namunasi bo'yicha yoki ta’rifi bo'yicha (reklama bo'yicha) sotilganda tovar
sifati namuna yoki ta’rifga
mos kelishi lozim
Agarda qonunda belgilangan tartibga muvofiq sotilayotgan tovar
sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan boisa, tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi xaridorga ushbu majburiy
talablarga javob beradigan tovarni topshirishi shart (masalan, poliz
mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan o'tgan boiishi lozim), oziq-ovqat
mahsulotlari albatta muvofiqlik sertifikatiga ega boiishi lozim.
Tovariarning sifati talab darajasida boiishi me’zonlari boiib tovarning
kafolat muddati va tovarning yaroqlilik muddati hisoblanadi
Tovar sifatining kafolati uning mavjud talablariga javob berishi va
oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo'lishini
anglatadi. Umumiy qoida bo'yicha kafolat muddati tovar xaridorga
topshirilgan paytdan o'ta boshlaydi. Agar xaridor sotuvchiga bog'liq boigan
holatlar tu fa y li (masalan, yo'riq n om an i
yoki texnik pasportni
topshirmagani sababli) tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum
boisa, kafolat muddati o'tishi to'xtab turadi. Tovar (butlovchi buyum)
almashtirilganda kafolat muddati yangidan o'ta boshlaydi (FKning 404-
moddasi).
Qonun hujjatlarida, shu jumladan, davlat standartlarida tovar o'z
vazifasi bo'yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi, deb
hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin.
Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab
foydalanish uchun yaroqli boigan davr bilan yoki tovar foydalanish
uchun yaroqliligi aniqlanadigan son bilan belgilanadi. Yaroqlilik muddati
tugagan tovardan foydalanish inson hayoti, sogiig'i uchun xavf tug'diradi.
Shu sababli ham bunday tovarlarni sotishga yo'l qo'yilmaydi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada tovarning sifatini tekshirish
nazarda tutilgan boisa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq
amalga
oshirilishi, davlat standartlarida, texnik shartlarda va sh.k.da
majburiy talablar belgilangan bo'lsa, tovar sifati ulardagi ko'rsatmalarga
muvofiq ravishda tekshirilishi lozim. Tekshirish sotuvchi tomonidan ham,
xaridor tomonidan ham, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan ham
o'tkazilishi mumkin, biroq bunda tekshirish shartlari o'zgarmasligi lozim.
K o'p hollarda tovarlar sifatini tekshirish maxsus tuzilmalar - tovar-
ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston
Respublikasida m ahsulotlarni sertifikatlashtirish, y a ’ ni ularning
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash, guvohlantirishga oid
faoliyat bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tizimi mavjud. Bozorga sotish
uchun chiqarilgan tovarlar «muvofiqlik sertifikati» (tovarning
belgilangan
talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat), «m uvofiqlik belgisi»
(muayyan tovar aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos
ekanligini ko'rsatish uchun tovarga doir h ujjatga q o'yila d iga n ,
belgilangan tartibda ro'yxatga olingan belgi)ga ega ekanliklari ularning
sifati maxsus tekshiruvdan o'tganligini bildiradi. Sertifikatlashtirish shart
b o'lg a n tovarlar ro'yxatin i O'zbekistan Respublikasi H ukum ati
tasdiqlaydi. Odatda bunday tovarlar odamlaming sog'lig'i, hayoti, yuridik
va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar
yetkazishi m um kin b o'lg a n m ahsulotlar hisoblanadi. M a jb u riy
sertifikatlashtirilishi shart bo'lgan tovarlarni sertifikatlashtirish
o'tk a zm a sd a n tu rib sotish man q ilin a d i. Q onun ix t iy o r iy
sertifikatlashtirishni ham nazarda tutadi. Har qanday tovar tegishli
talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy
shaxslar tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirilishi mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimi sifatsiz tovarlarni
sotuvga chiqarishning
oldini oluvchi muhim tashkiliy-huquqiy vositadir.
Agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinmagan
boisa, tegishli darajada sifatli boimagan tovar topshirgan sotuvchi sotib
oluvchining xohishiga ko'ra:
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada
boigan tovarga almashtirishi;
xarid narxini tegishlicha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi
(m odeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada b o ig a n tovarga
almashtirishi;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishi yoki sotib oluvchi
yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish
uchun qilingan xarajatlarni qoplashi;
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishi;
ko'rilgan zarar o'rnini qoplashi lozim (FKning 434-moddasi).
Shu bilan birga, sotib oluvchi tomon shartnomaning bekor qilinishini
talab qilish huquqiga ham egadir. Tovar uchun to'langan pul summasini
sotib oluvchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan to'liq yoki
qisman foydalanganligi, tovar ko'rinishi yo'qolganligi yoki boshqa shunga
o'xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boisa, shuncha
summani chegirib qolishga haqli emas. Xaridorga
sifati lozim darajada
boimagan tovar sotilganida uning sotuvchiga nisbatan qanday talablar
qo'yishga haqli ekanligi, ya’ni yuqorida ko'rsatilgan huquqlar alternativ
harakterga ega boiib, xaridor ulardan o'zi uchun ma’qulini tanlaydi.
Xaridor tovardagi kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar
paydo boiganligi yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli
vujudga kelganligini isbotlab berishi lozim.
Sotuvchi tovardagi nuqson yoki kamchiliklar quyidagi holatlar sababli
yuz berganligini isbotlab bera olsa, javobgarlikdan ozod boiadi:
sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzganligi
sababli;
uchinchi shaxslar harakati tufayli;
oldini olib bo'lmaydigan kuch ta’sirida (FKning 409-moddasi).
Qonunda topshirilgan tovaming kamchiliklarini aniqlash
muddatlari
ham belgilab qo'yilgan Kamchilik yoki nuqson ushbu muddatlar davomida
aniqlansa, xaridor tegishli talab bilan sotuvchiga da’vo qilishga haqli
bo'ladi. Bular: qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida belgilab qo'yilgan
yoxud kafolat muddati bilan yoki tovarning yaroqlilik muddati bilan
belgilanadi.
Kam chiliklar oqilona muddatda, biroq tovar sotib oluvchiga
topshirilgan kundan boshlab ikki yil davomida aniqlanganida ham (agar
yuqoridagi muddatlar belgilanmagan bo'lsa) xaridor sotuvchiga talab
qo'yishga haqli.
Tovarning kamchiliklari xaridor tomonidan kafolat muddati yoki
yaroqlilik muddati tugaganidan keyin aniqlangan hollarda, xaridor bu
kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar paydo bo'lganligini yoki
shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo'lganligini
isbot
qilib bergan hollarda javobgarlik sotuvchi zimmasiga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: