120
ta'lim instituti ijtimoiy funktsiyalari va uning jamiyat hayotidagi roli ta'lim
tizimida ijtimoiy tenglik (yoki notenglik) printsiplarini amalga oshirish,
uning jamiyat ijtimoiy tuzilishi va ijtimoiy harakatchanlik bilan o‗zaro
bog‗liqligi va o‗zaro harakati, ta'lim tizimida jamiyat ehtiyojlari va
talablarini, ijtimoiy gyryhlap va shaxslar, ijtimoiy tuzilish o‗zgarishida va
takror ishlab chiqarishda ta'lim
tizimining rolini, ta'lim tizimining boshqa
ijtimoiy institutlar bilan o‗zaro munosabatlari va hokazo muammolari
kiradi. Ta'lim sotsiologiyasi ta'lim va sotsiumning chuqur va mustaqil
o‗zaro bog‗liqligini tan olishdan kelib chiqadi. Bir tomondan, aynan
ijtimoiy sharoitlar va omillar bevosita ta'lim tizimining xususiyati, turini
aniqlaydilar va shuning uchun ta'limning optimal
tizimiga erishish uchun
mos ijtimoiy dastlabki shart-sharoitlar va fikrlar zarurdir; boshqa
tomondan,
ushbularning
kerakli
o‗zgarishisiz
ta'lim
tizimini
mukammallashtirmasdan turib, erishib bo‗lmaydi. Bunda shunisi muhimki,
jamiyat ishlab chiqarishining erishilgan rivojlanish darajasiga nisbatan
ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni, ta'lim rivojlanishining ilgarilab
ketishini shunday ta'minlashi kerakki, ya'ni u nafaqat bir lahzalik balki
kelajak ijtimoiy talablarga javob bersin. Real hayotda shu asosda
jamiyat
talablari bilan yuzaga kelgan xususiyati jihatidan etarli konservativ bo‗lgan
ta'lim tizimi o‗rtasida doim turli qarama-qarshiliklar paydo bo‗ladi va
echiladi. Bu qarama-qarshiliklar va ularni echish
jarayonlarini tadqiqot
qilish ta'lim sotsiologiyasi vazifasiga kiradi.Ta'limning ijtimoiy roli va
ijtimoiy funktsiyalariga bag‗ishlangan sotsiologik tadqiqot juda muhimdir.
Odatda, quyidagi muhim funksiyalar ajralib turadi; a) madaniyatni
tarqatish va avloddan-avlodga ko‗rsatish funksiyasi; b) jamiyat
madaniyatini
saqlovchi
va
generator
funksiyasi;
v)
shaxsni
sotsializatsiyalash funksiyasi, ayniqsa, yoshlarni va ularning jamiyatga
integratsiyasi, holbuki, madaniy merosni o‗zlashtirmasdan jamiyat
taraqqiyoti va shaxs rivojlanishini tasavvur qilib bo‗lmaydi; g) ijtimoiy
tanlov (seleksiya), jamiyat a'zolarini differentsiatsiyalash funksiyasi,
birinchi navbatda yoshlarni, chunki jamiyat ijtmoiy tuzilish o‗zgarishi va
ishlab chiqarishni individual va ijtimoiy harakatchanlik ta'minlaydi,
modomiki, shaxsning ijtimoiy statusini aniqlashda bugungi kunda muhim
o‗lchov bo‗lib xizmat qiladi; d) ijtimoiy madaniyat o‗zgarishlari
funksiyasi, ayni paytda aynan ta'lim tizimida yangi texnologiyalarni tadbiq,
qilishga va uning madaniyatini boyitishga yo‗naltirilgan ko‘plab yangi
fikrlar, nazariyalar,
ihtirolar ishlab chiqilmoqda; e) ijtimoiy nazorat
funktsiyasi va hokazo.Ta'lim sotsiologiyasida ta'lim tizimi o‗z ijtimoiy
tamoyillarini o‗rtanish muhim o‗rin egallaydi; o‗quv yurtlari ijtimoiy tizim,
121
ijtimoiy institut va ijtimoiy tashkilotlar sifatida; o‘quv faoliyati ta'lim
sohasida ijtimoiy faoliyatning asosiy ko‗rinishi sifatida; ta'lim tizimi
ijtimoiy tuzilishi (o‗quvchilar, pedagoglar, ta'lim tashkilotchilari va
boshqalar), o‗quvchilar, o‗qituvchilar hayot tarzi va ijtimoiy ko‗rinishi,
ijtimoiy rollari, ijtimoiy statusi va boshqalar. Ta'limda
zamonaviy inqilob
sohasida sotsiologik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega. Qariyb o‗n yillar
oldin xalq xo‗jaligida band bo‗lganlarning undan to‗qqizi o‗rta, o‗rta
maxsus va oliy ma'lumotga ega edi. Aftidan, bunday yuqori
ko‗rsatkichlardan tamomila qanoat hosil qilishlik mumkin. Lekin
sotsiologik tadqiqotlar ta'lim tizimnning miqdor va sifat ko‗rsatkichlari
o‗rtasidagi o‗tkir qarama-qarshilikni ko‗rsatadi, ijtimoiy taraqqiyot, ilmiy-
texnik va axborotlar inqilobi talablariga mos yosh mutaxassislarni
tayyorlash darajasi va xususiyati nomunosibligini aniqlaydi. Sotsiologlar
va boshqa mutaxassislar tomonidan jamiyatimizni madaniy, shu jumladan
ta'lim salohiyatining tez o‗sishi va undan
ishlab chiqarish va boshqa
sohalardagi ilmiy-texnik taraqqiyotning past sur'atlari sharoitlarida
ratsional foydalanishning mumkin emasligi o‗rtasidagi, jamiyat ehtiyojlari
bilan yoshlarning ijtimoiy qarashlari o‗rtasidagi, umumiy va kasb bo‗yicha
ta'lim tizimi va hokazolar o‗rtasidagi haqiqiy jiddiy qarama-qarshiliklar
ochib berilgan.
Ta'lim sotsiologiyasi bo‗yicha mutaxassislar jamiyat ehtiyojlaridan
maktabni ajratishni mo‗ljallashni bartaraf qilishga yo‗naltirilgan ta'limni
qayta ko‗rish dasturini ishlab chiqishda faol qatnashmoqdalar. Bu erda
ta'lim tizimi to‗g‗risidagi jamoat fikrini muntazam o‗rganish muhim o‗rin
egallaydi. Ta'limni tubdan yangilash tarafdori bo‗lish, uni eskicha o‗ta
mafkuralashtirish va siyosiylashtirishdan voz kechib, shuningdek ta'limni
real hayotdan ajratishdan voz kechib, muhimi bir vaqtning o‗zida o‗tmish
tajribalaridan qolgan o‗sha oz bo‗lsa ham ma'qulini yo‗qotmaslik bizni
ta'lim tizimimizni yarim asr ilgari haqiqatda
dunyo miqyosiga nisbatan
afzalroq qilgan edi.
Ta'lim tizimining rivojlanishi yangi bozor sharoitlarida ancha
murakkab muammolarni yuzaga keltiradi, ularni sotsiologik tadqiqot qilish
ta'lim sotsiologiyasining muhim va aktual masalalaridan hisoblanadi.
Shunday qilib, ta'lim tizimining gumanizatsiyasi va demokratizatsiyasi,
o‗quv yurtlarining mustaqilligini, avtonomligini kengaytirish, davlat o‗quv
yurtlarini xususiylar bilan birga olib borish, pulsiz va pulli o‗qitishlar va
boshqa jiddiy yangi kiritishlarni uyg‗unlashtirish vatanimiz ta'lim tizimi
ishiga butkul ijobiy ta'sir ko‗rsatdi, uning shakli va usullarining turli-
tumanligini kuchaytirdi, novatorlik va hokazolar uchun yo‗l ochildi.