Toshkent davlat transport unversiteti “ Ko’piriklar va tonelar ’’ kafedrasi O’quv texnalagik amaliyoti


Kafedra o’zining nomini qurilish fakultetining boshqa kafedralari bilan birlashtirilganligi sababli bir necha bor o’zgartirgan



Download 6,73 Mb.
bet3/8
Sana22.07.2022
Hajmi6,73 Mb.
#838572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4AHADJON SOLIYEV YMK2 2

Kafedra o’zining nomini qurilish fakultetining boshqa kafedralari bilan birlashtirilganligi sababli bir necha bor o’zgartirgan:

  • 1988-1992 yillar – «Injener inshootlari va geodeziya»;

  • 1992-1995 yillar – «Ko’priklar va qurilish konstruktsiyalari»;

  • 1995-1997 yillar – «Ko’priklar va transport tonnellari»;

  • 1997-1999 yillar – «Ko’priklar va qurilish mexanikasi»;

  • 1999-2005 yillar – «Ko’priklar va tonnellar».

Turli yillarda kafedrada ishlagan va ishlab kelayotganlar: dotsentlar F.I. Voronov, N.V. Belogujev, K.A. Yermalayenko, A.G.Federov, V.P Shulgina, E.N. Vayman, I.G. Ganiyev, I.I. Nikolayev, V.V. Stepanenko, Ye.K. Rodionov, U.X. Magdeyev, T.Sh. Axmedov, A.F. Rasulev, G.D. Jukov, I.O. Dubinchik, K.N. Norxo’jayev, A.V. Vaxidov, M.Yu. Dusmuxamedov, R.A. Akchurin, A.A. Axadov, S.S. Ajidinov; katta o’qituvchilar I.B. Tinkov, X.T. Kayumova, B.V. Ziyavutdinov, G.D. Lixoletov, B.V. Starchenko, M.I. Panfilov; assistentlar Sisoykin Yu.Ya, F.M. Shershova; N.M. Matveyeva, I.P. Syusksomova, E.V. Degtyar, L.I. Peryazova, Ye.V. Sherbakova, N.N. Axmedov, M.R. Boltaboyev, I.A. Saminov, A.X. Baxriddinov.
Professor Mamajanov R.K. 1962 yili ToshTYMI ning qurilish fakultetini bitirgan, O’zbekistonda ko’priklarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish sohasida yirik mutahassis bo’lib, ko’prik konstruktsiyalari ishonchliligi sohasida ilmiy maktab yaratgan. U qator yosh ilmiy xodimlarni tayyorlab yetishtirgan, ulardan 10 tasi nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyalarni himoya qilgan va O’zbekiston Respublikasini yosh ko’prik tadqiqotchilar qatorini boyitishdilar. Hozirgi vaqtda t.f.d., prof. Mamajanov R.K. «O’zog’irsanoatloyixa» instituti ilmiy ishlar bo’yicha maslahatchisi, kafedraning faol a’zosi va filiali tashkilotchisi, kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy aloqalarini rivojlantirishda katta jonbozlik ko’rsatgan.Shu davrda kafedraning asosiy ilmiy ishlari yo’nalishi quruq issiq iqlim va lessli gruntlar sharoitlarida transport inshootlari konstruktsiyalarining ishonchliligini tadqiqot qilish bilan bog’liq bo’lgan. Oraliq qurilmalarni, qoziqli poydevorlarni, transport va fuqaro binolari (inshootlari), lyossli gruntlarning mustahkamlik va deformatsion tavsiflarini ishonchliligiga o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari o’sha yillardagi xo’jalik shartnomalarning asosiy hajmini tashkil etgan bo’lib, ushbu natijalar amaliyotda ishlab chiqarishga joriy etildi hamda iqtisodiy va ijtimoiy samarani ta’minladi. 80-yillardan boshlab kafedra hisoblash texnikasi va shaxsiy kompьyuterlar bilan ta’minlandi, talabalar bilan individual ishlash uchun maxsus auditoriyalar yaratildi. Shahsiy kompьyuterlarning kurs va diplom loyixalarini ishlab chiqishda qo’llanilishi talabalarning Amaliy tayyorgarliklari darajasini yuqori pog’onaga ko’tarilishiga olib keldi.
Ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqani mustahkamlash uchun, tajribali ishlab chiqarishdagi mutaxassislarni o’qituvchilik faoliyatiga jalb etish maqsadida, kafedra laboratoriya ishlarini va amaliyot darslarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkaza boshladi. Transport qurilishi vazirligiga qarashli «№7-ko’prikqurilish» tresti qoshida «Muhandislik inshootlari va geodeziya» kafedrasining yana bir filiali tashkil qilindi. Diplom loyihalarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish mutahassislarining takliflari inobatga olina boshladi. 1985 yildan boshlab kafedralarga tegishli filiallarda diplom loyihasini himoya qilishni amalda qo’llana boshlandi.
1990-1995 yillar o’qitiladigan fanlarga kompьyuter texnikasi va dasturlashtirishning joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Bu yillar ToshTYMI rektorati kafedralarni va institut bo’limlarini kompьyuter texnikaci bilan ta’minlash, fakulьtet kompьyuter markazlarini tashkil etish va kompьterda ishlash uchun o’qitish kurslarni tashkil etish borasida faol ish olib bordi. «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasining bir qator o’qituvchilari kompьyuter dasturlarini ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llay boshladilar.
Ta’lim etaloni darajasi sifatida bakalavr va magistrlar tayyorlash asosiy yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha Davlat ta’lim standartlari qabul qilingan. Shu munosabat bilan «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasi tomonidan quyilgan masalalarga javob beradigan bir qator xujjatlarni ishlab chiqarishda katta ish qilindi. Hususan, bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura mutahassisliklari uchun «Davlat ta’lim standartlari», o’quv rejalar va kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha namunaviy dasturlar ishlab chiqildi. Bu davrda «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasida o’zbek tilida ilmiy-uslubiy adabiyotlar yaratish bo’yicha ulkan ishlar olib borildi.
2006 yilda boshqa kafedralardan bir necha fanlar kafedraga biriktirilganligi munosabati bilan va «Ko’priklar va transport tonnellaridan foydalanish» magistratura mutaxassisligi ochilganligi uchun kafedraga «Qurilish konstruktsiyalari, ko’priklar va inshootlar» deb yangi nom berildi. Kafedra mudiri sifatida Rossiya arxitektura va qurilishi fanlar akademiyasining a’zosi, qurilish konstruktsiyalarni va ko’priklarni nazariy va uslubiy hisoblashlar sohasida respublika hamda xorijda mashhur mutaxassis, tajribali murabbiy va pedagog, g’ayratli tashabbuskor t.f.d., prof. A.A. Ashrabov saylangan.
2005-2006 yy. va 2007-2017 yillarda kafedrani t.f.n. dots. Raupov Ch.S. boshqardi. Raupov Ch.S. kafedrada olib borilgan «Ekspluatatsiyadagi transport inshootlarini texnik diagnostikasi, rekonstruktsiyasi va konstruktsiyalarini kuchaytirish usullarini takomillashtirish» mavzusiga oid ilmiy yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rahbari va mas’ul ijrochisi sifatida ish yuritgan, izlanish va davlat grantlariga ega bo’lish yo’llari bilan ilmiy izlanishlarni mablag’lantirish masalalariga katta e’tibor qaratgan. Kafedra mudiri sifatida o’quv jarayoniga zamonaviy ta’lim uslublari va texnik vositalarini, kompyuter texnikasini targ’iboti hamda o’quv jarayoniga joriy etilishiga, talablar standartlarini ishlab chiqilishi, kafedra fanlariga oid o’quv rejalari va ishchi rejalarini ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratgan. Kafedra fanlarini o’zbek va rus tilidagi o’quv-me’yoriy adabiyotlar bilan ta’minlanishi, o’quv jarayonida hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llanadigan dasturiy ta’minot hamda ma’lumotlar bazasini qo’lga kiritish va o’zlashtirish, yosh mutaxassislardan izlanuvchi, stajirovkachi, magistrant va aspirant yoshlarni kafedraning pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish borasida katta ish olib borgan.
Shu davrda ko’plab respublikaning (TDTU, TAYI, TAQI, Samarqand DAQI,Farg’ona PI), Rossiya (MIQI, MIIT, MAYI, S-PTYU va b.) Qozog’iston (Qozog’iston transport akademiyasi, Qizil- o’rda qurilish universiteti) va b. qardosh OTM va ITI lar bilan ijodiy aloqalar bog’landi. Kafedra talabalari va bitiruvchilari MIIT va S-PTYU o’z ta’limlarini davom ettirdilar, aspiranturalarda taxsil olib ilmiy izlanishlarini olib borganlar. Ch.S. Raupov t.f.d., prof. Ishanxodjayev A.A. (o’rindosh), t.f.d., prof. Salyamova K.Dj. (o’rindosh), t.f.n., dots. Krasin N.A., t.f.n., dots. Raxmonov U.I., t.f.n., Shermuxamedov U.Z., katta o’qituvchilar Qayumova X.T., Ziyavitdinov B.V., assistentlar Saminov I.A., Yaxshiyev E.T., Umarov X.K, Abduraimov U.K., Mirzayeva Z.A., kab. mudiri Ismoilova G.B. lardan tashkil topgan ijodiy ilmiy-pedagogik kollektivni yaratgan. 2017 yildan boshlab kafedra mudiri bo’lib t.f.n. dots. Shermuxamedov U.Z. ish olib bormoqda.
“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi o’quv bazasida “Muhandislik geodeziya” va “Muhandislik geologiyasi”, “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” fanlaridan laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi. Quyida keltirilgan jadvalda ular haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.2017 yilda kafedrada yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishi 5340600 – Transport inshootlari ekspluatatsiyasi (ko’priklar va tonnellar) ochildi. Bu sohaga bevosita ko’priklar va tonnellarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi bo’yicha mutaxassislarni yetkazib berish yo’lida muhim qadamlardan biri bo’ldi.
Kafedra professor-o’qituvchilarining ko’prik qurilish ob’ektlarida stajirovkasini tashkil etish bo’yicha “Ko’prikqurilish” tresti UK bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq kafedra o’qituvchilari o’z bilimlarini qurilish maydonida yanada oshirish, shuningdek, qurilish jarayonini videotasvirlarga muhrlab, talabalarga dars davomida namoyish etish bo’yicha videoroliklar tayyorlandi.Kafedrada tahsil oluvchi talabalarning qurilish ob’ektlariga ekskursiyalari yo’lga qo’yildi. Kafedra mudiri va professor-o’qituvchilar boshchiligida talabalar Yunusobod metropoliteni ikkinchi bosqich qurilishi, Toshkent Halqa metropoliteni hamda Sergeli metropoliten liniyasi qurilish jarayonlarini o’rganish maqsadida qurilish ob’ektlarida bo’ldilar. Toshkent shahridagi bir nechta yo’l o’tkazgichlar, ko’priklar qurilish jarayonida, mavjud ko’priklarga uyushtirilgan ekskursiyalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, kafedrada “Ko’priksoz” konstruktorlik to’garagi va “Yosh geodezist” iqtidorli talabalar klubi faoliyat yuritmoqda.
“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchi tashkilotlar – “Ko’prikqurilish” tresti UK, “Ko’prikqurilishloyiha” MChJ, “Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari ishtirokida 2017 yildan beri 30 ga yaqin uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazilib, bitiruvchi talabalar kelgusi ish joylari vakillari bilan muloqotga kirishishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Innovatsion ilmiy ishlanmalar orqali mamlakat ko’priksozligini rivojlantirish “Ko’priklar va tonnellar” kafedrasining pirovard maqsadidir. Kafedra professor-o’qituvchilari xo’jalik shartnomalari asosida 2012–2020 yillarda “O’zbekiston Respublikasi seysmik sharoitlarini hisobga olgan holda yuqori tezlikdagi temir yo’l magistrallari estakada yechimini ishlab chiqish va kompьyuter dasturiy majmualaridan foydalangan holda loyihalashni optimizatsiyalash”, “Vibrodinamik ta’sirlarni hisobga olgan holda “Toshkent–Samarqand” yuqori tezlikdagi liniyasidagi ko’prik kontruktsiyalarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish”, “O’zbekiston Respublikasi regional sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo’l to’sinli ko’prik va yo’lo’tkazgich tayanchlaridagi bo’ylama seysmik tebranishlarni so’ndirishning samarador uslublarini ishlab chiqish”, O’zbekiston Respublikasi iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda temir yo’l temirbeton ko’priklari oraliq qurilmasi ko’prik polotnosini o’zi zo’riqadigan betondan foydalangan holda yangi konstruktsiyasini ishlab chiqish” ilmiy tadqiqot grantlarini bajarib kelmoqdalar.
Yosh ilmiy tadqiqotchilar ilmiy faoliyatini tashkil etish maqsadida kafedra aspirantlari Toshkent Davlat Transport Universiteti, Peterburg davlat temir yo’llar universitetlarida tahsilni davom ettirmoqdalar.
Kafedra laboratoriyalari moddiy texnik bazasini boyitish, zamonaviy laboratoriya jihozlarini xarid qilish orqali ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 400 mln so’mlik yangi zamonaviy geodezik asboblar, gruntlar mexanikasi bo’yicha laboratoriya jihozlari kafedrada mavjud. Zamonaviy jihozlarni qurilish jarayonida qo’llash maqsadida loyiha qurilish tashkilotlari uchun ko’rgazmalar tashkil etildi.



Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish