Autocad
Autocad grafik dasturi 1982-yilda Amerikaning Autodesk kompaniyasi tarfidan yartilgan dastur hisoblanadi.
Autocad grafik dastur imkoniyat chegaralari juda katta.Biz bu dastur yordamida istalgan turdagi loyhalarni chiza olamiz va hisob-kitobin
(smeta) qilishda yordam beradigan dastur hisoblanadi.Grafik dasturlarni endi o’rganib kelayotgan shaxs ham Autocad grafik dasturini bemalol o’rganib keta oladi.Bu dastur o’zining oddiyligi va soddaligi bilan boshqa dasturlardan ajra;ib turadi. Autocad dasturi yordamida chizilgan chizmalar aniq va to’gri chiqishi kafolatlanadi.Kompas - Rossiya Federasiyasining ASKON kompaniyasining avtomatik loyihalash paketi bo‘lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog‘ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir.
Kompas dasturi Rossiya Federasiyasining ASKON ijodiy markazi tomonidan ishlab chiqaradigan dastur bulib, "MS WINDOWS" operasion tizimida ishlaydi. Kompas dasturi konstruktorlik xujjatlarini, detal andozalarini ko`p qo`llaniladigan detallarning ishchi chizmalarini yig`ish chizmalarini va boshqalarning kompleks kutubxonalarini o`zida mujassamlashtirilgan kompas dasturida konstruktorlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan. Masalan, yuza g`adir-budirliklari, o`lcham aniqliklari va chetlanishlari, yuzalarining o`zaro joylashuvi o`lcham dopusklari va boshqalar ilovada avtomatik qo`llanish mumkin. Kompas dasturi detallarni o`zaro biriktirish, yig`ish ketma-ketligi, ularni ajratish kabi ko`p mexnat talab qilinadigan ishni avtomatik ravishda amalga oshiradi. Yig`ish chizmalarida o`rnatmalarni qo`shish tezkor va aniq ravishda amalga oshiriladi. "Kompas" dasturi konstruktorlik xujjatlarning yagonaligi tizimi (ESKD) talabalariga asosan ishlaganligi uchun unda loyixalangan ishchi va yig`ish chizmalari davlat andozasiga to`liq mos keladi. "Kompas" dasturida nafaqat detallarni loyixalash, balki ularga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini xam tuzish mumkin.
Zamonaviy Kompass dasturi tizimi interfeysi komp`yuterning eng zamonaviy vositalari va texnologiyalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratilganligi bois chizma va sxemalarni, loyihalash masalalarini yuqori sifatda bajarilishini kafolatlaydi. Kompas dasturining yaratilganligiga 25 yildan oshgan bo‘lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Chunki Kompas dasturi mukammal va ommabop dastur bo‘lib, u har qanday turdagi mashinasozlikka oid bo`lgan sxema va chizmalarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis – texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida Kompas tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |