKning tovarni topshirish 
yuzasidan sotuvchining m a jbu riyatla ri (F K ning 388-m oddasi), 
sotuvchining sotilgan tovarni saqlash majburiyati (FKning 391-moddasi), 
sotuvchining tovar kamchilik-nuqsonlari uchun javobgarligi (FKning 409- 
moddasi) va shu kabi mulkiy ijara shartnomasi bo'yicha qator qoidalarni 
litsenziya shartnomasi bo'yicha amalda qo'llab bo'lmaydi.
Litsenziya shartnomasining predmeti bo'lib huquqiy muhofaza ostidagi 
ijodiy faoliyat natijasi (fan, adabiyot, san’at asarlari, kom p’yuter 
dasturlari, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va hokazo) yoki xususiy 
alomatlarni aks ettiruvchi vosita (firma nomi, tovar, xizmat ko'rsatish 
belgisi) hisoblanadi. FKning 1109-moddasi 3-qismiga asosan, tovar 
chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi litsenziya shartnomasi


predmeti bo‘la olmaydi. Shartnomada qatnashuvchi taraf — intellektual 
mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq sohibi — litsenziar hisoblanadi. 
Mutlaq huquq egasining huquqlari qonuniy asosga ko‘ra vujudga kelgan 
yoki vakolatli davlat idorasi bergan huquqiy muhofaza yorlig‘i bilan 
guvohlantirilgan bo'lishi shart. Shartnomada qatnashuvchi boshqa taraf
— intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsatnoma olgan shaxs
— litsenziat deb ataladi.
Litsenziya shartnomasida beriladigan huquq, foydalanish chegaralari 
va muddatlari aniq belgilab qo'yilishi lozim.
Yuqorida ko'rsatilganday, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq 
huquqlar doirasi nihoyatda keng va rang-barang. Bunday huquqlar shartli 
ravishda uch guruhga bo'linishi mumkin: huquq egasining obyektdan 
shaxsan foydalanishi, boshqalarga foydalanishga ruxsat berishi, 
boshqalarning foydalanishini taqiqlab qo'yishi. Ayni vaqtda bu huquqlar 
ham turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin: o‘zi foydalanishi, 
boshqaga ham foydalanishga ruxsat berishi; faqat o‘zi foydalanishi; o‘zi 
foydalanmay, boshqaga foydalanishga ruxsat berishi. Boshqaga foydalanishga 
ruxsat berishda bunday foydalanish hududi, foydalanish hajmi va miqyoslari 
(o‘zi xohlaganday ma’lum texnologik jarayon yoki ishlab chiqarishda, 
ma’lum mahsulotga nisbatan va hokazo) ham aniq belgilab qo‘yilishi lozim.
Litsenziya shartnomasida litsenziya asosida litsenziatning intellektual 
mulk obyektidan foydalanish muddati aniq belgilab qo'yilishi lozim. Bu 
muddat litsenziya berilgan vaqtdan boshlab, obyektni huquqiy muhofaza 
qilish muddati doirasidan qisqa bo'lishi shart. Masalan, ixtiroga berilgan 
patent 20 yil amal qiladi, aytaylik, ushbu ixtirodan foydalanishga litsenziya 
berilganda, patentning amal qilish muddati 10 yil qolgandi. Litsenziya 
muddati ana shu qolgan muddatdan qisqa bo'lishi shart. Agarda obyektdan 
foydalanishga berilgan ruxsatnoma muddat bilan chegaralanmagan, ya’ni 
obyektning huquqiy muhofaza muddati davomida amal qiladigan bo'lsa, 
u holda foydalanish litsenziya shartnomasi orqali rasmiylashtirilmaydi, 
bunda FKning 1035-moddasi 1-qismi qoidalari qo'llaniladi.
Litsenziya shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnoma 
hisoblanadi. Odatda litsenziya shartnomasi bo'yicha haq to'lashda ikki xil 
shakl keng qo'llaniladi: bir vaqtning o'zida haqning hammasini to'lash 
(paushal to'lov) va litsenziya asosida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki 
sotilgan tovardan olingan daromadlardan hissa ajratib berib turish (royalti). 
Ba’zan har ikkala shakl birgalikda qo'llaniladi. Bunda dastlab kafolatlangan 
qat’iy miqdordagi haq va keyinchalik haq belgilangan davrda foydadan 
ulush ajratish. Ba’zi hollarda haq natura shaklida ham olinishi mumkin.


To‘lovning shakli taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.
Litsenziya shartnomasi asosida litsenziatga quyidagilarning berilishini 
nazarda tutish mumkin:
- intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish 
huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan 
holda (oddiy mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
- intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish 
huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyalarni 
berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
- qonunda yo‘1 qo'yiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni.
Oddiy mutlaq litsenziyada intellektual mulk obyektidan mutlaq
huquq egasining o‘zi (ya’ni litsenziar), litsenziat va ayni vaqgda mutlaq 
huquq egasidan ruxsat olgan boshqa uchinchi shaxslar ham foydalanish 
huquqiga ega bo'ladi. Binobarin, bunday holda litsenziat litsenziya asosida 
foydalanish ga ruxsat olgan ob yek td a m utlaq h uquq egasining 
foydalanishiga, shuningdek, litsenziat olingan litsenziya asosida oldindan 
m avjud yoki keyinchalik paydo b o ‘ luvchi boshqa litsenziatlarning 
obyektdan foydalanish huquqlariga e’tiroz bildirishga haqli emas. Bunda 
litsenziatga obyektdan boshqalar qatori foydalanish huquqi o'tadi, xolos.
Mutlaq litsenziyada o b ’ekgdan litsenziat ham, litsenziar ham 
foydalanishga haqli, biroq litsenziar boshqa uchinchi shaxslarga obyektdan 
foydalanish bo'yicha litsenziya berishga haqli emas. Binobarin, mutlaq 
litsenziya shartnomasi amal qilgan vaqtda litsenziat ham, litsenziar ham 
obyektdan foydalanishda teng hajmli huquqqa ega bo'ladi.
Qonunlarda, shuningdek, m ajburiy litsenziya, ochiq litsenziya 
berilishi shart bo'lgan litsenziya turlari ham mavjud.
«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonunning
11-moddasiga asosan patent egalari patent ro'yxatga olingan sanadan boshlab 
uch yil mobaynida sanoat mulki obyektidan foydalanmasa yoki yetarli darajada 
foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan 
foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent 
egasi litsenziya shartnomasi tuzlshdan bosh tortgan taqdirda, o'ziga majburiy 
nomutlaq litsenziya berishni so'rab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi 
mumkin. Agarda mutlaq huquq egasi sanoat mulki obyektidan 
foydalanmaganlik yoki yetarli darajada foydalanmaganlik uzrli sabablarga 
ko'ra ro'y berganligini isbotlab bermasa, sud yuqorida ko'rsatilgan shaxsga 
foydalanish doirasi hajmi, muddatlari va haq to'lash tartibini belgilagan 
holda majburiy litsenziya berishga haqli. Bunda to'lanadigan haq miqdori 
litsenziyaning bozor bahosidan kam bo'lmasligi shart


«Seleksiya yutuqlari haqida»gi Qonunning 40-moddasiga asosan agar 
patent egasi patent berilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida seleksiya 
yutug'idan O'zbekiston Respublikasida foydalanmasa hamda litsenziya 
shartnomasi tuzishni rad etsa va, agar mazkur seleksiya yutug'idan 
foydalanmaslik jamiyat manfaatlariga daxl etadigan bo'lsa, bu seleksiya 
yutug'idan foydalanish istagidagi shaxs o'ziga majburiy litsenziya berishni 
so'rab ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Majburiy litsenziya 
nomutlaq (oddiy) litsenziya tariqasida beriladi va uning egasiga patent 
egasidan dastlabki urug'lik, ko'chat yoki nasi materialini olish huquqini 
beradi. Majburiy litsenziya faqat seleksiya yutug'idan ijozat etiladigan 
uslubda va litsenziyaga muvofiq foydalanilishini ta’minlay oladigan shaxsga 
beriladi. Majburiy litsenziya patent egasining muhofaza qilinayotgan 
seleksiya yutug'idan foydalanishiga yoki seleksiya yutug'idan foydalanish 
uchun boshqa shaxsga litsenziyani berishiga to'sqinlik qilmaydi. Patent 
idorasi majburiy litsenziyalar berilganligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon 
qiladi.
Majburiy litsenziyaning yana bir ko'rinishi — berilishi shart bo'lgan 
litsenziya hisoblanadi. «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 
haqida»gi Qonunning 32-moddasiga asosan, agar patent egasi sanoat 
mulki obyektidan uning tarkibida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga 
qarashli muhofaza qilinayotgan o'zga obyekt qo'llanilishi tufayli foydalana 
olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan bu obyektdan shartnomada nazarda 
tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun litsenziya berishni talab qilishga 
haqlidir.
Intellektual mulk huquqining ba’zi obyektlariga nisbatan ochiq 
litsenziya shartlari qo'llaniladi. «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to'g'risida» gi Qonunning 32-moddasiga asosan, patent egasi 
patent idorasiga har qanday shaxsga sanoat mulki obyektidan foydalanish 
huquqini berishi haqida ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday 
tartibda olinadigan litsenziyaga ochiq litsenziya deyiladi. Ochiq litsenziya 
sotib olish istagida bo'lgan shaxs patent egasi bilan to'lovlar haqida 
shartnoma yoxud nomutlaq litsenziya berish haqida shartnoma tuzishi 
lozim. Shartnoma shartlari bo'yicha nizolar xo'jalik sudlarida ko'riladi. 
Patent egasining ochiq litsenziya berish haqidagi arizasi qaytarib olinishi 
mumkin emas.
«Seleksiya yutuqlari to‘g'risida»gi Qonunning 39-moddasiga asosan, 
patent egasi Patent idorasiga seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini 
har qanday shaxsga berish to'g'risida ariza topshirishga haqli. Bu holda 
patent yoki guvohnoma o'z kuchida saqlanganlik uchun undiriladigan


boj yoki yig'imi 50 foizga kamaytiriladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga 
bo'lgan huquqini boshqa shaxsga berish to'g'risidagi arizasi chaqirib 
olinmaydi. Ochiq litsenziya sotib olish istagini bildirgan shaxs patent egasi 
bilan to'lovlar haqida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma shartlariga 
doir nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasidan litsenziya 
olmasdan foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina 
yo'l qo'yiladi. Bunday foydalanish haq evaziga yoki tekin bo'lishi mumkin. 
Masalan, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi 
qonunning 31-moddasida belgilangan hollarda va tartibda sanoat mulki 
obyektid an avvaldan foyd a la n u vch i litsenziya olm asdan, tekin 
foydalanishga haqli. Ushbu qonunning 32-moddasi 4-qismiga asosan sanoat 
mulki obyektidan patent egasining roziligisiz mutanosib miqdorda unga 
tovon to'lagan holda foydalanilishiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat berishi 
mumkin. Bunda to'lov hajmi to'g'risida nizolar Oliy Xo'jalik Sudi 
tomonidan hal etiladi.
Litsenziya shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Sanoat mulki 
obyektlari (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar [xizmat] 
belgisi)dan foydalanish, shuningdek, seleksiya yutuqlari, nou-xaudan 
foydalanishga berilgan litsenziya Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi 
shart, aks holda, FKning 112-moddasi 1-qismiga asosan ular mutlaq 
(o'z-o'zidan) haqiqiy hisoblanmaydi. Mualliflik litsenziya shartnomasining 
o'ziga xos xususiyatlari haqvda FKning 1071-moddasida belgilab qo'yilgan. 
Garchi qonunda bevosita talab qilinmasa ham yaratilishi fakti bo'yicha 
mutlaq huquq vujudga keladigan va huquqiy muhofaza qilinadigan 
obyektlardan foydalanishga litsenziya berish haqidagi shartnomalar 
notarial tartibda guvoxlantirilmog'i maqsadga muvofiq bo'lur edi.
Litsenziya shartnomasi mazmunida quyidagilar o'z ifodasini topmog'i 
lozim: taraflarning nomlari, litsenziarning obyektga nisbatan mutlaq 
huquqlarini guvohlantiruvchi (tasdiqlovchi) hujjat haqida ma’lumotlar, 
obyektdan foydalanish bo'yicha berilayotgan huquq hajmi, foydalanish 
doirasi, uslubi, chegarasi, foydalanish muddati, haq to'lash shakli, miqdor 
va tartibi, taraflarning javobgarligi, nizolami hal etish tartibi va hokazo. 
Bundan tashqari, shartnomada litsenziarning litsenziatga berilayotgan 
huquqlaridan real foydalanishni ta’minlash majburiyati (zarur hujjatlami 
berish), buyumlar namunalari bilan topshirish, texnik yordam ko'rsatish, 
o'z mutaxassislarini yuborish, maxsus qurilmalar, asbob-uskunalar
xomashyo bilan ta’minlash va shu kabilar ko'zda tutilishi mumkin. Bundan


tashqari, litsenziar litsenziya uchun asos bo'lgan patentning amal qilinishini 
ta’minlash (bojlarni to'lab turish, uchinchi shaxslar da’volaridan himoya 
qilish), litsenziat tomonidan texnik shartlarga va yo'l-yo'riqlarga rioya 
qilgan holda litsenziya asosida mahsulot ishlab chiqarishni texnik jihatdan 
amalga oshirish mumkinligi va zarur ko'rsatkichlarga erishysh uchun 
javobgardir. Ba’zi hollarda litsenziya shartnomasining eng muhim 
shartlaridan biri bo'lib, taraflar tomonidan patentlarga taalluqli 
ma’lumotlarning sir saqlanishi hisoblanadi. Shartnomada bu majburiyatni 
buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
Intellektual mulk obyektlarining ba’zi birlari bo'yicha litsenziya 
shartnomasida nazarda tutilishi majburiy bo'lgan shartlar qonunda 
bevosita ko'rsatilgan. Masalan, FKning 1111-moddasi 2-qismiga asosan, 
firm a nomidan foydalanishga litsenziya berilganda shartnomada 
iste’molchini chalg'itib qo'yishni istisno etuvchi ishoralar shart qilib qo'yilishi 
lozim. Mahsulot (xizmat) belgisi haqidagi qonunning 21-moddasi 3-qismiga 
asosan, tovar belgasidan foydalanish huquqidan boshqa shaxsga litsenziya 
asosida foydalanishga berilganda shartnomada litsenziar mahsulotining 
sifatidan past bo'lmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilayotganligini 
nazorat etib turishi haqida shart bo'lishi lozim.
Agarda litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo'lsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi. Buning ma’nosi shundan 
iboratki, litsenziya shartnomasida litsenziar tomonidan intellektual mulk 
obyektidan foydalanish huquqini berish ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. 
Ushbu obyektdan litsenziarning o'zi foydalanishi va boshqalarga 
foydalanishga ruxsat berishi haqida ko'rsatmagan bo'lsa ham bunday 
huquq mavjudligi haqidagi prezumpsiya amal qiladi. Binobarin, bunday 
shartnoma nomutlaq litsenziya shartnomasi hisoblanadi va litsenziar bunga 
e’tiroz bildirishga haqli emas.
Litsenziya oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish 
huquqini boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma sublitsenziya (ikkilamchi 
yoki hosila litsenziya) shartnomasi hisoblanadi. Litsenziya oluvchi faqat 
litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi 
tuzishga haqli. Binobarin, bunday turdagi litsenziyani faqat mutlaq va 
to'liq litsenziya egalarigina bera oladi. Bunda sublitsenziatga beriladigan 
foydalanish huquqi hajmi sublitsenziaming birlamchi litsenziya shartnomasi 
asosida litsenziat sifatida olgan huquqlari hajmidan oshmasligi shart. Asosiy 
(birlamchi) litsenziya shartnomasi haqiqiy emas deb topilganda yoki muddati 
tugaganda sublitsenziya ham o'z-o'zidan bekor bo'ladi.
Qo'shimcha (ikkilamchi) litsenziatning harakatlari uchun agar


litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, 
litsenziar oldida litsenziat javobgar bo'ladi. Masalan, qo'shim cha 
(ikkilamchi) litsenziat aybi bilan litsenziya uchun asos bo'lgan patentga 
doir m a’lumotlar, maxfiyligi saqlanmay oshkor qilinganda, asosiy 
litsenziar oldida litsenziatning o'zi javobgar bo'ladi. O'z navbatida asosiy 
litsenziar ikkilamchi (qo'shimcha) litsenziatga nisbatan regress da’vo 
huquqiga ega. Umumiy qoida bo'yicha sublitsenziatning harakatlari uchun 
asosiy litsenziar oldida litsenziat aybi bor-yo'qligidan qat’iy nazar, javobgar 
bo'ladi Litsenziya shartnomasida sublitsenziatning litsenziar oldida bevosita 
o'z harakatlari uchun javobgar bo'lishligi nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish