Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


 §. Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

3 §. Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, 
tamoyillari va usullari. 
 
 
Ekologik  ekspertiza 

  ekologik  huquqiy  mexanizmning  tarkibiy  qismi 
sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va 
samarali  foydalanish  va  aholining  ekologik  xavfsizligini  ta'minlashda  muhim 
ahamiyatga egadir.  
 
Amaldagi  qonunchilik  hujjatlariga  asosan  ekologik  ekspertiza  deganda 
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning 
ekologik  talablarga  muvofiqligini  belgilash  hamda  ekologik  ekspertiza  obyektini 
ro`yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. 
 
Ekologik  ekspertizaning  huquqiy  holati  konstitutsiyaviy  qoidalarda, 
O`zbekiston  Respublikasi 

Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida

  gi, 

Ekologik 
ekspertiza to`g`risida

 gi qonunlarda, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish  davlat  qo`mitasi,  O`zbekiston  Respublikasi  Sog`liqni  saqlash  vazirligining 
                                                 

O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonuni



ekologik  ekspertizani  o`tkazish  tartibi  to`g`risidagi  me'yoriy  hujjatlarida 
belgilangan. 
 
O`zbekiston Respublikasi 

Ekologik ekspertiza to`g`risida

 gi qonunning 3-
moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi: 
-
 
mo`ljallanayotgan  xo`jalik  va  boshqa  xil  faoliyatni  amalga  oshirish  to`g`risida 
qaror  kabul  qilinishidan  oldingi  bosqichlarda  bunday  faoliyatning  ekologik 
talablarga muvofiqligini aniqlash; 
-
 
rejalashtirilayotgan  yoki  amalga  oshirilayotgan  xo`jalik  va  boshqa  xil  faoliyat 
atrof  tabiiy  muhit  holatiga  va  fuqarolar  sog`lig`iga  salbiy  ta'sir  ko`rsatishi 
mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; 
-
 
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.1  
Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti 
va  sog`lig`iga  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  va  xo`jalik  obyektlarining 
ta'sirlarini  oldini  olish,  bartaraf  etish  bilan  bog`liq  preventiv  chor-tadbirlarni 
amalga oshirishdan iboratdir. 
   Ekologik  ekspertizasi  muhim  va  murakkab  faoliyat  turi  sifatida 
 
quyidagi umumiy va o`ziga xos tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
-
 
qonuniylik; 
-
 
ekologik ekspertizaning mustaqilligi; 
-
 
oshkoraligi; 
-
 
ilmiy-texnikaviy asosliligi; 
-
 
ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; 
-
 
har  qanday  rejalashtirilayotgan  xo`jalik  va  boshqa  xil  faoliyatning  ehtimol 
tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi; 
-
 
xo`jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va aholining sog`lig`iga 
ta'sirini baholashning keng ko`lamli va keng qamrovliligi 
-
 
ekologik ekspertizani o`tkazishda jamoatchilikning qatnashishi va boshqalar. 
Ushbu  tamoyillar  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lib,  ekologik  ekspertizasini 
o`tkazishning  samaradorligini  ta'minlashga  xizmat  qiladi.  Xususan,  qonuniylik 
tamoyili 

  ekspertizani  tayinlash,  o`tkazish,  xulosa  berish  bilan  bog`liq  barcha 
jarayen  belgilangan  qonunchilik  hujjatlari  qoidalariga  mos  ravishda  o`tkazishni 
talab  etadi.  Mustaqillik  tamoyili 

  birinchidan,  ekspertizani  idoralardan  ustun 
turuvchi davlat organi tomonidan o`tkazishni, ikkinchidan, ekologiya ekspertizani 
o`tkazish  jarayonida  boshqa  davlat  organi,  mansabdor  shaxs  va  fuqarolarning 
aralashuviga, tazyiq o`tkazishiga yo`l qo`ymasligini ta'minlaydi. 
Demokratik 
tamoyillardan 
biri 
hisoblangan 
oshkoralik 
ekspertiza 
xulosalarining aholining keng qatlamlariga yetkazishni taqozo etadi. 
Loyihalashtirilayotgan  ishga  tushirilayotgan,  ishlab  chiqarish  jarayonini 
amalga  oshirayotgan  zavod,  fabrika  va  boshqa  texnologiya  uskunalarining 
ekologik  talablarga  mosligini  faqatgina  ilmiy-texnikaviy  jixatdan  asoslangan 
malakaviy xulosa bilan ta'minlash mumkin. 
Ekspertiza  obyekti  sifatida  qoralayotgan  loyihalarga  baho  berishda  atrof 
                                                 

O`zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonuni, Xalq so`zi. Gazetasi. 7 iyun. 2000 yil. 
 


tabiiy  muhit  barqarorligi,  aholining  sog`lig`i  va  hayotiga  ta'sir  ko`rsatuvchi 
omillarga e'tibor berish ustunligini ko`zda tutadi. 
Navbatdagi tamoyil ham ekologik ekspertizasining o`ziga xos tamoyillaridan 
biri  bo`lib,  har  bir  xo`jalik  va  ishlab  chiqarish  obekti  belgilangan  tartibda 
o`tkazilgan  ekspertiza  xulosasi  asosidagina  ekologik  jihatdan  xavflilik  darajasi 
aniqlanadi. 
Ekspertiza  natijalari  to`g`ri,  odilona  bo`lishi  uchun  biologik,  kimyoviy, 
fizikaviy, texnologik, demografik, agro-ekologik, iqtisodiy va boshqa jabhalardagi 
bilimlarni  jamlagan  holda  keng  qamrovli  ijodiy  mehnat  mahsuli  bo`lishi  va 
tekshirilayotgan obyektga nisbatan real, obyektiv baho berilishi kerak. 
Ekologik ekspertizaning muhim tamoyillardan biri sifatida ushbu jarayonda 
nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  fuqarolarning  ishtiroki  bo`lib,  ekologik 
ekspertizaning ommaviy va adolatli bo`lishini ta'minlaydi. 
Shunday  qilib,  ekologik  ekspertiza  ushbu  tamoyillarga  qat'iy  rioya 
etilgandagina,  har  bir  obyektga  nisbatan  xolisona,  keng  qamrovli,  adolatli, 
qonuniy, mustaqil va obyektiv xulosa berish mumkin. 
Ekologik  ekspertiza  jarayonida  turli  shakldagi  quyidagi  usullardan 
foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi: 
-
 
ma'lumotlar  to`plash 

  ekspertizadan  o`tayotgan  muayyan  obektga  tegishli 
bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash; 
-
 
umumlashtirish 

  obekt  haqidagi  to`plangan  iqtisodiy,  texnologik,  ekologik, 
gidrologik  kimyoviy  va  boshqa  ma'lumotlarni  o`z  yo`nalishlari  bo`yicha 
ma'lum tizimga keltirish; 
-
 
tahlil qilish 

 umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari 
bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash; 
-
 
Baholash 

  ekspertiza  o`tkazilayotgan  obekt  yo`nalishlari,  bo`limlari,  tashkil 
etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash; 
-
 
Xulosa berish 

  ekspertiza o`tkazilayotgan  obektning  ekologik  jihatdan  zararli 
yoki  zararsiz,  xavfli  yoki  xavfsiz,  ekologik  qoida-talablarga  mos  keladi  yoki 
ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, obektiv xulosaga kelish. 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish