3
§
. O`rmonlardan foydalanish huquqi mazmuni.
Ma'lumki, o`rmondan foydalanish huquqining mazmunini o`rmondan
foydalanuvchi subyektlarga taalluqli bo`lgan huquq va majburiyatlar yig`indisidan
iborat ekanligi o`rmon huquqi fanida tan olingan.
1
Avvalo shuni aytish kerakki, o`rmon huquqiy munosabatlar mazmuni uchta
elementdan: o`rmonni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqidan
iborat bo`ladi. Demak, o`rmon huquqiy munosabatlari subyektlarining, jumladan
o`rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari mazmuni o`rmonni
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlari bilan xarakterlanadi,
ya'ni o`rmondan foydalanuvchilar yuqoridagi sanalgan huquqlarga ega bo`lishlari
mumkin.
Harakatdagi o`rmon qonunchiligimizga ko`ra, o`rmondan foydalanuvchilar
o`rmonni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Bu huquq faqat o`rmonning egasi
bo`lmish davlatda saqlanib qoladi. Demak, o`rmondan foydalanuvchi subyektlarga
xo`jalik faoliyati yuritish uchun o`rmon berilganda unga nisbatan mulk huquqi
davlatda saqlanib qoladi va hech vaqt u ikkinchi tomonga o`tmaydi. Shunday ekan
o`rmondan
foydalanuvchilar
o`rmonning
mulk
huquqi
asosida
egasi
hisoblanmaydilar va tasarruf qilish huquqiga ega bo`lmaydilar. Shundan kelib
1 Karang: Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. M.: Nauka, s.26; Sinitsin S.T. Natsionalnoye
lesopolzovaniye. -M. 1987. S.86; Kolbasov O.S. Pravovie issledovaniya po oxrane okrujayushey sredi v SSSR. -M.,
1978. T.5. s.75; Vovk YU.A. Sovetskoye prirodoresursovoye pravo i pravovaya oxrana okrujayushey sredi. Chast
obshaya. -Xarkov, 1986, s. 41; Brinchuk M.M. Teoreticheskiye problemi formirovaniya zakonodatelstva ob
okrujayushey srede. -
Gos. i pravo. 1998. № 12. S. 75.
chiqqan va "O`rmon to`g`risida"gi qonunning 7-moddasiga asoslangan holda
aytish mumkinki, o`rmondan foydalanuvchi subyektlar faqat o`rmonni egallash va
undan foydalanish huquqiga egadirlar.
O`rmondan foydalanuvchi subyektlarning o`rmon bilan bog`liq bo`lgan
munosabatlarida o`rmonga egalik huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Egalik qilish
huquqi adabiyotlarda o`rmon uchastkasiga amaliy hukmronlik qilish, deb
ta'riflanadi.
1
Bu huquq orqali o`rmondan foydalanish huquqi subyektlari o`zlarini
batamom o`rmonning "xo`jayini" sifatida xis etadilar. O`rmonga egalik huquqi
tufayli o`rmondan foydalanuvchilar qonunda belgilangan tartibda undan mustaqil
tarzda foydalanishlari mumkin bo`ladi.
O`rmonga nisbatan egalik huqui undan foydalanig huquqini ham keltirib
chiqaradi. O`rmonni egallamasdan turib undan foydalanib bo`lmaydi. Shuning
uchun ularni ko`p jihatdan bir-biri bilan uzviy bog`liq deyish mumkin.
O`rmondan foydalanish huquqi mazmuni haqida fikr yuritganda, bu huquqni
cheklash, tugatilishi masalalariga to`xtalib o`tish kerak. Foydalanish huquqini
cheklash ikki turga bo`linadi: to`liq cheklash va qisman cheklash. Huquqni
cheklashning asosiy maqsadi o`rmonning qonunda berilgan maqomini ta'minlash
va muhofaza rejimini ta'minlash, o`rmondan foydalanish huquqini cheklash
natijasida o`zgarib turishi mumkin. Bu o`zgarishlar o`z-o`zidan, boshboshdoqlik
bilan emas, balki qonunda belgilangan, ko`rsatilgan tartibda ro`y berishi lozim.
Ma'lumki, o`rmondan foydalanuvchilarning o`rmondan foydalanishlari har
xil zaruriyatga ko`ra o`zgarib turishi mumkin. Chunonchi, ularning o`rmonga
egalik qilish va foydalanish huquqi boshqa subyektga o`tishi yoki berilgan o`rmon
maydoni qisqartirilishi yoxud umuman davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib
olinishi, yoki bo`lmasa o`rmon tashkiloti tugatilishi mumkin. Bunday holatlar
o`rmondan foydalanish huquqining o`zgarishiga emas, balki ularning o`rmondan
foydalanish huquqining bekor bo`lishiga olib keladi. Yoki o`rmondan
foydalanuvchi foydalanib kelayotgan o`rmon maydoniga yana ma'lum miqdorda
o`rmon maydonlari qo`shib berilsa, yoki bo`lmasa foydalanilayotgan o`rmon
maydoniga nisbatan foydalanish huquqi vujudga kelsa, olib qo`yilgan o`rmon
maydoniga nisbatan esa foydalanish huquqi tugaydi, ya'ni bekor bo`ladi.
Ma'lumki, davlat ahamiyatiga molik o`rmonlar hamda boshqa idoralar va
yuridik shaxslar ixtiyoridagi o`rmonlar foydalanish jarayonida uzluksiz
yaxshilanib borishi yoki foydalanishga yaroqsiz holatiga ham tushib qolishi
mumkin. Bu holat o`rmondan foydalanish maqsadini o`zgartirishga olib kelishi, bir
turdagi o`rmon maydonini ikkinchi turga aylantirishga sabab bo`lishi mumkin.
Bunda o`rmondan foydalanish bekor qilinmaydi, yoxud o`rmondan foydalanish
yangidan vujudga kelmaydi, shuningdek o`rmondan foydalanish subyektlari
o`zgarmaydi, o`rmon maydonlarining miqdori ham o`zgarishsiz qoladi, faqat
o`rmondan foydalanish maqsadi o`zgaradi. Shu bilan birgalikda, o`rmondan
foydalanish huquqiy holati ham o`zgaradi. Bu esa muhim xo`jalik va huquqiy
ahamiyatga ega. Bir turdagi o`rmon maydonining ikkinchi turga aylantirilishi
1 Zemelnoye pravo Rossii. -M. 1995. S. 78-79; Petrov V.V. Ekologicheskoye pravo Rossii. -M. 1995. S. 130-133.
shunday yuridik fakt hisoblanadiki, bu bilan o`rmondan foydalanish huquqi
mazmuniga qonunchilik ma'lum o`zgarishlar belgilaydi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, o`rmondan foydalanishda
subyektlarning almashishi, yoki o`rmon maydoni miqdorining ko`payishi yo
kamayishi va boshqalar undan foydalanish huquqi mazmunining o`zgarishiga olib
kelmaydi. O`rmondan foydalanish huquqi mazmunining o`zgarishi deganda
foydalanishda bo`lgan o`rmon maydonlarining bir toifadan ikkinchi toifaga o`tishi,
ayrim maydonlardan foydalanish rejimining o`zgarishi tushuniladi.
O`rmondan foydalanish huquqi to`g`risida gapirganda bu huquqni bekor
qilish yoki to`xtatib qo`yish masalasiga ham alohida to`xtalib o`tish kerak. Zotan,
o`rmondan foydalanish huquqi mazmunini elementlari ichida shunday huquqning
tugatilishi mustaqil element hisoblanadi. O`rmondan foydalanish huquqini
to`xtatishning umumiy asoslari "O`rmon to`g`risida"gi qonunda belgilangan (24-
modda). Bu umumiy asoslar barcha subyektlarning ham o`rmondan foydalanish
huquqini to`xtatish uchun taalluqli hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi "O`rmon to`g`risida"gi qonunining 24-moddasiga
binoan o`rmondan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi: o`rmondan
foydalanish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; o`rmondan foydalanish muddati
tugaganda; foydalanishda davlat o`rmon fondi uchastkasi bo`lgan yuridik shaxs
tugatilganda; o`rmonlardan va o`rmon fondi yerlaridan belgilangan maqsadda
foydalanilmaganda; o`rmondan foydalanish o`rmonlar va boshqa tabiiy
obyektlarning holatiga hamda ularni takroriy ko`paytirishga salbiy ta'sir
ko`rsatadigan ususllar bilan amalga oshirilganda; o`rmonlarda yong`in xavfsizligi
qoidalari buzilganda; ulardan foydalanganlik uchun haq belgilangan muddatlarda
to`lanmaganda; o`rmon fondi yerlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib
qo`yilganda.
Yuridik shaxslarning o`rmondan foydalanish huquqi daraxt kesish yoki
o`rmon chiptasini bergan korxonalar tomonidan bunday hujjatlarni bekor qilish
yo`li bilan to`xtatiladi.
Fuqarolarning o`rmondan foydalanish huquqini to`xtatish uchun, o`rmondan
foydalanishdan ixtiyoriy voz kechilganda; yong`in qoidalariga rioya qilmaganlik;
o`rmondan foydalanish muddati tamom bo`lganda; o`rmondan daraxt kesish yoki
o`rmon chiptasida ko`zda tutilgan maqsadlar yoki talablarga muvofiq
foydalanilmagan holatlar asos bo`ladi. Shuningdek, fuqarolarning o`rmondan
foydalanish huquqi o`rmon maydonlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib
qo`yilganda ham to`xtatilishi mumkin.
Shu bilan birga o`rmondan foydalanish huquqining tugashiga o`rmon
uchastkasini o`zboshimchalik bilan boshqalarga berib qo`yish, shuningdek
o`rmonlarning davlat mulkchiligini oshkora va yashirish tarzda buzuvchi bitimlar
tuzganda yoki o`rmon qonunchiligini boshqa tarzda buzgan holatlar ham asos
bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasining "O`rmon to`g`risida"gi qonunida
o`rmondan foydalanuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari ko`rsatilgan (21-
22-moddalar). Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yer
kodeksi, Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonun va boshqa qonunlarda ham
o`rmondan foydalanuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
O`rmon huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarni tahlil etish
o`rmondan foydalanuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlarini bir necha
guruhlarga bo`lish mumkinligini ko`rsatadi. Bu masalaga huquqiy adabiyotlarda
ham katta e'tibor qaratilgan.
Bir guruh olimlar tabiat obyektlaridan foydalanuvchilar, xususan, o`rmon
munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini ikki guruhga
bo`ladilar: umumiy (konstitutsiyaviy) va sohaviy.
1
V.F.Gorbovoy esa o`rmon
huquqiy munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlarini uch guruhga
bo`ladi: Konstitutsiyaviy (hamma uchun umumiy) huquq va majburiyatlar;
umumiy (tarmoq) huquq va majburiyatlar; maxsus huquq va majburiyatlar.
1
Biz
keyingi muallifning fikriga qo`shilib o`rmon munosabatlari ishtirokchilarining
huquq va majburiyatlarini konstitutsiyaviy, tarmoq (tabiatni muhofaza qilish
huquqi, yer huquqi va shunga o`xshashlar) va maxsus (o`rmon huquqi) huquq va
majburiyatlarga ajratamiz.
O`rmondan foydalanuvchilarning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlari
barcha huquq va majburiyatlar ichida muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston
Konstitutsiyasi yuridik va jismoniy shaxslarning o`rmondan foydalanish bo`yicha
eng asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi, O`zbekiston
Respublikasi Konstiutsiyasining 55-moddasida ko`rsatilishicha, yer, yer osti
boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy boylikdir; ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir. Konstitutsiyada belgilangan boshqa bir tamoyilga binoan
mulkdan
foydalanuvchi
barcha
subyektlar
ekologik
muhitga
ziyon
yetkazmasliklari, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning qonun bilan
qo`riqlanadigan manfaatlari va huquqlarini buzmasliklari kerak (54-modda)
Konstitutsiyaning 100-moddasida tabiatni muhofaza qilish va samarali
foydalanish, degan iboraning qisqartirilgan shakli bo`lgan "atrof-muhitni muhofaza
qilish" tushunchasi berilgan. Bu yerda atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy
hokimiyat organlari vakolatining ajralmas qismi sifatida berilgan. Shunday qilib,
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida atrof-muhit muhofazasiga tegishli uch
xil ifoyada,ya'ni "tabiiy muhitni muhofaza qilish" (50-modda). "Ekologik ziyon"
(54-modda) va "atrof-muhitni muhofaza qilish" (100-modda) uchraydi. Qizig`i
shundaki O`zbekistonning shu sohadagi asosiy qonuni "Tabiatni muhofaza qilish
to`g`risida", deb ataladi.
Konstitutsiyaviy asosiy qoidalardan kelib chiqib tarmoq qonunchiligi ham
tabiat boyliklari, xususan o`rmonlardan foydalanish huquqi mazmunini, ya'ni
o`rmon munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi
qonunning 12-moddasida ko`rsatilishicha, O`zbekiston Respublikasi aholisi o`z
salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o`z salomatligini atrof-muhitning
zararli ta'siridan muhofaza qilish huquqiga ega. Fuqarolar tabiiy resurslardan
1 Karang: Pravo zemlepolzovaniya v SSSR i yego vidi. -M.: Yurid.lit., 1964. -S. 150; Kolbasov O.S.
Teoreticheskiye osnovi prava polzovaniya vodami v SSSR. -M.: Nauka, 1974. -S. 81; Bashmakov G.S. Pravo
polzovaniya nedrami. -M.: Nauka, 1974, S. 33.
1 Gorbovoy V.F. Predmet i sistema sovetskogo lesnogo prava. -Krasnoyarsk, 1984. -S.49.
oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo`lishi,
ekologiya talablariga rioya qilishlari shart.
O`rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda
tarmoq huquq sohalari ichida muhim o`rinni yer qonunchiligi egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida o`rmon fondi yerlaridan foydalanishda
yerdan foydalanuvchining asosiy huquq va majburiyatlari ko`rsatib berilgan.
Yerdan foydalanuvchilarga berilgan umumiy huquq va mjburiyatlar bevosita
o`rmon fondi yerlaridan foydalanuvchilarga ham taalluqli bo`ladi. Chunonchi,
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ko`rsatilishicha, yerdan foydalanuvchilar
yer uchastkasida mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshirish, har xil imorat va
inshootlar qurish, yerning foydali xususiyatlarini o`zlashtirish, yer ostidagi va
ustidagi boyliklardan foydalanish va boshqa qator huquqlarga ega bo`lsalarda,
yerdan samarali va oqilona foydalanish, yerni ifloslantirmaslik, suv va shamol
eroziyasiga uchratmaslik, yerdan xo`jasizlarcha foydalanmaslik, yerni talon-taroj
qilmaslik, yer haqini o`z vaqtida to`lab turish va shunga o`xshash bir qator
majburiyatlarga ham egadirlar.
O`rmondan foydalanish huquqi mazmunini aniqlashda o`rmon qonunchiligi
alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirda harakatdagi O`zbekiston Respublikasining
"O`rmon to`g`risida"gi qonuniga ko`ra, davlat o`rmon fondi egalari egalik qilish va
foydalanishga berilgan davlat o`rmon fondi yerlarida o`rmon xo`jaligini mustaqil
olib borish, o`rmon daraxtlarini ekish va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq
bo`lgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish, suv xo`jaligi tomonidan belgilangan
limitlar miqyosida sug`orish maqsadida suv resurslaridan va davlat o`rmon fondi
yerlaridan foydalanish, o`simlik va hayvonot dunyosidan, hamda umumtarqalgan
foydali qazilmalardan foydalanish, ishlab chiqilgan mahsulot va daromadiga
mulkdorlik qilish huquqlariga egadirlar. Shu bilan birga qonunda davlat o`rmon
fondi egalarining majburiyatlari ham o`rnatilgan. Unga ko`ra, davlat o`rmon fondi
egalari o`rmonlarni uzluksiz ko`paytirish, o`simlik va hayvonot dunyosini
qo`riqlash, o`rmonlarning sanitar holatini va o`rmon tuprog`ini xosildorligini
yaxshilash va muhofaza qilish, o`rmondan foydalanishni to`g`ri tashkil qilish,
o`rmon hisob-kitobini yuritish, o`rmonning o`simlik va hayvonot resurslaridan,
shuningdek uning foydali tabiiy xususiyatlaridan ilmiy asoslangan o`lchovlar
asosida samarali va oqilona foydalanish kabilarga majburdirlar.
Bundan tashqari, o`rmon resurslaridan foydalanuvchilar o`rmondan
foydalanish ishlarini ruxsatnoma hujjatlarida ko`rsatilgan muddatda, foydalanish
turi va obyektlar miqyosida amalga oshirish, belgilangan tartibda yo`llar o`tkazish,
mahsulot saqlash uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va xo`jalik
qurilmalarini tiklash, mahsulotni qayta ishlash uchun moslamalar o`rnatish,
transport to`xtash joylarini ta'mirlash, yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o`rmon
yerlaridan oqilona foydalanish, yong`in xavfsizligiga rioya qilish, ish joylarida
yong`inga qarshi tadbirlarni kurish, o`z vaqtida haqini to`lash hamda o`rmon fondi
yerlarining ijarasi haqidagi shartnoma shartlarini bajarish, zarar yetkazilgan
o`rmon fondi yerlarini maqsadli foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga ham
majburdirlar.
O`zbekiston
Respublikasining
"O`rmon
to`g`risida"gi
qonunida
o`rmonlardan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari subyektlarining
xarakterli xususiyatlariga qarab turlarga ajratib belgilangan. Chunonchi, "O`rmon
to`g`risida"gi qonunning 21-moddasida o`rmondan doimiy foydalanuvchilarning
huquq va majburiyatlari sanab ko`rsatilgan. Unga ko`ra, o`rmondan doimiy
foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: davlat o`rmon fondining o`zlariga berib
qo`yilgan uchastkalarida o`rmon xo`jaligini mustaqil yuritish; o`rmon fondi
yerlaridan suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan o`rmon xo`jaligi
ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish; belgilangan tartibda yo`l ochib,
o`rmon mahsulotlarini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab
chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish; tayyorlangan mahsulotga va
uni sotishdan olingan daromadga mulkdor bo`lish. Shu bilan birga o`rmondan
doimiy foydalanuvchilarga majburiyatlar ham yuklatilgan. Bular: o`rmonlarni
muhofaza qilish, qo`riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy
ko`paytirishni ta'minlash, o`rmonlarning davlat hisobini olib borish; o`rmonlarning
holatiga va ularni takroriy ko`paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga,
shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta'sir
ko`rsatishga yo`l qo`ymaydigan usullar bilan ish olib borish; o`rmonlardan
foydalanishlik uchun o`z vaqtida haq to`lash; alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar rejimini ta'minlash; o`rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning
huquqlarini buzmaslikdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi "O`rmon to`g`risida"gi qonuni o`rmondan
vaqtinchalik foydalanuvchi subyektlarning ham huquq va majburiyatlarini belgilab
beradi.
Shu
qonunning
22-moddasiga
ko`ra,
o`rmondan
vaqtinchalik
foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega bo`ladilar: o`rmondan foydalanish;
belgilangan tartibda yo`l ochish; o`rmon mahsulotlarini joylashtirish uchun
maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish. O`rmondan
vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega: o`zlariga berib
qo`yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o`rmonzorlardan oqilona foydalanish;
o`rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko`paytirishga, tuproq va hayvonot
dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga
salbiy ta'sir ko`rsatishga yo`l qo`ymaydigan usullar bilan ish olib borish;
o`rmondan foydalanganlik uchun, o`z vaqtida haq to`lash; o`rmondan
foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik va boshqalar.
O`rmondan foydalanuvchi subyektlarning o`z huquq va majburiyatlari
mazmunini yaxshi anglab yetishlari hamda unga rioya qilishlari o`rmonlardan
oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, o`rmon qonunchiligi talablarini
bajarishga, ushbu talablarni buzmaslikka xizmat qiladi.
Shunday qilib, o`rmondan foydalanish huquqining mazmuni o`rmonga
nisbatan mulk huquqining xosilasi sifatida o`rmondan foydalanish huquqi
subyektlariga tegishli bo`lgan foydalanish va egalik qilish huquqi asosida vujudga
keladigan huquq va majburiyatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |