VIII BOB.YO‘L POYINI LOYIHALASH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH
8.1. Asosiy tamoyillar va texnik me’yorlar.
Yo‘l poyi tuzilmasini belgilashda quyidagi omillarni hisobga olish lozim: yo‘l poyi ichshi belgisi kattaligi, yo‘l toifasi, yo‘l to‘shamasi turi, kutarma kutarish uchun ishlatiladigan gruntlar turi, grunt va gidrogeologik sharoit, suv qochirish sharoiti, erlarning qimmatligi, manzaraviy loyihalash talablari, er ishlarini tashkil etish sharoiti. Yo‘l poyi kundalang kesimini loyihalash quyidagi vazifalarni echishni o‘z ichiga oladi:
1. Ko’tarma va uyma yon qiyaligini belgilash, kutarma balandligi va uyma chuqurligi 12 m gacha bo‘lganda berma va kyuvet orti qatorini kengligini qulay grunt va gidrogeologik sharoitdan kelib chiqib namunaviy echimlardan foydalanish bilan belgilash;
2. Quyidagi hollarda yo‘l poyini xususiy loyihalash: ishchi belgi 12 m dan oshganda; tik qiya joylarda qiyalik 1:3 dan katta bo‘lganda; kutarma asosida kuchsiz grunt bo‘lganda; cho‘qurligi 4 m dan katta bo‘lgan botqoqliklarda yoki ularning tubi kundalang qiyaligi 1:10 dan katta bo‘lganda; yo‘l poyi tuzilmasida maxsus qatlamlarni qo‘llashda; xavfli geodinamik va boshqa jarayonli uchastkalarda (karstli, upirilishli, yorilgan, bo‘lingan, sel oqimlari, qor kuchkilari va boshqalar);
3. Yon ariqchalarni vaboshqa ustki yuza suv qochiradigan inshootlarni loyihalash.
CREDO-ROAD tizimida uyma va kutarma kundalang kesimlari o‘lchamlarini belgilash jadvallarni taxrir qilishdan iborat bo‘lib, bu «Proektirovanie poperechnogo profilya» menyusi punktlarini ketma ket faollashtirishdan keyin ekranda paydo bo‘ladigan «Vvod i korrektirovka isxodnыx dannыx», «Otkosы nasыpi i vыemki» qatorlarini faollashtirish natijasida amalga oshiriladi. Yo‘l poyi yon qiyaliklari jadvalida singan joylarda bermalar qurish imkoniyatidan va har xil yon qiyaliklarni belgilashdan kelib chiqib, balandlik bo‘yicha 3 ta uchastkaga bo‘lingan. Birinchi uchastka uchun h1 yo‘l poyi qoshidan belgilanadi, ikkinchi uchastka va uchunchi uchastkalar uchun h2,h3 balandlik oldingi uchastka pastki chegarasidan belgilanadi. Uymalarda yo‘l poyi qoshi satxida b kenglikda yon ariqcha tomonga qaratib 2 % qiyalikda kyuvet orti tasmalari qurilishi mumkin.
Agar yo‘l uzunligi bo‘yicha kundalang kesim o‘lchamlarini o‘zgartirish kuzda tutilgan bo‘lsa, xar qaysi uchastka uchun jadvallarni taxrir qilish zarur. Piketlarning birlamchi ko‘rsatkichlar yo‘l boshi va oxiri uchun mos keladi. Uchastkalar oraliq chegaralarni kiritish uchun klavish-strelkalar bilan «svetovoe okno»ni piketga kuchirish zarur, bundan oldin uchastkaning yangi chegarasi kiritiladi, «Insert» tugmasini bosib hosil bo‘lgan oynaga chegaralar piket holatini kiritish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |