Toshkent davlat transport unversiteti “ Ko’piriklar va tonelar ’’ kafedrasi O’quv texnalagik amaliyoti


KOPIRIKLAR VA TONELAR QURILISH TRIXI



Download 6,73 Mb.
bet4/8
Sana22.07.2022
Hajmi6,73 Mb.
#838572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4AHADJON SOLIYEV YMK2 2

KOPIRIKLAR VA TONELAR QURILISH TRIXI


Koʻprikning avtomobil, temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar Koʻpriklari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va temir yoʻllar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall, temir-beton Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli; yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga qarab, Koʻprik doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. Koʻprik-kanal va Koʻprik-uylar ham boʻladi. Boʻlar koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha, yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan. Qad. yogʻoch Koʻpriklar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli harsang Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh Koʻpriklar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda soʻzuvchi Koʻprikdan foydalanilgan. Choʻyan Koʻpriklar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) Koʻprik Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-asr boshlariga kelib Koʻprik qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalanila boshlandi, chunki pishiq, arzon, uni yigʻish oson va boshqa Uncha uzun boʻlmagan Koʻprik qurishda temir-beton prolyot tayanchlarga butunicha kranlar yordamida qoʻyiladi. Undan ravoqli, balkali va ramali Koʻpriklar qurila boshladi. Hozirgi zamon ravoqli temir-beton Koʻpriklarning prolyotlari oʻz. 300 m ga yetadi. Oʻzbekistonda Chirchiq, Sirdaryo va Amudaryodan oʻtkazilgan Koʻpriklar, asosan temir-betondan arkli va ramali qilib qurilgan. Koʻprik, asosan, tayanch va prolyotdan iborat boʻladi. Tayanchlar qirgʻoq va oraliq tayanchlarga boʻlinadi. Temir-beton va harsang toshdan yasalgan Koʻprikda, koʻpincha, prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani hosil qiladi. Aralash konstruksiyalar (mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va boshqalar) keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon Koʻprik qurilishida yigʻma Koʻprik konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini unifikatsiyalash va bir xillashtirish usullaridan, Koʻprik konstruktiv tizimlarini rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish, mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat, yengil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand birikmalardan, tutash temir-beton Koʻprik qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlardan foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa. Gʻildiraklarga taʼsir qiladigan kuchlarni rama yoki koʻzovga oʻzatadi. Oʻrnatilgan gʻildiraqlarning vazifasiga qarab, yetakchi, boshqariladigan va murakkab (yetakchi va ayni vaqtda boshqariladigan) Koʻpriklar boʻladi. Bundan tashqari, oldingi, ketingi va oʻrta (uch oʻqli avtomobillarda) Koʻpriklar bor. transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi. Vazifasi boʻyicha — aloqa yoʻllaridagi (metropoliten, temir yoʻl, avtoyoʻl, piyodalar oʻtish joylari va boshqalar), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va boshqalar); yer yuzasiga nisbatan joylashishi boʻyicha — togʻ osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi boʻyicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari boʻyicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan Tunnellar mavjud. Tunnellarning koʻndalang kesimi doyra, tuxumsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlishi mumkin. Tunnel qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.daryodagi tunnel
Tunnel boʻshligʻi, odatda, sunʼiy mustahkamlashni, yaʼni qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall (poʻlat yoki choʻyan), tabiiy va sunʼiy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yigʻma elementlar — tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda sunʼiy boʻshliqni oʻrab turgan togʻ massiviga ankerlar va sim toʻrlar yerdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qoʻllanmoqda.metroda tunnelTunnel xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega boʻladi. Uning havosi tarkibini meʼyoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga taʼsirini kamaytirish va Tunneldagi koʻrinishga taʼsir qiladigan tutun bosimini yoʻqotish maqsadida Tunnelni shamollatish tizimi kullaniladi. Uz. 50–60 m gacha bulgan Tunnellarda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi Tunnellarda esa markazdan qochirma va markaziy oʻq boʻylab taʼsir koʻrsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan sunʼiy shamollatish.Tunnel qurish ishlari, boʻsh, chukuvchan gruntlar sharoitida amalga oshirilganda, muzlatish va kimyoviy biriktirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish usullarida gruntlar sunʼiy mustahkamlanishi mumkin.

KOPRIKLAR VA TONELAR QURISHDA ISHLATILADIGAN


TEHNIKALAR
Koprik qupilishida ishlatilinadigan kran
yuklarni koʻtarib, maʼlum masofaga tashiydigan, davriy ishlaydigan mashina. Koʻtarish krani koʻtarish konstruksiyasi (koʻpriksimon yoki konsol ferma, minora, machta, strela), asosiy yuk kutaruvchi mexanizm (chigʻir. telfer), kuch qurilmalari, elektr jihozlar, yoʻvaltiruvchi va tu-tib turuchi elementlar (zanjirlar, qavatlar), yukni qamrab oladigan qurilmalar (ilgak, elektromagnit, greyfer va boshqalar) dan tashkil topgan. Konstruktiv alomatlari va ishlash sxemalariga koʻra, Koʻtarish kranining statsionar va Koʻchma; buriladigan va burilmaydigan xillari bor. Vertikal oʻq atrofida aylanib ishlaydigan Koʻtarish krani buriladigan kran deyiladi; boʻlar oʻzgarmas qulochli (quloch — aylanish oʻqi bilan yukning osilit nuqtasi orasidagi gorizontal masofa) va oʻzgaruvchan qulochli boʻladi. Buriladigan Koʻtarish kranit. yilda harakatlanadigan, velosiped kran, pnevmatik gildiraqli, zanjir tasmali, avtomobilga oʻrnatilgan, devorga oʻrnatilgan, shuningdek, pontonga oʻrvatiladigan (suzib yuradigan), kemaga oʻrvatiladigan turlarga boʻlinadi. Bunda kranning buriladigan qismi portalga (portal kran), qoʻzgʻaluvchi yoki qoʻzgʻalmaydigan kolonvaga yoxud buriladigan doiraga tiraladi. Baʼzi kranlarda minora (minora kran) yoki machta (machtali kran) koʻrinishida boʻladi. Burilmaydigan Koʻtarish krani ga koʻprik kran, kran balka, kabelli kran va boshqa kiradi. Yuklar gorizontal yoʻnalishda toʻgʻri chiziqli ilgarilama tashiladigan Koʻtarish krani koʻprik kran deyiladi. Koʻtarish krani tovar stansiyalari, omborlar va dengiz portlarida koʻprik kranning bir turi — toʻrt oyoqli kranlar ishlatiladi. Koʻprik kranlar bir balkali va ikki balkali kran-balkalarga boʻlinadi. Koʻtarish krani qoʻlda va mexanik (bug, elektr, suyuqlik, havo, ichki yonuv dvigatellari yordamida) harakatlantiriladigan turlarga boʻlinadi. Hozir qoʻlda, bugʻ va havo yordamida harakatlantiriladigan Koʻtarish krani kam ishlatiladi. Koʻtarish kranining asosiy tafsiloti uning yuk koʻtaruvchanligi hisoblanib, u (mas, suzib yuruvchi burilmaydiganda) 1500— 2500 t gacha boradi. 3-d sexlari va omborlarda konsol fermali konsol Koʻtarish krani ishlatiladi; bunda konsol ferma bir relyeli osma yoʻlda galtaqlar yordamida siljiydigan vertikal tirak ramalarga mahkamlanadi. Qurilish va montaj ishlarida derrikkran l a r (strelali minora kranlar), yirik qurilishlarda, ochiq konlarda, yuklarni gorizontal yoʻnalishda 1500 m gacha masofaga tashishda kabelli kranlar ishlatiladi. Bunda koʻtaruvchi kanat ikkita qoʻzgʻalmas yoki qoʻzgaluvchan tirakminoraga tortiladi; yuklarni koʻtarish va tushirish mexanizmi bilan jihozlangan aravacha shu qavatda siljiydi. Qurilish ishlarida minora kranlar ishlatiladi. Koʻchma kranning minorasi temir yoʻlda yoki yerda harakatlanuvchi gildiraqli yoki zanjir tasmali aranaga tayanadi va 100 t gacha yuk kutaradi. Statsiovarniki — 400 t gacha yuk koʻtaradi, strelasining qulochi 50 m gacha, yuk koʻtarish balandligi 150 m gacha boʻladi.


Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish