Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


-   O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

 
-
 
O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
 
-
 
O`zbekiston  Respublikasining  sanoatda,  konchilikda  va  kommunal  -  maishiy 
sektorda  ishlarni  behatar  olib  borilishini  nazorat  qilish  bo`yicha  Davlat 
inspektori maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.1
 
Ushbu  sohada  davlat  nazoratini  amalga  oshiruvchi  davlat  organlari  tizimida 
O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasining  faoliyati 
muhim ahamiyatga egadir. 
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tabiatni 
muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni  qayta  tiklash  sohasida 
davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan 
ustun  turuvchi  va  muvofiqlashtiruvchi  maxsus  vakolatli  organ  bo`lib,  o`z 
faoliyatini  amalga  oshirish  jarayonida  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 
bo`ysunadi va hisobot beradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  o`z 
vakolatlari  doirasida  qabul  qiladigan  qarorlari  me'yoriy  ahamiyatga  ega  bo`lib 
barcha  vazirlik,  davlat  qo`mitalari  va  idoralari,  yuridik  shaxslar,  mansabdor 
shaxslar va fuqarolar ijro etishlari shart. 
O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi 
quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi: 
-
 
ekologiya  tizimlari,  tabiiy  genofond,  biologik  muvozanatning,  atmosfera 
havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi  manbalarning, 
o`simlik  dunyosi  va  biologik  suv  obyektlarining,  yovvoyi  hayvonlar  yashash 
muhitining holati; 
-
 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining bajarilishi holati; 
-
 
yangi  va  qayta  qurilgan  korxonalar  hamda  boshqa  obyektlarni  joylashtirish, 
loyihalash,  qurish  va  ishga  tushirishda  ekologik  normativlar,  standartlar  va 
talablarga mosligini
-
 
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, ularni saqlash va 
qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish va boshqalar.2  
Davlat  ekologik  nazoratini  amalga  oshirishda  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni 
muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  ushbu  sohadagi  boshqa  davlat  organlari  va 
tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Sog`liqni  saqlash  vazirligi  ham  davlat  ekologik 
nazoratini  amalga  oshiruvchi  muhim  davlat  organi  hisoblanib, aholining  ekologik 
xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 
                                                 

O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni, O`Zbekistonn
ing yangi qonunlari
7-son. 
2 O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi to`g`risida Nizom. O`zbekistonning yangi 
qonunlari. T., “Adolat”, 1996, 13
-son. 


O`zbekiston  Respublikasi  Sog`liqni  saqlash vazirligi huzuridagi  Respublika 
sanitariya-epidemiologiya  bosh  boshqarmasi  mavjud  bo`lib,  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  sanitariya,  gigiyena  va  epidemiologik  qoida-talablar,  normativ  va 
standartlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini olib boradi. 
Respublika  sanitariya-epidemiologiya  bosh  boshqarmasi  O`zbekiston 
Respublikasining 

Davlat  sanitariya  nazorati  to`g`risida

  gi  qonuni  va  boshqa 
me'yoriy  hujjatlarga  asosan  sanitariya,  gigiyena  va  epidemiologik  qoida-
talablarning  barcha  vazirlik,  davlat  qo`mitasi,  idoralar,  korxona,  tashkilot, 
muassasa, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan og`ishmay amal qilinishini 
nazorat qiladi.  
Ushbu  sohada  davlat  nazoratini  amalga  oshirishda  bevosita  O`zbekiston 
Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  va  boshqa  idoralar  bilan 
hamkorlik qiladi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat 
kadastri  davlat  qo`mitasi;  yer  munosabatlarini  tartibga  solish,  yer  tuzishni,  yer 
monitoringini tashkil etish, davlat yer kadastrini yuritish, yerdan foydalanish va uni 
muhofaza qilishni nazorat qilish sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va 
o`z  vakolatlari  doirasida  qabul  qilinadigan  qarorlari  barcha,  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar uchun majburiy ahamiyatga egadir. 
O`zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslar  geodeziya,  kartografiya  va  davlat 
kadastri davlat qo`mitasi davlat qo`mitasi: 
-
 
yer  monitoringi,  davlat  yer  kadastrini  yuritish,  yer  uchastkalariga  huquqlarni, 
servitutlar  to`g`risidagi  bitimlarni  ro`yxatdan  o`tkazish,  tuproq  unumdorligini 
saqlab  qolish,  yer  resurslarini  hisobga  olish,  yerdan  foydalanish  va  uning 
muhofaza etilishi yuzasidan nazorat qilish; 
-
 
davlat boshqaruv organlari, korxona, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining 
yerlardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  masalalari  bo`yicha 
hisobotlarini eshitadi;
 
-
 
yerlardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  masalalari  bo`yicha 
tekshirishlar o`tkazish, yer qonunchiligi qoida-talablarining yuridik va jismoniy 
shaxslar  tomonidan  buzilishi  sabablarini  aniqlash,  ularni  bartaraf  etish 
yuzasidan yozma ko`rsatmalar berish;
 
-
 
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni ma'muriy javobgarlikka tortish, yer 
to`g`risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish  oqibatida  yetkazilgan  zararni  qoplash 
to`g`risida  da'vo  qilish, tegishli  korxonalarga  va  tashkilotlarga hamda  huquqni 
muhofaza  qilish  organlariga  shaxslarni  javobgarlikka  tortish  uchun 
taqdimnomalar yuborish;
 
-
 
yer to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish hollari aniqlangan taqdirda mashalliy 
davlat  hokimiyat  organlariga  yer  uchastkalarini  olib  qo`yish,  yerdan 
foydalanishni cheklash va boshqa yo`nalishlarda faoliyat olib boradi.
 
Davlat  ekologiya  nazoratini  amalga  oshirishda  O`zbekiston  Respublikasi  Ichki 
ishlar vazirligi alohida o`rinni egallaydi. 
Ichki  ishlar  vazirligi  tizimida  Davlat  avtomobil  nazorati  bosh  boshqarmasi 
mavjud  bo`lib,  atmosfera  havosini  avtomobil  tarnsportlari  tomonidan  ifloslanishi 
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 


O`zbekiston  Respublikasi  IIV  davlat  avtomobil  nazorati  bosh  boshqarmasi 
tarkibida 

ekologiya xizmati

 bo`lim, bo`linma va boshqa tarkibiy qismlar faoliyat 
ko`rsatadi.  
DANB  sining  davlat  ekologiya  nazoratini  amalga  oshirishda  quyidagi 
vakolatlarga ega: 
-  atmosfera  xavosini  avtomobil  tarnsporti  vositalari  tomonidan  ifloslanishini 
oldini  olishga  qaratilgan  tushuntirish  va  ogohlantirish  bilan  bog`liq  choralarni 
belgilash; 
-
 
atmsofera  havosiga  belgilangan  normativ  va  standart  darajasidan  yuqori 
bo`lgan  ifloslantiruvchi  moddalarni  chiqarganligi  uchun  transport  vositasini 
boshqarishni cheklash, to`xtatib qo`yish, boshqarish huquqidan mahrum etish; 
-
 
atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  qonunchiligi  qoidalarini  buzganlik  uchun 
ma'muriy javobgarlikka tortish; 
-
 
avtomobil  transporti  tomonidan  atmosfera  havosiga  yetkazilayotgan  ta'sir  va 
zararni  kamaytirish,  aholining  ekologik  madaniyatini  oshirishga  qaratilgan 
profilaktik tadbirlar tizimini amalga oshirish va boshqalar. 
Yer  osti  boyliklaridan  oqilona  foydalanish,  yer  osti  boyliklarini  muhofaza  qilish 
qoida-talablarini  barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  bajarilishini 
nazorati  qilish  sanoat  va  konchilik  nazorati  agentligining  asosiy  yo`nalishlaridan 
biridir.  Ushbu  agentlik  yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  bilan  bog`liq 
korxonalarda  foydalanish  va  muhofaza  qilish  qoida-talablarini  buzilishini  oldini 
olish, javobgarlikka tortish bilan bog`liq faoliyatini amalga oshiradi. 
Demak, yuqorida sanab o`tilgan davlat organlari davlat ekologiya nazoratini 
amalga  oshirishda  umumiy  mazmun  va  shakldagi  vakolatlarga  ega  bo`lib,  ular 
quyidagilardan iborat: 
-
 
barcha  turdagi  ishlab  chiqarish  va  xo`jalik  korxona,  tashkilotlari  faoliyatining 
ekologik qoida-talablarga mosligini tekshirish huquqi
-
 
korxona,  tashkilot  xududida  va  ishlab  chiqarish  jarayonida  tabiatni  muhofaza 
qilish tadbirlarini amalga oshirishni talab qilish, ko`rsatma berish; 
-
 
yer, suv, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosidan 
foydalanish uchun ruxsatnoma berish, foydalanish limitlarini belgilash; 
-
 
ekologik  qonunchilik  qoida-talablarni  buzgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 
nisbatan  ma'muriy  huquq  tartibda  jarima  jazosini  qo`llash,  yetkazilgan  zararni 
qoplash,  undirib  olish  bo`yicha  da'vo  qo`zg`atish,  jinoiy  javobgarlikka  tortish 
yuzasidan prokuratura organiga hujjatlarni taqdim etish
-
 
ekologik  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish,  xo`jalik  korxona,  tashkilotlarning 
faoliyatini cheklash, to`xtatishva bekor etish yuzasidan qarorlar qabul qilish;' 
-
 
ekologik  bilim,  qoida-talablarni  aholi  orasida  targ`ibot  qilish,  aholining 
ekologik ongini oshirishga qaratilgan tadbirlarni belgilash va boshqalar. 
Shuning  uchun  ham,  ekologiya  sohasida  maxsus  vakolatli  davlat  organlarining 
ekologiya  nazorati  tizimida  tutgan  o`rni  beqiyos  bo`lib,  tabiatni  muhofaza  qilish, 
tabiiy  boyliklardan  foydalanish,  aholining  ekologik  xavfsizligini  ta'minlashga 
xizmat qiladi. 
Ekologiya  nazoratining  navbatdagi  turi  -  ekologiya  sohasida  idoraviy 
nazorat hisoblanadi. 


Ekologiya  sohasida  idoraviy  nazorat  respublikamizdagi  faoliyati  tabiiy 
resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq barcha vazirlik, 
davlat qo`mitalari, idoralari tizimi doirasida olib boriladi. 
Barcha  vazirlik,  davlat  qo`mita  va  idoralarda  ushbu  faoliyat  bilan  maxsus 
shug`ullanuvchi ekologiya xizmati tuzilmalari mavjud bo`lib, tegishli vazirlik ichki 
tizimi  doirasida  tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish 
jarayonining  ekologik  qoida-talablariga  mosligini  kuzatish,  tekshirish,  chora-
tadbirlarni belgilashdan iboratdir. 
Ekologiya  sohasida  ishlab  chiqarish  nazorati  ham  idoraviy  nazorat  bilan 
chambarchas bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini olib borayotgan 
korxona, muassasa, tashkilotlarda olib boriladi. 
O`zbekiston  Respublikasi 

Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida

  gi 
qonunning  32-moddasiga  asosan,  tabiatni  muhofaza  qilish  sohasidagi  ishlab 
chiqarish  nazoratini  korxonalar,  birlashmalar,  tashkilotlarning  ekologiya  xizmati 
amalga  oshiradi  va  tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona 
foydalanish  va  ularni  tiklash,  atrof  tabiiy  muhitni  sog`lomlashtirish,  tabiatni 
muhofaza qilishga doir qonunlarning talablar bajarilishi yuzasidan dasturlar hmda 
ayrim tadbirlar ijrosini, tekshirish maqsadini ko`zlaydi.1  
Ekologiya  sohasidagi  jamoat  nazorati  jamoat  birlashmalari,  mehnat 
jamoalari,  siyosiy  partiyalar,  turli  uyushma  va  jamiyatlar,  fuqarolar  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Jamoat  tashkilotlari  tomonidan  olib  borilgan  tekshirish  natijalari  tavsiya 
ahamiyatiga  ega  bo`lib,  davlat  hokimiyati  organlari,  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
organlariga taqdim etilishi mumkin. 
Demak,  Ekologiya  nazorati  murakkab  tizimdan  iborat  bo`lib,  ekologik 
qonunchilik  hujjatlarining  bajarilishi  ekologik  xavfsizlikni  ta'minlshga  xizmat 
qiladi.  
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish