Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Kom pleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Kom pleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi 
m azm uni
K om pleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining mazmunini 
taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Shartnoma ikki 
tom on lam a sh a rtn om a la r toifa siga xoslig i sababli, bir ta ra fn in g
majburiyatlari ikkinchi taraf uchun huquq hisoblanadi va aksincha.
Ko'pchilik mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, kompleks tadbirkorlik 
litsenziyasi shartnomasida litsenziarning majburiyatlarini imperativ va 
dispozitiv majburiyatlarga bo'lish mumkin, hamda imperativ majburiyatlar 
shartnomaning muhim shartlarini tashkil etadi1.
A g a r im p era tiv m a jb u riy a tla m i taraflar o'zgartirish ga haqli 
bo'lmasalar, dispozitiv m ajburiyatlam i o'z xohish-irodalariga asosan 
o'zgartirishlari yoki butunlay ulardan voz kechishlari mumkin.
FKning 866-moddasiga muvofiq, litsenziar quyidagi majburiyatlarga 
ega bo'ladi:
1. Litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda 
litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha o'ziga 
berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan boshqa axborotni 
taqdim etishi, shuningdek, litsenziat va uning xodim lariga ushbu 
huquqlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan yo'l-yo'riqlar 
berishi shart;
2. Litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, 
ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlashi;


3. 
Litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami ko'rsatishi, 
shu jumladan, xodimlarni o'qitish va ularning malakasini oshirishda 
yordam berishi shart.
K om pleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziarning 
boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Sanab o'tilganlardan birinchisi va ikkinchisi imperativ xarakterga 
ega majburiyatlar boiib, birinchisi mutlaq huquqlarni topshirish, mutlaq 
huquqlardan foydalanishga doir1 texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirish 
va qo'shim cha axborotlarni berish bilan bog iiq d ir. Shu bilan birga, 
litsenziat va uning xodim lariga mutlaq huquqlarni amalga oshirish 
yuzasidan y o‘l-yo‘riqlar berish majburiyati ham imperativ xarakterga 
egadir. Chunki busiz litsenziat o'ziga berilayotgan mutlaq huquqlardan 
tadbirkorlik faoliyatida foydalanish imkoniga ega boim aydi
Litsenziatga shartnomada berilgan litsenziyalarni berish va ularni 
rasmiylashtirilishi odatda patent huquqi obyektlari berilishida ahamiyatga 
ega boiadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, franshizing shartnomasini tuzish 
bilan birga, patent huquqi obyektlari uchun alohida litsenziyalar berish 
ham talab etiladi. Aks holda patent huquqi obyektlaridan kompleks 
tadbirkorlik litsenziyasi shar tnomasi asosida tadbirkorlik faoliyatida 
foydalanishi g'ayriqonuniy deb topilishi mumkin.
Litsenziarning litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami 
ko'rsatish, hamda xodimlarni o'qitish va ularning malakasini oshirishga 
yordam berish majburiyati dispozitiv xarakterga ega. Bu m ajburiyat 
faqatgina litsenziarning o'z foydasi uchun amalga oshirilishini taqozo 
etadigan holat sifatida qaraladi. Chunki litsenziatga bu turdagi yordam 
ko'rsatish bozordagi tovarlar sifatining yaxshilanishiga va litsenziarning 
ishchanlik obro'sining oshishiga olib kelishi bilan birga, litsenziat tomonidan 
toianadigan haq miqdorining ortishiga ham sabab bo'lishi mumkin.
Litsenziar litsenziat tom onidan ishlab ch iq a rila y o tg a n tovar, 
ko'rsatilayotgan xizmat va bajarilayotgan ish sifatini nazorat qilib turishi 
lozim. Aks holda litsenziatning sifatsiz mahsuloti uchun uchinchi shaxslar 
oldida mulkiy javobgar boiishi mumkin.
Litsenziatning eng asosiy majburiyati - o'ziga foydalanish uchun 
berilgan mutlaq huquqlardan shartnomada ko'zda tutilgan maqsadlarda 
foydalanish va buning evaziga shartnomada belgilangan haqni to'lash 
majburiyatidir. Litsenziat lit.senziarga qat’iy belgilab qo'yilgan bir yo'la 
yoki davriy toiovlar, tushurndan ajratmalar, litsenziar tomonidan unga 
qayta sotish uchun yetkazib beriladigan tovarlarning ulgurji narxlariga 
ustamalar shaklida yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida


nazarda tutilgan boshqa shaklda haq to‘laydi.
Ushbu majburiyatga qo'shimcha ravishda litsenziat quyidagilarni 
o ‘z zimmasiga oladi:
1. Shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chog‘ida 
litsenziarning firma nomidan shartnomada ko'rsatilgan tarzda foydalanish. 
A gar shartnomada firma nomi yoki tijorat axborotidan foydalanishga 
nisbatan cheklashlar belgilangan bo'lsa, litsenziat ana shunday cheklashlarga 
amal qilishi lozim Masalan, shartnomada firma nomidan faqatgina tovarlarni 
sotishda foydalanish nazarda tutilgan bo'lsa, litsenziat tadbirkorlikning 
boshqa turida litsenziarning firma nomidan foydalanmasligi kerak.
Bundan tashqari litsenziat shartnomada m axfiy saqlanishi ko'zda 
tutilgan m a’lumotlarni sir saqlashi, aynan qaysi kompaniyaning firma 
n o m i, t o v a r b e lg is i va t ijo r a t s ir la r id a n fo y d a la n ib fa o liy a t
yuritayotganligini iste’molchilar ochiq-oydin bilib olish imkoniyatiga ega 
bo'lishlarini ta’minlashi shart. Shartnoma asosida sir saqlanishi lozim bo'lgan 
m a’lumotlarni litsenziar belgilab beradi. Boshqacha aytganda, litsenziar 
m axfiy saqlanishini talab qilgan har qanday m a’lumot, u nisbiy tijorat 
qiym atiga ega bo'lishi yoki bo'lm asligidan q a t’iy nazar, litsenziat 
tomonidan sir saqlanishi lozim.
2. Litsenziat shartnom a asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar, 
ko'rsatayotgan xizmatlar, bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning 
o'zi ishlab chiqarayotgan, ko'rsatayotgan yoki bajarayotgan shunday 
tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning sifatiga aniq mos bo'lishini ta’minlash. 
Masalan, litsenziar - non m ahsulotlari ishlab chiqaruvchi “ D ok a” 
kompaniyasi tomonidan tayyorlangan non mahsulotlarining og'irligi, tashqi 
ko'rinishi, sifati va mazasi bo'yicha litsenziat tomonidan tayyorlanayotgan 
non mahsulotlari yuqoridagi parametrlar bilan bir xilda bo'lishi kerak.
3. Litsenziar ning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan 
foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning 
foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yo'riqnomalari va 
ko'rsatm alariga, shu jum ladan, litsenziat shartnoma bo'yich a o'ziga 
berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat 
binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir ko'rsatmalariga ham rioya 
etish.
Litsenziat mutlaq huquqlardan foydalanishda litsenziar tomonidan 
bu huquqlar qanday usullarda amalga oshirilayotgan bo'lsa, shunday 
usullarga amal qilishi lozim. Tijorat binolaridagi yozuvlar, e ’lonlar va 
reklama afishalari, xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning kiyinishi, binoni 
bezab turuvchi turli xildagi bezak va ko'rinishlar tashqi va ichki tomondan


litsenziarning amaliyoti bilan bir xilda bo'lishi yoki litsenziar bergan 
k o'rsatm a va yo'riqn om alarga asoslangan bo'lishi zarur. Masalan, 
“ M akdonalds” kompaniyasining mutlaq huquqlaridan foydalanuvchi 
litsenziatning ovqatlanish shaxobchalari va unda xizmat ko'rsatuvchi 
xodimlarning kiyinishlari, kompaniyaning ovqatlanish shaxobchalari va 
xodimlarining kiyimlari bilan ayniy bo'lishi lozim. Bunday shartning 
qo'yilishi xaridorni bozordagi tovar, ish yoki xizmat kimga tegishli 
ekanligini darhol ilg'ab olishiga xizmat qiladi va litsenziarning ishchanlik 
obro'si saqlanib qolishiga olib keladi. Shu bilan birga, iste’molchining o'z 
huquqlari buzilganda yetkazilgan zararni kimdan undirishi kerakligini 
aniqlab olishiga yordam beradi.
4. Sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, 
ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin 
bo'lgan hamma qo'shim cha xizmatlarni ko'rsatish. Masalan, tovarni 
xaridorning uyiga olib borib berish, unga tovardan foydalanishga doir 
ko'rsatmalar va yo'riqnomalar berish, bepul maslahatlar berish va h.k.
5. Shartnomada to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan bo'lsa, shartlashilgan 
miqdorda yordamchi litsenziyalarni berish.
Qo'shim cha litsenziya berish shartnomada ko'rsatilgan hollarda 
beriladi. Odatda, qo'shimcha litsenziya kompleks tadbirkorlik litsenziyasi 
shartnomasida xalqaro litsenziar chet el davlatining butun hududida o'z 
tovar (ish, xizmat) bozorini rivojlantirish uchun mutlaq huquqlarini faqat 
bir shaxsga berganda qo'llaniladi. Franshizingning bu turi “masterlik 
litsenziyasi” - deb ataladi. Bu usul orqali litsenziat butun mamlakat bo'yicha 
franshizor (litsenziar) ga aylanadi. Xalqaro amaliyotda qo'shimcha litsenziya 
subfranshizing - deb nomlanadi1. Bundan tashqari franshizingni xalqaro 
amaliyotda qo'llaniladigan, sotish franshizingi, tovar franshizingi, ishlab 
chiqarish franshizingi, ish faoliyati franshizingi kabi turlari m avjud2.
Shartnom ada ko'zda tutilgan holatdan kelib chiqib, litsenziat 
qo'shim cha litsenziya bergan hollarda, u sublitsenziya olgan shaxsga 
nisbatan litsenziar huquqlariga ega bo'ladi. Biroq litsenziar va sublitsenziat 
o'rtasida litsenziatning majburiyatlari saqlanib qoladi. Ya’ni, sublitsenziatning 
m ajburiyatlarni bajarm asligi yuzasidan va boshqa holatlarga ko'ra 
litsenziat litsenziar oldida javobgar bo'lishi mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish