Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


 §. Ekologik ekspertiza tizimi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

4 §. Ekologik ekspertiza tizimi. 
 
 
Ekologik  ekspertiza  keng  qamrovli  va  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lgan 
jarayen  bo`lib, uni  amalga  oshirish  yo`nalishlari, tartibi, qo`llanilayotgan usullari, 
berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan murakkab tizimni tashkil etadi. 
 
Tabiat-jamiyat  tizimida  ekologik  ekspertizaning  bir  necha  turlari  ya'ni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ekspertiza, 
siyosiy-huquqiy 
ekspertiza, 
ilmiy-texnikaviy 
ekspertiza,  sanitariya-ekologiya  ekspertiza,  jamoatchilik  ekologiya  ekspertizalari 
qo`llanilishi mumkin.  
 
Amaldagi  qonunchilik  hujjatlarida  ekologik  ekspertizaning  ixcham  tizimi 
e'tirof etiladi.  
 
O`zbekiston Respublikasi 

Ekologik ekspertiza to`g`risida

 gi qonunning 4-
moddasida  ekologik  ekspertiza  quyidagi  tizimi  beliglangan: 

Ekologik  ekspertiza 
davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga 


oshiriladi

.1  
 
Shuni  alohida  ta'kidlab  o`tish  kerakki,  ekologik  ekspertiza  tizimining 
poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi. 
 
Davlat  ekologik  ekspertizasi  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza 
qilish davlat qo`mitasi olib boradi va quyidagi asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi: 
-
 
davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o`tkazadi; 
-
 
ekologiya  ekspertizasiga  tegishli  bo`lgan  me'yoriy-texnik,  huquqiy-uslubiy 
hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 
-
 
ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a'zolari va ekspertlar guruhini tuzadi; 
-
 
davlat ekologiya ekspertizasi xulosalari talablarini bajarilishini nazorat qiladi va 
hokazo. 
Ekologiya  qonunchilik  hujjatlarida  ekspertiza  o`tkazilishi  shart  bo`lgan  obektlar 
belgilangan bo`lib, ular jumlasiga: 
-
 
davlat  dasturlarining,  konsepsiyalarining  ishlab  chiqarish  kuchlarini,  iqtisodiy 
va  ijtimoiy  soha  tarmoqlarini  joylashtirish  hamda  rivojlantirish  sxemalarining 
loyihalari; 
-
 
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari; 
-
 
loyiha oldi va loyiha hujjatlari; 
-
 
tabiiy  resurslardan  foydalanish  bilan  bog`liq  xo`jalik  va  boshqa  xil  faoliyatni 
tartibga  soluvchi  me'yoriy-texnik  va  yo`riqnoma-uslubiy  hujjatlarning 
loyihalari; 
-
 
texnika,  texnologiya,  materiallar,  mahsulotlarning  yangi  turlarini  yaratishga 
doir hujjatlar;  
-
 
atrof  tabiiy  muhit  holatiga  va  fuqarolar  hayoti  va  sog`lig`iga  zararli  va  xavfli 
ta'sir  ko`rsatuvchi  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirayotgan  barcha 
turdagi korxonalar; 
-
 
shahar sozlik hujjatlarining barcha turlari; 
-
 
maxsus huquqiy rejimli obektlar va boshqa obektlar. 
Ushbu  obektlarga  nisbatan  davlat  ekologiya  ekspertizasini  o`tkazish 
majburiy  hisoblanadi  va  mulkchilik shakli  hamda  ma'muriy  bo`ysunishidan  qat'iy 
nazar hech bir obyektga bu borada imtiyoz berilmaydi. 
Davlat  ekologik  ekspertizasining  subyektlari  bo`lib,  odatda  buyurtmachi, 
pudratchi,  iste'molchi  hisoblanadi.  Buyurtmachi 

  ekspertizani  tayinlash,  tashkil 
etish  huquqiga  ega  bo`lgan  maxsus  vakolatli  organdir.  Pudratchi 

  muayyan 
obyektni  ekspertiza  qiladigan  tashkilot,  bular  qatorida  ilmiy-tadqiqot  institutlari, 
korxona  yoki  maxsus  komissiya,  ekspertlar  guruhi  bo`lishi  mumkin.  Iste'molchi 
bo`lib,  ekologiya  ekspertizasi  hisoblangan  korxona,  tashkilot,  muassasa 
hisoblanadi.  
Davlat ekologiya ekspertizasi jarayeni har bir obektning hajmi va o`ziga xos 
xususiyatlariga ko`ra bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi, ya'ni:  
1)
 
tayinlash 

  obektga  nisbatan  ekologik  ekspertiza  tayinlash  va  maxsus 
komissiya, ekspertlar guruhi tuzish; 
2)
 
obekt haqida ma'lumotlarni to`plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi; 
                                                 

O`zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonuni. Xalq so`zi gazetasi. 7 iyun 2000 yil.
 


3)
 
obektning  ekologik  qoida-talablarga  mos  yoki  zid  ekanligi  haqida  xulosa 
tayyorlash va uni tasdiqlash; 
4)
 
obekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish; 
5)
 
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal qilish. 
Shuni  ta'kidlash  kerakki,  Davlat  ekologik  ekspertizasining  xulosasi  muhim 
ahamiyatga  ega  bo`lib,  obekt  haqida  salbiy  xulosa  berilgan  taqdirda,  bank 
muassasalari  ushbu  obektni  moliyalashtirmaydi  va  faoliyati  bekor  bo`lishi 
mumkin. 
Demak,  davlat  ekologik  ekspertizasining  ekologiya  ekspertizasi  tizimida 
alohida o`rinni egallaydi va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi. 
Ekologik  ekspertizasining  tizimida  jamoatchilik  ekspertizasi  alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Jamoat  ekologik  ekspertizasi  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  fuqarolar 
tomonidan  amalga  oshirilib,  rejalashtirilayetgan,  amal  qilayotgan  turli  obektlar 
yuzasidan o`tkazilishi mumkin. 
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o`tkazilganligidan 
qat'iy nazar amalga oshiriladi. 
Jamoat  ekologik  ekspertizasining  xulosasi  tavsiya  ahamiyatiga  ega  bo`ladi, 
davlat  hokimiyati  va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlarga  taqdim  etilishi 
mumkin. 
Shuni  ta'kidlash  joizki,  rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  jamoatchilik 
ekspertizasining  taraqqiy  etganligini,  aholining  keng  qatlamlarining  ekologik 
madaniyati saviyasi darajasining yuqoriligini ko`rishimiz mumkin. 
Ekologiya  ekspertiza  tizimida  ekologik  audit  ham  muhim  ahamiyatga  ega 
hisoblanadi.  
 
Ekologik  audit 

  ekologik  auditorlar  tomonidan  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda va shartlarda o`tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy 
ta'sir  ko`rsatayotgan,  ishlab  turgan  korxonalar  va  boshqa  obyektlarni  mustaqil 
ekologik ekspertiza qilishdir. 
Ekologik  audit  davlat  ekologik  ekspertizasidan  farqli  ravishda  xo`jalik  va 
ishlab chiqarish obekti mulkdorining qaroriga binoan o`tkaziladi. 
Ekologik  ekspertiza 

  muhim  va  murakkab  jarayon  bo`lib,  atrof  tabiiy 
muhitni  barqarorligini  saqlash,  tabiatdan  samarali  foydalanish  va  aholining 
ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy

huquqiy chora-tadbirlardan 
iboratdir. 
 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish